O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maishiy isteʼmolchilar (shuningdek oilaviy korxonalar)ga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Yetkazib beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
  • filial yoki vakolatli vakil
Isteʼmolchi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

Maishiy isteʼmolchilar (shuningdek oilaviy korxonalar)ga

tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Shartnoma tuzish huquqini bergan tashkilot nomi, tashkiliy-huquqiy shakli tomonidan berilgan Yetkazib beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi gaz taʼminoti tashkiloti Yetkazib beruvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari lavozimi,Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari F.I.O.si (bundan keyingi oʻrinlarda “Yetkazib beruvchi” deb yuritiladi) bir tomondan va Isteʼmolchining yashash manzili manzilida yashovchi “Isteʼmolchi” (turar joy yoki obyekt mulkdori, ijarachisi) Isteʼmolchining F.I.O.si ikkinchi tomondan quyidagilar haqida mazkur shartnomani tuzdilar:

 

I. Shartnoma predmeti

 

1.1. Mazkur shartnoma bilan Yetkazib beruvchi oʻzining gaz tarmoqlari orqali Isteʼmolchiga tabiiy gaz (keyingi oʻrinlarda gaz deb ataladi) yetkazib berish, Isteʼmolchi esa isteʼmol qilingan gaz uchun oʻz vaqtida haq toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Isteʼmolchi gazni faqat maishiy ehtiyoji uchun sotib oladi va undan foydalanadi (oilaviy korxona gazdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ham foydalanishi mumkin), shuningdek, oʻz tasarrufidagi gaz tarmoqlaridan foydalanish xavfsizligini, foydalanayotgan gaz yonish qurilmalari va jihozlari, shuningdek gazni hisoblash priborlari (keyingi oʻrinlarda hisoblash pribori deb ataladi) soz holatda boʻlishini taʼminlaydi.

1.3. Ushbu shartnoma shartlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22–sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish Qoidalariga talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Taraflar shartnoma shartlariga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar.

 

II. Yetkazib berilgan gazni hisoblash

 

2.1. Yetkazib berilayotgan gaz miqdori:

-hisoblash priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha;

- ular mavjud boʻlmagan hollarda esa Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan Gazni hisoblash priborlari boʻlmaganda kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga beriladigan tabiiy gaz sarfining oylik normalar boʻyicha aniqlanadi (oilaviy korxonalar bundan mustasno).

2.2. Hisob-kitob oyida yetkazib berilgan gaz hajmi Yetkazib beruvchi vakillari tomonidan hisoblash priborlaridan koʻrsatkichlarni yozib olish asosida, keyinchalik yozib olingan koʻrsatkichlarni billing tizimiga kiritish, shuningdek, isteʼmolchi tomonidan hisoblash olish priborlari koʻrsatkichlarini interaktiv xizmatlar vositalariga kiritish orqali aniqlanadi.

Tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda TGHNAT deb ataladi)ga ulangan, shuningdek, gazni hisoblash priborlariga ega boʻlmagan va belgilangan meʼyorlar boʻyicha hisob-kitob qiladigan isteʼmolchilar bundan mustasno.

Hisob-kitob oyida hisoblash priboridan koʻrsatkichlarni yozib olinmagan taqdirda, isteʼmolchi bilan hisob-kitob joriy oyda gazni isteʼmol qilish meʼyorlaridan kelib chiqib va hisob-kitob oyda haqiqatda isteʼmol qilingan hajmga aniqlik kiritgan holda amalga oshiriladi. Bunda koʻrsatkichlarga aniqlik kiritilgandan soʻng haqiqatda isteʼmol qilingan gaz uchun qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

TGHNATga ulangan va belgilangan meʼyorlar asosida hisob-qitob qilinadigan isteʼmolchilarga hisob-kitob oyida yetkazib berilgan gaz hajmi billing tizimi orqali avtomatlashtirilgan rejimda aniqlanadi.

2.3. Hisoblash priborining oʻlchov (diapazoni) oʻrnatilgan gaz qurilmalari quvvatiga mos kelishi kerak.

2.4. Hisoblash pribori Isteʼmolchining aybi bilan ishdan chiqqanda (hisoblash priborining qasddan buzilishi, unga zarar yetkazilishi, tashqi taʼsir koʻrsatilishi yoki yoʻqolishi), uni almashtirish, taʼmirlash, tekshirish va oʻrnatish boʻyicha sarf-xarajatlarning oʻrni toʻliq isteʼmolchi hisobidan qoplanadi.

2.5. Hisoblash pribori foydalanish uchun yaroqli ekanligini tasdiqlovchi hujjat, ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan shakldagi amal qiluvchi belgilar va tamgʻalarga ega boʻlishi kerak.

2.6. Hisoblash priborining texnik holati va uni taʼmirlash uchun javobgarlik Yetkazib beruvchining zimmasiga yuklanadi.

2.7. Hisoblash priborlarini qiyoslov davriyligi 8 yil etib belgilanadi. Gaz hisobga olish priborlariga 2019-yil 1-noyabrga qadar rasmiylashtirilgan qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati oʻz kuchida qoladi.

2.8. Hisoblash priboriga tamgʻa oʻrnatish Yetkazib beruvchining masʼul xodimlari tomonidan dalolatnoma tuzgan holda hamda Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.9. Hisoblash priborlarining, shu jumladan oʻrnatilgan tamgʻalarning saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik Isteʼmolchi zimmasiga yuklanadi.

2.10. Hisoblash pribori oʻrnatilgandan keyin Yetkazib beruvchi tomonidan uch kun muddat ichida “Billing” tizimiga kiritiladi.

2.11. Hisoblash priborini almashtirish, taʼmirlash, xizmat koʻrsatish, tekshirish va sozligini monitoring qilish va qayta qiyoslovdan oʻtkazish uchun yechib olish Yetkazib beruvchi tomonidan Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.12. Hisoblash pribori Isteʼmolchining mulki boʻlganda uni almashtirish uchun yechib olish Isteʼmolchining arizasi asosida Yetkazib beruvchi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

2.13. Mulkiy egaligidan katʼiy nazar hisoblash priborining qiyoslov muddati tugaganligi sababli yechib olish Yetkazib beruvchi vakillari tomonidan Isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2.14. Hisoblash priborining sozligini monitoring qilish uchun yechib olish Yetkazib beruvchi vakillari tomonidan Isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi.

2.15. Ushbu shartnomaning 2.11 va 2.12-bandlarida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha yechib olingan hisoblash priborini (Isteʼmolchining mulki boʻlganda) oʻrnatish Isteʼmolchining arizasiga koʻra yoxud tegishli qiyoslov muddati tugagandan soʻng oʻn toʻrt ish kuni ichida Yetkazib beruvchi vakillari tomonidan amalga oshiriladi va masʼul xodimlari tomonidan tamgʻalanadi.

2.16. Ushbu shartnomaning 2.14-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha yechib olingan hisoblash priborini oʻrnatish, monitoring tugaganidan soʻng kechiktirmasdan, darhol Yetkazib beruvchining vakillari tomonidan amalga oshiriladi va masʼul xodimlari tomonidan tamgʻalanadi.

2.17. Hisoblash priborining monitoringidan yoki tekshiruv natijalaridan norozi boʻlgan Isteʼmolchi yuqori turuvchi organ yoki tegishli sudga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.

2.18. Isteʼmolchi tomonidan quyidagi qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, Yetkazib beruvchining vakolatli xodimi tomonidan undan soʻnggi koʻrik oʻtkazilgan vaqtdan yoki oxirgi marta elektron tarzda koʻrsatkichlarni olingan kundan boshlab ulangan va foydalanilayotgan gaz qurilmalari bir kunda 24 soat toʻliq quvvat bilan ishlashi hisobidan isteʼmol qilingan gaz hajmining narxi amaldagi tariflar asosida undiriladi:

a) hisoblash priboriga qasddan shikast yetkazish;

b) uzib qoʻyish moslamalari, gazdan foydalanish qurilmalari yoki gazni hisoblash priborida oʻrnatilgan tamgʻalarni qasddan buzish;

v) hisoblash priborisiz yoki uni chetlab oʻtgan holda gaz isteʼmol qilish, (Isteʼmolchiga belgilangan meʼyorlar boʻyicha xizmat koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno);

g) gaz quvurlari yoki gaz taqsimlash shahobchalarida (keyingi oʻrinlarda GTSH deb ataladi), gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik ish rejimining buzilishiga olib keladigan qurilmalarni oʻrnatish;

2.19. Isteʼmolchi Yetkazib beruvchining vakolatli xodimlariga, Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzneftgazinspeksiya” xodimlariga Yetkazib beruvchining vakili bilan birgalikda, ish kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha tegishli guvohnomalarini koʻrsatgan taqdirda hisoblash priborlari va gaz asboblarini moneliksiz koʻzdan kechirish uchun kirish imkoniyatini taʼminlashi shart.

2.20. Yetkazib beruvchi va Oʻzneftgazinspeksiya xodimlarini Isteʼmolchi tomonidan hisoblash priborlari va gaz asboblarini koʻzdan kechirishga imkon bermagan yoki kiritilmagan taqdirda, ushbu holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Isteʼmolchi mazkur dalolatnoma bilan tanishib imzo chekishi lozim. Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu haqda belgi qoʻyiladi. Rad etish holati kamida ikki nafar holislar va oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak. Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomada qayd etiladi.

Dalolatnomaga imzo qoʻyishni rad etish Isteʼmolchini gaz tarmogʻidan uzib qoʻyish uchun asos boʻladi va u bu haqida ogohlantiriladi.

