O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Mehnat munosabatlari deb tan olish va ish beruvchini mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash to‘g‘risida daʼvo ariza.

Hujjat tavsifi
Daʼvo ariza rekvizitlari
  • Misol uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, Toyloq tumanlaro sudiga
Daʼvogar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami
Javobgarlar to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami
Uchinchi shaxs to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy raqami
Daʼvo ariza mazmuni
  • Bank filiali bo‘lsa nomi ko‘rsatiladi
  • Izoh: Mazkur bandda daʼvogar amalda ish beruvchi (javobgar) tashkilotda ishlab kelayotgan sana ko‘rsatiladi

Yuklab oling

Fuqarolik ishlari boʻyicha

Daʼvo ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha sud nomiga

 

Daʼvogar: Daʼvogarning F.I.O.si

Daʼvogarning yashash manzili

Daʼvogarning telefon raqamlari,

Daʼvogarning pochta (elektron) manzili

 

Javobgar:Javobgar tashkilotning nomi

Javobgar tashkilot joylashgan manzil

Javobgarning telefon raqamlari,

Javobgarning pochta (elektron) manzili

 

Uchinchi shaxs: Uchinchi shaxsning F.I.O.si

Uchinchi shaxsning yashash manzili

Uchinchi shaxsning telefon raqamlari

Uchinchi shaxsning pochta (elektron) manzili

 

 

DA ʼ V O A R I Z A S I

(Mehnat munosabatlari deb tan olish va ish beruvchiga mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash toʻgʻrisida)

 

Men ish beruvchining roziligi bilan “Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomitashkilotida Daʼvogar amalda mehnat munosabatlariga kirishgan sana kunidan buyon Daʼvogarning ishlab kelgan lavozim yoki vazifa nom vazifasida ishlab kelmoqdaman.

Ish beruvchining ruxsati bilan mehnat vazifalarimni boshlab, hozirga qadar ishlab kelayotganligimga qaramasdan ish beruvchi men bilan mehnat shartnomasini tuzishni paysalga solib kelmoqda.

Bu holat korxonada menga yuklatilgan vazifani bajarish chogʻida tushunmovchiliklarga hamda ishlagan kunlarim uchun ish haqi hisoblanishi boʻyicha kelishmovchiliklarga sabab boʻlmoqda.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilmas ekan, bu holat uning huquqlari buzilishiga, oqibatda unga ish haqi toʻlanmasligiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 128-moddasiga muvofiq, Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qatʼi nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan eʼtiboran tuzish deb hisoblanadi.

Biroq korxona rahbari tomonidan men mehnat munosabatlariga kirishgan boʻlsamda, men bilan mehnat shartnomasi tuzish asossiz ravishda paysalga solinmoqda.

Shu sababli huquqlarimni tiklashni soʻrab, sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.

Yuqorida qayd etilganlarga koʻra quyidagilarni

 

SOʻRAYMAN:

 

 

1. Men bilan “Daʼvogar ishlab kelayotgan tashkilot nomitashkilotini mehnat munosabatlariga kirishgan deb topib, ish beruvchiga men bilan mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklashni

 

Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Mutaxassisligim boʻyicha diplom nusxasi;

2.Fukarolik pasportim nusxasi;

3. Daʼvo ariza ilova qilingan boshqa hujjatlar ro‘yxati

 

 

 

Daʼvogarning F.I.O.si

____________

Imzo

 

 

Daʼvo ariza berilgan sana

 

 

 

 

Mehnat munosabatlari deb tan olish va ish beruvchini mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini yuklash to‘g‘risida daʼvo ariza.

Ish beruvchi birinchi marta ishga kirgan, besh kundan ortiq ishlagan shaxslarga va qonunchilikda o‘ziga nisbatan mehnat daftarchalarini yuritish nazarda tutilmagan ilgari ishlagan shaxslarga mehnat daftarchasini rasmiylashtirishi shart.

Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi.

Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoxud uning ruxsati bilan xodimni haqiqatda ishga qo‘yish, ishga qabul qilish lozim darajada rasmiylashtirilganligidan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, mehnat shartnomasini ish boshlangan kundan e’tiboran tuzish deb hisoblanadi.

Mazkur da’vo arizasining mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, da’vo arizasini mustaqil holda to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.