O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali uydagi mulkdor o‘rtasida shartnoma.

Hujjat tavsifi
I. Shartnoma rekvizitlari
II. Boshqaruvchi tashkilot
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
III. Mulkdor
IV. Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan koʻp kvartirali uydagi mulkdor oʻrtasida shartnoma

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Keyingi oʻrinlarda “Boshqaruvchi” deb nomlanuvchi Boshqaruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli nomidan Boshqaruvchi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Boshqaruvchi tashkilot nomidan shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi Boshqaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si,bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Mulkdor” deb nomlanuvchi, Boshqaruv amalga oshiriladigan mol-mulkning tarkibini oʻz ichiga olgan Mulkning joylashgan manzili manzilida joylashgan mulkning mulkdori Mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsning F.I.O.si ikkinchi tomondan “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzishdi:

I. Shartnoma predmeti

 

1.1 Koʻp kvartirali uyni boshqarish shartnomasi boʻyicha boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi joylar mulkdorlarining topshirigʻiga koʻra, umumiy mol-mulkni boshqarish, lozim darajada saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash boʻyicha kelishilgan muddat ichida haq evaziga xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarish, koʻp kvartirali uyni boshqarish maqsadiga erishishga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

1.2 Mulkdor mazkur shartnomaga muvofiq, quyidagi vazifalarni boshqaruvchi tashkilotga yuklaydi:

Boshqaruvchi tashkilotga yuklanayotgan vazifalar mazmuni

 

II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

 

2.1. Joy mulkdorining huquqlari:

umumiy mol-mulkni boshqarishda ishtirok etish, boshqaruvchi tashkilot faoliyati toʻgʻrisida axborot olish;

boshqaruvchi tashkilotning faoliyati toʻgʻrisida hisobot olish;

boshqaruvchi tashkilotga koʻp kvartirali uyni boshqarish boʻyicha takliflar taqdim etish;

joyning belgilangan maqsadiga muvofiq oʻziga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;

boshqaruvchi tashkilotdan shartnoma shartlarini bajarilishini talab qilish.

Mulkdorning boshqa huquqlari

2.2. Joy mulkdorining majburiyatlari:

umumiy mulk, yer uchastkasidan va unda joylashgan obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish elementlaridan faqat belgilangan maqsadlarda foydalanish hamda boshqa mulkdorlarning ulardan foydalanish boʻyicha huquq va manfaatlariga zarar yetkazmaslik;

oʻziga tegishli boʻlgan bino hududidagi umumiy mulkning saqlanishini taʼminlash;

boshqaruvchi tashkilot tomonidan belgilangan umumiy mulkdan foydalanish qoidalariga rioya qilish;

oʻziga tegishli binodan maqsadli tarzda, texnik jihatdan soz, sanitariya talablariga muvofiq tarzda foydalanish, uni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini oʻz hisobidan bajarish;

oldindan xabardor qilib, oʻzi ishtirok etgan holda yoki oʻz vakili ishtirokida oʻziga tegishli binoda boshqaruvchi tashkilot vakillari tomonidan umumiy mulkning bino chegarasidagi qismlarini koʻzdan kechirish, profilaktik, joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek avariya holatlarini bartaraf etish uchun darhol kirishga ruxsat berish;

boshqaruvchi tashkilot bilan binoni rekonstruksiya qilish, tarxini qayta tuzish, qayta jihozlash ishlari boʻyicha kelishish;

haqiqiy turgan joyi oʻzgargani va bogʻlanish haqidagi maʼlumotlarni berish;

binoning ijaraga berilgani, shuningdek ijara shartnomasiga koʻra umumiy xarajatlarda ishtirok etish majburiyatlarini bergan-bermaganligi haqida 10 kun muddatda boshqaruvchi tashkilotni xabardor qilish;

umumiy mulkka yoki boshqa mulkdorlar mulkiga, shuningdek shirkat mulkiga oʻzi, ijarachi yoki binoni ijara shartnomasiga yoxud boshqa asoslarga muvofiq egallab turgan ijarachi yoki boshqa shaxslar tomonidan yetkazilgan zararni oʻz hisobidan bartaraf etish;

mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mulkni sotish paytida qonunchilikda belgilangan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda boshqaruvchi tashkilot va oʻzining boshqaruvchi tashkilot oldidagi majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xaridorga taqdim etish.

Mulkdorning boshqa majburiyatlari

2.3. Boshqaruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:

umumiy mulkni saqlash boʻyicha ishlarni bajarish usullarini mustaqil belgilash;

boshqa mulkdorlarning mulkiga yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdor binosiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, Mulkdor yoʻqligida va avariya paytida uni xabardor qilish imkoni boʻlmaganda);

Mulkdor umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan bosh tortsa va shartnoma shartlarini boshqacha tarzda buzsa, qonunchilik hujjatlarida va ushbu shartnomada belgilangan tartibda choralar koʻrish.

Boshqaruvchi tashkilotning boshqa huquqlari

2.4. Boshqaruvchi tashkilot quyidagilarga majbur:

Mulkdorga boshqa mulkdorlar bilan birga boshqaruv tashkiloti ustavida koʻzda tutilgan tartibda umumiy mulkni saqlash boʻyicha qarorlar qabul qilish va ularning ijrosi boʻyicha hisobotlarni koʻrib chiqishda qatnashish imkonini berish;

Mulkdorni koʻzdan kechirishlar, profilaktika ishlari, shuningdek Mulkdorga tegishli bino chegarasida boʻlgan umumiy mulkning qismlari taʼmirlanishi haqida oʻz vaqtida, kamida bir kun avval xabardor qilish;

Mulkdorga umumiy mulkning texnik holati, uni saqlash rejalari va ushbu maqsad uchun qilinadigan xarajatlar haqida mulkdorga xabar berish;

Mulkdorning mulkini saqlash;

Mulkdorga bajariladigan ishlar va xizmatlarning roʻyxatini taqdim qilish;

Mazkur roʻyxatni oʻzgartirishda mulkdor ruxsatini olish.