 

III. Hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi

 

3.1. Foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.

3.2. Isteʼmolchi oy tugaganidan soʻng 10 kun mobaynida isteʼmol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz isteʼmolini hisoblash priborlari koʻrsatkichlari yoki belgilangan meʼyorlar asosida toʻlovni amalga oshiradi.

TGHNATga ulangan Isteʼmolchilar esa oldindan toʻlov miqdorini kiritadilar va ular bilan toʻliq hajmda hisob-kitob avtomatik tarzda yuritiladi.

3.3. Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilingan gaz uchun toʻlov bank muassasalari va kommunal toʻlovlarni qabul qilish kassalari, shuningdek, elektron toʻlovlar orqali yoki bevosita naqd boʻlmagan shaklda amalga oshirilishi mumkin.

3.4. Isteʼmol qilingan gaz boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda Isteʼmolchiga tegishli boʻlgan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni toʻlash boʻyicha solidar javobgar boʻladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy isteʼmolchiga tegishli boʻlgan doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va roʻyxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi.

3.5. Isteʼmolchi gaz tarmoqlaridan quyidagi holatlarda uzib qoʻyiladi:

- foydalanilgan gaz uchun hisob-kitob oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi natijasida qarzdorlik mavjud boʻlganda;

- TGHNATga ulangan Isteʼmolchilar oldindan amalga oshirilgan toʻlovlari miqdori tugayotganligi boʻyicha SMS (m3 yoki soʻm) orqali uyali aloqa vositasiga ogoxlantirish yuborilgandan soʻng, oldindan toʻlov tugagunga qadar boʻlgan davrda avtomatik tarzda oʻchirilishi;

- Yetkazib beruvchining qonunchilikda belgilangan majburiy koʻrsatmalari bajarilmaganda, shu jumladan uning vakillarini hisoblash priborlaridan koʻrsatkichni yechib olishga qoʻyilmaganda;

- gazni talon-taroj qilish, gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish yoki gazdan foydalanish qoidalarini buzishning boshqa holatlari yoxud gazning rejimini buzadigan, qoʻlbola usulda yasalgan nostandart qurilmalar ulanganligi aniqlanganda;

- Yetkazib beruvchi gaz uchun qarzdor boʻlgan isteʼmolchilarni qarzni besh kun ichida uzish lozimligi haqida xabardor qilishni taʼminlaydi hamda xabardor qilingan vaqtdan boshlab besh kun muddat oʻtgandan soʻng, qarzdorlikni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy undirish choralarini koʻradi.

3.6. Shartnomaning 3.5-bandida koʻrsatilgan holatlar boʻyicha tarmoqdan oʻchirilgan isteʼmolchilarni qayta tarmoqqa ulashda Isteʼmolchidan toʻlov kunida amalda boʻlgan respublikada belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi (TGHNATga ulangan va isteʼmolchining arizasiga (talabiga) binoan gaz tarmoqlaridan Yetkazib beruvchi tomonidan muqaddam uzib qoʻyilgan Isteʼmolchilar bundan mustasno).

3.7. Yetkazib beruvchining maʼlumot bazalarida belgilangan tariflar oʻzgarishiga (ortishi) qadar Isteʼmolchi amalga oshirgan toʻlovlar haqidagi hisobga olinmagan hujjatlar aniqlangan taqdirda, ushbu Isteʼmolchi boʻyicha hisob-kitob (qayta hisob-kitob) toʻlov vaqti (sanasi) amalda boʻlgan tariflar asosida amalga oshirilib, keyinchalik billing tizimidagi shaxsiy hisob raqami koʻrsatkichlariga tuzatish kiritiladi.

3.8. Foydalanilgan gaz haqining summasi hisoblash priborlaridan koʻrsatkichlarni olish vaqtida amal qilgan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar oʻzgarganda, avval hisoblangan haq summasi boʻyicha tariflar oʻzgarishiga qadar toʻlov amalga oshirilmagan boʻlsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi.

3.9. Tariflar oʻzgargan hollarda gaz hajmi uchun boʻnak tariqasida toʻlovni amalga oshirgan Isteʼmolchi ikki oydan ortiq boʻlmagan muddatga qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi.

3.10. Isteʼmolchining mazkur Shartnomaning 2.18-bandida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarlik holatlari, shuningdek, shaxsiy hisob raqamiga (belgilangan meʼyorlar boʻyicha isteʼmol qilingan gaz miqdorini hisoblash uchun Yetkazib beruvchining billing tizimiga) kiritilgan boshlangʻich maʼlumotlar (isitish maydoni, gazdan foydalanish uskunalari va yashovchilar soni) buzib koʻrsatilishi holatlari aniqlanganda, Isteʼmolchidan Yetkazib beruvchi vakolatli xodimining oxirgi tashrif buyurgan kunidan yoki oxirgi marta elektron tarzda koʻrsatkichlarni olingan kundan boshlab, amalda aniqlangan maʼlumotlar asosida belgilangan isteʼmol meʼyori boʻyicha hisoblangan gaz hajmining haqi undiriladi.

