O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Investitsiya shartnomasi.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Investor
  • Masalan: Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Hukumat
Shartnoma mazmuni

Yuklab oling

 

Investitsiya shartnomasi

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga muvofiq faoliyat yurituvchi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, keyinchalik “Hukumat” deb yuritiladi va Investorning o‘z davlati nomi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, Investor joylashgan yuridik manzilining to‘liq nomi manzili boʻyicha joylashgan, Direktor nomidan vakillik qiluvchining F.I.Sh.i va vakilligini tasdiqlovchi hujjatlarining rekvizitlari direktor nomidan, Investorga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi, Investitsiya loyihasining nomi va sohasi investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi, Investor firmasining to‘liq nomi,keyinchalik “Investor” deb yuritiladi, investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini, manfaatlarini va mol-mulkini himoya qilish, shuningdek, soliq solinadigan bazani oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida, jumladan, qoʻshimcha ish joylarini yaratish, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish maqsadida, modomiki, Investorda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moliyaviy imkoniyatlar, texnik va malakaviy koʻnikmalar mavjud ekan, quyidagi mazmundagi ushbu Investitsiya shartnomasini imzoladi:

1-modda.

ATAMA VA ULARGA TAʼRIFLAR

1.1. Agar Shartnomada boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, quyidagi koʻrsatilgan taʼriflar shunday mazmunga ega:

Shartnoma — ushbu Investitsiya shartnomasi va uning shartlariga muvofiq unga kiritilgan har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek, unga barcha ilovalar;

Investitsiyalar — Investor tomonidan Investitsiya loyihasiga kiritiladigan yoki jalb qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklarning barcha turlari va ularga boʻlgan huquqlar, jumladan, intellektual mulkka boʻlgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar;

Investitsiya faoliyati — investitsiyalarni kiritish boʻyicha Investorning harakatlari (investitsiya amalga oshiriladigan aniq obyekt koʻrsatilsin);

Investitsiya loyihasi — (investitsiya loyihasining nomi);

Investor — (investorning toʻliq nomi);

Tomon — mazmunga qarab Hukumat yoki Investor;

Tomonlar — birgalikda nomlanuvchi Hukumat va Investor;

Qoʻllaniladigan qonunchilik — Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi, shuningdek, uning barcha oʻzgartirishlari va qoʻshimchalari (Shartnoma tomonlarining ikki tomonlama roziligi bilan boshqa qonunchilik huquqi tanlanishi mumkin).

Davlat organi — barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyati organlari, saylov organlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari, davlat vakolatlarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;

1.2. Ushbu shartnoma tegishli oʻzgarishlari bilan birga kelishik va son jihatidan mazmuniga qarab talqin qilinishi kerak. Moddalar, boʻlimlar va bandlarning sarlavhalari qulaylik uchun kiritilgan va Shartnomaning qaysidir bir qoidasi talqin qilinishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

 

2-modda.

SHARTNOMA PREDMETI VA INVESTITSIYA LOYIHASINING UMUMIY TAVSIFI

1. Ushbu Shartnoma Investorning investitsiyalar kiritish va Investitsiya loyihasini amalga oshirishga nisbatan huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydi, shuningdek, Hukumatning bunday investitsiyalar va investitsiya loyihasini amalga oshirishga nisbatan huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydi hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan oʻzaro kelishuv majburiyatlarini oʻrnatadi.

2.2. Investitsiya faoliyatining obyekti Investitsiya loyihasining nomi va sohasi hisoblanadi va ushbu Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq tuziladigan investitsiya faoliyatining aniq obyekti koʻrsatiladi. (masalan, koʻchmas mulkning yangidan yaratiladigan obyekti— kapital qurilish.).