Boshqaruvchi tashkilotning boshqa majburiyatlari

 

III. Shartnoma narxini belgilash, shuningdek toʻlovni toʻlab berish tartibi

 

3.1 Mulkdor tomon umumiy mol-mulkni boshqarish, lozim darajada saqlash, undan foydalanish va uni taʼmirlash ishlari uchun boshqaruvchi tashkilot hisob raqamiga Bajariladigan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori soʻm miqdoridagi mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

3.2 Xizmatlarni amalga oshirish uchun taraflarning kelishuviga koʻra narxlar qaytadan belgilanishi mumkin.

 

IV. Boshqaruvchi tashkilotning hisoboti

4.1 Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi oldingi yil uchun shartnomaning bajarilganligi toʻgʻrisida har yili umumiy yigʻilishda hisobot berishi shart.

4.2 Boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi joylarning mulkdorlariga oʻz moliya-xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi, umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar haqidagi, xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish tartibi hamda shartlari toʻgʻrisidagi, ularning qiymati haqidagi axborotdan erkin foydalanishni taʼminlashi shart.

 

V. Tomonlarning javobgarligi

 

5.1. Tomonlar ushbu shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyalarini bajarmaganlik uchun uning shartlariga koʻra va qonunchilik hujjatlariga muvofiq moddiy javob beradi.

5.2. Barcha turdagi zararlar yoki ziyonlar boshqaruvchi tashkilot yoki uning xodimlarining notoʻgʻri xatti-harakati tufayli yuzaga kelmagan boʻlsa, boshqaruvchi tashkilot ular uchun javob bermaydi.

5.3. boshqaruvchi tashkilot vakiliga koʻzdan kechirish va xizmat koʻrsatish, taʼmirlash ishlarini bajarish uchun kirishga yoʻl qoʻymagan Mulkdor buning natijasida koʻrilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.

5.4. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.

 

VI. Nizolarni hal etish

 

6.1.Ushbu shartnoma shartlarini bajarish boʻyicha barcha eʼtirozlarni Tomonlar yozma tarzda rasmiylashtirishi va shaxsan vakolatli shaxsga tilxat orqali topshirishi yoki ikkinchi Tomonga buyurtma xat orqali yetkazishi kerak.

6.2. Ushbu shartnoma boʻyicha Tomonlar oʻrtasidagi nizolar Mulkdor bilan boshqaruv tashkiloti oʻrtasida muzokaralar orqali hal qilinadi, kelishuvga erishilmasa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Nizolarni hal qilish uchun murojaat qilinadigan sud nomi sudiga murojaat qilinadi.

 

VII. Shartnomaning amal qilish muddati, shartnomani oʻzgartirish va toʻxtatish

 

7.1. Ushbu shartnoma Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana kuniga qadar boʻlgan muddatga tuzildi.

7.2. Tomonlardan biri Shartnoma shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ariza bermagan taqdirda uning amal qilish muddati shartnomada belgilangan muddat va oʻsha shartlar boʻyicha uzaytirilgan hisoblanadi.

7.3. Tomonlar oʻzaro kelishuvga binoan ushbu Shartnomaga qonun hujjatlari talablariga va boshqa kelishuvlarga zid boʻlmagan oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

7.4. Tomonlarning ushbu Shartnomaga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi bitimi shartnoma kabi shaklda rasmiylashtiriladi.

 

VIII. Boshqa shartlar

 

8. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtidan boshlab tuzilgan hisoblanadi, bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan, bir nusxadan Boshqaurvchi tashkilotda va Mulkdorda saqlanadi.

 

IX. Tomonlarning manzillari

 

Boshqaruvchi:

 

Mulkdor:

Boshqaruvchi tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsning F.I.O.si

Yuridik manzil: Boshqaruvchi tashkilotning joylashgan manzili

 

Manzil: Mulkning joylashgan manzili

H/r: Tashkilotning hisob raqami

 

Pasport seriya va raqam: Mulkdorning pasport seriyasi va raqami

Bank nomi Tashkilotning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Berilgan sana: Mulkdorga pasport berilgan sana

Bank kodi: Tashkilotning hisob raqami joylashgan bankning kodi

 

Mulkdorga pasport berilgan hudud IIB tomonidan berilgan

STIR: Tashkilotning STIR raqami

 

 

Telefon raqami: Tashkilotning telefon raqami

 

STIR: Mulkdorning STIR raqami

 

 

Telefon raqami: Mulkdorning telefon raqami raqami

Boshqaruvchi tashkilot nomidan shartnoma tuzuvchi shaxsning lavozimi

_________

 

Mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsning F.I.O.si

___________

 

(Imzo, M.Oʻ)

 

 

(Imzo)

 

Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati bilan ko‘p kvartirali uydagi mulkdor o‘rtasida shartnoma.

Ko‘p kvartirali uyni boshqarish shartnomasi bo‘yicha boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi joylar mulkdorlarining topshirig‘iga ko‘ra, umumiy mol-mulkni boshqarish, lozim darajada saqlash, undan foydalanish va uni ta’mirlash bo‘yicha kelishilgan muddat ichida haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish va (yoki) ishlarni bajarish, ko‘p kvartirali uyni boshqarish maqsadiga erishishga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Mulkdor esa mazkur ko‘rstatilgan xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ushbu shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.