O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mol-mulkka yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
  • Misol uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, Toyloq tumani sudiga
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Bu yerda viloyat, tuman (shahar) yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladi
Javobgar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Bu yerda viloyat, tuman (shahar) yashash manzili to‘liq ko‘rsatiladi
Daʼvo ariza mazmuni
  • Viloyat, tuman, shahar, ko‘cha nomi, uy, xonadon raqamlari to‘liq ko‘rsatiladi
  • Viloyat, tuman, shahar, ko‘cha nomi, uy, xonadon raqamlari to‘liq ko‘rsatiladi
  • Izoh: Zarar miqdori so‘mda hisoblanadi.

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqamlari

Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

Javobgar:Javobgarning F.I.O.si

Javobgarning yashash manzili

Javobgarning telefon raqamlari

Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

DAʼVO ARIZA

(Mol-mulkka yetkazilgan zararni undirish toʻgʻrisida)

 

Men Uy-joy joylashgan manzil-uyda yashab kelaman. Javobgar qoʻshnim Javobgarning F.I.O.si esa Javobgarni uy-joyi joylashgan manzili-uyda yashab keladi. Javobgarning uyi koʻchadan ikki yarim metr pastlikda joylashgan. Javobgar qurilish ishlarini bajarishda barcha texnik talablarga rioya qilishini, mening uyimga zarar yetkazmasligini bildirdi.

Javobgar qayta qurilish ishlarini amalga oshirganidan keyin uyim xonalari shoʻrlab, suvoqlari toʻkilib, xom gʻishtlari loyga aylandi. Javobgar hovlisida qurilish ishlarini bajarishidan oldin suvoqava, qor va yomgʻir suvlarini chiqarib yuborish yoʻllarini uylamasdan, hovlisini tuproqqa toʻldirib, suv yoʻlini hovlisi toʻriga yoʻnaltirmasdan mening hovlimga toʻgʻirlab qoʻygan ekan. Natijada mening uyim avariya holatiga kelib qoldi.

Mutaxassislarning xulosasiga koʻra javobgarning noqonuniy hatti-harakatlari natijasida mening mol-mulkimga yaʼni uyimga Javobgarning noqonuniy hatti-harakati natijasida daʼvogarga yetkazilgan zarar miqdori soʻmlik zarar yetkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 47-moddasiga ko‘ra, har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega va hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 24-moddasiga koʻra, uy, kvartira mulkdori uy, kvartiraning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini taʼminlashi, ularni oʻz hisobidan joriy va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirishi shart.

Fuqarolik kodeksining 985-moddasi 1-qismida gʻayriqonuniy harakat (xarakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan toʻliq xajmda qoplanishi lozimligi nazarda tutilgan.

Yuqordigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 24-moddasi hamda Fuqarolik kodeksining 985-moddasi hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan

SOʻRAYMAN:

Javobgardan mening uyimga yetkazilgan Javobgarning noqonuniy hatti-harakati natijasida daʼvogarga yetkazilgan zarar miqdori soʻm moddiy zararni undirib berishingizni soʻrayman.

Ilova qilanayetgan hujjatlar:

1. Daʼvo ariza nusxasi;

2. Davlat boji nusxasi;

3. Pasport nusxasi;

4. Uy-joy xujatlari;

5. Mutaxassis xulosasi nusxasi;

6. Daʼvo arizamni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

 

Daʼvogarning F.I.O.si

____________

(Imzo)

 

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

 

 

 

 

Mol-mulkka yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza.