Ustav Ustav davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi bo‘limining nomi tomonidan Ustav davlat xizmatlari bo‘limi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada Ustavning davlat xizmatlari bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilgan reyestr raqami-son reestr raqami bilan “ROʻYXATGA OLINGAN”
|
«Tuzilayotgan qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat nomi»qoʻshimcha maʼsuliyatli jamiyati ishtirokchilari Ustavni tasdiqlash to‘g‘risida umumiy yig‘ilish o‘tkazilgan sanadagi Ustavni tasdiqlash to‘g‘risida o‘tkazilgan umumiy yig‘ilish bayonnomasining raqami-son umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan “TASDIQLANGAN”
|
QOʻSHIMCHA MASʼULIYATLI JAMIYATNING USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. «Tuzilayotgan qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat nomi»qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatining (bundan buyon matnda “jamiyat” deb yuritiladi) mazkur Ustavi Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, jamiyat ishtirokchilarining Jamiyat ishtirokchilarining taʼsis shartnomasi imzolangan sanadagi taʼsis shartnomasi asosida ishlab chiqilgan.
1.2. Jamiyatning ishtirokchilari:
Jamiyat ishtirokchilarining F.I.O.lari.
1.3. Jamiyatning toʻliq firma nomi:
Davlat tilida: «Jamiyatning davlat tilidagi to‘liq nomi»qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyati;
Rus tilida: Obщestvo s dopolnitelnoy otvetstvennostyu «Jamiyatning davlat tilidagi to‘liq nomi»;
Jamiyatning qisqacha firma nomi:
Davlat tilida: «Jamiyatning davlat tilidagi qisqacha nomi»QMJ
Rus tilida: ODO «Jamiyatning rus tilidagi qisqacha nomi».
1.4. Jamiyatning pochta manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Jamiyatning pochta manzili.
1.5. Jamiyat cheklanmagan muddatga tashkil etiladi.
II. JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI
2.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi.
2.2. Jamiyat oʻz faoliyatini mazkur ustav va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va taʼsis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.
2.3. Jamiyat oʻz majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar boʻlmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bogʻliq zararlar uchun oʻzlari qoʻshgan hissalar qiymati doirasida javobgar boʻladilar. Jamiyatning oʻz hissasini toʻla qoʻshmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari boʻyicha har bir ishtirokchi hissasining toʻlanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar boʻladilar.
2.4. Jamiyat oʻzining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan oʻz emblemasiga, tovar belgisiga ega boʻlishga haqli.
2.5. Jamiyat oʻz egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, oʻz nomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
III. JAMIYATNING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
3.1. Jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq vakolatxonalar va filiallar va boshqa alohida boʻlinmalar tuzishga haqli.
IV. JAMIYATNI TASHKIL ETISHDAN MAQSAD VA FAOLIYAT TURLARI
4.1. Jamiyatni tashkil etishdan asosiy maqsad ishtirokchilar manfaatlari uchun foyda olish.
Jamiyat faoliyatining predmeti boʻlib Jamiyat faoliyatining asosiy predmeti hisoblanadi.
Shu jumladan:
Jamiyat faoliyatining asosiy predmetidan tashqari foydalanadigan boshqa predmetlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa har qanday faoliyat turlari.
4.2. Amalga oshirilishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab qilinadigan faoliyat tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshiriladi.
V. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda va uning tegishli qismini olishda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari yoki harakatsizligi bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar;
jamiyat ishtirokchilari jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
5.2. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishlari;
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Jamiyat ishtirokchilariga jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
VI. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
6.1. Jamiyat mustaqil ravishda oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
6.2. Jamiyatning mol-mulki:
—ishtirokchilarning ulushlaridan;
—jamiyat faoliyati natijasida olingan foydadan;
—Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.
VII. ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Jamiyat ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
qonun hujjatlarida va jamiyat taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish;
foydani taqsimlashda va uning tegishli qismini olishda ishtirok etish;
jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki oʻzga tarzda ularning foydasiga voz kechish;
jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqish;
jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish;
jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida oʻn foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari oʻz majburiyatlarini qoʻpol buzayotgan yoxud oʻz harakatlari yoki harakatsizligi bilan jamiyatning faoliyat koʻrsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar;
jamiyat ishtirokchilari jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
7.2. Jamiyat ishtirokchilarining majburiyatlari:
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishlari;
qonun hujjatlarida va jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, miqdorda, usullarda va muddatlarda hissa qoʻshishlari;
jamiyat faoliyati toʻgʻrisidagi sir tutilgan axborotni oshkor qilmasliklari shart.
