POCHTA XIZMATLARIDAN FOYDALANISH SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Ijrochi yuridik shaxsning shakli va nomi,keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi, Ijrochining ustav, nizom yoki ishonchnomasi raqami va berilgan vaqti asosida ish yurituvchi Ijrochi vakilining lavozimi va F.I.Sh.i,bir tomondan, va Buyurtmachi to‘liq nomi,bundan keyin “Buyurtmachi” deb yuritiladi, Buyurtmachining ustav, nizom yoki ishonchnomasi raqami va berilgan vaqti asosida ish yurituvchi Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i,ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Buyurtmachi pochta xizmatidan foydalanish uchun koʻrsatma beradi va Ijrochi Buyurtmachiga quyidagi pochta xizmatlarini taqdim etish majburiyatini oladi:
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini, shu jumladan pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalarini joʻnatish va yetkazib berish (topshirish);
pochta joʻnatmalarini, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini tezkor pochta rejimida joʻnatish va yetkazib berish (topshirish).
Ko‘rsatiladigan pochta xizmatining boshqa turi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida adresatga joʻnatish va yetkazib berish (topshirish) uchun qabul qilinadigan pochta joʻnatmalarining quyidagi turlari ichki pochta joʻnatmalariga kiradi:
a) xatlar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan); b) pochta varaqchalari (oddiy, buyurtma); v) banderollar (oddiy, buyurtma, qiymati eʼlon qilingan); g) sekogrammalar (oddiy, buyurtma); d) posilkalar (odatdagi, qiymati eʼlon qilingan); ye) mayda paketlar (oddiy, buyurtma); j) tezkor pochta joʻnatmalari; z) tegishlicha oʻramdagi bosma nashrlar.
1.2. Buyurtmachi koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlash majburiyatini oladi.
1.3. Pochta xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011-yil 18-aprelda 2219-son bilan roʻyxatga olingan Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1yu-son buyrugʻiga ilova bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) muvofiq amalga oshiriladi.
1.4. Ushbu Shartnoma boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun Ijrochi bu haqda Buyurtmachini majburiy ravishda xabardor qilgan holda uchinchi shaxslarni (keyingi oʻrinlarda Ijrochining vakillari deb yuritiladi) jalb qilish huquqiga ega.
1.5. Kelajakda Tomonlar oʻzlarining vakolatli vakillari tomonidan qoʻshimcha bitimlar imzolash orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishlari mumkin.
2. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
2.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq, Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:
2.1.1. Roʻyxati Qoidalarning 3-ilovasida belgilangan joʻnatilishi taqiqlangan va cheklangan predmetlar va moddalarni joʻnatmasligi majburiyatini oladi.
2.1.2. Ikki nusxada pochta joʻnatmalarini yetkazib berish jadvalini tuzish va imzolash uchun kelishuvdan keyin Ijrochi vakiliga topshiradi.
2.1.3. Xatlarni qabul qilish va joʻnatish uchun ishonchnomalarni toʻgʻri rasmiylashtirish.
2.1.4. Tariflar oshgan taqdirda, ushbu Shartnoma boʻyicha Ijrochining pochta xizmatlari uchun haq toʻlashga rozi boʻlmagan taqdirda, tariflarning oʻzgarishi toʻgʻrisida maʼlumot olingan kundan boshlab 2 kalendar kuni ichida Ijrochiga yozma ravishda xabar berishi shart. Ijrochi Buyurtmachi yangi tariflar boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlashdan bosh tortganligi toʻgʻrisida xabar olgan paytdan boshlab Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Agar mijozdan belgilangan muddatda yangi tariflar boʻyicha xizmatlar uchun haq toʻlashdan yozma ravishda rad etilmasa, tariflar Buyurtmachi bilan kelishilgan hisoblanadi.
2.1.5. Ijrochiga bajarilgan xizmatlarni qabul qilish dalolatnomasini yoki yozma ravishda asoslantirilgan rad etishni hisobot davridan keyingi oyning 14-kuniga qadar imzolashi va Ijrochiga topshirishi lozim. Agar Buyurtmachi Ijrochining dalolatnomasini imzolamasa va dalolatnomaga yozma eʼtiroz bildirmasa, dalolatnoma Buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
2.1.6. Pochta aloqasi xizmatlarining boshqa foydalanuvchilariga, pochta aloqasi operatorlari yoki provayderlariga yetkazilgan, joʻnatilishi taqiqlangan predmetlar va moddalarni pochta va kuryerlik joʻnatmalariga joylash natijasida yoki ular lozim darajada oʻralmaganligi natijasida yuzaga kelgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
2.2. Ushbu Shartnomaga muvofiq Ijrochi quyidagi majburiyatlarga ega:
Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida belgilangan tartibda javobgar boʻladi. Pochta aloqasi operatorlari va provayderlarining javobgarligi pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolgan, buzilgan (shikastlangan), joylanmalar kam chiqqan, pochta va kuryerlik joʻnatmalari yetkazib berilmagan (topshirilmagan), nazorat muddatlari hamda pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan boshqa hollarda yuzaga keladi.
