O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Buyurtmachi
Ijrochi
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

 

Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishshartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan hudud

 

Buyurtmachining to‘liq nomi,keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachideb yuritiladi, Buyurtmachining ustav, nizom yoki ishonchnomasi raqami va berilgan vaqti asosida ish yurituvchi Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i,bir tomondan, va Ijrochining to‘liq nomi,bundan keyin “Ijrochideb yuritiladi, Ijrochining ustav, nizom yoki ishonchnomasi raqami va berilgan vaqti asosida ish yurituvchi Ijrochi vakilining lavozimi va F.I.Sh.i,ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:

 

 

I. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi”ning topshirigʻi bilan ushbu shartnomada kelishilgan va koʻrsatilgan mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatishni (bajarishni), “Buyurtmachi” esa koʻrsatilgan xizmatlar va ishlar uchun shartnoma shartlarida koʻrsatilgan tartibda amaldagi qonunchilik boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Ushbu shartnomaga koʻra “Ijrochi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlari:

1.2.1. “Ijrochi” “Buyurtmachi” tomonidan soʻralgan Mikromoliyaviy xizmatning turi va tavsifi xizmatlarni bajarish majburiyatini oladi.

1.2.2.“Ijrochi” shartnomada belgilangan mikromoliyaviy xizmatlar holati va bajarilyoatgan ishlar haqida “Buyurtmachi”ni xabardor qilib turadi.

1.3. Xizmatlar koʻrsatish muddati:

1.3.1. “Ijrochi” tomonidan Mikromoliyaviy xizmatning turi va tavsifi_xizmatlari Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish muddati muddati davomida koʻrsatiladi.

 

II. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI.

 2.1. Buyurtmachining majburiyatlari:

2.1.1. Mikromoliyaviy xizmatlar va unga hisoblangan foizlarni ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan ilovaga muvofiq Mikromoliyaviy xizmatlarni soʻndirish jadvalida belgilangan muddatlarda toʻlash;

2.1.2. Mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish davomida mikromoliyaviy xizmatlarning asosiy tamoyillari: muddatlilik, qaytarishlilik, toʻlovlilikka hamda taʼminlanganlikka rioya qilish;

2.1.3. Ijrochiga yashash manzilini, telefon raqamlarini (uyali, uy, ish) elektron pochta manzili haqidagi haqiqiy maʼlumotlarni taqdim etish;

2.1.4. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan holatlar toʻgʻrisida yozma shaklda yoki oʻzlari uchun maqbul boʻlgan boshqa aloqa kanallari orqali 5 (besh) kun ichida Ijrochiga xabar berish. Ushbu talab bajarilmasligi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlarga Buyurtmachi javobgar hisoblanadi;

2.1.5. Mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatish jadvalidagidan ortiqcha toʻlangan mablagʻ kelgusi davrlardagi asosiy qarzni soʻndirishga rejalashtirilgan boʻlsa, u holda toʻlov amalga oshirilgan kundan kechiktirmay Ijrochiga bu haqida yozma yoki shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;

2.1.6. Shaxsiy bank kartasini Ijrochining masofaviy bank xizmatlari dasturlariga ulash.

2.1.7. Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

2.2. Ijrochining majburiyatlari:

2.2.1. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida Buyurtmachiga ishonchli hamda toʻliq axborotni taqdim qilish;

2.2.2. Shartnomaning taʼminotga oid shartlari bajarilgach uch ish kunida Mikromoliyaviy xizmatlarni koʻrsatishni amalga oshirishni boshlash;

2.2.3. Shartnoma boʻyicha Buyurtmachidan majburiyatlari bajarilmasligi sabablari, holati, muddati, summalari, tarkibi haqida soʻrash, shuningdek majburiyatlar buzilgani uchun neustoyka qoʻllanishi natijasida xarajatlar summasi ortishi ehtimoli haqida ogohlantirish;

2.2.4. Shartnoma boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganda, Buyurtmachi bilan har qanday aloqani bogʻlash usullaridan, shu jumladan elektron aloqa vositalaridan yoki boshqa usullardan foydalanib, Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida xabar berish;

2.2.5. Ushbu shartnoma va qonunchilik hujjatlaridagi boshqa majburiyatlar.

2.2.6. Ijrochining boshqa majburiyatlari

 

III. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

3.1. Ushbu shartnomani bajarish chogʻida va bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar hamda kelishmovchiliklar Taraflar oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi.

