|
Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga
|
|
Iltimosnoma beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi |
|
Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osidan |
ILTIMOSNOMA
Ruhiy holat yuzasidan (psixiatrik) ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida
Fuqarolik ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan fuqarolik sudi nomi sudi tomonidan daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.sining javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.sini muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan fuqarolik ishi koʻrib chiqilmoqda.
Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.si muqaddam bir necha marta ruhiy kasalxonalarda davolanib chiqqan va “D” kategoriyasi hisobida va nazoratida turadi.
Ish koʻrib chiqilishi davomida Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.sining ruhiy holati va muomala layoqati yuzasidan ekspertiza tayinlash zarurati kelib chiqqan deb hisoblayman.
Bayon etilganlarga koʻra va Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 40, 95, 219, 314, 315 moddalariga asosan.
SOʻRAYMAN:
Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.si ning ruhiy holati yuzasidan sud (psixiatrik) ekspertizasi tayinlashni.
Ilova: Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati
Iltimosnoma beruvchi shaxsning F.I.Osi
Iltimosnoma berilgan sana
Ish muhokamasi chog‘ida kelib chiqqan, fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirish uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra ekspertiza tayinlashi mumkin. Ekspertiza sudda o‘tkaziladi yoki tekshirishning xususiyati taqozo etsa yoxud tekshiriladigan buyumni sudga keltirishning imkoni bo‘lmasa yoki keltirish qiyin bo‘lsa, suddan tashqarida amalga oshiriladi. Ekspertlar tayinlanayotganda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini inobatga oladi.
Mazkur iltimosnoma mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni mustaqil to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.