O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xizmat turar joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Ijaraga beruvchi
  • Masalan: Ustav, Nizom, ishonchnoma yoki Ish beruvchi topshirig‘i, boshqarish shartnomasi
III. Ijaraga oluvchi
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Xizmat turar joyini ijaraga olish

NAMUNAVIY SHARTNOMASI

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ijaraga beruvchiga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat koʻrsatuvchi (keyinchalik “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi) turar joy mulkdori Ijaraga berishga vakolatli organning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Ijaraga beruvchi organning vakolatli mansabdor shaxsining F.I.O.si bir tomondan va (keyinchalik “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi) fuqaro Ijaraga oluvchining F.I.O.si ikkinchi tomondan, Xizmat safariga yuborayotgan tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shaklining Ijaraga oluvchi tashkilotning ijaraga olish qarori sanasi dagi Ijaraga olish qarorining raqami-son qaroriga muvofiq berilgan Ijaraga olish dalolatnomasi raqami-son seriyali dalolatnoma asosida quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:

 

I. SHARTNOMANING MAVZUSI

 

1.1. Ijaraga beruvchi Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolariga Ijaraga berilayotgan turar joyning manzili manzilidagi umumiy maydoni Ijaraga berilayotgan turar joyning umumiy maydoni (kv.m. da o‘lchanadi)kv.m., Turar joyning yashash xonalari soni xonadan iborat boʻlgan xizmat turar joyini foydalanishga beradi.

 

II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

 

2.1. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

2.1.1. Ijaraga oluvchiga texnik jihatdan soz, yashash uchun yaroqli holdagi turar joyni berish.

2.1.2. Uyni va xizmat turar joyining texnik qurilmalarini turar joylardan foydalanish qoidalariga muvofiq saqlash.

2.1.3. Kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlarning uzluksiz koʻrsatilishini taʼminlash.

2.1.4. Turar joy va uyning texnik qurilmalari, muhandislik qurilmalarida paydo boʻlgan nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish.

Ijaraga beruvchining boshqa majburiyatlari (agar mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi)

2.2. Ijaraga oluvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

2.2.1. Turar joydan maqsadli foydalanish.

2.2.2. Turar joyning elementlarida aniqlangan nosozliklar toʻgʻrisida Ijaraga beruvchiga oʻz vaqtida xabar berish.

2.2.3. Ijaraga olingan turar joy va kommunal xizmatlar uchun haqni oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay toʻlash.

2.2.4. Zarur hollarda kvartirani koʻzdan kechirish va elementlarini tuzatish uchun turar joyga Ijaraga beruvchining vakillarini kiritish.

Ijaraga oluvchining boshqa majburiyatlari (agar mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi)

 

III. TOMONLARNING HUQUQLARI

3.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:

3.1.1. Ijaraga oluvchidan Uy-joy fondidan texnik foydalanishning yagona qoidalari va normalariga rioya qilinishini talab qilish.

3.1.2. Ijaraga oluvchidan ijaraga olingan turar joy va kommunal xizmatlar uchun 2.2.3-bandda koʻrsatib oʻtilgan muddatlarda haq toʻlashni talab qilish.

3.1.3. Xizmat turar joyining konstruksiyalari va texnik qurilmalari hamda yordamchi xonalarining holatini koʻzdan kechirish.

Ijaraga beruvchining boshqa huquqlari (agar mavjud bo‘lsa ko‘rsatiladi)

3.2. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Oʻzi egallab turgan xizmat turar joyiga qonunda belgilangan tartibda oʻz xotini (erini), bolalarini, boshqa qarindosh-urugʻlarini, ota-onalarini va boshqa shaxslarni koʻchirib kiritish.

3.2.2. Zarur hollarda Ijaraga beruvchidan turar joy va uyning konstruksiyalari va texnik qurilmalarining holatini rejadan tashqari koʻzdan kechirishni talab qilish.

3.2.3. Kechiktirib boʻlmaydigan zarurat boʻlib qolganda turar joyning Ijaraga beruvchi vazifasiga kiruvchi qismlarini tuzatish (bu haqda xat orqali xabar qilingandan soʻng, undan tuzatish qiymatini undirish yoki tuzatish qiymatini kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish).

3.2.4. 2.1.12.1.22.1.3 va 2.1.4-bandlarda nazarda tutilgan majburiyatlar Ijaraga beruvchi tomonidan bajarilmagan hollarda texnik xizmat koʻrsatish va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlarni qayta hisoblashni talab qilish.

26)Ijaraga oluvchining boshqa huquqlari (agar mavjud boʻlsa koʻrsatiladi)

 

IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

4.1. Ijaraga beruvchi mazkur shartnomaga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararni Ijaraga oluvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima (penya, neustoyka) toʻlagan holda qoplaydi.

4.2. Ijaraga oluvchi mazkur shartnomaga koʻra oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararni Ijaraga beruvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda jarima (penya, neustoyka) toʻlagan holda qoplaydi.

 

V. SHARTNOMANING MUDDATI

 

5.1. Mazkur shartnomaning muddati tomonlar tomonidan imzolangan kundan boshlab hisoblanadi va u Ijaraga oluvchining Ijaraga berishga vakolatli organning nomi, tashkiliy huquqiy shakli bilan Ijaraga oluvchining F.I.O.si sifatidagi ish toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi tugashi bilan bir vaqtda toʻxtatiladi.

VI. ALOHIDA SHARTLAR

 

6.1. Mehnat shartnomasi toʻxtatilgan hollarda Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari xizmat turar joyini texnik soz holda ixtiyoriy ravishda boʻshatish va Ijaraga beruvchiga topshirish majburiyatini oladilar. Ijaraga oluvchi rad javobi bergan taqdirda koʻchirish sud tartibida amalga oshiriladi.

VII. YAKUNLOVCHI SHARTLAR

 

7.1. Mazkur shartnoma tomonlarning xohlagan biri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shartlar boʻlganda va tartibda bekor qilinishi mumkin.

7.2. Mazkur shartnomani bajarish chogʻida tomonlar oʻrtasida paydo boʻladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.

7.3. Mazkur shartnoma ikki nusxada tuzildi, ulardan biri Ijaraga beruvchida, ikkinchisi Ijaraga oluvchida turadi.

 

Ijaraga beruvchi

Ijaraga oluvchi:

Ijaraga berishga vakolatli organning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

Ijaraga oluvchining F.I.O.si

Manzil: Ijaraga beruvchining yuridik manzili

Pasport seriya: Ijaraga oluvchining pasport seriyai va raqami

H/R: Ijaraga beruvchining hisob raqami

Ijaraga oluvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan

STIR: Ijaraga beruvchining STIR raqami

Ijaraga oluvchiga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

Telefon: Ijaraga beruvchining telefon raqami

Telefon: Ijaraga oluvchining telefon raqami

Ijaraga beruvchi organning vakolatli mansabdor shaxsining F.I.O.si

______________

Ijaraga oluvchining F.I.O.si

_____________

 

(Imzo M.Oʻ)

 

(Imzo)

 

 

Xizmat turar joyini ijaraga olish namunaviy shartnomasi

Mulk ijarasi shartnomasi bo‘yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.

Mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo‘lgan hollarda esa, muddatidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.

Ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o‘tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.