O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Noshirlik mahsulotini tayyorlashga doir shartnoma.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Nashriyot
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Muallif
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

 

NOSHIRLIK MAHSULOTINI TAYYORLASHGA DOIR SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami -son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Nashiryot nomining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli,keyingi oʻrinlarda “Nashriyot” deb yuritiladi nomidan Nashriyotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Nashriyot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Muallifning F.I.Sh.i keyingi oʻrinlarda “Muallif” deb yuritiladi ikkinchi tomondan quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA MAZMUNI

1. Muallif oʻzining Asar nomi deb nomlangan asarini, asar Nashriyot tomonidan maʼqullangan kundan eʼtiboran Asarni nashr va qayta nashr etish uchun topshirish muddati yil muddatga Nashr va qayta nashr etish tili tilida nashr va qayta nashr etish uchun Nashriyotga topshiradi.

2. Koʻrsatilgan asar, ilovalar va bezaklarni qoʻshgan holda Bosma taboq hajmi bosma taboq hajmida (monografiya, darslik, oʻquv qoʻllanma) holida chop etiladi.

3. Muallif asar qoʻlyozmasini Nashriyotga Qo‘lyozmani Nashriyotga topshirish vaqtidan kechiktirmasdan Asarni topshirish shakli (qo‘lyozma yoki disket holida) holda topshirishi (pochta yoki elektron pochta orqali joʻnatishi) shart. Ikki yohud undan ortiq shaxslar tomonidan hammualliflikda yaratilgan asar barcha mualliflar tomonidan imzolanadi va toʻliq holda taqdim etiladi. Qoʻlyozma, agar u butlangan holda taqdim etilgan va qoʻlyozmani nashrga tayyorlash toʻgʻrisidagi talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan boʻlsa, Nashriyot tomonidan olinganidan keyin Qo‘lyozmani to‘lig‘icha butlash yohud to‘liq rasmiylashtirish to‘g‘risida talab qo‘yish muddati kun davomida Muallifga qoʻlyozmani toʻligʻicha butlash yohud toʻliq rasmiylashtirish toʻgʻrisida talab qoʻymasa, toʻliq holda topshirilgan sanaladi.

4. Muallif shartnoma imzolangan kundan eʼtiboran hamda qoʻlyozma maʼqullanganidan keyin Nashriyotning oldindan yozma roziligisiz asarni yohud uning bir qismini qayta ishlangan taqdirda ham boshqa tashkilotlarga nashr etish uchun bermaslik majburiyati muddati yil oʻtguniga qadar Nashriyotning oldindan yozma roziligisiz 1-bandda koʻrsatilgan asarni yohud uning bir qismini qayta ishlangan taqdirda ham boshqa tashkilotlarga nashr etish uchun bermaslik majburiyatini oladi.

5. Nashriyot taqdim etilgan qoʻlyozmani, har bir mualliflik tabogʻi nasrda Har bir mualliflik tabog‘i nasrida belgilar soni belgi, sheʼriyatda Sheʼriyat uchun satrlar soni satrga Har bir sheʼriyat ko‘rib chiqiladigan kunlar soni kundan qoʻshgan holda, Umumiy ko‘rib chiqiladigan kunlar soni kunlik muddat ichida qoʻrib chiqishga va Muallifga yo asar maʼqullangani toʻgʻrisida, yoki uni shartnomada nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad qilish haqida, yohud shartnoma shartlari doirasida talab etiladigan tuzatishlar vajini aniq koʻrsatgan holda asarga tuzatishlar kiritish zarurligi xususida bildirish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Qoʻlyozmani ishlab tugatish uchun Nashriyot Muallifga yetarlicha, tomonlarning kelishuvi bilan Qo‘lyozmani ishlab tugatish uchun beriladigan maʼlum bir muddatga cheklangan muhlat kundan oshmaydigan muhlat berishga majburdir.

6. Nashriyot qoʻlyozmaning mazmuniga oid mulohazalar yuzasidan uni nashr etishga arzimasligi munosabati bilan qoʻlyozmani taqrizga yubormasdan, ammo qaytarish sabablari bayon etilgan asoslarini koʻrsatgan holda, qaytarishga haqlidir.

7. Nashriyot taklifiga koʻra Muallif, agar maʼqullangan asarni tomonlarga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlar boʻyicha nashr etish imkoniyati boʻlmaganda, biroq mukammal ishlash va tuzatish yoʻli bilan nashr etishga yaroqli holga keltiriladigan boʻlsa, qoʻlyozmani ishlab tugatish majburiyatini oladi.

8. Nashriyot Muallifning roziligisiz asarning oʻziga ham, uning nomlanishiga ham va Muallif ismi-sharifi yozilishiga ham biron-bir oʻzgartish kiritmaslik, shuningdek, Muallif roziligisiz badiy bezaklar, sharhlar va qanday boʻlishidan qatʼiy nazar izohlar bilan toʻldirmaslik majburiyatini oladi.

