O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ishdan bo‘shagandan so‘ng berilmagan mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlarni talab qilib olish.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Daʼvo ariza mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandga mehnat daftarchasidan tashqari ish beruvchi tomonidan qaytarib berilmagan hujjatlar nomi yoziladi. Masalan: buyruq nusxasi, harbiy guvohnoma
  • Izoh: Daʼvo arizaga ish holatiga oid, daʼvo arizani asoslovchi barcha hujjatlar, daʼvo ariza nusxasi taraflarga yuborilganligini, davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik sudi nomisudiga

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning yashash manzilida yashovchi

 

Daʼvogarning F.I.O.sidan

Telefon: Daʼvogarning telefon raqami

E-mail: Daʼvogarning E-mail manzili

 

 

Javobgar: Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

 

Manzil: Javobgarning manzili

Telefon: Javobgarning telefon raqami

E-mail: Javobgarning elektron pochta manzili

 

Daʼvo mazmuni: Ishdan boʻshagandan soʻng berilmagan mehnat daftarchasi va Daʼvogarga ish beruvchi tomonidan qaytarib berilmagan hujjatlarini talab qilib olish boʻyicha

 

Daʼvo arizasi

(Ishdan boʻshagandan soʻng berilmagan hujjatlarni talab qilib olish boʻyicha)

 

Men Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomi rahbari Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqni qabul qilgan mansabdor shaxsning ism sharifi ning Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingan kun kungi Daʼvogarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq raqami-sonli buyrugʻi asosida Daʼvogar ishga qabul qilingan vazifa (lavozim) vazifasiga ishga qabul qilinganman.

Ish beruvchining Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq qabul qilingan sana kunidagi Daʼvogarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi buyruq raqami -sonli buyrugʻi asosida men bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Biroq bir necha marotaba murojaat qilganimga qaramasdan, ish beruvchi tomonidan menga tegishli boʻlgan mehnat daftarchasi hamda Daʼvogarga ish beruvchi tomonidan qaytarib berilmagan hujjatlarikabi hujjatlarim berilmadi. Natijada men boshqa joyga ishga joylasholmayapman.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 125-moddasiga koʻra, mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxonada besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, oʻrindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno.

Mehnat kodeksining 160-moddasiga muvofiq, xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, o‘n to‘rt kalendar kun oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan soʻng xodim ishni toʻxtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.

Mehnat kodeksining 171-moddaga koʻra, mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxasini berishi shart.

Ish beruvchiga mehnat daftarchasini va buyruq nusxasini berish haqida bir necha marotaba murojaat qilsamda, ish beruvchi hujjatlarimni bermasdan kelayapti. Mehnat daftarchamni olib berishni soʻrab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatlarimga sudga murojaat qilish huquqim tushuntirilib, javob berildi.Natijada ovora boʻlib, sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.

Yuqorida qayd etilganlarga koʻra quyidagilarni

 

SOʻ R A Y M A N :

 

1. Javobgar Javobgar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shaklidan menga tegishli boʻlgan mehnat daftarcham hamda Daʼvogarga ish beruvchi tomonidan qaytarib berilmagan hujjatlari kabi hujjatlarimni olib berishingizni.

 

 

Ilova: Daʼvo arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogarning F.I.O.si

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

Ishdan bo‘shagandan so‘ng berilmagan mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlarni talab qilib olish.

Lozim darajada tasdiqlangan qog‘oz yoki elektron shaklidagi mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi va jismoniy shaxsning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi verifikatsiya qilingan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan asosiy hujjatdir. Ish beruvchi (bundan jismoniy shaxslar bo‘lgan ish beruvchilar mustasno) tashkilotda besh kundan ortiq ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.

Ish beruvchi bildirishnoma yuborilgan kundan e’tiboran mehnat daftarchasini berish kechiktirilganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi. Xodim tomonidan o‘z vaqtida talab qilib olinmagan mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan xodim mehnat daftarchasini berish to‘g‘risida murojaat qilgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay berilishi kerak.

Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish bilan bog‘liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini ham berishi shart.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizasini mustaqil holda to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.