Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish toʻgʻrisida bitim
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan joy |
Dastlabki kreditorning F.I.Sh,keyingi oʻrinlarda “Dastlabki kreditor” deb yuritiladi, bir tomondan, va Yangi kreditorning F.I.Sh,ikkinchi tomondan, keyingi oʻrinlarda “Yangi kreditor” birgalikda “Tomonlar”, yakka holda “Tomon” deb ataladi, ushbu bitimni (keyingi oʻrinlarda — Bitim deb yuritiladi) quyidagicha tuzdilar:
BITIMNING PREDMETI
1.1. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish kelishuviga asosan dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini topshirish, yangi kreditor esa bu huquqlarni qabul qilish majburiyatini oladi.
1.2. Fuqarolik kodeksining 355-moddasiga talablariga asosan, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimsi, agarda qonunchilik hujjatlaridan, bitimning mazmuni yoki mohiyatidan boshqacha hol anglashilmasa, haq evaziga tuzilgan bitim hisoblanadi.
1.3. Fuqarolik kodeksining 319-moddasi birinchi qismiga asosan kreditorning oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonunchilik hujjatlariga yoki bitimga zid boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
1.4. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechilganda dastlabki kreditor asosiy majburiyat boʻyicha shaxs almashtirilishi munosabati bilan majburiyatdan chiqadi.
1.5. Agar qonunda yoki bitimda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, dastlabki kreditorning huquqi yangi kreditorga huquq oʻtish paytida mavjud boʻlgan hajmda va shartlar asosida oʻtadi.
1.6. Mazkur bitimga asosan quyidagilar dastlabki kreditordan yangi kreditorga oʻtkazilayotgan talablar hajmi hisoblanadi:
1.6.1. O‘tkazilayotgan talablar hajmi
1.6.2. O‘tkazilayotgan talablar hajmini belgilashda u qanday majburiyatdan kelib chiqqanligi
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Dastlabki kreditorning huquq va majburiyatlari:
2.1.1. Yangi kreditor bilan muzokaralar olib orish;
2.1.2. Bitimga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi bilan yangi kreditorga murojaat qilish;
2.1.3. Mazkur bitimda belgilangan shartlar asosida talab qilish huquqini yangi kreditor foydasiga voz kechishi;
2.1.4. Qarzdor talablar yangi kreditorga oʻtganligini isbotlovchi hujjatlar oʻziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.
2.1.5. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan dastlabki kreditor yangi kreditor oldida unga oʻtkazilgan talabning haqiqiy emasligi uchun javob beradi, biroq qarzdor tomonidan bu talabning bajarilmaganligi uchun javob bermaydi, dastlabki kreditor yangi kreditor oldida qarzdor uchun oʻz zimmasiga kafolatni olgan hollar bundan mustasno;
2.1.6. Yangi kreditorga talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni bildirishi
2.1.7. Dastlabki kreditorning boshqa huquq va majburiyatlari
2.2. Yangi kreditorning huquq va majburiyatlari:
2.2.1. Dastlabki kreditor bilan muzokaralar olib orish;
2.2.2. Bitimga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklifi bilan Dastlabki kreditorga murojaat qilish;
2.2.3. Qarzdor majburiyat boʻyicha huquqlar unga oʻtganligi haqida ogohlantirish olgan paytida dastlabki kreditorga qarshi eʼtirozlarini yangi kreditorning talabiga qarshi qoʻyishga haqli
2.2.4. Talab qilish huquqi oʻtgandan soʻng qarzdorni bu haqda yozma ravishda xabardor qilishi shart. Aks holda u bunday xabar bermaslik tufayli kelib chiqqan oʻzi uchun noqulay oqibatlar xavfini oʻz zimmasiga oladi.
2.2.5. Yangi kreditorning boshqa huquq va majburiyatlari.
3. BOSHQA SHARTLAR
3.1. Fuqarolik kodeksining 364-moddasiga asosan agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimida voz kechilayotgan huquqni keltirib chiqaruvchi majburiyat aniq koʻrsatilmagan boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimi tuzilmagan deb hisoblanishi lozim.