2.3. Investitsiyalarning hajmi quyidagilarni tashkil qiladi: Investitsiyalarning hajmi (summa raqamlar bilan (so‘z bilan));

Jumladan, investitsiyalarni amalga oshirish manbalari:

Investorning shaxsiy mablagʻlari Investorning shaxsiy mablag‘lari miqdori summa raqamlar bilan (so‘z bilan) miqdorida;

boshqa tashkilotlarning qarz mablagʻlari Boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari summa raqamlar bilan (so‘z bilan) miqdorida;

banklarning kreditlari (qarzlari) Banklarning kreditlari (qarzlari)summa raqamlar bilan (so‘z bilan),jumladan, chet el banklarining kreditlari (qarzlari) Chet el banklarining kreditlari (qarzlari) summa raqamlar bilan (so‘z bilan) miqdorida;

boshqa manbalar Investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa manbalari (turi ko‘rsatilsin) summa raqamlar bilan (so‘z bilan) miqdorida.

2.4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati quyidagicha (ushbu Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab): Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati to‘liq raqamlar va harflar bilan yoziladi.

Investitsiya loyihasini amalga oshirishning boshlanishi: Investitsiya loyihasini amalga oshirishning boshlanish muddati (To‘liq yoziladi);

Investitsiya loyihasining tugash muddati: Investitsiya loyihasining tugash muddati;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari (ishlarning turlari, investitsiyalarning muddatlari va koʻzlanayotgan hajmlari koʻrsatilgan holda): Investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari (ishlarning turlari, investitsiyalarning muddatlari va ko‘zlanayotgan hajmlari ko‘rsatilgan holda).

 

3-modda.

INVESTORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1. Investor quyidagilarga majbur:

ushbu Shartnomada belgilangan hajmlarda va muddatlarda investitsiya loyihasi toʻlaqonli va oʻz vaqtidagi amalga oshirilishini taʼminlash (zarurat tugʻilganida, investitsiya loyihasining biznes-rejasiga yoki ushbu Shartnomaga ilovaga muvofiq belgilangan muddatlarda), jumladan:

Investitsiya loyihasi asosida o‘zlashtiriladigan proyekt nomi oʻzlashtirilishi;

Taʼminlanishi kerak bo‘lgan loyihalarning nomi taʼminlanishi;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Taʼminlanishi kerak bo‘lgan loyihalarning nomi miqdorida investitsiyalarni jalb qilish, jumladan:

shaxsiy mablagʻlar Shaxsiy mablag‘larning miqdori summa raqamlar bilan (so‘z bilan) yoki investitsiya loyihasi umumiy qiymatining Investitsiya loyihasi umumiy qiymatining foizi foizi.

obyektning qiymati oshgan hollarda investitsiya loyihasini ushbu shartnomada nazarda tutilgan toʻliq hajmda amalga oshirish uchun qoʻshimcha investitsiyalar bilan taʼminlash;

investitsiya loyihasini amalga oshirish davomida Yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining soni nafar yangi ish oʻrinlarini yaratish va Ish bilan taʼminlanadigan odamlar sonidan kam boʻlmagan miqdorda Maʼlum bir voqeadan keyin (masalan, obyektni foydalanishga kiritish, Shartnomaning kuchga kirishi)dan keyin Ish bilan taʼminlanishi rejalashtirilgan kalendar oyining soni oy davomida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni ish bilan taʼminlash;

xalqaro standartlarga, shuningdek, energiya samaradorligi va ekologik meʼyorlar boʻyicha zamonaviy talablarga mos keladigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalardan foydalanishni taʼminlash;

mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, mahalliylashtirish, mahsulot sifati, tovarlar va hizmatlarni eksport qilish boʻyicha majburiyatlarni taʼminlash;

pochta manzili yoki toʻlov rekvizitlari oʻzgarganda, qayta tashkil qilinganda va (yoki) mulkning egasi oʻzgarganda, yoki yuridik shaxs sifatida oʻz faoliyatini toʻxtatib turganda yoki tugatganda, bunday oʻzgarishlar vaqtidan boshlab 10 kalendar kun mobaynida davlat organini yozma ravishda xabardor qilish;

har chorakda, hisobot yilidan keyingi oyining 10-kunigacha davlat organiga investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va Investor tomonidan mazkur shartnoma shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;

insofsiz raqobat yuzaga kelishiga olib keluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek, raqobatga yoʻl qoʻymaslik, bartaraf qilish yoki cheklashga, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini cheklashga qaratilgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirmaslik;

roʻyxatga olingan joydagi soliq organlariga ushbu Shartnoma yoki unga tegishli boʻlgan qoʻshimcha bitim tuzish kunidan boshlab bir oy muddatda ushbu Shartnoma, unga tegishli boʻlgan qoʻshimcha bitimlar nusxalarini taqdim etish;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat olib borish tartibi hamda loyihani amalga oshirish grafiklari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish;

