O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Sud qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risida ariza.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Arizaning mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari boʻyicha Ariza berilgan sudning nomi sudiga

Ariza beruvchi: Ariza beruvchining F.I.Sh

Manzil:Ariza beruvchining manzili,

Telefon:Ariza beruvchining telefon raqami

 

AR I Z A

(Sud qarorining qaytarma ijrosi toʻgʻrisida)

 

Beraman ushbu arizani shu haqdakim, Ariza beruvchiga nisbatan fuqarolik sudi ishi ko‘rilgan sanada fuqarolik ishlari boʻyicha Fuqarolik ishi ko‘rilgan sudning nomi sudi tomonidan daʼvogar Daʼvogarning F.I.Shning menga nisbatan Ariza beruvchiga nisbatan ko‘rib chiqilgan fuqarolik sud ishining predmeti haqidagi fuqarolik ishi koʻrib chiqilib, daʼvogarning daʼvo talabi qanoatlantirilgan.

Mazkur fuqarolik ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroridan norozi boʻlib keltirgan kassatsiya tartibidagi shikoyatim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari sudlov hayʼatining Sudlov hayʼati ajrimi chiqarilgan sanadagi ajrimiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha Hal qiluv qarori bekor qilingan sudning nomi tumanlararo sudining Hal qiluv qarori qabu qilingan sanadagi hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etilgan.

Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 458-moddasiga asosan Ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan koʻrib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida yoxud arizani koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda, oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati boʻyicha javobgardan daʼvogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi kerak (hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi).

Shularni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 459-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandlari talablariga asosan sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishingizni soʻrayman.

 

 

Ariza beruvchining F.I.Sh

 

Ariza imzolangan sana

 

Imzo

 

 

Sud qarorining qaytarma ijrosi to‘g‘risida ariza.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksiga asosan Ijro etilgan sud hujjati o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan va ish yangidan ko‘rib chiqilganidan keyin talablarni qanoatlantirishni to‘liq yoki qisman rad etish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan yoki ish yuritishni tugatish to‘g‘risida yoxud arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan taqdirda, o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan sud hujjati bo‘yicha javobgardan da’vogarning foydasiga undirilgan narsalarning barchasi javobgarga qaytarib berilishi ya’ni hal qiluv qarorining qaytarma ijrosi lozim.

Ish yangidan ko‘rish uchun o‘ziga topshirilgan sud o‘z tashabbusi bilan qaytarma ijro to‘g‘risidagi masalani ko‘rishi va uni yangi sud hujjatida yoki ajrimida hal qilishi shart bo‘lib, shu bilan ish yuritish tamomlanadi.

Ishni yangidan ko‘rayotgan sud bekor qilingan sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilmagan taqdirda, javobgar bu sudga qaytarma ijro to‘g‘risida ariza berishga haqli. Bu ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda, sud majlisida ko‘riladi. Biroq bu shaxslarning kelmaganligi sud oldiga qo‘yilgan masalaning hal etilishi uchun to‘sqinlik qilmaydi.

Mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.