Fuqarolik ishlari boʻyicha Daʼvo-ariza berilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sud nomiga |
Arizachi: Arizachining F.I.O.si Manzil: Arizachining yashash manzili Telefon: Arizachining telefon raqamlari Pochta: Arizachining pochta (elektron) manzili |
|
ARIZA
(Yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisida)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat yer kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan, yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yer miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash), yerni qiymat jihatidan baholash, shuningdek yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, yangilash va manfaatdor shaxslarga tegishli shakllar va hajmlarda berish yer kadastrining mazmunini tashkil etadi.
Mulk huquqi subyektini, yer uchastkalariga egalik qilish va foydalanishni belgilovchi, yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar kafolatlanishini taʼminlovchi, yerni hisobga olish va baholash uchun asos yaratuvchi yerni roʻyxatdan oʻtkazishga doir axborot yer kadastri axborotining asosiy, dastlabki tarkibiy qismi hisoblanadi.
Dastlabki roʻyxatdan oʻtkazish axborotini shakllantirish paytida ishlarni oʻtkazish paytigacha tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq holda paydo boʻluvchi yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar chegaralari belgilanadi va roʻyxatdan oʻtkaziladi (qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi).
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, ushbu huquqlarning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi belgilangan.
Men Sotib olingan uy-joyning manzili manzilida joylashgan uy-joyni Oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan sana kunidagi oldi-sotdi shartnomasiga koʻra javobgardan sotib olganman. Men uy-joy bilan birga ushbu uy-joyga tutash Mulk huquqi belgilanishi so‘ralayotgan yer maydonining hajmi yer maydoni ham bor. Ushbu yer boʻyicha qoʻshnilar bilan ham nizolar mavjud emas. Biroq, shartnomada yer uchaskasi qayd qilinmasdan qolib ketgan. Aslida, men koʻchmas mulkni unga tutush boʻlgan yer uchastkasi bilan birga sotib olganman. Shu sababli sudga murojaat qilishga majbur boʻldim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482-moddasi talabiga koʻra, bino, inshoot yoki boshqa koʻchmas mulkni sotish shartnomasiga binoan sotib oluvchiga bunday koʻchmas mulkka egalik huquqini topshirish bilan bir vaqtda ushbu koʻchmas mulk joylashgan va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasining muayyan qismiga boʻlgan huquqlar ham topshiriladi. Sotuvchi sotilayotgan koʻchmas mulk joylashgan yer uchastkasining mulkdori boʻlgan taqdirda sotib oluvchiga yer uchastkasining tegishli qismiga mulk huquqi yoki ijara huquqi yoxud koʻchmas mulkni sotish shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquq beriladi. Agar shartnomada koʻchmas mulkni sotib oluvchiga topshiriladigan tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq belgilangan boʻlmasa, sotib oluvchiga yer uchastkasining koʻchmas mulk joylashgan va bu koʻchmas mulkdan foydalanish uchun zarur boʻlgan muayyan qismiga mulk huquqi oʻtadi. Sotuvchiga mulk huquqi asosida qarashli boʻlmagan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulkni, agar bunday uchastkadan foydalanishning qonun yoki shartnomada belgilangan shartlariga zid boʻlmasa, ana shu yer uchastkasi mulkdorining roziligisiz sotishga yoʻl qoʻyiladi. Bunday koʻchmas mulk sotilganida sotib oluvchi koʻchmas mulkni sotayotgan shaxs yer uchastkasining tegishli qismidan qanday shartlarda foydalangan boʻlsa, oʻsha shartlarda foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31, 33-35-modalarida yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga boʻlgan huquqi joyning oʻzida chegaralar belgilanganidan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga boʻlgan huquq davlat roʻyxatiga olinganidan keyin vujudga keladi.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatdir.
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasi berish (ajratish) toʻgʻrisidagi qaroriga yoki ijara, oldi-sotdi shartnomasiga hamda yer uchastkasini oʻzga shaxsga oʻtkazishning boshqa turlariga, yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqini beruvchi davlat orderiga, mulkdorlarning yoki ular vakolat bergan shaxslarning qaroriga asosan beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari davlat roʻyxatiga olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida 1-son qarorining 10-11-bandlariga muvofiq, yer fondi maʼlumotlarini har xil koʻrsatkichlar boʻyicha dasturiy mahsulot asosida tahlil qilish imkonini taʼminlash maqsadida yer kadastri shakl boʻyicha yuridik shaxslarning yer toifalari boʻyicha yer uchastkalari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi, hamda yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuqordigalarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 482-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189 va 191-moddalariga asosan
SOʻRAYMAN:
Sotib olingan uy-joyning manzilida joylashgan uy-joyga tutash yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqimni belgilashingizni soʻrayman.
Ilova:
1. Daʼvo ariza nusxasi,
2. Davlat boji nusxasi,
3. Pasport nusxasi,
4. Uy kadastr hujjatlari,
5. Yashash joydan maʼlumotnoma,
5. Daʼvo arizamni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
|
|
Arizachining F.I.O.si |
______________ (Imzo) |
Ariza berilgan sana |