2.2.1. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarning oʻrni ularning talabiga binoan pochta aloqasi operatori yoki provayderi tomonidan quyidagi hollarda va miqdorlarda qoplanadi:
2.2.2. buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki buyurtma mayda paket yoʻqotilganda — pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
2.2.3. qiymati eʼlon qilingan posilka, banderol va xat yoʻqotilganda — eʼlon qilingan qiymatning ikki baravari miqdorida va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka, bundan eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi mustasno;
2.2.4. oddiy posilka yoʻqotilganda — pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
2.2.5. qiymati eʼlon qilingan posilka, banderol va xat yoʻqotilganda — eʼlon qilingan qiymatining ikki baravari miqdorida va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka, bundan eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi mustasno;
2.2.6. qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma roʻyxati bilan joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joʻnatuvchi tomonidan roʻyxatda koʻrsatilgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi uchun eʼlon qilingan qiymatining ikki baravari miqdorida;
2.2.7. qiymati eʼlon qilingan joʻnatma joylanma ularning roʻyxatisiz joʻnatilganda joylanmaning bir qismi yetishmaganda yoki buzilganda (shikastlanganda) — joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi ogʻirligining joʻnatilayotgan joylanmaning ogʻirligiga (pochta va kuryerlik joʻnatmasi oʻrovining ogʻirligisiz) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta va kuryerlik joʻnatmasining qiymati eʼlon qilingan qismining ikki baravari miqdorida;
2.2.8. adresatga pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi boʻyicha pul toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda yoxud agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmagan boʻlsa, pullar joʻnatuvchiga toʻlanmagan boʻlsa — oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;
2.2.9. ustama toʻlovli yozma xat-xabarlar yoki tovarlar mavjud boʻlgan posilkalar yoʻqotilganda, oʻgʻirlanganda yoki shikastlanganda — shartnomada belgilangan summa miqdorida yoki ustama toʻlov summasi miqdorida;
2.2.10. adresatdan ustama toʻlov summasi yetarlicha olinmaganda yoki ustama toʻlov notoʻgʻri toʻlanganda — olinmay qolgan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;
2.2.11. aviajoʻnatmalarni (banderollarni, posilkalarni) joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish) nazorat muddatlaridan koʻproq ushlab qolinganda — avia- va yer usti transportida joʻnatish oʻrtasidagi toʻlov farqi miqdorida va, bundan tashqari, yer usti transporti orqali joʻnatishning nazorat muddatlaridan koʻproq ushlab qolingan har bir sutka uchun — ushlab qolingan har bir kun uchun pochta aloqasi xizmatiga toʻlangan summaning bir foizi miqdorida, lekin ushbu xizmatga toʻlangan summadan koʻp boʻlmagan miqdorda neustoyka;
2.2.12. xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqotilganda, buzilganda (shikastlanganda), joylanmalar yetishmaganda, topshirilmaganda, pul mablagʻlarining xalqaro pochta oʻtkazmalari amalga oshirilmaganda — yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan aniqlanadigan miqdorda qoplanadi.
2.2.13. Buyurtmachidan pochta joʻnatmalarini yetkazib berish jadvaliga muvofiq pochta joʻnatmalarini qabul qilish.
2.2.14. Buyurtmachining pochta joʻnatmalarini qayta ishlash, joʻnatish va belgilangan manzilga yetkazish.
2.2.15. Buyurtmachi oʻz nomiga qaytarilgan pochta joʻnatmalari toʻgʻrisida Ijrochini faks yoki elektron pochta orqali Ijrochining faks yoki elektron pochta manzili xabardor qilish. Buyurtmachiga oʻz nomiga qaytarilgan pochta joʻnatmalarini schyot-fakturadagi imzosi bilan berish.
2.2.16. Pochta joʻnatmalarini qabul qilish, qayta ishlash va joʻnatish tariflari, shuningdek vakolatli organi tomonidan tartibga solinmagan qoʻshimcha xizmatlar tariflari oʻzgarishi toʻgʻrisida Buyurtmachiga tariflarni joriy etishning kutilayotgan sanasidan kamida 10 kun oldin xabardor qilishi lozim.
2.2.17. Pochta joʻnatmalarini yetkazib berish boʻyicha cheklovlar haqida Buyurtmachini oʻz vaqtida xabardor qilish.
2.2.18. Har oyda joriy oyning oxirgi kunida bajarilgan xizmatlar boʻyicha tuzilgan yetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini (ikki nusxada) tuzish orqali va hisobot oyidan keyingi oyningYetkazib berish va qabul qilish dalolatnomasini imzolash muddati sanasiga qadar Buyurtmachiga imzolash uchun yuborish majburiyatini oladi.
