|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilayotgan sudning nomi sudiga
Arizachi: Da’vogarning F.I.O. si Da’vogarning doimiy yashash manzili Da’vogar bilan bog‘lanish uchun telefon raqami |
AR I Z A
(Tug‘ilganlik faktini aniqlash to‘g‘risida)
Men, Da’vogarning F.I.O. si Arizachi tug‘ilgan sanasi kuni Arizachi tug‘ilgan hudud nomida tug‘ilganman, biroq menga tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 295-moddasida sud fuqarolarning yoki tashkilotlarning shaxsiy, mulkiy huquqlari yuzaga kelishiga, o‘zgarishiga yoki tugashiga sabab bo‘ladigan faktlarni aniqlishi belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli qarorining 2-bandida sudlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 295-moddasida nazarda tutilgan sud tartibida aniqlanadigan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlar ro‘yxati tugal emasligini inobatga olishlari lozimligi ko‘rsatilgan.
Sud tug‘ilganlik faktini, agar bunday qayd qilish tegishli hujjatlar asosida muqaddam amalga oshirilgan bo‘lib, lekin dalolatnoma yozuvi saqlanmagan, yo‘qolgan va tiklanishi mumkin bo‘lmagan taqdirda aniqlaydi.
Tug‘ilganlik faktini aniqlashda, tug‘ilganlik holatining o‘zi (tug‘ilish sodir bo‘lgan aniq holatlar, shuningdek tug‘ilishning aniq sanasi) aniqlanishi lozim. Tug‘ilganlik fakti FHDYo organlari tomonidan tug‘ilishni qayd qilish rad qilinganligi, shuningdek shaxsning tug‘ilishni haqiqatda tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lganda sud tomonidan aniqlanadi.
Sudning tug‘ilganlik faktini aniqlash ishlari bo‘yicha hal qiluv qarorida FHDYo organlari tomonidan kelgusida tug’ilganlik faktini qayd etish uchun zarur bo‘lgan barcha aniq va to‘liq ma’lumotlar bo‘lishi kerakligi belgilangan.
Shunga koʻra, Arizachi tug‘ilgan sanasida Arizachi tug‘ilgan hudud nomida tug‘ilgan Da’vogarning F.I.O. sining tug’ilganlik faktini aniqlash lozim boʻladi.
Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4, 293, 295, 296, 297-moddalariga asosan,
SOʻ R A Y M A N :
1. Arizachi tug‘ilgan sanasikuni Arizachi tug‘ilgan hudud nomida tug‘ilgan Da’vogarning F.I.O. sining tug‘ilganlik faktini aniqlab berishingizni;
3. Sud majlisi tayinlangan kuni haqida xabardor qilishingizni.
Ariza berilgan sana Da’vogarning F.I.O. si