|
Tarif (QQS va Maxsus ustama haq bilan)Suv 1 m3 “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lov miqdori soʻm, Oqova 1 m3 “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 oqova suvi uchun to‘lov miqdori soʻm
|
||
Shartnoma raqami-sonli shartnoma Isteʼmolchilarga ichimlik va oqova suvi xizmatlarini koʻrsatish uchun
|
|||
Shartnoma tuzilgan sana |
Shartnoma tuzilgan joy
|
||
Ushbu shartnoma “Taʼminotchi” tarafning nomi suv taʼminoti korxonasi (keyingi oʻrinlarda “Taʼminotchi” deb yuritiladi) nomidan Nizom asosida ish yurituvchi “Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tomondan, “Isteʼmolchi” tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli “Isteʼmolchi” tashkilot rahbarining lavozimi “Isteʼmolchi” tashkilot rahbarining F.I.Sh.i (keyingi oʻrinlarda “Isteʼmolchi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar haqida tuzildi. |
|||
I.Shartnoma predmeti
1.1. Suv yetkazib berish muddati davr uchun suv yetkazish hajmi boʻyicha tuzilgan shartnomaga muvofiq “Isteʼmolchi” uchun suv yetkazish Suv yetkazib berish narxi narx boʻyicha: 1m3ichimlik suv uchun “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lov miqdorisoʻm (+QQS 15%), + Suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm (maxsus ustama xaq)ni; 1m3 oqova suv uchun “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 oqova suvi uchun to‘lov miqdori soʻm (+QQS 15%), + Oqova suv taʼminoti xizmatlari tariflariga isteʼmolchilar uchun belgilangan ustama xaq miqdori soʻm (maxsus ustama xaq)ni tashkil qilmoqda. Ichimlik suvining oʻrtacha sutkali sarfi (limit) O‘rtacha sutkalik ichimlik suv isteʼmoli limiti m3. 1.2. “Taʼminotchi” “Isteʼmolchi”ni sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash va “Isteʼmolchi”dan oqova suvlarni qabul qilib olish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 1.3. “Isteʼmolchi” “Taʼminotchi”ga ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun toʻlovlarni xar oyning 10 sanasigacha 100 foizlik oldindan haq toʻlash tariqasida amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 1.4. Taraflar ushbu shartnomaning ichimlik va oqova suv xizmatlari boʻyicha shartlarini bajarish, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga suv taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish Qoidalari”ga (keyinchalik matnda – Qoidalar deb yuritiladi), hamda mahalliy hokimiyat tomonidan tasdiqlanadigan maxsus ustama haqi 1m3ichimlik suv uchun “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 ichimlik suvi uchun to‘lov miqdori soʻm, 1m3oqova suv xizmati uchun “Isteʼmolchi”ga yetkazib berilgan 1m3 oqova suvi uchun to‘lov miqdori soʻm bilan birga “Taʼminotchi” tomonidan taqdim qilingan ichimlik va oqova suv tizimiga ulanish uchun ruxsat etuvchi hujjatlarga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmasiga oladilar. |
|||
II. Umumiy qoidalar
2.1. “Isteʼmolchi” “Taʼminotchi” tashkiloti ruxsati bilan va u texnik imkoniyatlarni mavjud deb topgan holatlarda, oʻz tasarrufidagi ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, inshoot va qurilmalarga subisteʼmolchilarning ulanishiga ruxsat berish huquqiga ega. 2.2. “Isteʼmolchi” bilan subisteʼmolchi oʻrtasida toʻlov masalalarida paydo boʻladigan nizolar “Taʼminotchi” tashkiloti tomonidan koʻrib chiqilmaydi. 2.3. Agar “Isteʼmolchi” va unga ulangan subisteʼmolchi turli guruh va toifali isteʼmolchilariga mansub boʻlsa, “Taʼminotchi” tashkiloti bilan shartnomani “Isteʼmolchi” ham, subisteʼmolchi ham tuzadi va suvni hisobga olish priborini oʻrnatish har ikkalasi uchun ham majburiy hisoblanadi. 