O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Transport xizmatini ko‘rsatish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Buyurtmachi
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Pudratchi
  • Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
IV. Shartnoma shartlari
  • Izoh: Masalan yuk tashish, yo‘lovchi tashish va h.k.

Yuklab oling

SHARTNOMA

transport xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma

 

Buyurtmachi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shaklining (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) Buyurtmachiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Buyurtmachi tomonidan imzo chekuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tarafdan, hamda Pudratchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladi) Pudratchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatuvchi Pudratchi tashkilot rahbarining lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar haqida ushbu shartnoma tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Mazkur shartnoma pudratchi tomonidan buyurtmachiga Pudratchi tomonidan ko‘rsatiladigan transport xizmati turlari shakldagi transport xizmatlarini koʻrsatish, Buyurtmachi esa koʻrsatilgan xizmatlar uchun belgilangan toʻlovlarni toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Pudratchi shuningdek, buyurtmachi bilan kelishgan holda transport xizmatlarini koʻrsatish bilan birgalikda tashish, qadoqlash, yuklash, tushirish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

1.3. Transport xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov mazkur shartnoma shartlarida belgilanadi.

1.4. Qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlovlar taraflar oʻrtasida topshirish qabul qilish dalolatnomasi tuzilgandan soʻng amalga oshiriladi.

 

2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

2.1. Pudratchining majburiyatlari:

2.1.1. Pudratchi buyurtmachining talabiga binoan transport vositasining belgilangan turlarini ( yuk tashuvchi, yuk koʻtaruvchi, yuk tushiruvchi va h.k) belgilangan joyga yetkazish;

2.1.2. Pudratchi transport xizmatlarini koʻrsatishda soz boʻlgan texnikalardan (yuk tashish ishlarida yukning turiga qarab sanitariya qoidalariga rioya qilingan transportdan foydalanadi) foydalanadi;

2.1.3.Pudratchi transport vositalarini haydayotgan barcha haydovchilarini professional haydovchi ekanligini va tegishli haydovchilik guvohnomasi mavjudligini kafolatlaydi.

2.1.4. Pudratchi ushbu shartnoma boʻyicha barcha ishlarni buyurtmachining talablariga muvofiq aniq va oʻz vaqtida bajarishga majburdir.

2.1.5. Pudratchi ishlarni bajarish vaqtini buyurtmachi talab qilgan muddatlarda oʻz nihoyasiga yetkazish;

Pudratchining boshqa majburiyatlari

2.2. Pudratchi quyidagi huquqlarga ega:

2.2.1. Buyurtmachi tomonidan xizmatlar koʻrsatganlik uchun toʻlov muddati buzilgan taqdirda, toʻlovlarni amalga oshirishni talab qilish;

2.2.2. Hujjatlarda koʻrsatilgan yuklarga mos kelmaydigan yuklarni tashishdan bosh tortish.

Pudratchining boshqa huquqlari

2.3. Buyurtmachining majburiyatlari:

2.3.1. Pudratchiga navbatdagi amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha kamida 3 kun oldin xabar berish;

2.3.2. Pudratchi tomonidan oʻz vaqtida bajarilgan transport xizmatlari uchun ishni bajarilganligini tasdiqlovchi xujjatlar mavjud boʻlganda toʻlovlarni toʻlash ishlarini amalga oshirish;

2.3.3. Pudratchining xodimlarini tegishli hujjatlari mavjud boʻlganda transport xizmatlari koʻrsatiluvchi hududga moneliksiz kiritish;

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

2.4. Buyurtmachining huquqlari

2.4.1. Buyurtmachi transport xizmatlari ishlarini oʻz vaqtida yakunlanishini pudratchidan talab qilish;

2.4.2.Transport xizmatlari koʻrsatilishida kamchiliklarga yoʻq qoʻyilgan boʻlsa belgilangan toʻlovlarni toʻlashni toʻxtatib turish.

Buyurtmachining boshqa huquqlari

 

3. TASHISH SHARTLARI

 

3.1. Buyurtmachi pudratchiga elektron pochta orqali transport xizmatlarini amalga oshirish talabnomasini yuborishi lozim.

3.2. Pudratchi transport vositalari va xodimlarining ish jarayonini mustaqil ravishda nazorat qiladi. Agar ish jarayonining toʻxtab qolishiga sabab boʻluvchi omillar mavjud boʻlsa ularni zudlik bilan bartaraf etadi.

 

4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

4.1. Yoʻnalish boʻyicha transport vositasida nosozlik aniqlangan taqdirda pudratchi zudlik bilan ushbu transport vositasini tuzatish choralarini koʻrishi lozim. Agar transport vositasidagi nosozliklar bartaraf etishning chorasi boʻlmasa uni boshqa transport bilan almashtirishi lozim. Nosozlik sabab yoʻqotilgan vaqt uchun buyurtmachi tomonidan qoʻshimcha toʻlovlar qilinmaydi.

