XUSUSIY MAKTAB VA OTA-ONALAR OʻRTASIDAGI
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Maktabning nomi, tashkiliy huquqiy shakli xususiy maktabi (bundan keyin matnda “Maktab” deb yuritiladi), nomidan Maktabga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Maktab nomidan shartnoma tuzish vakolati berilgan shaxsning F.I.O.si bir tarafdan, Ota-onaning yashash manzili manzilida yashovchi Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si (keyingi oʻrinda “Ota-ona” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.sining farzandi Ota-onaning farzandi F.I.O.sini (keyingi oʻrinlarda oʻquvchi deb yuritiladi) maktabga qabul qilish yuzasidan quyidagilar boʻyicha shartnoma tuzildi:
1. Shartnoma predmeti
1.1. Mazkur shartnomaga muvofiq, maktab oʻquvchiga Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun”iga hamda xalqaro standartlarga asoslangan innovatsion usullardan foydalangan holda sifatli taʼlim berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
1.2. Ota-ona esa mazkur shartnomada belgilangan narxdagi va tartibdagi toʻlovlarni amalga oshirib boradi.
2. Taraflarning huquq va majburiyatlari
2.1. Maktab quyidagi huquqlarga ega:
2.1.1. Agar oʻquvchi uzrli sababsiz dars va mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborsa toʻlangan toʻlovlarni qaytarmaslik;
2.1.2. Ota-onaning moliyaviy toʻlov imkoniyati oʻzgargan taqdirda, ota-onaga qulay toʻlov shakllarini tashkillashtirish;
2.1.3. Ota-onalarning moliyaviy nochorligi tasdiqlanmagan hollarda yoki boshqa hollarda toʻlov imtiyozlarini berishni rad etish;
2.1.4. Intellektual salohiyati yuqori oʻquvchilarni bepul taʼlim tizimiga oʻtkazish;
2.1.5. Oraliq nazorat yoki boshqa test nazoratidan oʻta olmagan oʻquvchining ota-onasi bilan shartnomani bekor qilish;
2.1.6.Toʻlovlarni uzrli sabablarsiz ketma-ket ikki oy ota-ona toʻlamagan hollarda shartnomani bekor qilish.
Maktabning boshqa huquqlari
2.2. Maktab quyidagi majburiyatlarga ega:
2.2.1.Oʻquvchining taʼlim olish tizimini davlat taʼlim standartidan past boʻlmagan darajada taʼminlash. Xalq taʼlimi vazirligi standartlariga rioya qilgan holda yillik oʻquv yili uchun ish rejasini tasdiqlash;
2.2.2 Ota-onalarning talab darajasidagi taʼlimning yuqori sifatini taʼminlash;
2.2.3. Oʻquvchi maktabni bitirayotgan vaqtda belgilangan milliy standart boʻyicha maktabni tugatganligi toʻgʻrisida hujjat berish;
2.2.4 Oʻquvchining taʼlim va tarbiyasi uchun xavfsiz va sanitariya-gigiyena sharoitlarini taʼminlash;
2.2.5 Oʻquvchi maktab hududida boʻlganida, uning hayoti va sogʻligʻi uchun javobgar boʻlish;
2.2.6 Oʻquvchini tibbiy koʻrikdan muntazam oʻtkazib turish (emlashlar faqat ota-onalarning roziligi bilan);
2.2.7 Oʻquvchini ota-onasining hoxishiga binoan oʻquv dasturiga kiritilmagan (qoʻshimcha haq evaziga) qoʻshimcha taʼlim xizmatlarini koʻrsatish;
2.2.8 Oʻquvchi darslarni faqat uzrli sabablarga koʻra darsni oʻtkazib yuborsa, O‘quvchiga qo‘shimcha dars sifatida o‘tiladigan fanlarning nomi kabi oʻquv fanlari boʻyicha haftasiga 1 (bitta) marta qoʻshimcha dars oʻtkazish;
2.2.9 Yozgi dam olish chog‘ida dars o‘tiladigan fanlar kabi fanlardan qarzlari mavjud boʻlgan talabalar bilan yozgi maktab oʻquv darslarini oʻtkazish;
2.2.10 Maktabda ishlaydigan mutaxassislarning yuqori malakasini saqlash va nazorat qilish;
2.2.11 Maktabda taʼlim va tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bogʻliq munozarali, intizomiy yoki boshqa masalalarni ijobiy hal qilish;