3. TOʻLOV TARTIBI
3.1. Buyurtmachi Buyurtmachi tomonidan pochta xizmati uchun haq to‘lanadigan muddatdan kechikmay Ijrochining hisob raqamiga pochta joʻnatmalarida koʻrsatilgan hajmlarga muvofiq Buyurtmachi tomonidan joriy oy uchun rejalashtirilgan xizmatlar qiymatining 100% miqdorida avans toʻlovini amalga oshiradi.
3.2. Buyurtmachi tasdiqlangan qabul qilish dalolatnomasi va Ijrochi tomonidan berilgan schyot-fakturalar asosida koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovni oldin toʻlangan avansni hisobga olgan holda hisobot oyidan keyingi oyning Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish muddati-kuniga qadar amalga oshiradi (Shartnomaning 3.1.-bandi).
3.3. Toʻlov sanasi Ijrochining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan sana hisoblanadi.
3.4. Agar oldindan toʻlov summasi oʻtgan hisob-kitob oyida amalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov summasidan oshib ketgan boʻlsa, farq keyingi hisob-kitob oyi uchun avans hisobiga oʻtkaziladi yoki Buyurtmachining yozma arizasiga koʻra qaytariladi.
3.5. Pochta joʻnatmalarini qabul qilish, qayta ishlash va joʻnatish boʻyicha xizmatlar va vakolatli davlat organi tomonidan tartibga solinmagan qoʻshimcha xizmatlar ushbu Bitimning ajralmas qismi boʻlgan tasdiqlangan tariflarga muvofiq haq olinadi.
4. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
4.1. Taraflar oʻrtasida mazkur shartnoma boʻyicha yoki unda belgilangan majburiyatlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlarning oʻzaro muzokaralar olib borishi yoʻli bilan hal qilinadi.
4.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tartibida koʻriladi.
5. Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
5.1. Shartnoma shartlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, shartnomani bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Shartnoma shartlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.
5.2. Shartnomani bir taraflama rad etish, uning shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, shuningdek, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
6. FORS-MAJOR HOLATLARI
6.1. Taraflardan biri shartnomaning yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda muayyan sharoitda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (tabiiy ofatlar, noqulay ob-havo sharoiti, hukumat tadbirlari, hokimiyat organlarining qarorlari, harbiy nizolari, ichki tartibbuzarliklar va boshqa tabiiy ofatlar) fors-major tufayli bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
6.2. Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni ijro etishga imkoni boʻlmagan taraf majburiyatlarning ijro etilishiga toʻsqinlik qiluvchi vaziyatlar sodir boʻlgani yoki tugaganligi haqida ikkinchi tarafga bildirishi kerak.
7. SHARTNOMA MUDDATI
7.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatigacha boʻlgan muddatga amal qiladi.
7.2. Tomonlarning har biri Shartnomani bekor qilish sanasidan 30 kalendar kun oldin boshqa tomonni yozma ravishda xabardor qilish orqali ushbu Shartnomani bajarishdan bir tomonlama toʻliq yoki qisman rad etishga haqli.
7.3. Ushbu Shartnomani bajarishdan bosh tortish tomonlarni ushbu Shartnoma boʻyicha shartnomani bajarishni rad etishdan oldin yuzaga kelgan qarzlarini bajarish majburiyatlaridan ozod etmaydi.
7.4. Tomonlarning yuridik va bank rekvizitlari, tashkiliy-huquqiy maqomi oʻzgargan taqdirda, Shartnomaning har bir tomoni ikki kun ichida boshqa tomonni yozma ravishda xabardor qilishi va tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
7.5. Ushbu Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada, har bir tomon uchun bir nusxadan tuzilgan.
8. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Ijrochi: |
|
Buyurtmachi: |
||
Manzil: Ijrochining to‘liq manzili |
|
Manzil: Buyurtmachining to‘liq manzili |
||
Bank: Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank: Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: Ijrochining bank hisobraqami |
|
H/R: Buyurtmachining bank hisobraqami |
||
STIR: Ijrochining STIRi |
|
STIR: Buyurtmachining STIR raqami |
||
Telefon: Ijrochining telefon raqami |
|
Telefon: Buyurtmachining telefon raqami |
||
F.I.Sh: Ijrochi vakilining lavozimi va F.I.Sh.i |
_________ Imzo |
|
F.I.Sh: Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i |
_________ Imzo |
Mazkur turdagi shartnoma pochta xizmatidan foydalanuvchi buyurtmachi hamda pochta xizmatini ko‘rsatuvchi ijrochi o‘rtasida tuziladi. Mazkur turdagi shartnomada taraflar pochta jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pul mablag‘larining pochta o‘tkazmalarini, shu jumladan pul mablag‘larining xalqaro pochta o‘tkazmalarini jo‘natish va yetkazib berish (topshirish), pochta jo‘natmalarini, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarini tezkor pochta rejimida jo‘natish va yetkazib berish (topshirish) to‘g‘risida kelishishlari mumkin.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida pochta xizmatlaridan foydalanish shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.