3.11. TGHNATga ulangan Isteʼmolchining gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilganda, Isteʼmolchi tomonidan toʻlovlar amalga oshirilganda 5 minutdan oshmagan holda SMS kodi yuboriladi.

 

IV. Texnik hizmat koʻrsatish tartibi

 

4.1. Yetkazib beruvchi quyidagi hollarda mazkur Shartnomaning 4.3-bandida koʻrsatilgan muddatlarda Isteʼmolchining ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarni texnik taftishdan oʻtkazadi va (yoki) ularga profilaktik xizmat koʻrsatadi:

a) “Yetkazib beruvchi”ning tasdiqlangan jadvaliga asosan;

b) Isteʼmolchining yozma yoki boshqa usulda berilgan talabnomaga muvofiq.

4.2. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchi ishtirokida texnik taftish va (yoki) profilaktik hizmatni oʻtkazib, bajarilgan ishlar dalolatnomasini rasmiylashtiradi. Yetkazib beruvchi bajarilgan ishlar sifat uchun javobgar hisoblanadi.

4.3. Yetkazib beruvchi tomonidan tasdiqlagan jadvallar va tariflar boʻyicha isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlari va gazdan foydalanish uskunalarini quyidagi muddatlarda texnik taftishdan oʻtkazish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatiladi:

- koʻp qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz priborlari mavjud boʻlmaganda – ikki yilda bir marta;

- turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish priborlari – har yili bir marta, profilaktik xizmat koʻrsatish – har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval.

4.4. Isteʼmolchi xaqiqatda koʻrsatilgan hizmatlar uchun toʻlovni tasdiqlangan tariflar asosida amalga oshiradi.

Agarda xizmat koʻrsatuvchi korxona tomonidan xizmat koʻrsatilmagan taqdirda Isteʼmolchi tomonidan toʻlovlar amalga oshirilmaydi.

 

V. Taraflarning huquq va majburiyatlari

5.1. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

- gaz standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hajmda va sifatda, uzatish rejimiga rioya qilgan holda uzluksiz yetkazib berilishini talab qilishga;

- gazni yetkazib berish shartnomasi bekor qilinganda, solishtiruv dalolatnomasi asosida foydalanilmagan gaz hajmi uchun toʻlangan summani qaytarishni talab qilishga;

- gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilishga;

- gazni yetkazib berish toʻxtatilganda yoki qisqarganligi natijasida yetkazilgan zararni qoplanishini talab qilishga;

- Yetkazib beruvchi vakilini gaz tarmogʻidan uzib qoʻyish va qayta ulash uchun qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirmagan holda gaz priborini gaz taʼminotidan vaqtincha yoki doimiy uzib qoʻyish uchun chaqirtirishga;

- oilaviy korxona yetkazib berilgan gazning aniqlangan hajmiga va boshqa parametrlarga norozi boʻlgan taqdirda, Yetkazib beruvchidan gazni hisoblash pribori ishlashining ishonchligini tekshirish uchun komissiya tashkil etishni talab qilish.

Isteʼmolchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Isteʼmolchining boshqa huquqlari

5.2. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:

- yangi turar joylarga koʻchib oʻtilganda hamda mavjud uy-joy fondini gazlashtirish davomida gaz xoʻjaligidan xavfsiz foydalanish qoidalari boʻyicha koʻrsatmalar olish;

- oʻz tasarrufidagi gaz tarmoqlari, hisoblash pribori, uskunalar, shuningdek foydalanilayotgan yertoʻlalar, texnik yoʻlaklar va boshqalarni soz holatda saqlash, elektr yoritish va ventilyatsiya tizimining doimiy ishlashini taʼminlash;

- binolar yertoʻlalaridagi yer osti kommunikatsiyalarining zichligini, shuningdek, binolar qurilish elementlarining gaz tarmoqlari bilan oʻzaro kesishgan joylarini kuzatib borish;

- oʻz xizmat guvohnomalarini koʻrsatgan Yetkazib beruvchi xodimlariga favqulodda va avariya holatlarida kunning istalgan vaqtida, gaz sizib chiqish holatini tekshirish uchun barcha yertoʻlalar, texnik yoʻlaklar, xonalarga kirishini taʼminlash;

- belgilangan tartibda tutun moʻrilari, moʻrilar kallaklari va ventilyatsiya kanallari holatini oʻz vaqtida tekshirilishini tashkil qilish;

- tutun moʻrilari va ventilyatsiya kanallaridagi nosozliklar toʻgʻrisida yongʻin xavfsizligi hizmatlariga nosozliklarni tuzatish uchun zudlik bilan xabar berish;

- xususiy mulk huquqida tegishli boʻlgan turar joylarni buzilishi yoki qayta qurilishi haqida Yetkazib beruvchini yozma yoki elektron shaklda xabardor qilish;