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, mehnatni muhofaza qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat haqidagi qonunlarga va xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonunchilikka rioya qilish;

Ushbu Shartnoma boʻyicha Investor oʻz majburiyatlarini boshqa sabablarga koʻra bajarishni bekor qilganida, Oʻzbekiston Respublikasiga yoki uning maʼmuriy-hududiy birliklariga taqdim etilgan imtiyozlar va (yoki) preferensiyalarning summasini qoplab berish;

Investorning boshqa majburiyatlar.

3.2. Ushbu Shartnoma amal qilish davrida, agar ushbu Shartnomada boshqa davr nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq Investor quyidagilarga haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan har qanday shaklda moliyalashtirishni amalga oshirish, investitsiyalar hajmini va yoʻnalishini mustaqil tarzda belgilash (Texnik-iqtisodiy asoslashda koʻrsatilgan maqsadlarga), shuningdek, boshqa investorlar, uchinchi shaxslar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan bitimlarva shartnomalarni tuzish, ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan qoʻshimcha mablagʻlar va resurslarni jalb qilish;

investitsiya kiritish obyektlari va kiritilgan investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va boshqarish;

kiritilgan investitsiya mablagʻlari maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;

investitsiyalardan olingan daromadlardan va pul mablagʻlaridan tegishli soliqlar va yigʻimlar toʻlangandan keyin erkin foydalanish;

Shartnomaga asosan va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq kapital qoʻyilmalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlarni boshqa investorlarning mablagʻlari bilan birlashtirish;

investitsiyalari va boshqa aktivlari qoʻllaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda rekvizitsiya qilinganida yetarli miqdorda kompensatsiya olish;

davlat organlarining har qanday qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish, jumladan sud tartibida;

Investorning boshqa huquqlari.

 

4-modda.

HUKUMATNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

4.1. Hukumat quyidagilarga majbur:

qoʻllaniladigan qonunchilikka, shuningdek, ikki tomonlama soliq solish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilishga taalluqli boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarga hamda ushbu Shartnomaga muvofiq Investorga imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish;

Investitsiya loyihasini amalga oshirishda davlat organi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Investorga maslahat va metodik yordam koʻrsatish;

ushbu Shartnomaga va qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq Investor huquqlarining barqarorligini va investitsiyalar himoyasini taʼminlash;

agar Investorning xoʻjalik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu Shartnoma shartlariga zid kelmasa, uning faoliyatiga aralashmaslik;

Investorning investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha yozma takliflarini koʻrib chiqish;

Investorni ushbu Shartnoma va qoʻllaniladigan qonunchilik tomonidan taqdim etilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida barcha mulkini ekspropriatsiya qilish, musodara qilish, yoʻqotish, buzish, nohaq egallab olish yoki boshqa har qanday shaxs tomonidan aralashishdan himoya qilish huquqi bilan taʼminlash.

4.2. Hukumat:

Investor tomonidan uning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechishga;

Investor tomonidan ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, u Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga va ushbu Shartnomaga muvofiq olgan imtiyozlar va (yoki) preferensiyalar summasini undirib olish;

ushbu Shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishi monitoringi olib borilishini va Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi nazorat qilinishi va ular oʻz vaqtida va lozim darajada bajarilishini talab qilishga;

Investordan:

investitsiya loyihasini tashkil etish va moliyalashtirish taʼminlanmasligi yoki oʻz vaqtida taʼminlanmasligi holatlarida har bir kechiktirilgan kun uchun bajarilmagan majburiyatlar summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq bajarilmagan majburiyatlar summasining 50% idan oshmagan miqdorda penya;