Jamiyat ishtirokchilariga jamiyatning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
VIII. JAMIYATNING MOL-MULKI VA MABLAGʻLARI
8.1. Jamiyat mustaqil ravishda oʻziga tegishli mol-mulkdan foydalanadi.
8.2. Jamiyatning mol-mulki:
—ishtirokchilarning ulushlaridan;
—jamiyat faoliyati natijasida olingan foydadan;
—Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi.
IX. JAMIYATNING USTAV FONDI
9.1. Jamiyatning tashkil etilishi va faoliyatini amalga oshirishi uchun ishtirokchilar Jamiyatning ustav fondi soʻm miqdorida ustav fondi shakllantirishadi.
9.2. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha:
—«Jamiyatning birinchi ishtirokchisining F.I.O.»– Jamiyat birinchi ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga qo‘shgan summa soʻm, yaʼni Jamiyat birinchi ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga kiritilgan pul mablag‘i ustav fondidagi foizi %;
—«Jamiyatning ikkinchi ishtirokchisi F.I.O.»– Jamiyat ikkinchi ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga qo‘shgan summa soʻm, yaʼni Jamiyat ikkinchi ishtirokchisi tomonidan ustav fondiga kiritilgan pul mablag‘i, ustav fondining foizi%.
9.3. Jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin bir yil mobaynida Ishtirokchilarning har biri ustav fondidagi ulushini toʻliq kiritadi.
9.4. Pul, qimmatli qogʻozlar, oʻzga ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega boʻlgan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan oʻzga huquqlar jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin.
9.5. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi qaroriga asosan ustav fondini koʻpaytirishi yoki kamaytirishi mumkin.
9.6. Jamiyatning ustav fondini koʻpaytirishga u toʻliq toʻlanganidan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Jamiyat ustav fondining koʻpaytirilishi jamiyatning mol-mulki hisobiga va (yoki) jamiyat ishtirokchilarining qoʻshimcha hissalari hisobiga, agar bu jamiyatning ustavi bilan taqiqlangan boʻlmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini jamiyatning mol-mulki hisobiga koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror bunday qaror qabul qilingan yildan oldingi yil uchun jamiyatning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosidagina qabul qilinishi mumkin.
9.7. Jamiyatning ustav fondini kamaytirish ishtirokchilarga tegishli boʻlgan ulushlarning nominal qiymatini kamaytirish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat ustav fondini kamaytirish va uning yangi miqdori toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab oʻttiz kun mobaynida jamiyatning unga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlarini xabardor qilishi, shuningdek, qabul qilingan qaror toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida maʼlumot eʼlon qilishi shart.
9.8. Ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror uchinchi shaxslar uchun ustav va taʼsis shartnomasiga tegishli oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyingina kuchga kiradi.
X. ISHTIROKCHILARNING JAMIYAT ISHTIROKCHILARI SAFIDAN CHIQISHI VA UNING OQIBATLARI
10.1. Jamiyatning har qanday ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday holatda ishtirokchi ustav fondidagi oʻz ulushini qolgan ishtirokchilarga yoxud ularning roziligi boʻyicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga voz kechish huquqiga ega.
10.2. Ishtirokchi ishtirokchilar safidan chiqishida unga oʻzi tomonidan ustav fondiga kiritilgan ulushning haqiqiy qiymati natura yoki haqiqiy qiymatiga teng boʻlgan pul koʻrinishida qaytariladi.
10.3. Jamiyat ishtirokchisi oʻzgartirilganidan keyin jamiyatning taʼsis hujjatlariga zaruriy oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishi lozim.
10.4. Jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar uchinchi shaxslar uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin kuchga kiradi.
XI. JAMIYAT ISHTIROKCHISINING JAMIYAT USTAV FONDIDAGI ULUSHINING (ULUSHI BIR QISMINING) JAMIYATNING BOSHQA ISHTIROKCHILARIGA VA UCHINCHI SHAXSLARGA OʻTISHI
11.1. Jamiyat ishtirokchilaridan har biri jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushini yoki ulushining qismini jamiyatning boshqa ishtirokchilariga va uchinchi shaxslarga sotishga yoki boshqacha shaklda ularning foydasiga voz kechishga haqli.
