Ўз-ўзига ҳуқуқий хизмат кўрсатиш “Legal Tech” тизими

Doimiy yashaganlik faktini belgilash to`g`risida ariza

Ҳужжат тавсифи
Arizaning rekvizitlari
Arizaning mazmuni

Юклаб олинг

 

 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilayotgan sudning nomi sudiga

 

Arizachi: Da’vogarning F.I.O. si

Da’vogarning doimiy yashash manzili

Da’vogar bilan bog‘lanish uchun telefon raqami

AR I Z A

(O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini tasdiqlash to‘g‘risida)

 

Men, Da’vogarning F.I.O. si Arizachi ko‘chib kelgan hudud nomidan doimiy pasport ro‘yxatidan chiqib, Arizachi ko‘chib kelgan sanasida doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasi, Arizachi ko‘chib kelib, hozirgi kunda doimiy yashayotgan joy nomiga oila a’zolarim bilan ko‘chib kelib, ushbu manzilda yashaganman.

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs deb — O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxs tushuniladi.

Mazkur qonunnung 6-moddasiga asosan, 2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi. O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi” deb ko‘rsatilgan.

Shunigdek, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublikni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkinligi belgilangan.

Arizachining Arizachi ko‘chib kelgan hudud nomidan ko‘chib kelib, O‘zbekiston Respublikasida oila a’zolari bilan hozirgacha yashab kelayotganligini, ushbu mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan berilgan dalolatnoma, farzandining tug‘ilganligi haqida olingan guvohnoma nusxasi, mehnat daftarchasi nusxasi va boshqa hujjatlar tasdiqlaydi.

Shunga koʻra, Arizachining Arizachi ko‘chib kelgan sanasidan O‘zbekiston Respublikasi, Arizachi ko‘chib kelib, hozirgi kunda doimiy yashayotgan joy nomida doimiy yashaganlik faktini belgilash lozim boʻladi.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 4, 293, 295, 296, 297-moddalariga asosan,

 

SR A Y M A N :

 

1. Da’vogarning F.I.O. sining Arizachi ko‘chib kelgan sanasidan O‘zbekiston Respublikasi, Arizachi ko‘chib kelib, hozirgi kunda doimiy yashayotgan joy nomida doimiy yashaganlik faktini belgilab berishingizni;

2. Sud majlisi tayinlangan kuni haqida xabardor qilishingizni.

 

Ariza berilgan sana Da’vogarning F.I.O. si

 

 

 

 

Doimiy yashaganlik faktini belgilash to`g`risida ariza