Investor tomonidan ushbu Shartnomaning Bajarilmaganda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladigan mazkur shartnomaning tegishli moddasining tartib raqami-moddasi Bajarilmaganda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladigan mazkur shartnomaning tegishli moddasi bandining tartib raqami-bandining Bajarilmaganda jarima qo‘llashga sabab bo‘ladigan mazkur shartnomaning tegishli moddasi bandining kichik bandi tartib raqami-kichik bandida nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya qilmaslik holatida qonunchilik tomonidan toʻlash kunida oʻrnatilgan MHTEKMning Tegishli bandda nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya qilmaslik holatida jarimaning miqdori miqdoridagi jarima;

Investorning aybli harakatlari (harakatsizligi) oqibatida majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, jumladan, ushbu Shartnoma oʻzgarishiga yoki bekor qilinishiga sabab boʻlgan holatda qonunchilik tomonidan toʻlash kunida belgilangan MHTEKMning Investorning aybli harakatlari (harakatsizligi) oqibatida majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, jumladan, ushbu Shartnoma o‘zgarishiga yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lgan holatda jarimaning miqdori miqdoridagi jarima undirishga;

5-modda

INVESTOR VA HUKUMATNING JAVOBGARLIGI

5.1. Investor va Hukumat qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq oʻz majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanadi.

5.2. Investor Oʻzbekiston Respublikasiga quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolotlaydi:

ushbu Shartnomani imzolash va uning shartlarini bajarishda oʻzining taʼsis hujjatlarini yoki Investorning oʻzi bir tomon hisoblangan boshqa bitimlarning qoidalarini buzmaslikni yoxud Investor yoki uning mol-mulkiga nisbatan majburiyatlar yuklanmaganligini;

Investorga nisbatan ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan sud nizolari, arbitraj yoki maʼmuriy ishlar mavjud emasligini.

5.3. Investor va Hukumat korrupsiya alomatlariga ega boʻlgan, sodir etilganligi uchun qonunchilik hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etishdan oʻzini tiyishi shart.

5.4. Investor va Hukumat ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli tomonlarning biriga yetkazilgan zararni qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq qoplash majburiyatini oladi. Davlat organi mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida Investorga yetkazilgan zararni qoplash sud qarori boʻyicha amalga oshiriladi.

5.5. Ushbu Shartnomaga muvofiq Investitsiya loyihasini tayyorlash va moliyalashtirishni taʼminlamaslik yoki oʻz vaqtida taʼminlamaslik holatida Hukumat Investorni yozma ravishda ushbu Shartnoma yoki qoʻllaniladigan qonunchilik shartlaridagi va (yoki) olingan majburiyatlarni bajarishdagi mavjud buzilishlar toʻgʻrisida xabardor qiladi. Zarurat boʻlganida ikkala Tomon uch oy davomida ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishi mumkin.

5.6. Agar majburiyatlar bajarilmayotganligi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy mobaynida Hukumat va Investor muzokaralar oʻtkazmasa yoki Investor oʻz majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal qilish boʻyicha zarur choralarni koʻrmasa, Hukumat ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli. Bu holatda Hukumat tomonidan Investorga ushbu Shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab ushbu Shartnoma bekor qilinadi.

5.7. Ushbu Shartnoma Shartnoma Hukumat talabiga binoan bekor qilinishga asos bo‘ladigan shartnoma bandi raqami-bandiga muvofiq ushbu Shartnoma Hukumat talabiga binoan bekor qilinganida:

qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq Hukumat Investordan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida va boshqa normativ hujjatlarga asosan taqdim etilgan maxsus imtiyozlar va preferensiyalarning summasini undirib olishga haqli;

Hukumat Investorning investitsiya faoliyati davrida tijorat xavflari hisoblangan investitsiyalari, zararlari, yoʻqotilgan foydasi va boshqa xarajatlarini qoplash boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olmaydi.

5.8. Investorga yer uchastkalari ajratilganda va taqdim etilganda va Investitsiya loyihasida belgilangan muddatlarda yer uchastkalarini oʻzlashtirish taʼminlanmaganda Hukumat qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq foydalanilmagan yer uchastkalarini qaytarib olishga haqli.