2.4. Ichimlik suvdan dov-daraxtlarni sugʻorish uchun foydalanilishiga quyidagi istisno holatlarda yoʻl qoʻyiladi: irrigatsiya suvi boʻlmaganda, taʼminotchi tashkiloti quvvati mavjud boʻlganda va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha, faqat tungi vaqtda (soat 00–00 dan soat 05–00 gacha) yoʻl qoʻyiladi. 2.5. Ichimlik va oqova suv xizmatidan isteʼmolchi xoʻjalik-isteʼmol, maishiy ehtiyoj va yongʻinlarni oʻchirish xamda texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari uchun foydalaniladi. 2.6. Suvni hisobga olish priborlari Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan tekshirilib plombalanadi, hamda “Taʼminotchi” tomonidan plombalanishi lozim. Shuningdek, ichimlik suvini xisobga olish priborini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 2.7. “Isteʼmolchi”ga oʻrnatilishi lozim boʻlgan suv oʻlchash priborining shartli oʻtkazgichining diametri (kalibri) hisob-kitob asosida aniqlanadi, obyektning maksimal suv isteʼmoli va minimal suv isteʼmoliga tekshiriladi hamda “Isteʼmolchi” bilan kelishiladi. Hisoblash pribori uchun oʻrnatilgan minimal isteʼmol miqdoridan kam miqdorda suv isteʼmol qilinganda, “Taʼminotchi” xodimi suv oʻlchash tarmogʻini qaytadan qurilma bilan taʼminlash uchun koʻrsatma beradi, ushbu koʻrsatma bajarilmaganda, hisoblash priborining koʻrsatkichlari qabul qilinmaydi va hisoblash Qoidalarda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi. 2.8. Ichimlik va oqova suv xizmatlari xoʻjaligining rekonstruksiyasi, hisoblash priborlarini ishga tushirish, hisoblash priborlarini almashtirish, yangi subisteʼmolchilarining ulanishi “Isteʼmolchi” tomonidan faqat “Taʼminotchi” tarafidan tasdiqlangan texnik shartlar va loyiha asosida amalga oshirilishi mumkin boʻlib, ular “Isteʼmolchi”ning soʻrovnomasi asosida, barcha tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda beriladi. “Taʼminotchi”dan olingan texnik shartlar asosida, “Isteʼmolchi” buyurtmasiga asosan, amaldagi meʼyor, qoidalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi. 2.9. Qurilgan ulamalarning ishga tushirilishi “Taʼminotchi” tomonidan, “Isteʼmolchi” va qurilish tashkilot vakillarining ishtirokida amalga oshiriladi. 2.10. Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun tariflar va ustama haq miqdori oʻzgargan sanasidan qatʼi nazar, ushbu xizmatlar yuzasidan “Isteʼmolchi” bilan tuzilgan shartnoma oʻz kuchini saqlab qoladi va “Isteʼmolchi” koʻrsatilgan xizmatlar uchun, yangi tariflar asosida, ular kiritilgan sanadan eʼtiboran toʻlovlarni amalga oshirishi shart. 2.11. Limitdan ortiqcha suv isteʼmol qilingan holatlarda, “Taʼminotchi” tomonidan belgilangan tariflarga nisbatan 10,0 orttiriluvchi koeffitsiyentni qoʻllash yoʻli bilan haq undiriladi. 2.12. Quyidagilar “Taʼminotchi” tashkilotlari bilan “Isteʼmolchi”lar shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari oʻrtasidagi, ichimlik va oqova suv xizmatlari tarmoqlari, inshootlari xamda qurilmalariga xizmat koʻrsatish, ularning texnik holatini saqlash va foydalanish yuzasidan javobgarlik chegaralari hisoblanadi: a) ichimlik suv isteʼmoli uchun — tarmoqqa ulanishini uzib qoʻyuvchi kirish qulfi. Kirish qulfi bilan ichimlik suvga ulanish, “Isteʼmolchi”ning ichki ichimlik suvi tizimining bir qismi hisoblanadi; b) oqova xizmati uchun — “Isteʼmolchi” oqova tizimining ichki qismi hisoblanuvchi, magistral oqova tarmogʻiga ulanish nuqtasidagi chiqaruv qudugʻi. Agar chiqaruvchi oqova qudugʻi (kamerasi) magistral oqova tarmogʻida joylashgan boʻlsa, ushbu quduq “Taʼminotchi” tashkiloti oqova tarmogʻining bir qismi hisoblananib, unga tutashtiruvchi foydalanish chizigʻi esa “Isteʼmolchi”ning mablagʻilari hisobidan amalga oshiriladi.
