O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Ijaraga beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Ijarachi
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqamuddatli ijaraga berish

SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ijaraga beruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shaklinomidan Ijaraga beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Ijaraga beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda “Ijaraga beruvchi” deb ataladi) bir tomondan hamda ikkinchi tomondan Ijaraga oluvchi (keyingi oʻrinlarda “Ijarachi” deb ataladi) Ijarachining yashash manzilida yashovchi Ijarachining F.I.O.si bilan ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

 

I. Shartnoma predmeti

 

1.1. Mazkur Shartnomaga asosan “Ijaraga beruvchi” Ijaraga berilayotgan transport vositasining nomi, turi, modeli transport vositasini (keyingi oʻrinlarda transport vositalari deb ataladi) qisqa muddatga “Ijarachi”ga beradi. “Ijarachi” esa foydalanilgan transport vositasi uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.

1.2. Transport vositalarini ijaraga berish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi,“Ijara toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni,Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori va boshqa qonun hujjatlar bilan tartibga solinadi.

1.3. Mazkur Shartnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

ijarachi transport vositasini tegishli boshqarish huquqiga ega va maʼlum toʻlov evaziga qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi asosida transport vositasini olgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

ijaraga beruvchi — qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, maʼlum toʻlov evaziga qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi asosida transport vositasini ijarachiga beruvchi yuridik shaxs;

qisqa muddatli ijara shartnomasi — ijraga beruvchi va ijarachi oʻrtasida 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladigan, notarial rasmiylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishni talab etmaydigan transport vositasini qisqa muddatli ijaraga berish toʻgʻrisida yozma kelishuv.

 

II. Ijara haqi va hisob-kitob qilish tartibi

 

2.1. Ijaraga beruvchi Ijaraga berilayotgan transport vositasining nomi, turi, modeli transport vositasini Ijarachining transport vositasidan foydalanish huquqi boshlanadaigan sanadan Ijarachining transport vositasidan foydalanish huquqi tugaydigan sanagacha boʻlgan muddatga ijarachiga foydalanish uchun topshiradi.

Transport vositasining qiymati qayta narxlash koeffitsiyentlari va amortizatsiya meʼyorlarini (bozor narxi) hisobga olgan holda Transport vositasining bozor qiymatidagi narxi soʻmni tashkil etadi.

2.2 Transport vositasining ijaraga berish narxi Transport vositasining ijarasi uchun belgilangan ijara haqi miqdori soʻmni tashkil etib, ijarachi har oyning Har oyning ijara to‘lovlari to‘lanadigan sanasi sanasigacha boʻlgan muddatga Ijaraga beruvchining hisob raqamiga pul oʻtkazish orqali toʻlovni amalga oshirishi lozim.

 

III. Transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish va qaytarish tartibi

 

3.1. Ijarachi quyidagi hujjatlarni Ijaraga beruvchiga taqdim etishi Shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi:

pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi;

transport vositasidan foydalanadigan shaxsning haydovchilik guvohnomasi (milliy yoki xalqaro namunadagi);

medik koʻrikdan oʻtganligi haqida maʼlumotnoma (ijaraga beruvchining ixtiyoriga koʻra);

3.2 Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan kuni ijarachi transport vositasidan foydalanish huquqiga ega boʻladi.

Qisqa muddatli ijara muddati tugagandan soʻng transport vositasi ijaraga beruvchi tomonidan topshirish va qabul qilish dalolatnomasi asosida qabul qilib olinadi.

Ijaraga berilgan transport vositasiga zarar yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zarar miqdori uni baholash yoʻli bilan belgilanadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aybdor shaxslardan undiriladi.

 

IV. Ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlari

 

4.1 Ijaraga beruvchi unga shaxsiy mulk sifatida yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida tegishli boʻlgan, texnik soz, videoregistratorlar va GPS navigatorlar bilan jihozlangan, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtgan hamda Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega boʻlgan transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga beradi.

4.2 Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

jismoniy shaxsda alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsiridagi yoki oʻzgacha tarzdagi mastlik belgilari aniq koʻrinib turganda, u bilan shartnoma tuzishni rad etish;

shartnomada belgilangan shartlar asosida transport vositasiga yetkazilgan va ijarachi tomonidan qoplashni talab etadigan zararni, yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun toʻlovlarni amalga oshirish kafolati sifatida xizmat qiladigan garov depozitini toʻlashni talab etish;

murojaat qilish orqali Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimida shaxsiy kabinet ochish;

“Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ijaraga berilgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjudligini aniqlash;

qoʻshimcha xizmatlar (bola uchun maxsus oʻrindiq, navigator, qoʻshimcha sugʻurta, yirik toʻxtash joylarida alohida joy ajratish va boshqalar) koʻrsatish.

25)Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari.