2.2.12 Oʻquvchilar uchun haq evaziga issiq ovqatlarni tashkil qilish.
Maktabning boshqa majburiyatlari
2.3. Ota-onalar (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) quyidagi huquqlarga ega:
2.3.1. Maktabning hisob raqamiga xayriya (homiylik) pullarini qoʻshish.
2.3.2. Taʼlim jarayoni, taʼlim sifati, shuningdek axloqiy masalalar yuzasidan takliflarni maktab maʼmuriyatiga muhokama qilish uchun yuborish.
2.3.3. Maktab maʼmuriyatining pedagogik kengashlarida ishtirok etish, zarur hollarda taʼlim masalalari boʻyicha oʻz takliflarini makatab maʼmuriyati amalga oshirishni talab qilish
2.3.4. Maktab Nizomida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli oʻquv toʻlovlaridan foydalanish.
2.3.5. Yoz oylari uchun oʻquv yili davomida bosqichma-bosqich toʻlash (qoʻshimcha ravishda oyiga 5 maktab kunini toʻlash).
2.3.6. Ota-ona yillik oʻquv yili uchun oldindan toʻlovlarni amalga oshirsa, keyinchalik toʻlov narxlari oshirilgan taqdirda ham toʻlangan davr uchun qayta hisob amalga oshirilmaydi.
2.3.7. Yozma ariza bilan, maktab maʼmuriyati bilan kelishilgan holda, oʻquvchini oilaviy sabablarga koʻra darslardan ozod qilish.
Ota-onaning boshqa huquqlari
2.4. Ota-onalar (yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar) quyidagi majburiyatlarga ega:
2.4.1. Oʻquvchining taʼlimi uchun toʻlovlarni toʻlash. Toʻlovlarni har oyning 15-sanasidan kechiktirmagan holda naqd pul yoki bank oʻtkazmasi orqali pul oʻtkazish;
2.4.2. Maktabda oʻquvchining xatti-harakati uchun maktab qoidalarida belgilangan qoidalar doirasida javobgar boʻladi;
2.4.3. Oʻquvchining maktabdan tashqaridagi harakatini ota-onaning oʻzi nazorat qilish;
2.4.4. Farzandining harakati bilan maktab mulkiga zarar yetsa, moddiy yoki nomoddiy zarar yetkazgan holatlar uchun ota-ona javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi;
2.4.5. Maktab tomonidan chiqarilgan darsliklarning yaroqligini taʼminlash, darsliklar yaroqsiz holga kelgan taqdirda ularning toʻliq narxini qoplash;
2.4.6. Farzandining uy vazifalarini doimiy ravishda kuzatib borish, shuningdek oʻqituvchilarning talablari va tavsiyalariga rioya qilish;
2.4.7. Farzandining shubhali xatti-harakatlari haqida maktab maʼmuriyatiga oʻz vaqtida xabar berish.
Ota-onaning boshqa majburiyatlari
3. Toʻlov shartlari
3.1 Maktab yosh guruhlari uchun belgilangan toʻlov stavkasi va imtiyoz tizimidan kelib chiqib ota-ona To‘lov to‘lanadigan o‘quv yili sanasi yil oʻquv yili (sentyabrdan iyun oyigacha) uchun O‘quv yili uchun ota-ona tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdori soʻm miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshiradi.
3.2 Oʻquv yili uchun toʻlov O‘quv yili uchun to‘lanadigan to‘lov turi (naqd pul yoki pul ko‘chirish)da amalga oshiriladi.