- Yetkazib beruvchining qonunchilikda belgilangan majburiy koʻrsatmalarini bajarish;

- turar joy ichidagi gaz quvurini korroziyadan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish, muntazam ravishda boʻyab turish;

- tabiiy gazdan oqilona foydalanish;

- gaz anjomlarini yoqilgan holda qarovsiz qoldirmaslik va yosh bolalarga gazdan foydalanishga ruxsat bermaslik;

- foydalanilgan gaz va gazdan foydalanish uskunasi hamda uy ichi gaz tarmoqlariga hizmat koʻrsatish yuzasidan xaqiqatda bajarilgan ishlar uchun Yetkazib beruvchi bilan oʻz vaqtida hisob-kitobni amalga oshirish;

- gaz priborini toza saqlash, taom tayyorlash jarayonida pribor yondirgichlarini ifloslanishdan saqlash;

- gazlashtirish loyihasi saqlanishini taʼminlash hamda uni Yetkazib beruvchi va boshqa vakolatli davlat organlari vakili talabi bilan taqdim qilish;

- yertoʻla, yoʻlak, hovli, koʻchada tabiiy gaz hidi sezilgan taqdirda, avariya xizmatiga “104” telefoni orqali xabar berish;

- gaz bilan toʻlgan joylardan odamlarni olib chiqish, elektr yoritish tizimi yonib va oʻchib qolishi, ochiq olov yoki uchqun paydo boʻlishini oldini olish choralarini koʻrish;

- Yetkazib beruvchi vakillarini tegishli guvohnomalarini koʻrsatgan taqdirda ish kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari va gaz asboblarini koʻzdan kechirish uchun qarshiliksiz kirish imkoniyatini taʼminlash;

- gaz isteʼmolini hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida uning ishlashiga toʻsqinlik qiladigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ularga qasddan shikast yetkazishni oldini olish va oʻrnatilgan tamgʻalarning butunligini taʼminlash.

Isteʼmolchilarning boshqa majburiyatlari

5.3. Yetkazib beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

- texnik zaruratga koʻra, ushbu shartnomaga muvofiq belgilangan tartibda Isteʼmolchini kamida 3 kun oldin xabardor qilgan holda gazni yetkazib berishni toʻxtatish;

- gaz taʼminoti tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlanganda, belgilangan tartibda gaz tarmogʻidan uzib qoʻyish;

- Isteʼmolchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalari va gazni yetkazib berish shartnomasi talablariga rioya etishni talab qilish;

- gazni yetkazib berish shartnomasini qonunchilik hujjatlariga muvofiq bir tomonlama bekor qilish;

- gaz tarmoqlarida avariyani oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralarni koʻrish zarurati tugʻilganida, Isteʼmolchi bilan kelishmasdan va ogohlantirmasdan, zudlik bilan xabardor qilgan holda, gazni yetkazib berishni toʻxtatish yoki cheklash.

Yetkazib beruvchining boshqa huquqlari

5.4. Yetkazib beruvchi quyidagilarga majbur:

- oʻziga qarashli boʻlgan gaz tarmoqlarini soz holatda saqlash va ularda oʻz hisobidan taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish;

- oʻziga qarashli boʻlgan gaz tarmoqlarining texnik holati va ulardagi ruxsatsiz ulanishlarni aniqlash uchun davriy ravishda koʻzdan kechirish;

- gaz yetkazib berish toʻxtagan taqdirda bu toʻgʻrisida Isteʼmolchini xabardor qilish;

- gazning ruxsatsiz isteʼmol qilinganligi, gaz tarmoqlari moddiy boyliklarining talon-taroj qilinganligi toʻgʻrisida huquqni muhofaza qilish organlarini xabardor qilish;

- Isteʼmolchiga gaz yetkazib berish shartnomasida kelishilgan shartlarda gaz yetkazib berish;

- Isteʼmolchiga yoʻriqnomalar berish va xonada oʻrnatilgan gaz priborlaridan xavfsiz foydalanish masalalari boʻyicha eslatmani topshirish;

- vakolatli davlat organlarining majburiy koʻrsatmalarini bajarish;

- Isteʼmolchining ichki gaz tarmoqlari, gazdan foydalanuvchi uskunalarini texnik taftishdan oʻtkazish va profilaktika xizmatlari koʻrsatish;

- Isteʼmolchini texnik hizmat koʻrsatish (taftish oʻtkazish) sanalari haqida turar joylar yoʻlaklarida eʼlonlar yoki boshqa mavjud usullar orqali kamida uch sutka avval ogohlantirish;

- Isteʼmolchining yozma yoki elektron buyurtmalari asosida, narxlarni tartibga solish organi tomonidan tasdiqlangan tariflar boʻyicha, quyidagi muddatlarda gazdan foydalanish uskunalarini taʼmirlash:

tabiiy gaz sizib chiqishida – darhol;

taom tayyorlash (gaz plitasi) uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida – bir kun davomida;

isitish mavsumida isitish uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida – bir kun davomida;

issiq suv va isitish uchun moʻljallangan gazdan foydalanish uskunalarining nosozligida (isitish mavsumidan tashqari vaqtda) – ikki kun davomida;

gazdan foydalanish uskunalarini almashtirishda – besh kun davomida;