|
|||
III. Taraflarning huquq va majburiyatlari
3.1. “Isteʼmolchi” ning huquqlari: 3.1.1. Tegishli sifat darajasidagi ichimlik suv va oqova suv tarmoqlariga xizmat koʻrsatish talablarini bajarmaganligi uchun “Taʼminotchi” tashkilotidan qonunchilikda va shartnoma shartlarida koʻrsatilgan miqdorda jarima (penya)lar toʻlashni talab qilish; 3.1.2. “Taʼminotchi” tashkilotini shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida, uning bekor qilinishidan kamida 15 kun oldin ogohlantirgan holda va ushbu muddatda suv taʼminoti yoki oqova suvni chiqarish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni toʻliq amalga oshirgan holda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; 3.1.3. Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlar va maʼlumotnomani shaxsan yoki oʻz vakili orqali bepul olish; 3.1.4. “Taʼminotchi” tashkilotidan ichimlik va oqova suv xizmatlari hajmi va sifati, ularni amalga oshirish shartlari, toʻlovlar tarifi va tartiblarining oʻzgarishi haqidagi maʼlumotlarni bepul olish; 3.1.5. Ichimlik va oqova suv xizmatlari koʻrsatilmayotganligi yoki ularning past sifatda ekanligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilgandan keyin 18 soat mobaynida “Taʼminotchi” tashkilotidan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha maʼlumotlarni olish; 3.2. “Isteʼmolchi” ning majburiyatlari: 3.2.1. Oqava tarmogʻida avariya boʻlgan taqdirda yertoʻla xonalarini suv bosishidan saqlaydigan barcha oʻchiruvchi qurilmalarning but saqlanganligi, ishga yaroqliligi va normal texnik holatda boʻlishini taʼminlash; 3.2.2. Isteʼmolchiga qarashli sanitariya asboblari, oqava tarmoqlari, inshoot va qurilmalarda tambaning yoʻqligi, reviziyalarning zich yopilmasligi, nosoz texnik holati tufayli isteʼmolchining oqava tarmoqlarida yoki “Taʼminotchi” tashkilotida, ichimlik suv va oqovaning tashqi tarmoqlarida avariya (tiqilib qolish, suv bosish) sodir boʻlishi sababli yertoʻla xonalarini suv bosishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplashi; 3.2.3. “Taʼminotchi” tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan suvni hisobga olish pribori, aylanma liniya zulfini, yongʻin zulfinlari, gidrantlar va uning hududida yoki tasarrufida boʻlgan hamda “Taʼminotchi” tashkiloti tomonidan plombalangan boshqa ichimlik suv qurilmalaridagi plombalarning butligi va saqlash; 3.2.4. “Taʼminotchi” tashkilotiga ichimlik va oqova suv tarmoqlari, inshootlari va qurilmalarining shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarar uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik; 3.2.5. Ichimlik suvi taʼminotining yongʻinga qarshi tizimidan foydalanish toʻxtatilganda “Isteʼmolchi” 24 soat mobaynida “Taʼminotchi” tashkilotiga plomba uzilgani toʻgʻrisida dalolatnoma taqdim etishi va zulfinlarni plombalash uchun “Taʼminotchi” tashkiloti vakilini chaqirish; 3.2.6. “Taʼminotchi” bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq majburiyatlariga rioya qilish, har oyning 23 dan 25 gacha sanasida koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida va aniq yechib olish hamda ushbu koʻrsatkichlarni “Taʼminotchi”ga kechikmagan holda taqdim qilish va toʻlovni amalga oshirish. 3.3. “Taʼminotchi” ning huquqlari: 3.3.1. “Taʼminotchi” tashkiloti, isteʼmolchini 7 kun avval yozma ravishda ogohlantirgan holda, quyidagi holatlarda suvni uzatish va oqova suvlarni qabul qilishni toʻliq va qisman toʻxtatishi mumkin: a) “Isteʼmolchi”ga tegishli va uning tasarrufida boʻlgan ichimlik va oqova suv tarmoqlari, qurilma va inshootlarning texnik holati qoniqarsiz boʻlganda va “Taʼminotchi” tashkiloti vakillari tomonidan aniqlangan texnik foydalanishdagi xatoliklarni bartaraf etish boʻyicha “Taʼminotchi” tashkiloti talablari isteʼmolchi tomonidan