O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Taraflar
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

 

Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan hudud

 

Buyurtmachi ijtimoiy sherik tashkilotning to‘liq nomi nomidan Buyurtmachi ijtimoiy sherikga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Buyurtmachi tashkilot direktori yoki vakilining F.I.Sh.i (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi ijtimoiy sherik” deb ataladi) bir tomondan va Ijrochi ijtimoiy sherik tashkilotning to‘liq nomidan Ijrochi ijtimoiy sherikka shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi Ijrochi ijtimoiy sherik tashkilot direktori yoki vakilining F.I.Sh.i (keyingi oʻrinlarda Ijtimoiy sherik deb ataladi), ikkinchi tomondan keyinchalik Tomonlar deb ataladi, ushbu Shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar.

 

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Ijtimoiy sheriklik subyektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.

1.2. Mazkur shartnomaga asosan ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida Ijtimoiy sheriklik subyektlari o‘rtasida tuzilayotgan shartnoma predmeti amalga oshiriladi.

1.3. Bitimlar taraflarning oʻz zimmalariga olgan oʻzaro majburiyatlaridan iborat boʻlib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yoʻnalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini koʻrsatadi.

1.4. Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar koʻrsatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subyekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.

1.5. Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.

1.6. Birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish muddati:

Loyihalar va rejalarni ishlab chiqishning boshlanish muddati.

Loyihalar va rejalarni ishlab chiqishning tugash muddati

2.1. Ijtimoiy sheriklik subyektlari quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

2.1.1. konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik soʻrovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;

2.1.2. bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishi mumkin.

2.1.3. Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarining fikrlarini soʻrash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yoʻli bilan oʻtkaziladi.

2.1.6. Ijtimoiy sheriklik subyektlari shartnomani bekor qilish haqida bir birlarini ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirish, ushbu muddat tugaguniga qadar esa shartnomada belgilangan vazifalarni uzluksiz tashkil etishni taʼminlashi;

2.1.7. Shartnoma shartlarini sifatli, mazkur Shartnomaning 1.6-bandida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda koʻrsatishi;

 

III. XIZMATLAR NARXI VA OʻZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI

3.1. Mazkur shartnomaning ilovasiga muvofiq xizmatlar narxi Xizmat haqi miqdori soʻmni tashkil etadi.

3.2. Ijrochi ishtimoiy sherikning xizmatlari uchun oʻzaro hisob-kitoblar bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi va rasmiylashtirilgan hisob-faktura asosida koʻrsatilgan xizmatlarning amaldagi qiymati boʻyicha bir oyda kamida bir marta amalga oshiriladi.

3.3. Koʻrsatiladigan xizmatlarning amaldagi soni haqidagi maʼlumotlar va xizmatlarning amaldagi narxi asosida Buyurtmachi ijtimoy sherik kundalik buyurtmaga muvofiq har oʻn kunda, toʻlanishi lozim boʻlgan summasi koʻrsatilgan bajarilgan ishlarning yigʻma dalolatnomasi tuziladi va hisob-faktura rasmiylashtiradi.

3.4. Buyurtmachi tomonidan amalda koʻrsatilgan xizmatlar narxi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura olingan vaqtdan boshlab, 10 bank kuni davomida Shartnomada belgilangan summadan ortiq boʻlmagan miqdorda toʻlanadi.

3.5. Mazkur Shartnomaning ilovasida koʻrsatilgan, shartnomaning prognoz summasini hisoblash uchun xizmatlarning narxlari tomonlardan birining tashabbusi bilan qayta koʻrib chiqiladi.

 

IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI

4.1. Ijrochi ijtimoiy sherik shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmagan hollarda, Buyurtmachi ijtimoiy sherikka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi koʻrsatilmagan xizmatlar oylik narxining 50 foizidan oshmasligi kerak.

4.2. Penya (jarima) toʻlash Tomonlarning zimmasidagi majburiyatlarini bajarishdan yoki buzilishlarni bartaraf qilishdan ozod etmaydi.

4.3. Mazkur Shartnoma shartlarining bajarilmasligi yoki tegishli darajada bajarilmasligi uchun Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablarida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan javobgar boʻladilar.

4.4. Tomonlarning Mazkur Shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik choralari Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq qoʻllaniladi.

 

V. MUNOZARALI VAZIYATLARNI HAL ETISH TARTIBI

5.1. Mazkur Shartnomani bajarishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar va kelishmovchiliklar imkon qadar Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etiladi.

5.2. Nizolar va kelishmovchiliklarni Tomonlar oʻrtasida muzokara oʻtkazish yoʻli bilan hal etib boʻlmaydigan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan kelishmovchiliklarni suddan oldin bartaraf qilish tartib-taomili amalga oshirilgandan soʻng ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun beriladi.

VI. FORS-MAJOR HOLATLAR

6.1. Tomonlar majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar bunday holatlar yengib boʻlmas kuch, yaʼni tabiiy ofatlar, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar va alohida davr oqibati hisoblansa va davlatning tegishli organlari tomonidan tasdiqlansa, javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar roʻy bergan muddatga suriladi.

 

VII. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

7.1. Ushbu Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Mazkur Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismini tashkil etadi.

7.2. Tomonlarning hech biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa Tomonning yozma shakldagi roziligisiz biror bir uchinchi tomonga berib yuborishi mumkin emas.

7.3. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan. Ikkala nusxa aynan bir xil boʻlib, bir xil yuridik kuchga ega. Tomonlarning har birida mazkur Shartnomaning bir nusxasi boʻladi.

 

VIII. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

8.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va bir kalendar yili davomida yoki muddatidan oldin bekor qilinguniga qadar amal qiladi.

 

IX. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Buyurtmachi ijtimoiy sherik:

 

Ijrochi ijtimoiy sherik:

Manzil:Buyurtmachi ijtimoiy sherikning to‘liq manzili

 

Manzil: Ijrochi ijtimoiy sherikning to‘liq manzili

Hisob-kitob raqami: Buyurtmachi ijtimoiy sherikning bank hisobraqami

 

Hisob-kitob raqami: Ijrochi ijtimoiy sherikning bank hisobraqami

Bank : Buyurtmachi ijtimoiy sherikning Banki joylashgan manzil

 

Bank : Ijrochi ijtimoiy sherikning banki joylashgan manzil

STIR: Buyurtmachi ijtimoiy sherikning STIRi

 

STIR: Ijrochi ijtimoiy sherikning STIRi

Telefon raqami: Buyurtmachi ijtimoiy sherikning telefon raqami

 

Telefon raqami: Ijrochi ijtimoiy sherikning telefon raqami

Buyurtmachi tashkilot direktori yoki vakilining F.I.Sh.i

 

M.Oʻ.

 

______

(imzo)

 

Ijrochi ijtimoiy sherikning lavozimi va F.I.O.si

 

M.Oʻ.

 

_____

(imzo)

 

Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida.

Qonunchilikka ko‘ra, ijtimoiy sheriklik davlat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir. Davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ijtimoiy sheriklik sub’ektlaridir.

Ijtimoiy sheriklik sub’ektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.

Bitimlar taraflarning o‘z zimmalariga olgan o‘zaro majburiyatlaridan iborat bo‘lib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yo‘nalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini ko‘rsatadi.

Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.