- Isteʼmolchiga gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini har oyda kiritib borish, toʻlovlarni amalga oshirish va interaktiv xizmatlarning boshqa imkoniyatlaridan foydalanish uchun haq undirmasdan shaxsiy kabinet ochish imkonini berish;

- Isteʼmolchi arizasiga asosan hisob-kitob ahvoli hamda isteʼmol qilingan gaz uchun qarzdorlik mavjud emasligi (mavjudligi) haqida maʼlumotnomani ikki ish kuni ichida haq undirmagan holda taqdim etish.

Yetkazib beruvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Yetkazib beruvchining boshqa majburiyatlari

VI. Taraflarning javobgarligi

 

6.1. Zarur miqdorda gaz yetkazib berilmagan holatda, Yetkazib beruvchi har bir kechiktirilgan kun uchun shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan qismining 0,4 foizi, biroq yetkazib berilmagan gaz umumiy qiymatining 50% foizi dan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima (penya) toʻlaydi.

6.2. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holati vujudga kelganda, Yetkazib beruvchi mazkur shartnoma shartlarini buzilishi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

6.3. Isteʼmolchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:

- gazdan mazkur shartnomada nazarda tutilgan shartlarga zid ravishda foydalanish;

- oʻzboshimchalik bilan gaz taʼminoti tarmoqlariga ulanish yoki gazdan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, hisoblash priboriga va undagi barcha plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida tashqaridan aralashish.

6.4. Mazkur shartnomaning 2.18-bandida koʻrsatilgan holatlarda gaz hajmlari narxining undirilishi Isteʼmolchini qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod qilmaydi.

6.5. Olingan gaz uchun toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, Yetkazib beruvchiga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,1 foiz, biroq kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda jarima (penya) toʻlanadi.

 

VII. Korrupsiyaga qarshi talablar

 

7.1. Shartnomaning har bir tomoni oʻziga nisbatan qoʻllaniladigan barcha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlardagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi.

7.2. Isteʼmolchi ushbu shartnoma amalda boʻlgan butun davr mobaynida u (shuningdek uning mansabdor shaxslari, direktori, xodimlari, agentlari va boshqa vakillari) Yetkazib beruvchining manfaatlarida uning agenti yoki vakili sifatida harakat qilib, Yetkazib beruvchining hamda Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarining Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlari va talablariga qatʼiy rioya etish majburiyatini oladi.

 

VIII. Yakunlovchi shartlar

 

8.1. Mazkur Shartnoma Isteʼmolchi gaz tarmoqlaridan amalda uzib qoʻyilguniga qadar, taraflarning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarilishi qismi boʻyicha esa ularning toʻliq bajarilguniga qadar amal qiladi.

8.2. Shartnomani amal qilish muddati davomida qonunchilik hujjatlarida oʻzgarishlar roʻy bergan taqdirda, mazkur shartnoma qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilishi lozim.

8.3. Taraflar mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar va nizoli masalalarni muzokara yoʻli bilan hal qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilish imkoni boʻlmaganda, ular sud tartibida hal etiladi.

8.4. Ushbu shartnoma taraflarning har biri uchun ikki nusxada tuzilgan, har ikkala nusxa bir hil yuridik kuchga ega.

8.5. Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi gaz yetkazib berishda, uni isteʼmol qilishda, shuningdek, oʻzaro hisob-kitob qilishda mazkur shartnoma va qonunchilik hujjatlari normalariga amal qilishga majburdir.

8.6. Shartnomaga taraflar imzo qoʻygandan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati muddatga amal qiladi. Shartnoma muddati tugagach, taraflardan biri uni uzaytirish yoki bekor qilish haqida ariza bermagan taqdirda, shartnoma keyingi yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Shartnomani bekor qilish haqidagi talabnoma, bildirish xati va boshqalar shartnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin berilishi kerak.

 

IX. Taraflarning yuridik manzili, rekvizitlari va imzolari

 

“Yetkazib beruvchi”

 

“Isteʼmolchi”

Manzil:Yetkazib beruvchi tashkilotning manzili

 

Manzil:Isteʼmolchining yashash manzili

Pochta manzili: Yetkazib beruvchi tashkilotning pochta manzili

 

shaxsiy hisob raqami: Isteʼmolchining shaxsiy hisob raqami

KTUT kodi: Yetkazib beruvchi tashkilotning KTUT kodi

 

STIR: Isteʼmolchining STIR raqami

XXTUT: Yetkazib beruvchi tashkilotning XXTUT kodi

 

INPS: Isteʼmolchining INPS raqami

Bogʻlanish telefoni: Yetkazib beruvchi tashkilotning aloqa raqami

 