bajarilmaganda; b) “Taʼminotchi” tashkilot mansabdor shaxsi isteʼmolchining suvni hisobga olish uzeli, ichimlik va oqova suv tarmoqlari, qurilmalari va inshootlarini nazorat qilish hamda suvni hisobga olish pribori koʻrsatkichlarini qayd etish, plombalarni oʻrnatish maqsadida koʻzdan kechirish, belgilangan limitdan koʻp sarf qilinganda suv berishni muvofiqlashtirish va “Taʼminotchi” tashkiloti naryadlari boʻyicha boshqa ishlarni bajarish uchun kelganda isteʼmolchi tomonidan asossiz ravishda kiritilmaganda; v) “Taʼminotchi” tashkiloti tomonidan isteʼmolchi ulangan ichimlik va oqova suv tarmoqlari, qurilmalarida rejali-ogohlantirish tarzida taʼmirlash hamda xizmat koʻrsatish ishlari oʻtkazilganda, shuningdek, yangi isteʼmolchilarni ulash ishlari amalga oshirilganda; g) “Isteʼmolchi” tasarrufida boʻlgan ichimlik va oqova suv tizimlari yoki tarmoqlariga subabonentlarning oʻzboshimchalik bilan ulangani aniqlanganda; d) “Isteʼmolchi” tomonidan ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun belgilangan muddatlarda haq toʻlanmaganda; ye) “Isteʼmolchi”ning tasarrufida boʻlgan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, qurilmalariga “Taʼminotchi” tashkilotidan ulanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan subabonentlarning tegishli tartibda ulanishi rad etilganda; yo) “Isteʼmolchi” tomonidan shartnoma shartlari bajarilmaganda va u oqizilayotgan oqova suvlar miqdori va tarkibi boʻyicha shartlarga rioya qilmaganda. 3.3.9. “Taʼminotchi” tashkiloti quyidagi holatlarda oldindan xabar qilmasdan suv uzatishni toʻliq yoki qisman toʻxtatishga haqli: a) “Taʼminotchi” tashkilotining elektr taʼminoti toʻxtatilganda; b) Tabiiy ofatlar roʻy berganda; v) Avariya holatlarida; g) Yongʻin chiqqan joylarga suv uzatishni koʻpaytirishga zarurat tugʻilganda. 3.4. “Taʼminotchi”ning majburiyatlari: 3.4.1. Suv taʼminoti va oqova suvni chiqarib yuborish yuzasidan shartnoma shartlarini bajarish; 3.4.2. Ichimlik va oqova suv tarmoqlarining texnik holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish; 3.4.3. Tarmoqdagi ichimlik suv sifati monitoringini olib borish; 3.4.4. Isteʼmolchilarning ichimlik va oqova suv tizimlariga ulangan ichimlik suv va oqava tarmoqlari, inshootlari hamda qurilmalarining holatini va ulardan foydalanilishini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ulardan samarali foydalanishni tashkillashtirishda isteʼmolchilarga amaliy yordam koʻrsatish; 3.4.5. Isteʼmolchilar tomonidan suvni behuda sarfining olidini olish, sanoat korxonalari va ularga tenglashtirilgan korxonalarda suv berish boʻyicha belgilangan limitlarga rioya qilinayotganini muntazam ravishda nazorat qilish; 3.4.6. Suv isteʼmoli belgilangan meʼyor (limit)lardan ortib ketgan holatlarda “Taʼminotchi” tashkilotlariga belgilangan tariflarga nisbatan orttiriluvchi 10,0 koeffitsiyentni qoʻllash; 3.4.7. Oqova suv tizimiga oqizilayotgan oqovalarning sifati monitoringini taʼminlash; 3.4.8. Shartnoma shartlariga muvofiq oʻz majburiyatlarini bajara olmagan holatlarda isteʼmolchiga penya hisoblash; 3.4.9. Isteʼmolchilarning shartnoma shartlariga rioya etishmagani masalasi boʻyicha sud organlariga murojaat qilish; 3.4.10. Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun amalga oshirilgan toʻlovlarning holati, qarzlarning yoʻqligi haqidagi maʼlumotlarni isteʼmolchilarga bepul taqdim etish; 3.4.11. Ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflaridagi oʻzgarishlar haqida ular amalda joriy qilinishidan 15 kun avval ommaviy axborot vositalari yordamida isteʼmolchilarni xabardor qilish; 3.4.12. Ichimlik va oqava suv xizmatlarini koʻrsatishda roʻy berishi mumkin boʻlgan rejali toʻxtatish va uzilishlar haqida isteʼmolchilar uzilishlar boshlangungacha 10 ish kunidan kechikmay ogohlantirish.
