O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Pullik tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Tibbiyot muassasa
Buyurtmachi
Shartnoma mazmuni
  • Izoh: Masalan pul ko‘chirish, naqt pul to‘lash
  • Izoh: Ushbu bandda “Kiradi” yoki “Kirmaydi” javoblaridan biri yoziladi

Yuklab oling

PULLIK TIBBIY XIZMAT KOʻRSATISH BOʻYICHA

SHARTNOMA

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Ustav asosida ish koʻruvchi Tibbiyot muassasasining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli (keyingi oʻrinlarda “Tibbiyot muassasasi” deb yuritiladi) Tibbiyot muassasasi rahbarining lavozimi Tibbiyot muassasasi rahbarining F.I.O.si bir tomonidan, ushbu muassasada tibbiy xizmatdan foydalanuvchi Buyurtmachining manzili manzilida yashovchi, Buyurtmachining F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzdilar:

 

1. SHARTNOMA PREDMETI

 

1.1. Ushbu shartnoma boʻyicha “Tibbiyot muassasasi” “Buyurtmachi” ga shartnomada belgilangan tartibda va shartlarda spullik tibbiy xizmat koʻrsatadi. “Buyurtmachi” esa shartnomada belgilangan tartibda va miqdorda xizmat haqi toʻlaydi.

1.2. Tibbiy xizmat “Tibbiyot muassasasi” ga tegishli boʻlgan Tibbiyot muasasasi tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladigan binoning manzili manzilda joylashgan tibbiyo xizmat koʻrsatishga muljallangan binoda koʻrsatiladi. Xizmat koʻrsatish Tibbiy xizmat ko‘rsatish boshlanadigan sana kuni boshlanib, Tibbiy xizmat ko‘rsatish tugallanadigan sana kuni yakunlanadi.

 

2. “TIBBIYOT MUASSASASI”NING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. “Tibbiyot muassasasi”ning huquqlari:

Tekshirish va analiz natijalaridan kelib chiqqan holda daʼvolash usullari va tartibini belgilash;

“Buyurtmachi”ning jismoniy holati, kasalik darajasi va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda muassasada beriladigan oziq-ovqatlarni va ovqatlanish tartibini belgilash;

“Buyurtmachi” dan mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlashni talab qilish;

Toʻlovlar oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda “Buyurtmachi”ni davolash ishlarini toʻxtatib qoʻyish (birinchi tibbiy yordam, kechiktirib boʻlmaydigan davolash ishlari bundan mustasno);

Tibbiyot muasasasining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

2.2. “Tibbiyot muassasasi”ning majburiyatlari:

Tibbiy xizmat koʻrsatishda tibbiyot sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilish;

“Buyurtmachi”ga tibbiy xizmat koʻrsatishda, xizmat koʻrsatiladigan davrda yashash xonasi bilan taʼminlashda va ovqatlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish;

“Buyurtmachi”ga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish;

Tibbiy xizmat koʻrsatilishi, “Buyurtmachi”ning sogʻligʻi holati va undagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida “Buyurtmachi”ga va uning yaqin qarindoshlariga maʼlumot berib borish;

“Buyurtmachi”ga nisbatan ishlatiladigan dori vositalari, tibbiyot anjomlari va tibbiy xizmat vositalari toʻgʻrisida unga maʼlumotlar berish;

Tibbiyot muasasasining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

 

3. “BUYURTMACHI”NING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. Buyurtmachining huquqlari:

“Tibbiyot muassasasi”dan tibbiy xizmat koʻrsatishda tibbiyot sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini talab qilish;

“Tibbiyot muassasasi”dan oʻziga tibbiy xizmat koʻrsatishda, xizmat koʻrsatiladigan davrda yashash xonasi bilan taʼminlashda va ovqatlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishini talab qilish;

Oʻziga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini talab qilish;

Oʻziga tibbiy xizmat koʻrsatilishi, sogʻligʻi holati va undagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;

Oʻziga nisbatan ishlatiladigan dori vositalari, tibbiyot anjomlari va tibbiy xizmat vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;

Bajaruvchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

3.2. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Tibbiyot muassasasi” ga tegishli boʻlgan binolar, tibbiyot anjomlari va tibbiy xizmat vositalaridan toʻgʻri foydalanish, ularga zarar yetkazmaslik;

Mazkur shartnomada belgilangan toʻlovlarni “Tibbiyot muassasasi” ga oʻz vaqtida va kelishilgan miqdorda toʻlash.