3.3 Ota-onalar joriy oʻqish oyi uchun toʻlovni har oyning 15-kunidan kechiktirmay amalga oshiradi.
3.4. Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan holatlarda oldindan qilingan toʻlovlar maktabdan qarzi boʻlmagan holatlarda ota-onaga qaytariladi
3.5 Agar ota-ona toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash imkoniga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqida maktab maʼmuriyatiga yozma ravishda xabar berishlari shart.
3.7 kechiktirilgan toʻlovlar uchun har bir kechiktirilgan kalendar kuni uchun oylik ota-ona toʻlovi summasidan 0,5% miqdorida jarima toʻlanadi.
3.8 maktab oʻquv yili davomida toʻlov oʻzgargan taqdirda bu haqida ota-onalarga bir oy oldin xabar berib, ogohlantirishi lozim.
4. Shartnomani bekor qilish shartlari
4.1 Maktab quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
4.1.1. Ota-ona tomonidan ushbu shartnoma shartlari yoki maktab qoidalari toʻgʻri bajarilmagan hollarda;
4.1.2. Oʻquvchi tomonidan xulq-atvor qoidalari qoʻpol ravishda buzilgan hollarda;
4.1.3. Giyohvandlik, psixotrop va toksik moddalar, spirtli ichimliklarni oʻquvchi tomonidan isteʼmol qilingan holati aniqlangan taqdirda, yoki ularni tarqatayotgan boʻlsa;
4.1.4. Shuningdek, oʻquvchining sogʻligida jiddiy muammolar boʻlib uning taʼlim olishiga toʻsqinlik qilsa.
4.1.5. Ota-ona quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:
4.1.6. Farzandining olayotgan bilim, koʻnikmalari talabga javob bermagan hollarda;
4.1.7. Maktab tomonidan asossiz ravishda toʻlovlar oshirilib yuborilgan hollarda.
5. Boshqa shartlar
5.1 Shartnoma shartlari tomonlarning kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi, bekor qilinishi va toʻxtatilishi mumkin.
5.2. Boshqa tomon shartnoma shartlarini buzgan taqdirda tomonlardan birining talabiga binoan shartnoma sud qaroriga koʻra oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
5.3 Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi, shartnomaning bir tomonlama oʻzgartirilganligi yoki bekor qilinganligi uchun tomonlar yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplaydilar (ushbu shartnomada nazarda tutilgan jarima sanksiyalaridan tashqari).
5.4 Tomonlarning ushbu shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
5.5 Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan Nizolar yuzasidan murojaat qilinuvchi sud nomi sudiga murojaat qilinadi
5.6 Mazkur shartnomaga tomonlar imzo chekkan kundan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati gacha amalda boʻladi.
5.7 Ushbu shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi.
6. Tomonlarning rekvizitlari
Maktab: |
|
Ota-ona: |
||
Maktabning nomi, tashkiliy huquqiy shakli |
|
Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si |
||
Manzil: Maktab joylashgan manzil |
|
Manzil: Ota-onaning yashash manzili |
||
H/R: Maktabning hisob raqami |
|
Pasport seriya: Ota-onaning pasport seriya raqami (Ota yoki ona) |
||
STIR: Maktabning STIR raqami |
|
Ota onaga pasport berilgan yil yilda Pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan |
||
Bank: Maktabning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi |
|
|
||
Telefon: Maktabning aloqa raqami
|
|
Telefon: Ota-ona bilan bog‘lanish uchun aloqa raqami
|
||
Maktab nomidan shartnoma tuzish vakolati berilgan shaxsning F.I.O.si |
____________ |
|
Bolaning ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning F.I.O.si |
___________ |
|
Imzo, M.Oʻ |
|
|
Imzo |
Ta’lim — ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda sifatli ta’limni xususiy maktablar ham ko‘rsatmoqda. Xususiy maktablarda farzandlarini o‘qitish uchun ota-ona mazkur maktab bilan shartnoma tuzishi lozim bo‘ladi. Ushbu shartnomalarda taraflarning huquq va majburiyatlar batafsil ko‘rsatilishi lozim.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.