|
|||
IV. Taraflarning javobgarligi
4.1. “Taʼminotchi” ushbu shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarmaslikda yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda kelib chiqqan zararni, “Isteʼmolchi” esa yetkazilgan haqiqiy zarar oʻrnini qoplashi shart. 4.2. “Isteʼmolchi” quyidagilar uchun javobgardir: a) Ichimlik suvni hisobga olish pribori plombalari butligi, aylanish chizigʻi joʻmragi, gidrant va boshqa suv uzatish moslamalaridagi qismlarining hududidi va tasarrufida boʻlgan plombalangan hisoblash qurilmalarining butun saqlanishi uchun; b) Suv tarmoqlariga oʻz boshimcha ulanib olish, sovuq suvni hisobga olish qurilmalarining qasddan buzilishiga yoʻl qoʻyish hamda suv hisoblash priborlaridagi koʻrsatkichlarni tashqaridan aralashgan holatlari uchun; v) Oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlar sababli tarmoqlardagi avariyalar boʻlgan holatlarda; g) Drenaj tizmi mavjud boʻlsa “Isteʼmolchi” hududida joylashgan oqova tarmogʻiga yomgʻir va erigan qor suvlarning tushishiga yoʻl qoʻymaslik. Ushbu qoidabuzarlik aniqlanganda “Taʼminotchi” oʻrnatilgan tartibda dalolatnoma tuzadi va ushbu dalolatnoma “Isteʼmolchi”ning masʼuliyat va javobgarlik chorasini belgilash uchun asos boʻlib xizmat qiladi; d) Qonunchilikda oʻrnatilgan boshqa hollarda. 4.3. “Taʼminotchi” quyidagi hollarda javobgardir: a) Amldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollarda; b) “Isteʼmolchi”larga ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan texnik shartlarni oʻz vaqtida va ishonchli taqdim qilinishi uchun; v) “Isteʼmolchi”ning hayoti, salomatligi va mol-mulkiga yetkazilgan zarar, maʼnaviy zarar uchun qonunchilikda oʻrnatilgan tartib va miqdorda qoplash; g) Shartnoma shartlari va yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik.