5.9. Ish oʻrinlari umumiy sonining Ish o‘rinlari umumiy sonining foizdagi kam bo‘lmagan miqdori foizidan kam boʻlmagan miqdorda mahalliy ishchilarning mehnatidan foydalanish majburiyatlari bajarilmaganda Investor Hukumatga har oyda ushbu Shartnomaning Mazkur shartnomaning tegishli bandi-bandida belgilangan meʼyordan ortiq qabul qilingan har bir xorijiy ishchi uchun ishchilarning oʻrtacha oylik ish haqi miqdorida jarima toʻlaydi.

10. Jarima sanksiyalarini toʻlash Tomonlarni ushbu Shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

 

6-modda.

HUKUMAT TOMONIDAN INVESTORGA TAQDIM ETILADIGAN QOʻSHIMCHA VAKOLATLAR

6.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish doirasida investitsiya kiritishning har bir aniq holatida Hukumat Investorga qoʻshimcha kafolatlarni va himoya choralarini taqdim etishi mumkin (imtiyozlar va preferensiyalarni) (masalan, qonunchilikning barqarorligini, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini taqdim qilish, soliq va bojxona imtiyozlari va hokazo).

6.2. Oʻzaro kelishuv boʻyicha Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida hukumat Investorni Soliq to‘lashdan ozod qilinadigan muddat gacha (soliq va bojxona toʻlovlari nazarda tutilmoqda) toʻlashdan ozod qilishi mumkin. (Bunda, tovarlar sotib olingan (import) paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki begʻaraz berilganda, imtiyozlarning amal qilishi qoʻllaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda byudjetga tegishli soliqlar va bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi).

6.3. Hukumat Investorga quyidagi kafolatlarni, shu jumladan, ular bilan cheklanmasdan, taqdim etadi:

Investitsiya loyihasini amalga oshirishda Investorning barcha huquqlari himoya qilinishi;

investorni oʻz investitsiyalariga nisbatan oʻzining investorlariga yoki shunga oʻxshash sanoatda faoliyat yuritadigan va shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqaradigan boshqa chel el investorlariga nisbatan taqdim etayotgan rejimdan kam boʻlmagan qulay rejim bilan taʼminlashni;

Investorning qoʻllaniladigan qonunchilik va ushbu Shartnoma bilan kafolatlangan buzilgan huquq va manfaatlarini tiklashni;

Investitsiya loyihasini amalga oshirish tufayli Oʻzbekiston Respublikasida joylashgan Investorni, uning vakillari va xorijiy ishchilarni Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi boʻylab erkin harakatlanish huquqi bilan taʼminlashni. Muayyan cheklovlar faqat milliy xavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻllanilishi mumkin, agar erkin harakatlanish uchun bunday cheklovlar qoʻllaniladigan qonunchilikda belgilangan boʻlsa;

soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar qoʻllaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻlanishi sharti bilan pul mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasiga va undan tashqariga hech qanday cheklovlarsiz chet el valyutasida erkin oʻtkazish kafolatini.

Bunday oʻtkazmalar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun dastlabki va qoʻshimcha summalar yoki ustav kapitalining oshirilishi, investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;

qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq investitsion zararlarning xarajatlarini qoplash sifatida olingan mablagʻlar;

shartnomalarni bajarish tartibida amalga oshirilgan toʻlovlar;

Investor investitsiyalarining barchasi yoki bir qismi sotilishidan tushgan daromad;

nizolarni tartibga solishda yuzaga keladigan toʻlovlar, jumladan, har qanday sud qarorlari;

qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan tushgan mablagʻlar;

xalqaro huquq meʼyorlariga muvofiq Hukumat amaldagi qoʻllaniladigan qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qoʻllaniladigan qonunchilikni kamsitmaslik sharti bilan Investor mablagʻlarining repatriatsiyasini toʻxtatishi mumkin.

6.4. Hukumat ochiq maʼlumotlarga, xususan, qonunchilik hujjatlariga hamda idoraviy normativ hujjatlarga, shuningdek, qandaydir tarzda Investorning manfaatlariga taalluqli boʻlgan sud qarorlariga erkin kirishni taʼminlaydi.