Bajaruvchining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

 

4. MOLIYAVIY SHARTLAR

 

4.1. Taraflarning kelishuviga koʻra, koʻrsatiladigan tibbiy xizmat uchun toʻlov Taraflarning kelishuviga ko‘ra, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat haqi miqdori soʻmni tashkil etadi.

4.2. Toʻlov ushbu shartnoma tuzilgandan soʻng To‘lovlar shartnoma tuzilganidan so‘ng necha bank ish kunida to‘lanishi lozim ish kuni davomida To‘lovlarni amalga oshirish usuli usulida toʻlanadi.

4.3. “Buyurtmachi” qabul qiladigan dori vositalari, bir martalik asbob-anjomlar va tibbiy xizmatni koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar ushbu toʻlov summasiga Buyurtmachi» qabul qiladigan dori vositalari, bir martalik asbob-anjomlar va tibbiy xizmatni ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar ushbu shartnoma bo‘yicha belgilangan summaga kirish yoki kirmasligi.

4.4. Taraflar ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilishganda, “Buyurtmachi” tomonidan toʻlangan pul koʻrsatilgan tibbiy xizmat haqi chegirib qolingan holda “Buyurtmachi”ga qaytariladi.

 

5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

 

5.1. Shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan kuchga kiradi va taraflar majburiyatlarni toʻliq bajargunga qadar amal qiladi.

 

6. SHARTNOMANI BEKOR QILISH HOLATLARI

 

6.1. Quyidagi hollarda shartnoma bekor qilinadi:

Taraflarning kelishuviga muvofiq;

“Buyurtmachi” davolanish tartibi va shartlarini muntazam ravishda buzib kelganda;

“Tibbiyot muassasasi”ning aybi bilan “Buyurtmachi”ning sogʻligʻi yomonlashganda yoki unga boshqacha usulda jiddiy zarar yetkazilganda;

Tomonlardan biri shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganda;

Qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda.

 

7. BOSHQA SHARTLAR

 

7.1. Ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. Agar nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻl bilan hal etishning iloji boʻlmasa, nizo qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Tibbiyot muassasasi” joylashgan hududdagi sudda koʻrib chiqiladi.

7.2. Ushbu Shartnomada yozma ravishda bajarilgan va ikki tomonlama imzolangan barcha ilovalar, qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar shartnomaning ajralmas qismi boʻladi va yuridik kuchga ega deb hisoblanadi.

7.3. Shartnoma teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuziladi. Shartnomaning bir nusxasi “Tibbiyot muassasasi”da, ikkinchi nusxasi “Buyurtmachi”da saqlanadi.

 

8. TOMONLARNING MANZILI, BANK REKVIZITLARI VA BOSHQA MAʼLUMOTLARI

 

 

“TIBBIYOT MUASSASASI”

 

«BUYURTMACHI»

Tibbiyot muassasasining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Buyurtmachining F.I.O.si

Manzil: Tibbiyot muassasasining manzili

 

Manzil: Buyurtmachining F.I.O.si

H.R: Tibbiyot muassasasining hisob raqami

 

Pasport: Buyurtmachiga pasport bergan IIB nomi tomonidan

STIR: Tibbiyot muassasasining STIR raqami

 

Buyurtmachiga pasport berilgan sana kuni berilgan

MFO: Tibbiyot muassasasining MFO raqami

 

Buyurtmachining pasport seriya va raqami

OKED: Tibbiyot muassasasining OKED raqami

 

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

Tibbiyot muassasasi rahbarining lavozimi Tibbiyot muassasasi rahbarining F.I.O.si _____ (imzo)

 

Muhr

 

Buyurtmachining F.I.O.si ________ (Imzo)

 

 

Pullik tibbiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma.

Pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha “Tibbiyot muassasasi” bilan “Buyurtmachi” o‘rtasida tuziladigan manfaatli shartnoma bo‘lib, “Tibbiyot muassasasi” shartnomada belgilangan tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish “Buyurtmachi” esa ushbu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini oladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida mazkur shartnoma namunasi tayyorlandi.

namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi.