|
|
Murojaat qilinayotgan sudning nomi sudiga |
|
|
Manfaatdor shaxs: Manfaatdor shaxsning F.I.Sh |
|
|
Manzil: Manfaatdor shaxsning manzili |
|
|
Manfaatdor shaxsning telefon raqami E-mail Manfaatdor shaxsning elektron pochtasi |
|
|
Yer uchastkasining egasi: Yer uchastkasi egasining F.I.Sh |
|
|
Manzil: Yer uchastkasi Yer uchastkasi egasining manziliF.I.Sh |
|
|
Telefon: Yer uchastkasi egasining telefon raqami |
|
|
E-mail Yer uchastkasi egasining elektron pochtasi |
DAʼVO ARIZASI
(Servitut berish toʻgʻrisida)
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 173-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻchmas mulk (yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mulk) egasi qoʻshni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir. Oʻzganing yer uchastkasidan piyoda va transportda oʻta olishni taʼminlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini oʻtkazish va ulardan foydalanish, suv bilan taʼminlash uchun, shuningdek koʻchmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib taʼminlanishi mumkin boʻlmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksi 30-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — qoʻshni boʻlgan bir yoki bir necha yer uchastkalaridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi ekanligi belgilangan. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkinligi koʻrsatilgan: oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish; oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish; oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish; oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish; mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish; oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish; oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish. Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkinligi ham koʻrsatilgan.
Servitut huquqi bo‘yicha kelishuv taklifi berilgan sana sanasida qoʻshni yer uchastkasi egasi Qo‘shni yer uchastkasi egasining F.I.Shga uning yer uchastkasi orqali Belgilanishi so‘ralayotgan servitutning maqsadi boʻyicha kelishuv taklif qildim. Ammo, qoʻshnim bu taklifimni rad etdi va kelishuvga erisha olmadim. Hozirda uyimda Servitut keliishuvi rad etilganligi uchun yer uchastkasida paydo bo‘lgan muammo amalga oshirib boʻlmayapti.
Yer kodeksi 30-moddasining uchinchi qismida servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanishi koʻrsatilgan.
Yuqoridagilarga koʻra, Fuqarolik kodeksining 173-moddasi, Yer kodeksi 30-moddasi va Oliy sud Plenumining “Yer kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandiga asosan,
SOʻRAYMAN:
Qoʻshni yer uchatkasi egasi Yer uchastkasi egasining F.I.Shga tegishli boʻlgan Qo‘shni yer uchastkasining manzilida joylashgan umumiy maydoni Qo‘shni yer uchastkasiining umumiy maydoni hajmi kv.m.ga teng boʻlgan yer uchastkasining Suddan servtitut huquqini o‘rnatib berilishi so‘ralayotgan uchastkaning qismi (hajmi) kv.m. qismiga Servitutning maqsadi maqdlarida servitut huquqini oʻrnatib berishingizni soʻrayman.
Ilova: Ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati
Manfaatdor
shaxs: Manfaatdor shaxsning F.I.Sh ________ Daʼvo arizasi imzolangan sana
Qonunchilikka ko‘ra, ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasi qo‘shni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham o‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqini berishni talab qilishga haqlidir.
O‘zganing yer uchastkasidan piyoda va transportda o‘ta olishni ta’minlash, elektr uzatgich, aloqa va quvur liniyalarini o‘tkazish va ulardan foydalanish, suv bilan ta’minlash uchun, shuningdek ko‘chmas mulk egasining ehtiyojlarini servitut belgilamay turib ta’minlanishi mumkin bo‘lmagan boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun servitut belgilanishi mumkin.
Yer uchastkasida servitut belgilanishi yer uchastkasi egasining ushbu uchastkaga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlaridan mahrum etmaydi.
Mazkur da’vo ariza namunasi amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz ariza tayyorlash imkonini beradi.