9. Nashriyot asarni istalgan adadda chop etishga haqlidir.

10. Nashriyot Muallifga birinchi nashrda asarning amaldagi hajmidan kelib chiqqan holda har bir bosma taboq uchun Asarning amaldagi hajmidan kelib chiqqan holda har bir bosma taboq uchun to‘lanadigan qalam haqi qiymati soʻm qalam haqi toʻlash majburiyatini oladi.

11. Nashriyot Muallifga:

korrekturani chop etishga ruxsat berilgan kundan eʼtiboran;

nashrning sinov nusxasi chiqqan kundan eʼtiboran Nashrning sinov nusxasi chiqqanidan so‘ng qalam haqi to‘lanishi kerak bo‘lgan muddat kun mobaynida qalam haqi toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

12. Nashriyot asarni qayta nashr etishi toʻgʻrisida Muallifga yozma ravishda bildirishi lozim. Muallif ikki hafta mobaynida asarga kiritishi lozim deb hisoblagan oʻzgarishlar toʻgʻrisida Nashriyotga yozma ravishda bildiradi. Koʻrsatilgan muddatda Muallifdan javob olinmasligi Nashriyotga asarni oʻzgartirishlarsiz chop etish huquqini beradi. Asarning oʻzgarishlar bilan chop etishga (uslubiy tuzatishlar va xatolar tuzatilishidan tashqari) faqat yangi shartnoma asosida yoʻl qoʻyiladi.

13. Asarning qayta nashr etish uchun yangi shartnoma tuziladi. Qayta nashr uchun toʻlanadigan mualliflik haqi birlamchi toʻlangan qalam haqining 70% idan oshmasligi kerak.

14. Shartnomaning 1-bandida koʻrsatilgan muddatlar oʻtishi bilan Muallif asarni oʻz ixtiyoriga koʻra tasarruf etishi mumkin.

15. Nashriyot quydagi xollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:

a) Muallif tomonidan qoʻlyozma belgilangan muddatda (4-band) yoki uni ishlab tugatish uchun belgilangan muddatda (6-band) uning aybi bilan taqdim etilmaganda;

b) shartnomaning 6-bandi asosida tavsiya etilgan tuzatishlarni Muallif qoʻlyozmaga kiritishdan bosh tortganda;

v) buyurtma qilingan asarning shartnomaning 2-bandiga muvofiq kelmasligi (shu jumladan, hajmining oshib ketishi, mavzudan chetga chiqish, agar gʻoyaviy yoki badiy jihatdan oʻzini oqlamaydigan boʻlsa, janrni oʻzgartirish);

d) Muallif tomonidan asarni shaxsan yaratish majburiyatlari buzilganda;

ye) Muallif tomonidan shartnomaning 5-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya etilmaganda.

Koʻrsatilgan asoslarga koʻra shartnoma bekor qilinganida Muallif olingan qalam haqini (avansni ham) qaytarishi lozim

16. Nashriyot birinchi nashrda Mullifga 3 nusxa kitob (broshyura), qayta nashrlarda esa 1 nusxadan beradi.

17. Shartnomada nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlarni Nashriyot, Muallifga bildirgan holda, toʻliq yoki qisman boshqa tashkilotlarga berishi mumkin.

18. Mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining oʻzgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor boʻlishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Oʻzbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudida uning Reglamentiga asosan hakamlik sudyasi tomonidan yakka tartibda koʻrib chiqiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori taraflar uchun qatʼiy va majburiy hisoblanadi.

19. Shartnoma tomonlar uni imzolgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va majburiyatlar ijro etiladigan muddat tugagunga qadar amal qilinadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

NASHRIYOT:

 

MUALLIF:

Manzil: Nashriyotning manzili

 

Manzil: Muallifning manzili

Bank: Nashriyotning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank: Muallifning pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

H/R: Nashriyotning hisob raqami

 

H/R: Muallifning hisob raqami

STIR: Nashriyotning STIR raqami

 

STIR: Muallifning STIR raqami

Telefon: Nashriyotning telefon raqami

 

Telefon: Muallifning telefon raqami

Nashriyot masʼul shaxsi lavozimi va F.I.O.si

________

Imzo

 

Muallifning F.I.Sh.i

________

Imzo

Muhr

 

Muhr

 

Noshirlik mahsulotini tayyorlashga doir shartnoma.

Qonunchilikka ko‘ra noshirlik mahsuloti — chop etish matbaachilik texnologiyalarini va (yoki) vizuallashtiruvchi dasturiy-texnologik vositalarni qo‘llash yo‘li bilan nashrga muvofiq tayyorlangan mahsulot. Nashrlarni tayyorlashga va chiqarishga qaratilgan tashkiliy, ijodiy, ishlab chiqarish chora-tadbirlari hamda boshqa chora-tadbirlar majmui esa noshirlik faoliyati deb yuritiladi.

Noshirlik mahsulotini tayyorlash masalasida mualliflar va noshirlik faoliyati sub’ektlari o‘zaro shartnoma tuzishadi.

Shartnomada shartnoma amal qiladigan muddat, taraflarning huquq va majburiyatlari, ishlarni bajarish, hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibi, shartnomanining ijro etilishini nazorat qilish tartibi, nizolarni hal etish tartibi, shartnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi belgilanadi.

Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.