O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
  • Misol uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, Toyloq tumani sudiga
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami
Javobgar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami
Daʼvo ariza mazmuni to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Otalik huquqidan yoki onalik huquqidan mahrum qilish so‘ralishi yoziladi
  • Izoh: Ota-onalik huquqidan mahrum qilishga asos bo‘ladigan holatlar: Ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortish, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlash; uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortish; ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lish, jumladan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy taʼsir ko‘rsatish; muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lish; o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilish.

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqamlari

Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.si

Javobgarning yashash manzili

Javobgarning telefon raqamlari

Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

 

DA ʼ V O A R I Z A

(Daʼvo ariza mazmuni huquqidan mahrum etish toʻgʻrisida)

 

Men va javobgar oʻrtamizdagi qonuniy nikoh Daʼvogar va javobgar qonuniy nikohdan o‘tgan FHDYO bo‘limi tomonidan Daʼvogar va javobgar o‘rtasida qonuniy nikoh qayd etilgan sana kuni Nikoh guvohnomasining dalolatnoma yozuvi raqami-son bilan qayd etilgan.

Birgalikdagi turmushimizdan Tomonlarning farzandi tug‘ilgan sanada tugʻilgan Tomonlarnig farzandini F.I.O.si ismli (tugʻilganlik haqida Tomonlarnig farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma seriyasiTomonlarnig farzandiga tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma raqami,seriya va raqamli guvohnoma Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani bergan FHDYO bo‘limi nomi tomonidan berilgan) farzandimiz bor.

Ota-onalik huquqidan mahrum qilish uchun asos sifatida keltirilayotgan holatlar kabi asoslarga koʻra, javobgarni Daʼvo ariza mazmuni huquqidan mahrum qilish lozim deb hisoblayman. c

Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 79-moddasiga binoan, ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda, yaʼni ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment toʻlashdan boʻyin tovlasa, uzrsiz sabablarga koʻra oʻz bolasini tugʻruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada boʻlsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy taʼsir koʻrsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo boʻlgan boʻlsa, oʻz bolalarining hayoti yoki sogʻligʻiga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sogʻligʻiga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan boʻlsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 11-sentyabrdagi C23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandiga asosan, ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlashlik deganda – ota-onalik burchlarini uzluksiz ravishda bajarmaslik, oʻz bolalariga qanday boʻlmasin gʻamxoʻrlik qilmaslik tushuniladi. Bolalarning yoshlariga qarab ota (ona)ning har bir aniq holatdagi harakati (harakatsizligi) bola uchun uni halokatga olib keladi. Aliment toʻlashdan bosh tortganda bu fakt sudning hukmi bilan tasdiqlanishi shart emas. Aliment toʻlash, oʻz bolalarini moddiy taʼminlashdan doimiy ravishda qochishga uringanligiga ishonch hosil qilishlikning oʻzi kifoyadir. Uzrsiz sabablarga koʻra bolasini tugʻruqxonadan va boshqa bolalarni davolash profilaktoriyasi va oʻquv-tarbiya muassasalaridan olishdan bosh tortganlik tugʻruqxona va bolalarni davolash profilaktoriyasi va oʻquv-tarbiya muassasasi komissiyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim. Ota-onaning oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganliklari ularning bolalarining maʼnaviy tarbiyasi, jismoniy rivojlanishi, taʼlimi, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorgarligi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaganligida namoyon boʻladi. Ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilish deganda – bu huquqlardan bolalarning manfaatlariga zid ravishda foydalanishni, masalan, oʻqishiga, jamoat topshiriqlarini bajarishiga toʻsqinlik qilishni, tilanchilikka undashni, uni spirtli ichimliklar va narkotik moddalar isteʼmol qilishga oʻrgatish, jinoyat qilishda, jinoiy yoʻl bilan daromad topishda voyaga yetmaganni jalb qilishni tushunmoq kerak. Bolalar bilan shafqatsiz muomalada boʻlish jismoniy va ruhiy qiynashda, tarbiyalashning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan usullarini qoʻllashda, bolalarining insoniy gʻururlarini kamsitishda va hokazolarda ifodalanishi mumkin. Agar bolalarga nisbatan ota-ona emas, balki oila aʼzolari shafqatsiz muomalada boʻlsalar, bolaning ota va onasi bunga qarshilik qilmasalar, bunday ota-onalarning ota-onalik huquqlari Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq cheklanishi mumkin.

Ota-onaning surunkali ichkilikbozlikka yoki giyohvandlik kasaliga uchraganligi tegishli tibbiyot xulosasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunday asos bilan ota-onalik huquqidan mahrum qilish javobgarni muomalaga layoqati cheklangan deb tanilganligidan qatʼi nazar, amalga oshirilishi mumkin. Bolaning hayoti va sogʻligʻiga qarshi ota-ona tomonidan qasddan jinoyat sodir qilish oʻta ogʻir va jamoat uchun xavfli hisoblanadi. Bunday asoslarga koʻra ota (ona)ni ota-onalik huquqidan mahrum qilishga faqat sudning hukmi boʻlgandagina yoʻl qoʻyiladi.

Bolani ota (ona)sining hayoti va sogʻligʻiga qarshi ota (ona)si tomonidan qasddan jinoyat sodir qilganligi asosiga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlik haqidagi ishlarni koʻrishda bola jinoyat obyekti uning ota (ona)si boʻlgan hollarda zarar koʻrishini hisobga olishlari lozim. Bunday asoslarga koʻra ota-onalik huquqidan mahrum qilishlikka ham aybdorga nisbatan sudning hukmi boʻlishi lozim.

Yuqoridagilarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksining 79-moddasiga, Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalariga asosan

 

SOʻRAYMAN:

 

Javobgar Javobgarning F.I.O.sini Tomonlarning farzandi tug‘ilgan sanada tugʻilgan Tomonlarnig farzandini F.I.O.si ismli farzandimga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni huquqidan mahrum qilishni.

 

Ilova qilinayotgan hujjatlar:

1. Daʼvo ariza nusxasi;

2. Davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi xujjat;

3. Ota (ona)lik huquqidan mahrum qilish uchun asos boʻluvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar;

4. Tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi

Daʼvo arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati

 

 

Daʼvogarning F.I.O.si

__________________

(imzo)

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

 

Ota-onalik huquqidan mahrum etish to‘g‘risida daʼvo ariza.