O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sudʼyani rad qilish to‘g‘risida ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Ariza beruvchi
Ariza mazmuni
  • Izoh: Ushbu bandda ish holatlaridan kelib chiqqan holda FPKning 21-moddasida ko‘rsatilgan asoslardan biri yoki bir nechtasi ko‘rsatilishi mumkin.
  • Izoh: Arizaga ish holatiga oid, arizani asoslovchi barcha hujjatlar, ariza nusxasi taraflarga yuborilganligini, tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

Fuqarolik ishlar boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

 

Ariza beruvchi shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

Ariza beruvchi shaxsning F.I.Osidan

 

A R I Z A

Sudʼyani rad qilish toʻgʻrisida

 

Fuqarolik ishlar boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudining ish yurituvida daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.si ning javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan qoʻzgʻatilgan ish mavjud.

Mazkur ish sudya Fuqarolik ishini ko‘rib chiqayotgan sudyaning F.I.O.si tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 21-moddasiga koʻra sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:

1) mazkur ish ilgari koʻrilganda sudya sifatida ishtirok etgan boʻlsa va ishni koʻrishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yoʻl qoʻyilmasa;

2) mazkur ish ilgari koʻrilganda unda prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;

3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;

4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa;

5) ishni koʻrayotgan hayʼat tarkibidagi sudyaning qarindoshi boʻlsa.

Mazkur Kodeksning 23-moddasiga koʻra, ushbu Kodeksning 21-moddasida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya oʻzini oʻzi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin.

Man Sudyani rad qilishga asos bo‘lgan holatlar sababli sudya Fuqarolik ishini ko‘rib chiqayotgan sudyaning F.I.O.si mazkur ishni koʻrib chiqishi mumkin emas va uni rad qilish lozim deb hisoblayman.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 14, 21, 23-moddalariga asoslanib,

 

SOʻRAYMAN:

 

Daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.si ning javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan ish yuzasidan sudya Fuqarolik ishini ko‘rib chiqayotgan sudyaning F.I.O.sini rad qilishingizni;

Mazkur ishni koʻrib chiqish uchun boshqa tarkibdagi sudga oʻtkazishingizni.

 

Ilova: Arizaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

Ariza beruvchi shaxsning F.I.Osi

 

Ariza berilgan sana

Sudʼyani rad qilish to‘g‘risida ariza

Quyidagi hollarda sudya ishni ko‘rishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:

1) shu ish ilgari ko‘rilganida sudya sifatida ishtirok etgan bo‘lsa va ushbu Kodeks talablariga muvofiq ishni ko‘rishda takror ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmasa;

2) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa yoxud uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;

3) shu ish ilgari ko‘rilganida hakamlik sudining sudyasi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisining kotibi, guvoh va vakil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa;

4) taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa;

5) ishni ko‘rayotgan hay’at tarkibiga kiruvchi sudyaning qarindoshi bo‘lsa.

Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilishi mumkin.

Mazkur ariza mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, arizani mustaqil to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.