O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Ishonchli boshqaruvchi
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqaruvchisi
Boshqaruvning muassisi
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqaruvchisi
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Ushub bandda ishonchli boshqaruvga beriladigan ko‘chmas mulklarning to‘liq nomi, rusumi, tavsifi va boshqa muhim jihatlari ko‘rsatilishi lozim
  • Izoh: Masalan naqd pul to‘lash, pul ko‘chirish yoki boshqa usul

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish toʻgʻrisida)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ushbu shartnoma kelgusida “Boshqaruvning muassisi” deb ataluvchi yuridik shaxs Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining lavozimi Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining F.I.O.si hamda “Ishonchli boshqaruvchi” deb ataluvchi yuridik shaxs Ishonchli boshqaruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shaklining Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.silar oʻrtasida quyidagilar toʻgʻrisida tuzildi:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha Boshqaruvning muassisi Ishonchli boshqaruvchiga shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan koʻchmas mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, Ishonchli boshqaruvchi esa ushbu koʻchmas mulkni Boshqaruvning muassisi manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.

Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirish, bu koʻchmas mulkka mulk huquqining Ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.

1.2. Boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvga oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni topshiradi. Ushbu koʻchmas mulk quyidagilardan iborat Ishonchli boshqaruvga beriladigan ko‘chmas mulklar

1.3. Ishonchli boshqaruvchi koʻchmas mulkni qabul qilib oladi va shaxsan oʻzi boshqaradi.

 

2. ISHONCHLI BOSHQARUVCHIGA TOʻLANADIGAN HAQ VA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI

 

2.1. Ushbu shartnoma boʻyicha Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning koʻchmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda Izoh: Ushub bandda ishonchli boshqaruvga beriladigan ko‘chmas mulklarning to‘liq nomi, rusumi, tavsifi va boshqa muhim jihatlari ko‘rsatilishi lozim soʻm miqdorida keyingi oyning Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning ko‘chmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda haq to‘lashi lozim bo‘lgan sana sanasidan kechiktirmay haq toʻlaydi.

2.2. Taraflar oʻrtasida hisob-kitoblar Bajarilgan ishlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish usuli shaklida amalga oshiriladi.

 

3. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. Ishonchli boshqaruvchi:

3.1.1. Qonunda va mazkur shartnomada nazarda tutilgan doirada ishonchli boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulkka nisbatan mulkdor huquqlarini amalga oshirish;

3.1.2. Shartnomaga muvofiq koʻchmas mulkni ishonchli boshqarar ekan, ushbu koʻchmas mulkka nisbatan Boshqaruv muassisining manfaatlarini koʻzlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilish;

3.1.3. Ishonchli boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulk yuzasidan bitimlarni oʻz nomidan amalga oshirish;

3.1.4. Shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni olish, shuningdek u koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish chogʻida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulk hisobidan yoki ushbu koʻchmas mulkdan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplatish;

3.1.5. Boshqaruv muassisi tomonidan shartnoma tuzilgunga qadar unga boshqarish uchun topshirilayotgan koʻchmas mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilmaganda shartnomani haqiqiy emas deb hisoblab, real zararni qoplashni va mutanosib haq toʻlashni talab qilish;

3.1.6. Ishonchli boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulkka shartnoma tuzilganidan keyin uchinchi shaxslarning huquqlari paydo boʻlsa, u esa bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor qilinmagan boʻlsa, shartnomani bekor qilib, oʻziga keltirilgan haqiqiy zararning qoplanishini va mutanosib haq toʻlanishini talab qilish;

3.1.7. Ishonchli boshqarishda boʻlgan koʻchmas mulkka huquqlarni himoya qilish uchun oʻzining huquqlari har qanday buzilishini bartaraf etishni talab qilish huquqiga ega.

Ishonchli boshqaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

3.2.Boshqaruv muassisi:

3.2.1. Ishonchli boshqaruvchidan uning faoliyati toʻgʻrisida har oyning Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga uning ko‘chmas mulkini ishonchli boshqarganligi uchun har oyda haq to‘lashi lozim bo‘lgan sana sanasidan kechiktirmay hisobotlar taqdim etishini talab qilishga;

3.2.2. Ishonchli boshqaruvga topshirilgan koʻchmas mulk boʻyicha oʻzidan tashqari foyda oluvchi toʻgʻrisida koʻrsatma berishga;

3.2.3. Ishonchli boshqarish bekor qilingan taqdirda koʻchmas mulkni oladigan shaxsni tayinlashga haqli.

Boshqaruv muassisining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

3.3. Ishonchli boshqaruvchining majburiyatlari:

3.3.1. Boshqaruv muassisiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida har oyning Ishonchli boshqaruvchi Boshqaruv muassisiga o‘z faoliyati to‘g‘risida har oyda hisobot berishi lozim bo‘lgan sana canasidan kechiktirmay hisobotlar taqdim etishi;

3.3.2. Boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulk yuzasidan bitimlarni oʻz nomida amalga oshirayotganda, oʻzining shunday boshqaruvchi sifatida ish olib borayotganini koʻrsatishi shart.

Ishonchli boshqaruvchining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

3.4. Boshqaruv muassisining majburiyatlari:

3.4.1. Shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni Ishonchli boshqaruvchiga oʻz vaqtida toʻlab borish, shuningdek Ishonchli boshqaruvchi koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish chogʻida qilgan zarur xarajatlarni boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulki hisobidan yoki ushbu koʻchmas mulkidan foydalanishdan kelgan daromadlar hisobidan qoplashi;

3.4.2. Ishonchli boshqaruvchini shartnoma tuzilgunga qadar unga boshqarish uchun topshirilayotgan koʻchmas mulkka uchinchi shaxslarning huquqlari borligi haqida xabardor qilib qoʻyishi;

3.4.3. Ishonchli boshqaruvchiga koʻchmas mulkni uning manfaatlarini koʻzlagan holda ishonchli boshqarishi uchun har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishiga koʻmaklashishi shart.

Boshqaruv muassisining shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

 

4. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI

 

4.1. Mazkur shartnoma quyidagi hollarda bekor boʻladi:

4.1.1. Taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga muvofiq;

4.1.2. Foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan;

4.1.3. Ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yoʻqolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor nochor (bankrot) deb topilganida;

4.1.4. Ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u nochor (bankrot) deb topilganida;

4.1.5. Foyda oluvchi shartnoma boʻyicha foydani olishdan bosh tortganida;

4.1.6. Ishonchli boshqaruvchi yoki Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchi uchun koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;

4.1.7. Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni toʻlagan holda shartnoma 4.1.5-bandida koʻrsatilganidan boshqa sabablarga koʻra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;

4.1.8. Ishonchli boshqaruvchi oʻzining majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;

4.1.9. Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra.

4.2. Mazkur shartnoma bekor qilinganida ishonchli boshqarishda boʻlgan koʻchmas mulk Boshqaruv muassisiga yoki u tomondan yozma ravishda belgilangan shaxsga topshiriladi.

4.3. Shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qoʻyilishi kerak.

4.4. Shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 853-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shartlar boʻlmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan hisoblanadi.

4.5. Shartnomaning amal qilish muddati tamom boʻlganida taraflardan birining shartnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlmasa, shartnoma unda nazarda tutilgan muddatga va shartlar asosida uzaytirilgan deb hisoblanadi.

4.6. Ushbu shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi.

 

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Ishonchli boshqaruvchi shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, mazkur shartnomaning 2.1-bandida nazarda tutilgan haqni olish huquqidan mahrum boʻladi.

5.2. Boshqaruv muassisi mazkur shartnomaning 2.1-bandida belgilangan haqni shartnomaning oʻz vaqtida toʻlamagan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlanmagan summaning Boshqaruv muassisi Ishonchli boshqaruvchiga har oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan summani o‘z vaqtida to‘lamagan har bir kun uchun to‘lov summasining necha foizi miqdorida penya to‘laydi foizi miqdorida, lekin asosiy summaning Boshqaruv muassisi tomonidan to‘lanadigan penyaning umumiy summasi asosiy summaning necha foizidan oshmasligi lozim foizidan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.3. Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaxsga uning nomidan mol- mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti Boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini taʼminlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur boʻlsa va bunda Boshqaruv muassisining koʻrsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega boʻlmasa.

Bunday hollarda Ishonchli boshqaruvchi oʻzi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.

5.4. Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki Boshqaruv muassisining manfaatlari toʻgʻrisida yetarli gʻamxoʻrlik qilmagan Ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, Boshqaruv muassisiga esa koʻchmas mulkni yoʻqotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani toʻlaydi.

Agar Ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud Boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.

5.5.Ishonchli boshqaruvchi oʻziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan holda tuzgan bitim boʻyicha majburiyatlarni Ishonchli boshqaruvchi shaxsan oʻzi bajaradi.

5.6. Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha qarzlar ushbu koʻchmas mulk hisobidan toʻlanadi. Ushbu koʻchmas mulk yetarli boʻlmagan taqdirda undiruv Ishonchli boshqaruvchining koʻchmas mulkiga, uning koʻchmas mulki ham yetarli boʻlmaganida esa - Boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan koʻchmas mulkiga qaratilishi mumkin.

5.7. Taraflar oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar boʻladilar.

 

6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

6.1. Ushbu shartnoma boʻyicha yoki u bilan bogʻliq holda taraflar oʻrtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar taraflar oʻrtasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal etiladi.

6.2. Muzokaralar olib borish yoʻli bilan nizolarni hal qilishga erishilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

 

7. SHARTNOMANING BOSHQA SHARTLARI

 

7.1. Mazkur shartnoma yozma shaklda tuzilgan boʻlib, koʻchmas mulkka egalik huquqining boshqa shaxsga oʻtishi qaysi tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilsa, bu mulkni ishonchli boshqarishga topshirish ham shu tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi shakliga yoki koʻchmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirishni roʻyxatga olish talabiga rioya qilmaslik, uning haqiqiy boʻlmasligini keltirib chiqaradi.

7.2. Ishonchli boshqarishga topshirilgan koʻchmas mulk Boshqaruv muassisining boshqa koʻchmas mulkidan, shuningdek Ishonchli boshqaruvchining koʻchmas mulkidan ajratiladi. Ushbu koʻchmas mulk Ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.

7.3. Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u Ishonchli boshqarishga topshirgan koʻchmas mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, ushbu shaxs nochor (bankrot) boʻlgan hollar bundan mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot boʻlganida, ushbu koʻchmas mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u kimoshdi savdosiga qoʻyilgan koʻchmas mulkka qoʻshib yuboriladi.

7.4. Ishonchli boshqaruvchi koʻchmas mulkni boshqarish sohasidagi harakatlarni amalga oshirish natijasida qoʻlga kiritgan huquqlar ana shunday koʻchmas mulk tarkibiga kiritiladi.Ishonchli boshqaruvchiningana shunday harakatlarni amalga oshirishi natijasida vujudga kelgan majburiyatlar shu koʻchmas mulk hisobidan bajariladi.

7.5. Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi boʻlishi mumkin.

 

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

 

8.1. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sanaga qadar amal qiladi.

8.2. Shartnoma 2 nusxada tuzilib, ikkala nusxasi ham huquqiy jixatdan teng kuchli hisoblanib, bir nusxasi Boshqaruv muassisida, ikkinchisi Ishonchli boshqaruvchida saqlanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI :

 

 

Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi.

Mazkur shartnoma bo‘yicha muassis ishonchli boshqaruvchiga o‘ziga tegishli bo‘lgan  ko‘chmas mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ishonchli boshqaruvchi esa ushbu ko‘chmas mulkni muassisning manfaatlarini ko‘zlab boshqarish majburiyatini oladi. Ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarishga topshirish, bu ko‘chmas mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga o‘tishiga olib kelmaydi.

Shuningdek, taraflar o‘rtasida tuziladigan shartnomasi ishonchli boshqaruvchiga to‘lanadigan haq va hisob-kitob qilish tartibi, taraflarning huquq va majburiyatlari, shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi, taraflarning javobgarligi, nizolarni hal qilish tartibi belgilanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz shartnoma tayyorlash imkonini beradi.