Bogʻlanish uchun telefonlar:

Uyali aloqa: Isteʼmolchining uyali aloqa raqami

Uy: Isteʼmolchining uy telefoni raqami

Toʻlovlar uchun bank hisob-raqami: Yetkazib beruvchi tashkilotning bank hisob-raqami

 

Pasport seriya va raqami: Isteʼmolchining pasport seriya raqami

Bank nomi: Yetkazib beruvchi tashkilotning bank nomi

 

Isteʼmolchiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

FPM : Yetkazib beruvchining FPM raqami

 

Pasport berilgan sana Isteʼmolchiga pasport berilgan sana

STIR: Yetkazib beruvchining STIR raqami

 

Isteʼmolchining F.I.O.si Imzo:_______

 

Rahbar: Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari lavozimi Imzo:_________

 

M.Oʻ.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

20 __ yil “___” __________ dagi

______ - son shartnomaga 1-ilova

 

Oʻrnatilgan gaz qurilmalarini xavfsiz ishlatish boʻyicha

KOʻRSATMA VA ESLATMA

 

Tabiiy gaz (metan) – rangsiz, zaharli gaz hisoblanadi va shu sababli binolardagi gaz quvuridan sirqib chiqqan hollarda sezilmaydigan gazli havo aralashmasi paydo boʻlishi mumkin.

Kundalik hayotda gazdan xavfsiz foydalanish uchun uning tabiiy xususiyatlarini va quyidagi qoidalarga rioya etish zarur:

1. Xonada gaz hidi paydo boʻlganda, darhol gaz qurilmalarining ogʻzini berkitib, deraza va eshiklarni ochish, yelvizak hosil qilish va telefon orqali

104 avariya hizmatini chaqirish zarur. Olov yoqmaslik, chekmaslik, elektr yoritish asboblari va elektr qurilmalarini yoqmaslik, elektr qoʻngʻiroqlardan foydalanmaslik, gazlangan hududdan odamlarni zudlik bilan olib chiqish kerak.

2. Gaz plitasidan foydalanganda oyna ochiq holda boʻlishi lozim. Toza havo yetarlicha kelmaganda gaz oxirigacha yonmasligi mumkin va is gazi paydo boʻladi. Is gazi – metanning oxirigacha yonmagan mahsuloti. Rangsiz va hidsiz, oʻta zaharli. Bino hajmining 10 foiziga yetarli is gazi yigʻilganda va inson bir necha marta undan nafas olsa, uni oʻlimga olib kelishi mumkin. Is gazi chiqishining belgilari: olovda sariq, qizil rang chiqishi.

3. Gaz qurilmasi nosozligida yoki gaz qurilmalari profilaktikasi uchun gaz hizmati ekspluatatsiya xodimlarini 104 raqami orqali chaqirish.

4. Moʻrilar va ventilyatsiyaning normal holatda ishlashi, gaz isitish qozonlarini ishlatish payti va ishlatishdan oldin tyagani tekshirish.

5. Isitish mavsumi boshlanishida moʻrilar holatini tekshirish.

 

 

 

 

Quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:

 

1. Gazda ishlaydigan qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan gazga ulash, joyini oʻzgartirish, almashtirish va taʼmirlash;

2. Gazda ishlaydigan qurilmalar oʻrnatilgan binolarni meʼriy shartlarga toʻgʻri kelmagan holda qayta rejalashtirish;

3. Gazda ishlaydigan qurilma, tutun va ventilyatsion tizimlar konstruksiyasiga oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ventilyatsiya kanallarini toʻsib qoʻyish, moʻrilarni tozalash uchun moʻljallangan “karman” va lyuklarni berkitib tashlash;

4. Xavfsizlik va boshqarish avtomatikasini oʻzboshimchalik bilan oʻchirish, gaz qurilmalari, avtomatika va armatura nosoz boʻlganda ulardan foydalanish;

5. Devor qalinligi oʻzgarganida, gazlashtirilgan pech va moʻrilar darz ketishida tabiiy gazdan foydalanish;

6. Moʻri va ventilyatsiya kanallarini tekshirish va tozalash toʻgʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi yoki uning vaqti tugaganida tabiiy gazdan foydalanish;

7. Moʻri va ventilyatsiya kanallarini oʻzboshimchalik bilan tozalash;

8. Yopiq oynalar, jalyuzili panjaralar, ventilyatsiya kanallari panjaralari yopiq boʻlganda, vanna va oshxona eshiklari ostida teshiklar hamda moʻri va ventilyatsiya kanallarida tyaga yoʻqligida gaz qurilmalaridan foydalanish;

9. Ishlab turgan gaz qurilmalarini qarovsiz qoldirish, toʻxtovsiz ishlovchi va bunga munosib avtomatikaga ega boʻlgan qurilmalar bundan mustasno;