4.3 Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:

qisqa muddatli ijaraga berish uchun moʻljallangan transport vositalarini saqlash hamda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun shaxsiy yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlishi;

ijarachini qisqa muddatga taqdim etayotgan transport vositasidan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishi;

transport vositalarini belgilangan muddatda topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasiga asosan texnik soz, yoʻl harakati qoidalari talablari va xavfsizlik talablariga muvofiq butlangan hamda maxsus taniqlik belgiga ega boʻlgan holatda taqdim etishi;

transport vositalaridan foydalanish davrida boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalashi shart.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari.

 

V.Ijarachining huquq va majburiyatlari

 

5.1. Ijarachi quyidagi huquqlarga ega:

Ijaraga beruvchi ijarachiga qisqa muddatli ijaraga beriladigan transport vositasini oʻz vaqtida taqdim etmagan holda, ijarachi ushbu transport vositasini talab qilishi va bajarish muddati kechikishidan kelib chiqadigan zararni qoplashni yoki shartnomani bekor qilishi hamda shartnomani bajarmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish xuquqiga ega.

qisqa muddatli ijaraga beriladigan transport vositasidan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqishi;

transport vositasidan faqat belgilangan maqsadda, boshqa shaxsga bermagan holda foydalanishi.

Ijarachining boshqa huquqlari

5.2.Ijarachi quyidagi majburiyatlarga ega:

qisqa muddatli ijara muddati tugagandan soʻng transport vositasini shartnoma va topshirish hamda qabul qilish dalolatnomasiga muvofiq texnik soz holatda qaytarishi;

ijaraga beruvchini transport vositasining egasi sifatida javobgarlikka tortish — maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilganligi, transport vositasidan foydalanish natijasida transport vositasiga, uchinchi shaxslar hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi bilan bogʻliq ijaraga beruvchining barcha zarar (ziyon) va xarajatlarini qoplashi;

ijaraga olingan transport vositasida mamlakatni tark etmasligi;

shartnoma tuzilgandan soʻng ijara uchun toʻlovni amalga oshirishi shart.

5.3.Trasnport vositasiga zarar yetkazilsa va (yoki) ijaraga olingan transport vositasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan taqdirda:

ijarachi zudlik bilan ijaraga beruvchini xabar qilishi lozim;

ijaraga beruvchi ijarachi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun javobgardir.

Ijarachining boshqa majburiyatlari

 

VI. Fors-major holatlari

 

6.1. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

6.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

 

7. Nizolarni hal etish tartibi

7.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

7.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

7.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

7.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.

7.5. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirilishi, elektron pochta manziliga yoki pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi mumkin.

7.6. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi “Ijaraga beruvchida”da, ikkinchi nusxasi “Ijarachi”da saqlanadi.

VII.Taraflarning javobgarligi

8.1. “Ijarachi” toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va muddatiga rioya qilmagan hollarda oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida penya toʻlaydi.

8.1. “Ijaraga beruvchi” oʻz majburiyatini shartnomada belgilangan muddatda bajarmagan hollarda, kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Biroq bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

8.2. Yetkazilgan zararni qoplash va neustoyka toʻlash taraflarni oʻzlariga yuklatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarishdan ozod qilmaydi.

8.3. Taraflarning ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻllaniladi.

VIII.Qoʻshimcha shartlar va yakunlovchi qoidalar

9.2. Taraflar oʻrtasida kelib chiqqan va oʻzaro muzokaralar natijasida hal qilinmagan nizolar Nizoli holatlar mavjud bo‘lganda taraflar murojaat qiladigan sud nomi tomonidan koʻrib chiqiladi.

 

IX.Taraflarning rekvizitlari

Ijaraga beruvchi:

 

Ijaraga oluvchi:

Manzil: Ijaraga beruvchining manzili

 

Manzil: Ijarachining yashash manzili

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

 

Ijarachining tug‘ilgan yili yilda tugʻilgan

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

 

Pasport seriya: Ijarachining pasport seriya raqami

Bank: Ijaraga beruvchining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Ijarachiga pasport berilgan sana yilda berilgan

Telefon: Ijaraga beruvchining telefon raqami

 

 

Ijarachiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

 

 

Telefon: )Ijarachining telefon raqami

 

Ijaraga beruvchi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si

 

____________

 

Ijarachining F.I.O.si_________

 

M.Oʻ

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish.

Ushbu shartnoma yengil avtomobillar va mototransport vositalarini iste’mol maqsadlarida qisqa muddatli ijaraga berish (30 kungacha) tartibi hamda ijaraga beruvchi va ijarachining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilaydi.

Transport vositalarini ijaraga berish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va boshqa qonun hujjatlar bilan tartibga solinadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Yengil avtomobillar va mototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish shartnomasi” namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.