|
|||
V. Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun hisoblar va toʻlovlarning tartibi
5.1. Ichimlik va oqova suv taʼminoti tizimidan chiqarilgan (qabul qilingan) suvning hisobi hisoblash pribori mavjud boʻlganda, hisobga olish priborining koʻrsatkichlariga muvofiq amaldagi tariflar boʻyicha QQSni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 5.2 “Isteʼmolchi” ichimlik va oqova suv xizmati uchun hisobga olish priborlari mavjud boʻlganda oxirgi uch oyning oʻrtacha sarfi boʻyicha keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʻlashni amalga oshirishlari lozim. 5.3 Toʻlovning shartnomada belgilangandan kechiktirilgan har bir kuni uchun isteʼmolchi 0,4 foiz penya toʻlaydi. Ammo bu koʻrsatkich jami kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshmasligi lozim. 5.4 “Isteʼmolchi” keyingi oy uchun har oyning 10-sanasiga qadar 100 foiz oldindan haq toʻlovlarini amalga oshirmasalar, isteʼmolchilarni yozma ravishda xabardor qilgan paytdan boshlab besh ish kuni oʻtgandan keyin qarzlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isteʼmolchilarni ichimlik suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati tarmoqlaridan uzib qoʻyish yoʻli bilan undirish choralarini koʻradi. Bunday hollarda yongʻindan saqlanish va sanitariya holatlari uchun javobgarlik toʻliq “Isteʼmolchi” zimmasiga yuklatiladi. Suv taʼminoti va oqova suv chiqarish tizimidan ilgari uzib qoʻyilgan hollarda qayta ulashda “Isteʼmolchi”dan bazaviy hisoblash miqdorining 10 (oʻn) barobari miqdorida toʻlov qayta ulashni amalga oshirgan tashkilot hisobiga mablagʻlarni oʻtkazish orqali undiriladi; 5.5. Oqova tizimiga kelib tushuvchi oqova suvining miqdori, ichimlik suv tarmogʻidan yetkazib beriladigan ichimlik suv miqdoriga teng. Markazlashgan issiq suv taʼminoti mavjud boʻlgan hollarda, isteʼmol qilinuvchi ichimlik suv miqdoriga oqova suv tarmoqlari xisobi uchun 2,0 koeffitsiyenti qoʻllaniladi. “Isteʼmolchi”ning oʻzida suv taʼminotining qurilmalari mavjud boʻlsa, oqova suvlarining miqdori ushbu suv qurilmalarining mahsuldorligiga (oʻrnatilgan va roʻyxatga olingan hisoblash priborlarining koʻrsatkichlariga) koʻpaytiriladi. Ichki suv taʼminoti tizimi “Isteʼmolchi”ning shaxsiy avtonom manbasi bilan bogʻliq boʻlmasligi lozim. 5.6. Obyekt egasi avtonom suv taʼminoti (quduq, ochiq suv olish havzasi, irrigatsiya tizimi)ga va (yoki) markaziy oqova tizimidan boshqa oqova tashlash manbalariga ega boʻlgan holatlarda “Taʼminotchi” tashkiloti bilan shartnoma tuzish uchun maxsus tabiiy suv obyektlaridan maxsus suv olish yoki isteʼmol qilish uchun ruxsatnomani qoʻshimcha ravishda taqdim etishi zarur. 5.7. Suv taʼminotining xususiy avtonom manbai (artezian skvajinasi, quduq, ochiq suv havzasi, irrigatsiya tizimi va boshqalar) mavjud boʻlganda oqova tizimiga oqova suvlarni oqizish uchun toʻlovlar oʻrnatilgan nasosning ishlab chiqarish quvvati yoki oʻrnatilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan hisoblash priborining koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi. “Isteʼmolchi”ga qarashli boʻlgan avtonom suv taʼminoti manbaining ichki tizimi markaziy suv taʼminoti tizimi bilan tutashmagan boʻlishi shart. |
|||
VI. Aloxida shartlar
6.1. Obyekt egasi oʻzgarganda isteʼmolchi chiqib ketishidan 7 kun avval mavjud qarzlarini toʻlab, bu haqda “Taʼminotchi” tashkiloti bilan dalolatnoma imzolashi shart. “Isteʼmolchi” chiqib ketgach suvni hisobga olish pribori, plombalarning butligi va qoplanmagan debitor qarzdorlik uchun javobgarlik obyektning yangi egasi zimmasiga yuklanadi. 6.2. Yetkazib berilgan yoki qabul qilingan ichimlik suvi xajmi quvurning oʻtkazish qobiliyatidan kelib chiqib oyning kalendar kunlari hisobidan quydagi formula asosida hisoblanadi:
bunda: M – 0.60ga teng boʻlgan zulfin orqali suv sarfi koeffitsiyenti; F– suyuqlik oqib oʻtadigan quvur yoki teshik kesimi maydoni (ichki diametr boʻyicha)m2; g– 9,81 m/sek ga teng boʻlgan erkin tushish tezligi; N– suvning metrlardagi bosimi; t– vaqt- 24 soat, sekundlarda. Quyidagi holatlarda yuqoridagi formula asosida hisoblanadi: 6.2.1. “Isteʼmolchi”da suv oʻlchash pribori va moslamalari yoʻq boʻlgan holatlarda (yoki nosoz xolatda); 6.2.2. Suv oʻlchash pribori yoki moslamasi “Taʼminotchi”da roʻyxatdan oʻtmagan taqdirda; 6.2.3. Ichimlik suvi bilan oʻzboshimchalik bilan foydalanganda; 6.2.4. Suv oʻlchash pribori, moslamasi ishdan chiqqan, singan, buzilgan holatda, sarflangan suv hajmi soʻnggi tuzilgan dalolatnoma muddatidan yangi suv oʻlchash pribori oʻrnatilgan (roʻyhatdan oʻtkazilgan) kungacha hisoblanadi; 6.2.5. “Taʼminotchi”ning suv oʻlchash boʻgʻinini diametiri kichikroq boʻlgan moslamaga almashtirish toʻgʻrisidagi talabnomasi qondirilmagan va bajarilmagan holatlarda; 6.2.6. Suv oʻlchash priborining hisob-kitobini olib borish boʻgʻinidagi qoʻyilgan himoya qoplamiga (plombaga) ruxsatsiz tegilish natijasida, ichimlik suv sarfini aniqlash imkoniyati chegaralanganda; 6.3. Ichimlik va oqova suv tizimlariga (jumladan yongʻindan saqlanish gidrant va quvurlariga) oʻzboshimchalik bilan ulanib olingan va foydalanilgan holatlar aniqlanganda “Taʼminotchi” tomonidan dalolatnoma tuziladi va shu tuzilgan dalolatnoma oʻzboshimchalik bilan ulanib olgan shaxsning javobgarligi darajasini aniqlash va “Taʼminotchi”ga yetkazilgan zararni hisoblash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Bunda: -toʻlov muddati, eng soʻnggi tuzilgan dalolatnoma sanasidan oʻzboshimchalik bilan ulanib olingan kun sanasigacha yoki yangi suv oʻlchash pribori oʻrnatilib, roʻyhatdan oʻtkazilgan kungacha yoki oʻzboshimchalik bilan ulanish uzib tashlangan kunga qadar hisobga olinadi; -oʻzboshimchalik bilan ulanib olingan sanadan bu haqda maʼlum boʻlgan sanagacha, agar “Taʼminotchi” balansdagi tarmoqlarga ulanish sodir etilgan boʻlsa, bu muddat daʼvo arizasi yozilgan muddatdan oshmasligi zarur. Agar oʻzboshimchalik bilan ulangan sanani topish, aniqlash mumkin boʻlmasa, bu muddat daʼvo muddatiga teng deb olinadi. 6.4. Texnik shartlar 2 yil muddatga beriladi. Belgilangan muddat tugagach buyurtmachi (obyektni loyxalashtirish va qurishni boshlash uchun) loyiha muddatini choʻzdirishi yoki yangi texnik shartlarni olishi zarur. Texnik shartlari mavjud boʻlmagan holda yoki muddati oʻtgan holda, “Taʼminotchi” tomonidan suv uzatish xizmatlarini yakunlashga asos boʻladi. 6.5. “Isteʼmolchi” ichimlik va oqova suvni tarmoqlariga ulanish sanasi haqidagi hujjatlarni taqdim etmagan holatlarda “Taʼminotchi” tomonidan xokim qarori va kadastr hujjatlari hamda shu kabilar asosida hujjat bilan tasdiqlangan ulanish sanasi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir. 6.6. Ishlatilgan ichimlik suvi va qabul qilingan oqova suv uchun toʻlovlar “Taʼminotchi” tomonidan taqdim etiladigan toʻlov talabnomalari asosida ularga xizmat qiluvchi banklar orqali amalga oshiriladi. Bu toʻlovlar “Isteʼmolchi” tomonidan 3 kunlik muddat ichida akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Taʼminotchi” kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun 0,4 foiz penya yozadi va uning umumiy qiymati asosiy toʻlovning 50%dan oshmasligi lozim. 6.7. Oqova tizimiga ruxsat etilmagan yomgʻir va erkin qor suvlari oqizilayotgan, ishlab chiqarish oqova suvlarini “Isteʼmolchi”lar tomonidan tashlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevral kunida qabul qilingan 11 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari” hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining oqova tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun “Isteʼmolchi”larga belgilangan tarifga nisbatan 3 (uch) barobar ortiriluvchi koeffitsent miqdor tartibida hisoblanadi. 6.8. Oqova suvni chiqarib yuborishning hajmi va tarkibi boʻyicha meʼyorlar bilan belgilangan oqizishning yoʻl qoʻyiladigan cheklangan miqdoridan ortiqcha oqova suvlar va ifloslantiruvchi moddalarning chiqarish taqiqlanadi. 