10. Maktab yoshidagi bolalarni hamda oʻzini boshqara olmaydigan va gazdan foydalanish qoidalarini bilmaydiganlarni gazda ishlaydigan qurilmalardan foydalanishini taqiqlash;

11. Gaz quvurlariga arqon bogʻlash va ularga yuk qoʻyish;

12. Gaz va gazda ishlaydigan qurilmalardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik, xonalarni isitishda ulardan foydalanish;

13. Gazda ishlaydigan qurilmalar joylashgan xonalardan dam olish va uxlash maqsadida foydalanish;

14. Tabiiy gaz bor-yoʻqligini bilish uchun olov yoqib tekshirib koʻrish (odatda bu maqsadlarda sovunli emulsiya yoki maxsus qurilmalardan foydalanish lozim);

15. Gaz tarmoqlarida gaz taqsimlash tarmoqlarining texnologik rejimini buzuvchi nasos qurilmalarini oʻrnatish.

 

 

DI Q Q A T !

 

Gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik

inson hayoti uchun XAVFLI boʻlishi mumkin!

 

Nafaqat yaqinlaringiz hayoti va mulki oldida, balki qoʻshni

va boshqa fuqarolar oldidagi oʻz shaxsiy javobgarligingizni

 

UN U T M A N G !

 

Sizning xavfsizligingiz oʻz qoʻlingizda!

20 __ yil “___” __________ dagi

______ - son namunaviy shartnomaga 2-ilova

 

“Isteʼmolchi”ning yashovchilar soni hamda gaz uskunalarining

texnik parametrlari haqida

MAʼLUMOTLAR

 

T/r

 

Nomlanishi

 

Shu jumladan yillarda

2021 y

2022 y

2023 y

2024 y

2025 y

1

Yashovchilar soni

 

 

 

 

 

2

Isitiladigan hajm (metr kub)

 

 

 

 

 

3

Hisoblash qurilmasining zavod raqami,

turi va markasi

 

 

 

 

 

4

Hisob qurilmasining amal qilish muddati

 

 

 

 

 

5

 

 

 

 

Oʻrnatilgan qurilmalar:

 

 

 

 

 

2komforkali gaz plitasi

 

 

 

 

 

3komforkali gaz plitasi

 

 

 

 

 

4komforkali gaz plitasi

 

 

 

 

 

__ komforkali gaz plitasi

 

 

 

 

 

6

Gaz oʻchogʻi

 

 

 

 

 

7

Isitish pechi (OP), isitish-qaynatish pechi (OVP)

 

 

 

 

 

8

Oqimli suv qizdirgich (Gaz kolonkasi)

 

 

 

 

 

9

 

 

 

 

 

 

 

Suv qizdirgich (Yogʻochni yoqish kolonkasi)

 

 

 

 

 

AGV-80

 

 

 

 

 

AGV-120

 

 

 

 

 

AOGV-11/6

 

 

 

 

 

AOGV-15

 

 

 

 

 

AOGV-23

 

 

 

 

 

VNIISTO

 

 

 

 

 

Ariston

 

 

 

 

 

10

 

 

Boshqa qurilmalar __________________

 

 

 

 

 

Boshqa qurilmalar __________________

 

 

 

 

 

Boshqa qurilmalar __________________

 

 

 

 

 

11

 

 

 

 

 

 

 

Uy hayvonlari soni:

 

 

 

 

 

Ot

 

 

 

 

 

sigir

 

 

 

 

 

choʻchqa

 

 

 

 

 

qoʻy (echki)

 

 

 

 

 

Boshqalar __________________

 

 

 

 

 

Boshqalar __________________

 

 

 

 

 

Boshqalar __________________

 

 

 

 

 

12

 

 

 

Meʼyor boʻyicha oylik toʻlov:

 

 

 

 

 

yozgi (soʻm)

 

 

 

 

 

qishki (soʻm)

 

 

 

 

 

Tarif boʻyicha yillik toʻlov (soʻm)

 

 

 

 

 

 

 

 

Kelishilgan:

 

Yetkazib beruvchi

 

Isteʼmolchi

Yetkazib beruvchi tashkilot nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

 

Isteʼmolchining yashash manzili

Yetkazib beruvchi tashkilot rahbari F.I.O.si

 

 

_________

 

 

Isteʼmolchining F.I.O.si

 

 

_________

 

 

Imzo Muhr

 

 

 

 

Imzo Muhr

 

 

 

 

Maishiy isteʼmolchilar (shuningdek oilaviy korxonalar)ga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.

Maishiy isteʼmolchilar (shuningdek oilaviy korxonalar)ga tabiiy gaz yetkazib berish shartnomasi orqali isteʼmolchi tabiiy gazni faqat maishiy ehtiyojlar uchun sotib oladi.

Ushbu Shartnoma shartlari turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan oilaviy korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Maishiy isteʼmolchi – tabiiy gazdan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi aholi, shuningdek oilaviy korxonalar.