6.5. Hukumat davlat organi orqali Investorning soʻrovlariga muvofiq qoʻllaniladigan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda uni qiziqtirayotgan axborotni taqdim etishni taʼminlaydi.

 

7-modda.

HISOBOTLAR

7.1. Hukumat istalgan vaqtda Investor tomonidan ushbu Shartnoma boʻyicha qabul qilingan shartlar va aniq majburiyatlarning bajarilishini tekshirish, shu jumladan, texnik nazorat tartibida tekshiruvlar oʻtkazish huquqiga ega. Shu maqsadda Investor Hukumat tomonidan talab qilingan oqilona muddat ichida va Tomonlar bilan kelishilgan formatda bunday tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.

7.2. Investor ushbu Shartnoma boʻyicha Investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni har chorakda ushbu Shartnomaning amal qilish muddati davomida va Hukumatning murojaatida soʻralgan barcha talablarni bajarish uchun Tomonlar uchun maqbul formatda hisobotlarni Hukumatga taqdim etish majburiyatini oladi.

 

8-modda.

SHARTNOMANING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISH MUDDATI

8.1. Ushbu Shartnoma Hukumat va Investor oʻrtasida imzolanganidan keyin qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq tasdiqlanishi kerak va uni tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi (“Kuchga kirish sanasi”) va kuchga kirgan kundan boshlab Shartnoma amal qilish muddati yil mobaynida amal qiladi.

8.2. Ushbu Shartnomaning barcha qoidalari Tomonlar uchun kuchga kirgan sanadan boshlab majburiy hisoblanadi.

 

9-modda.

SHARTNOMANI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

9.1. Hukumat va Investorning oʻzaro roziligi boʻyicha ushbu Shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilishi va vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi kerak.

9.2. Ushbu Shartnomaning amal qilishi:

ushbu shartnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati tugagandan soʻng yoki ushbu Shartnomaga muvofiq Investor olgan majburiyatlar toʻliq hajmda bajarilgan hollarda;

Tomonlarning oʻzaro kelishuvi boʻyicha;

ushbu Shartnoma boʻyicha Hukumat yoki Investor qabul qilingan majburiyatlarni buzgan yoki bajarmagan taqdirda.

 

10-modda.

FORS-MAJOR

10.1. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar u oldini olib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda vaziyatlar va ushbu sharoitlarda muqarrar boʻlgan holatlar oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa: tashqi obyektiv omillar (harbiy harakatlar, epidemiyalar, ish tashlashlar, shartnomaga muvofiq Tomonlarga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga toʻsqinlik qiluvchi sud jarayonlarining mavjudligi, oqilona nazorat qilinmaydigan boshqa hodisalar) taʼsiri natijasida tabiiy hodisalar (zilzilalar, suv toshqinlari va hokazolar), agar ushbu holatlar ushbu Shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir qilgan boʻlsa, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida.

10.2. Tomonlar fors-major vaziyatlar boshlanishi haqida bir-birlarini xabardor qilishlari shart. Agar bir Tomon 30 (oʻttiz) kalendar kun mobaynida bunday holatlarning yuzaga kelishi haqida boshqa Tomonni oʻz vaqtida xabardor qilmasa, u holda oʻsha Tomon favqulodda holatlar sifatida koʻrsatilgan holatlarga murojaat qilish huquqini yoʻqotadi.

Ushbu favqulodda holat yuzaga kelgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan tasdiq bunday holatlar mavjudligi va ularning davomiyligi haqida yetarli dalil boʻladi.

10.3. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatlari bunday favqulodda vaziyatlarning amal qilish muddati mobaynida orqaga suriladi.

10.4. Agar vaziyatlar bir yildan ortiq vaqt davom etadigan boʻlsa, Tomonlar oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa Tomonga yetkazilgan zararni kamaytirish boʻyicha barcha mumkin boʻlgan choralarni qoʻllab, jarimalar va (yoki) penyalarni toʻlamasdan ushbu Shartnomani davom ettirishdan voz kechishga haqli.