3.2. Nizolarni muzokaralar yoʻli bilan hal etishning imkoni boʻlmagan taqdirda Taraflar kelishmovchiliklarni sudgacha tartibga solishning amaldagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibotini amalga oshirganlaridan soʻng ularni koʻrib chiqish va hal qilish uchun tegishlilik hamda taalluqliligi boʻyicha Sudga murojaat etadi.

 

IV. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

4.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va Shartnomani amal qilish muddati kuniga qadar amal qiladi.

 

V. SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI.

5. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Qoʻshimcha kelishuv yozma shaklda tuzilib, tomonlarning vakolatli vakillari imzolaganidan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.

 

VI. MAXFIYLIK

6.1. Tomonlar shartnomani tuzish va shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish chogʻida boshqa tomonning maʼlumotlarini axborot egasining yozma roziligisiz oshkor qilmaslik majburiyatini oladi.

6.2. Ushbu talablarni buzgan taraf buning oqibatida ikkinchi tarafga yetkazilgan barcha zararni toʻliq hajmda qoplaydi.

 

VII. FORS-MAJOR HOLATLARI

7.1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu tomonlarning irodasi, xohishi va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron toʻlov hamda taʼminot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan taxdid (uchinchi shaxslar tomonidan qilingan xujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir.

7.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga qadar shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar.

7.3. Yuzaga kelgan fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, Fors-major holatiga tushgan taraf bu haqida ikkinchi tomonni xabardor qilishi uchun belgilangan muddat 5 bank ish kuni ichida bu haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.

7.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi xabarnomalar tomonlarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.

 

VIII. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

 8.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.

8.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.

8.3. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

8.4. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf yuborgan talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur hujjatlarda koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim.

8.5. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirilishi, elektron pochta manziliga yoki pochta aloqa xizmati orqali yuborilishi mumkin.

8.6. Mazkur shartnoma va uning ilovasi bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Ijrochida, ikkinchi nusxasi Burtmachida saqlanadi.

 

IX. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Buyurtmachi:

 

Ijrochi:

Manzil: Buyurtmachining to‘liq manzili

 

Manzil: Ijrochining to‘liq manzili

Bank: Buyurtmachining hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank: Ijrochining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Buyurtmachining bank hisobraqami

 

H/R: Ijrochining bank hisobraqami

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Ijrochining STIRi

Telefon: Buyurtmachining telefon raqami

 

Telefon: Ijrochining telefon raqami

F.I.Sh: Buyurtmachining lavozimi va F.I.Sh.i

_____

Imzo

 

F.I.Sh: Ijrochi vakilining lavozimi va F.I.Sh.i

______

Imzo

 

Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi.

Qonunchilikka ko‘ra mikromoliya tashkiloti ikkinchi tarafga mikromoliya xizmatlarini ko‘rsatish, ikkinchi tomon esa ko‘rsatilgan xizmatlar va ishlar uchun shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan tartibda amaldagi qonunchilik bo‘yicha haq to‘lash majburiyatini oladi.

Mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomasida taraflarning huquq va majburiyatlari, ishlarni bajarish, hisob-kitob yuritish va hisobot berish tartibi, majburiyatlarning ijro etilishini nazorat qilish tartibi, nizolarni hal etish tartibi, shartnomaning amal qilishini bekor qilish tartibi belgilanadi.

Mazkur shartnoma namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.