4.2. Buyurtmachi tomonidan pudratchining transport vositalarini oʻz vaqtida sababsiz qoʻyib yubormagan taqdirda pudratchiga jarima toʻlaydi.

 

5. TASHISH UCHUN TOʻLOV

 

5.1. Tomonlarning hisob-kitoblari har hafta schyot-fakturalar va pudratchi tomonidan bajarilgan ish aktlari asosida amalga oshiriladi.

5.2. Bajarilgan ishlar uchun xizmat narxlari shartnomaga alohida ilova qilinadi.

5.3. Pudratchi tomonidan taqdim etilgan schyot-fakturalar va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida buyurtmachi uch ish kuni ichida dalolatnomada koʻrsatilgan toʻlovlarni amalga oshiradi.

5.4. Toʻlov kechiktirilgan taqdirda, buyurtmachi bajarilgan ish qiymatining To‘lov kechiktirilgan taqdirda pudratchiga to‘lanadigan jarima miqdori % miqdorida jarima toʻlaydi.

5.5. Pudratchi tomonidan taqdim etilgan bajarilgan ishlar akti buyurtmachini qoniqtirmagan taqdirda, bir ish kunida elektron pochta orqali kelishmovchiliklar aktini yuboradi. Tomonlar kelishmovchiliklarni bartaraf etgandan soʻng buyurtmachi yangilangan bajarilgan ishlar dalolatnomasiga muvofiq keyingi kundan boshlab toʻlovlarni amalga oshirishga kirishadi.

 

6. FORS-MAJOR HOLATLARI

 

6.1. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.

6.2. Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.

6.3. Agar fors-major holati garov shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega

 

7. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI

 

7.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

7.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga Nizolar yuzasidan taraflar murojaat qiladigan sud nomi sudida hal etiladi.

7.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Transport toʻgʻrisidagi qonuni va amaldagi boshqa qonunchilik bilan tartibga solinadi.

7.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.

7.5. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi “Buyurtmachi”da, ikkinchi nusxasi “Ijrochi”da saqlanadi.

 

8. BOSHQA SHARTLAR

 

8.1. Ushbu shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻliq va toʻgʻri bajarganlaridan keyin muddati oʻtgan hisoblanadi.

8.2. Tomonlarning har biri yuqoridagi harakatlar boshlanishidan bir necha kun oldin boshqa tomonni yozma ravishda xabardor qilish orqali shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqlidir.

8.3. Ushbu shartnomaning shartlari va uning qoʻshimchalarini uchinchi shaxslarga faqat boshqa tomonning yozma roziligi bilan oshkor qilinishi mumkin.

8.4. Ushbu shartnomada xizmat koʻrsatishning boshlanish vaqti transport vositasi va xodimlarning ishlarni bajarish joyiga kelish vaqti hisoblanadi.

8.5. Ushbu shartnomaga muvofiq topshiriqlarni bajarish va bajarilgan ishlar haqidagi maʼlumotlar faksimil yoki elektron pochta orqali uzatiladi va bunday maʼlumot shakli yozma shaklga teng hisoblanadi.

8.6. Tomonlar oʻzlarining joylashgan manzili va rekvizitlarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bunday oʻzgarishlar sodir boʻlgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bir-birlarini xabardor qilishlari shart.

 

9. TOMONLARNING REKVIZITLARI

 

Buyurtmachi:

 

Pudratchi:

Buyurtmachi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Pudratchining nomi, tashkiliy huquqiy shakli

Manzil: Buyurtmachining joylashgan manzili

 

Manzil: Pudratchining manzili

Bank Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank Pudratchining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

H/R: Buyurtmachining hisob raqami

 

H/R: Pudratchining hisob raqami

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Pudratchining STIR raqami

Telefon: Buyurtmachining aloqa raqami

 

Telefon: Pudratchining telefon raqami

Buyurtmachi tomonidan imzo chekuvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si

____________

 

Pudratchi tashkilot rahbarining lavozimi va F.I.O.si

 

_____________

 

(muhr)

 

 

(muhr)

 

Transport xizmatini ko‘rsatish shartnomasi.

Tashuvchi yuk jo‘natuvchiga tegishli yukni tashishga yaroqli shay holdagi transport vositalarini jo‘natuvchidan qabul qilingan talabnoma (buyurtma)da, tashish shartnomasida yoki tashishni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda yuk ortish uchun berishi shart.

Berilgan transport vositalari tegishli yukni tashishga yaroqsiz bo‘lsa, yuk jo‘natuvchi bunday transportni rad etishga haqli.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.