10.5. Tomonlar favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun har qanday saʼy-harakatlarni amalga oshirishlari kerak.

 

11-modda.

NIZOLARNI HAL QILISH

11.1. Tomonlar oʻrtasidagi ushbu Shartnomani bajarish bilan bogʻliq barcha kelishmovchiliklar va nizolar qoʻllaniladigan qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi (ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartibi va koʻrib chiqish joyi Shartnoma Tomonlarining oʻzaro roziligi bilan belgilanadi).

11.2. Tomonlar oʻzaro muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali ushbu Shartnomani bajarish bilan bogʻliq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va nizolarni hal qilish uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshiradilar.

11.3. Kelishmovchiliklar va nizolar Tomonlarning har biri boshqa Tomonga har qanday daʼvo, kelishmovchilik va/yoki nizolar haqida xabar bergan sanadan boshlab Tomonlar tarafidan olti oy mobaynida muzokaralar va maslahatlashuv yoʻli bilan hal etilmasa, ushbu Shartnoma muddati tugagunga qadar yoki undan keyin kelib chiqadigan bunday daʼvolar, kelishmovchiliklar va/yoki nizolar (shu jumladan, arbitraj sudi tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan har qanday nizo), Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) Arbitraj Reglamentiga muvofiq yakuniy hal qilinishiga Tomonlar oʻz roziliklarini bildiradilar (yoki Shartnoma Tomonlarining oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan tegishli sud yoki Arbitraj Reglamentiga koʻra nizolarni koʻrib chiqishning boshqa tartibi).

11.4. Har bir Tomon arbitraj toʻgʻrisidagi iltimosga muvofiq va arbitraj toʻgʻrisidagi iltimosga javoban bittadan arbitr tayinlaydi. Agar Tomon arbitrni tayinlamasa, unda tayinlashni TIAC amalga oshiradi. Shu tarzda tayinlangan ikki arbitr Arbitraj sudi tarkibining raisi boʻlgan uchinchi arbitrni tayinlaydi. Agar ikkinchi arbitr tayinlangandan keyin oʻttiz (30) kalendar kun mobaynida ikkita arbitr bunday tayinlashni oʻtkaza olmasa, uchinchi arbitr TIAC tomonidan tayinlanadi (yoki Shartnoma Tomonlarning kelishuviga koʻra, ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni tegishli sud yoki Arbitrajning Reglamentiga binoan koʻrib chiqish boshqa tartibida).

11.5. Arbitraj sudining tarkibi nizo yoki arbitraj muhokamasiga nisbatan barcha huquqiy, daliliy va yurisdiksiya masalalarini (shu jumladan, nizo arbitraj sudida koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan masalalarni) va arbitraj muhokamasi bilan bogʻliq barcha protsessual masalalarni hal qilishi mumkin. Arbitraj sudining tarkibi umumiy huquq va adolat huquqi (shu jumladan, taʼminlovchi choralar) boʻyicha sud himoyasini taʼminlashi, xarajatlarni (shu jumladan, yuridik xarajatlar va arbitraj xarajatlarini) va foizlarni qoplash uchun hukm chiqarishi mumkin.

11.6. Arbitraj sudi tarkibi joylashgan manzil Toshkent shahri va arbitrajning faoliyat tili ingliz tili hisoblanadi (yoki Shartnoma Tomonlarining oʻzaro kelishuviga koʻra ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqishning boshqa tegishli joyi va tili).

11.7. Arbitraj muhokamasi va undan bevosita yoki bilvosita kelib chiqadigan barcha masalalar Tomonlar tarafidan qattiq maxfiylik rejimida saqlanadi, maxfiy axborotni oshkor qilish qoʻllaniladigan qonunchilik boʻyicha talab qilinishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.

11.8. Arbitraj sudi tarkibining qarori yakuniy va tomonlar bajarishi shart hisoblanadi. Qaror tegishli yurisdiksiyaga ega boʻlgan har qanday sud tomonidan majburiy tarzda ijroga qaratilishi mumkin.

 

12-modda.

