O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Muomala layoqatini cheklash.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Daʼvogar
Javobgar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomisudiga

 

 

Daʼvogar: Daʼvogarning manzilida yashovchi

 

 

Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

Telefon: Daʼvogar tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Daʼvogar tarafning elektron manzili

 

 

Javobgar: Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron manzili

Daʼvo mazmuni: Javobgarning F.I.O.sining Muomala layoqatini cheklash yuzasidan

 

ARIZA

(Muomala layoqatini cheklash toʻgʻrisida)

 

Men Daʼvogar shaxsning F.I.O.si yuqoridagi manzilda oila aʼzolarim bilan yashayman, shu manzilda Muomala layoqati cheklangan deb topilishi so‘ralayotgan shaxs tug‘ilgan sanada tugʻilgan Javobgarning F.I.O.si ham yashaydi. U keyingi paytlarda spirtli ichimliklarni juda koʻp isteʼmol qilmoqda. Javobgarning F.I.O.si hech joyda ishlamaydi shu sababli, uydagi qimmatbaho yaʼni Qimmatbaho buyumlarning nomi kabi buyumlarni spirtli ichimliklarni sotib olish maqsadida sotib yubordi.

Unga koʻrsatilgan barcha tibbiy muolajalar samarasini koʻrsatmayapti. Spirtli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilib atrofdagilarga xafv solmoqda, Mast holatida oʻz xarakatlarini umuman anglay olmayapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddasida spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qilish natijasida oʻz oilasini ogʻir moddiy ahvolga solib qoʻyayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilangan tartibda cheklab qoʻyilishi mumkin. Unga homiylik belgilanadi. Bunday fuqaro mayda maishiy bitimlarni mustaqil tuzish huquqiga ega. U boshqa bitimlarni homiyning roziligi bilangina tuzishi, shuningdek ish haqi, pensiya va boshqa daromadlar olishi hamda ularni tasarruf etishi mumkin. Biroq bunday fuqaro oʻzi tuzgan bitimlar boʻyicha va yetkazgan zarari uchun mustaqil ravishda mulkiy javobgar boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining310-moddasiga koʻra spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ish uning oila aʼzolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar boʻyicha qoʻzgʻatilishi mumkin.

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan boʻlsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.

Qayd qilingan holatlar va qonun talabidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalari hamda 310-moddasi,Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 31-moddaciga  asosan,

SOʻRAYMAN:

 

Javobgarning yashash manzili manzilida yashayotgan, Muomala layoqati cheklangan deb topilishi so‘ralayotgan shaxs tug‘ilgan sana yilda tugʻilgan, Javobgarning F.I.O.sining muomala layoqatini cheklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishingizni.

 

Ilova qilingan hujjatlar:

Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

Daʼvogar Daʼvogar shaxsning F.I.O.si

_____________

 

 

(imzo)

 

Ariza berilgan sana

 

 

 

Muomala layoqatini cheklash.

Spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ish uning oila a’zolari, vasiylik va homiylik organlari, prokuror, davolash muassasalari va boshqa davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari bergan arizalar bo‘yicha qo‘zg‘atilishi mumkin.

Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi ariza mazkur fuqaro yashab turgan joydagi, agar bu shaxs davolash muassasasiga joylashtirilgan bo‘lsa, mazkur muassasa joylashgan hududdagi sudga beriladi.  Fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi arizada spirtli ichimliklar, giyohvandlik moddalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qiluvchi shaxs o‘z oilasini moddiy jihatdan og‘ir ahvolga solib qo‘yayotganligidan dalolat beruvchi holatlar bayon etilishi kerak.

Mazkur arizaning mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, arizani mustaqil holda to‘ldirib, bepul yuklab olishingiz mumkin.