3.2. Agar talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimi oʻz mohiyatiga koʻra talab qilish huquqini oʻtkazish boʻlmay, balki bunda taraflarning xohish-irodasi aslida haq evaziga xizmat koʻrsatishga qaratilgan boʻlsa, bunday bitim FKning 124-moddasi ikkinchi qismiga binoan boshqa bitimni niqoblash maqsadida tuzilgan hisoblanadi (topshiriq bitimi yoki haq evaziga xizmat koʻrsatish bitimsi) va sud taraflar aslida nazarda tutgan bitimga doir qoidalarni qoʻllaydi.
3.3. Agar asosiy bitim sud tomonidan tuzilmagan (yoki haqiqiy emas) deb topilsa, asosiy bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish ham haqiqiy hisoblanmaydi.
3.4. Kreditorning huquqlari boshqa shaxsga oʻtganligi haqida qarzdorning xabardor qilinmaganligi yoki oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga bermaganligi uning huquqlarini boshqa shaxsga haqiqatan oʻtkazilganligiga taʼsir qilmaydi va oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimini tuzilmaganligiga (haqiqiy emasligiga) olib kelmaydi.
3.5. Dastlabki kreditordan yangi kreditorga huquqlarning oʻtkazilishi qarzdorni bitim tuzilganligi toʻgʻrisida xabardor qilish payti bilan bogʻliq emas. Qarzdorni xabardor qilish huquqlar boshqa shaxsga oʻtkazilganligiga binoan amalga oshirilib, bu majburiyat boʻyicha talab qilish huquqini oʻtkazishning zarur sharti sifatida qaralmaydi.
3.6. Oddiy yozma yoki notarial shaklda tuzilgan bitimga asoslangan talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish faqat oʻsha shaklda (oddiy yozma yoki notarial) amalga oshiriladi.
3.7. Agar asosiy bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi talab qilinadigan bitim boʻlsa, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bitimi ham asosiy bitim boʻyicha belgilab qoʻyilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
3.8. Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishni taqiqlash va har qanday cheklashlar yoxud talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechishning qoʻshimcha shartlari taraflarning kelishuvlariga binoan bitimda nazarda tutilishi mumkin.
4. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
4.1. Taraflar oʻrtasida mazkur bitim boʻyicha yoki unda belgilangan majburiyatlarni bajarish vaqtida yuzaga keladigan barcha nizolar yoki kelishmovchiliklar tomonlarning oʻzaro muzokaralar olib borishi yoʻli bilan hal qilinadi.
4.2. Agar kelishmovchiliklarni muzokara yoʻli bilan hal qilib boʻlmasa, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud tartibida koʻriladi.
5. BITIMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI
5.1. Bitim shartlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, bitimni bekor qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bitim shartlariga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar uning ajralmas qismi hisoblanadi, ular albatta, inobatga olinishi zarur.
5.2. Bitimni bir taraflama rad etish, uning shartlariga oʻzgartirish kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi, amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
6. TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI
Dastlabki kreditor: |
|
Yangi kreditor: |
||
Manzil: Dastlabki kreditoring manzili |
|
Manzil: Yangi kreditoring manzili |
||
Pasport seriya va raqam: Pasport seriyasi va raqami |
|
Pasport seriya va raqam: Pasport seriyasi va raqami |
||
Berilgan sana: Pasport berilgan sana |
|
Berilgan sana: Pasport berilgan sana |
||
Pasport kim tomonidan berilganligi IIB tomonidan berilgan |
|
Pasport kim tomonidan berilganligi IIB tomonidan berilgan |
||
STIR: Dastlabki kreditorning STIR raqami |
|
STIR: Yangi kreditorning STIR raqami |
||
Dastlabki kreditor: Dastlabki kreditorning F.I.Sh
M.Oʻ. |
______ (imzo) |
|
Yangi kreditor: Yangi kreditorning F.I.Sh
M.Oʻ. |
_____ (imzo) |
Qonunchilikka ko‘ra, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini vujudga keltirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi kelishuvi shartnoma deyiladi.
Kreditorning o‘z talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishiga, basharti u qonunlarga yoki shartnomaga zid bo‘lmasa, yo‘l qo‘yiladi. Kreditorning shaxsi qarzdor uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan majburiyat bo‘yicha talabdan qarzdorning roziligisiz boshqa shaxs foydasiga voz kechishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish yozma shaklda tuziladigan shartnoma ko‘rinishida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur bitim namunasi tayyorlangan bo‘lib, so‘rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirishlari, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishini oldini oladi.