QOʻSHIMCHA SHARTLAR

12.1. Bir Tomondan boshqa Tomonga berilgan axborotning maxfiylik shartlari har qanday Tomonning yozma talabiga binoan belgilanishi mumkin. Maxfiy deb topilgan har qanday axborot oshkor qilinmasligi lozim.

12.2. Maxfiylik shartlari quyidagi holatlar uchun qoʻllanilmaydi:

ushbu Shartnomani amalga oshirish maqsadida ushbu Shartnoma va uning shartlari toʻgʻrisidagi axborotni davlat organlariga taqdim etishda;

bunday axborot amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan qonuniy daʼvo taqdim etilganda faqat tushgan soʻrov hajmida oshkor etilishi kerak boʻlganida.

12.3. Ushbu shartnoma doirasida barcha bildirishnomalar Tomonlarga quyidagi manzillar boʻyicha yozma ravishda yuborilishi kerak:

Hukumat:

Hukumatga bildirishnomalar yuborish uchun manzil.

Investor:

Investorga bildirishnomalar yuborish uchun manzil.

12.4. Pochta rekvizitlari oʻzgarganda Tomonlar bir-birlarini darhol xabardor qilishlari kerak. Eski manzillar va hisob-kitoblar boʻyicha amalga oshirilgan xatti-harakatlar, ularning oʻzgarishi haqida xabarnoma olinmaguncha qabul qilingan hisoblanadi.

12.5. Ushbu Shartnoma shartlari huquqiy oqibatlarga olib kelishi va huquqiy vorislar, benefitsiarlar va Tomonlar tarafidan tayinlangan shaxslar, shu jumladan, jamoat organlarining kelajakdagi barcha koʻrinishlari yoki shakllari uchun majburiy boʻlishi kerak. Bundan tashqari, ushbu Shartnoma boʻyicha Tomonlarning huquq va majburiyatlari korporatsiyalarning birlashuvi, konsolidatsiya, qoʻshib yuborish yoki Investor boshqaruvida boshqacha egalik qilish yoki oʻzgartirish orqali buzilmasligi kerak.

12.6. Tomonlar boshqa Tomonning yozma roziligisiz boshqa shaxslarga daʼvo qilish yoki huquq va majburiyatlarni berish huquqini bera olmaydi.

12.7. Ushbu Shartnoma (va unga ilova) Shartnoma va unga ilovalar sahifalarining soni sahifada rus tilida (va ingliz tilida), toʻrt nusxada (har bir tilda) tuzilgan, bir xil qonuniy kuchga ega, biri Investor uchun, uchtasi esa Hukumat uchun.

12.8. Ingliz va rus tillaridagi matnlar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelganida, ingliz tilidagi matn ustunlikka ega. Ushbu Shartnomaga ilova ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

 

TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI

 

Buyurtmachi

 

Hukumat:

Manzil:Investorning to‘liq manzili

 

Manzil: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilotning manzili

Bank: Investorning Banki joylashgan manzil

 

Bank: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilotning hisob raqami joylashgan bank

Hisob raqami: Investorning bank hisobraqami

 

Hisob raqami: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilotning hisob raqami

STIR: Investorning STIRi

 

STIR: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilotning STIR raqami

Telefon raqami: Investorning telefon raqami

 

Telefon raqami: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilotning telefon raqami

Investor:Direktor nomidan vakillik qiluvchining F.I.Sh.i va vakilligini tasdiqlovchi hujjatlarining rekvizitlari

 

M.Oʻ.

 

______

(imzo)

 

Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilot rahbari: Hukumat nomidan harakat qiluvchi tashkilot rahbarining F.I.Sh.i

 

M.Oʻ.

 

_____

(imzo)

 

Investitsiya shartnomasi.

Qonunchilikka ko‘ra, investitsiya loyihasi iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmui hisoblanadi.

Investor esa foyda olish maqsadida investitsiya faoliyati ob’ektlariga o‘zining mablag‘larini va (yoki) qarz mablag‘larini yoxud jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qilishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub’ekti.

Investitsiya shartnomasi - investitsiya faoliyati sub’ektlari o‘rtasida tuziladigan, investitsiya shartnomasi taraflarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilaydigan yozma bitim hisoblanadi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.