6.9. Ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblab yozish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktyabrdagi “Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 820-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 6.10. Ishlab chiqarish oqova suvlarini qabul qilish qoidalari hamda ifloslantiruvchi moddalarning Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari va boshqa aholi punktlarining oqova tarmoqlariga normativdan ortiqcha oqizilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibi asosida amalga oshiriladi, debitor qarzdorlik toʻlanmagan taqdirda “Isteʼmolchi” oqova tarmoqlaridan uzib qoʻyiladi. 6.11. Hisob-kitobning notoʻgʻri qilinganligi (tariflarning notoʻgʻri hisobiga olinganligi va shu kabi holatlar) toʻgʻrisida “Isteʼmolchi” yoziladigan eʼtiroznoma toʻlov hujjati olingandan keyin 5 kun muddatda “Taʼminotchi”ga taqdim etilishi kerak. Eʼtiroznoma “Isteʼmolchi”ni toʻlov talabnomasi va xujjatida koʻrsatilgan summani toʻliq va belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi. |
|||
VII. Nizolarni hal etish tartibi
7.1. Taraflar oʻrtasida shartnoma yuzasidan kelib chiqqan nizolar, kelishuv yoʻli bilan hal qilinadi. Agarda ikki tomonlama kelishuvga erishilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik “Isteʼmolchi” davlat roʻyxatidan oʻtgan sud organlarida koʻrib chiqiladi. 7.2. Ushbu shartnomada belgilangan holatlar yuzasidan nizo kelib chiqqan taqdirda Qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
VIII. Fors-major
8.1. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat xodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch (fors major) holatlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar muzkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar. Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek, ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi. 8.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon 3 kun ichida boshqa tomonni fors-major xolati boshlangan muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim. 8.3. Agar fors-major holatining shartnoma shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat toʻsqinlik qilsa, tomonlardan biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega. |
|||
IX. Shartnomaning amal qilish muddati
9.1. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan boʻlib, ikki tarafda bir nusxadan saqlanadi. 9.2. Shartnoma, imzolangan kundan kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilishi tugaydigan kun kuniga qadar haqiqiy hisoblanadi. Zarur holatlarda shartnoma uzaytirilishi ham mumkin, bunda tomonlardan biri shartnomaning amal qilish muddatini vaqtidan avval toʻxtatmagan, “Isteʼmolchi” shartnoma muddati tugashidan 15 kun avval “Taʼminotchi”ni ogohlantirgan va shu vaqtgacha ichimlik suvini yetkazib berish va kanalizatsiya xizmatlari haqini toʻliq toʻlab qoʻygan boʻlishi lozim.
|
|||
X. Taraflarning yuridik manzili:
|
|||
Taʼminotchi: |
Isteʼmolchi: |
||
“Taʼminotchi” tarafning nomi |
“Isteʼmolchi” tashkilotning nomi va tashkiliy huquqiy shakli |
||
Manzil: “Taʼminotchi” tarafning manzili |
Manzil: “Isteʼmolchi” tashkilotning manzili |
||
Bank “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami joylashgan bank nomi |
H/R: Isteʼmolchi” tashkilotning hisob raqami |
||
H/R: “Taʼminotchi” tarafning hisob raqami |
STIR: Isteʼmolchi” tashkilotning STIR raqami |
||
STIR: “Taʼminotchi” tarafning STIR raqami |
Telefon: “Isteʼmolchi” tashkilotning telefon raqami |
||
Telefon: “Taʼminotchi” tarafning telefon raqami |
“Isteʼmolchi” tashkilot rahbarining lavozimi “Isteʼmolchi” tashkilot rahbarining F.I.Sh.i |
||
“Taʼminotchi” taraf nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si _________________ imzo |
_________________ imzo
|
||
|
|||
|
|
|
||||||
|
||||||
|
||||||
|
|
|
|
|
|