11.2. Jamiyat ishtirokchisining ulushi toʻliq toʻlangan davrgacha boʻlgan muddatda toʻlangan qismi boʻyichagina begonalashtirilishi mumkin.
11.3. Jamiyat ustav fondidagi ulushdan (ulushning bir qismidan) boshqa shaxsning foydasiga voz kechish, oddiy yozma shaklda amalga oshirilishi kerak.
XII. JAMIYATNING HUJJATLARINI SAQLASH
12.1. Jamiyat quyidagi hujjatlarni saqlashi shart:
—jamiyatning taʼsis hujjatlari, shuningdek, jamiyatning taʼsis hujjatlariga kiritilgan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar;
—jamiyat muassislari yigʻilishining jamiyatni tashkil etish va jamiyatning ustav fondiga qoʻshiladigan pulsiz hissalarning pul bahosini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni, shuningdek, jamiyatni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa qarorlarni oʻz ichiga olgan bayonnomasi;
—jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat;
—jamiyatning oʻz balansida turgan mol-mulkka boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
—jamiyatning filiallari va vakolatxonalari toʻgʻrisidagi nizomlar;
—jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishlarining, jamiyat kuzatuv kengashi, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi va jamiyatning taftish komissiyasi majlislarining bayonnomalari;
— jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) va auditorlik tashkilotining xulosalari;
—qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
12.2. Yuqorida aytib oʻtilgan hujjatlar ijro etuvchi organ joylashgan joyda saqlanadi.
12.3. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, jamiyat mazkur ustavning 10.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
12.4. Jamiyat har qanday ishtirokchining talabi bilan unga axborot, shuningdek, taʼsis hujjatlarini unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan taqdim qilishi yoki nusxa berishi shart.
XIII. HISOB VA HISOBOT
13.1. Jamiyat oʻz faoliyatini mustaqil rejalashtiradi hamda oʻz mahsuloti va xizmatlariga narxlarni bozor konyukturasidan kelib chiqib belgilaydi.
13.2. Jamiyat mustaqil ravishda buxgalteriya hisobini, statistika va moliyaviy hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
13.3. Jamiyat mustaqil ravishda jamiyatning tashkiliy tuzilmasini, shtat jadvalini va mehnatga haq toʻlashni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq hal qiladi.
13.4. Jamiyat faoliyatiga oid hisobotlarni qonunda belgilangan tartibda davlat organlariga taqdim qiladi.
XIV. DAROMADNI TAQSIMLASH VA ZIYONLARNI QOPLASH
14.1. Jamiyat ustav fondining Jamiyat ustav fondining zaxira miqdori foizi miqdorida zaxira fondi shakllantiradi. Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va qonunda nazarda tutilgan hollarda Jamiyatning ustav fondidagi ulushni (ulushning qismini) sotib olish uchun moʻljallangan.
XV. JAMIYATNING BOSHQARUV ORGANLARI
15.1. Jamiyatning boshqaruv organlari boʻlib quyidagilar belgilanadi:
—ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi — oliy boshqaruv organi;
—direktor jamiyatning ijro etuvchi organi.
15.2. Jamiyatda kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi belgilangan tartibda tashkil etilishi mumkin.
XVI. ISHTIROKCHILARNING UMUMIY YIGʻILISHI
16.1. Jamiyatning oliy boshqaruv organi boʻlib jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi hisoblanadi.
16.2. Jamiyatning har bir ishtirokchisi jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida jamiyatning ustav fondidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
16.3. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
a) jamiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, tijorat tashkilotlarining boshqa birlashmalarida ishtirok etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
b) jamiyat ustav fondining miqdorini oʻzgartirish;
v) taʼsis hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;
g) jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
d) jamiyatning taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
ye) agar jamiyatning ustavida kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilgan boʻlsa, uni saylash va uning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;
j) yillik hisobotlarni va yillik buxgalteriya balanslarini tasdiqlash;
z) jamiyatning sof foydasini jamiyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
i) jamiyat organlarining faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlash (qabul qilish);
k) auditorlik tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, auditorlik tashkilotlari hamda ularning xizmatlariga toʻlanadigan haqning eng koʻp miqdorini aniqlash;
l) boshqa yuridik shaxslarni, vakolatxonalar va filiallarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
m) jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
n) tugatuvchini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining a), b), v), z) va m) kichik bandlarida koʻrsatilgan masalalar yuzasidan qarorlari jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi.
Jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishining qolgan qarorlari jamiyat ishtirokchilari umumiy ovozlar sonining koʻpchilik ovozlari bilan qabul qilinadi.
XVII. IJRO ETUVCHI ORGAN
17.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi boʻlib jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi direktor hisoblanadi.
17.2. Jamiyatning direktori ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan saylanadi.
17.3. Jamiyat va jamiyatning direktori oʻrtasidagi shartnoma, jamiyat nomidan, direktor tayinlangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishida raislik qiluvchi yoki jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.
17.4. Direktor lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasini direktorni saylash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi raisi imzolaydi.
17.5. Direktor ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori bilan lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
17.6. Jamiyatning direktori:
jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi va bitimlar tuzadi;
jamiyat nomidan vakillik qilish huquqi uchun ishonchnomalar beradi;
jamiyat xodimlari bilan mehnat shartnomalari tuzadi va ularni bekor qiladi, xodimlarga nisbatan ragʻbatlantirish choralarini va intizomiy jazolarni qoʻllaydi;
jamiyatning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
qonun hujjatlari va jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi va jamiyatning kuzatuv kengashi vakolatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17.7. Direktor ishtirokchilar umumiy yigʻilishiga hisobot beradi va uning oldida jamiyat faoliyatining amalga oshirilishi hamda unga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarning bajarilishi uchun javobgardir.
17.8. Direktor jamiyat mol-mulkini tasarruf etishi va ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha yirik bitimlar tuzishi mumkin.
XVIII. JAMIYAT FAOLIYATI YUZASIDAN NAZORAT
18.1. Jamiyatda alohida nazorat qiluvchi organning tuzilishi koʻzda tutilmagan.
18.2. Jamiyatning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ustidan nazorat ishtirokchilar yoxud mustaqil auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
XIX. XODIMLAR
19.1. Jamiyat maʼmuriyati xodimlar bilan jamoa shartnomasini imzolaydi. Ushbu shartnomaning mazmuni, shu jumladan “Xodimlarning ijtimoiy taʼminoti va ularni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisidagi nizom” Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, mazkur ustav, shuningdek, jamiyat faoliyatining xususiyatlari bilan belgilanadi.
XX. JAMIYATNING TIJORAT SIRI
20.1. Jamiyatning tijorat siri — uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli tijorat qimmatiga ega boʻlgan, qonuniy asosda erkin foydalanilmaydigan axborot boʻlib, ushbu axborot jamiyat tomonidan uning maxfiyligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi.
20.2. Tijorat sirining muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida xodim:
ish beruvchi tomonidan oʻrnatilgan tijorat siri rejimiga rioya etishi;
ish beruvchining roziligisiz tijorat sirini oshkor etmasligi va undan shaxsiy maqsadlarda foydalanmasligi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda oʻz foydalanishida boʻlgan, tijorat siri aks etgan moddiy jismlarni ish beruvchiga topshirishi yoki uni mazkur jismlardan ish beruvchining nazorati ostida yoʻq qilib yoxud oʻchirib tashlashi shart.
XXI. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
21.1. Jamiyatni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 - 55-moddalarida va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 49 - 55-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
21.2. Jamiyatni qayta tashkil etish ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
21.3. Jamiyat belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda ishtirokchilarning Umumiy yigʻilishi qarori boʻyicha tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
21.4. Jamiyatning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng jamiyatni tugatish tamomlangan, jamiyatning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
XXII. NIZOLARNI HAL QILISH
22.1. Taʼsis shartnomasi va ustav boʻyicha kelib chiqadigan barcha nizo va kelishmovchiliklar ishtirokchilarning oʻzaro kelishuvi yoʻli bilan amaldagi qonun hujjatlari, taʼsis shartnomasi va ustavga asosan hal qilinadi.
22.2. Nizo va kelishmovchiliklarni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda ular sud orqali, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
XXIII. YAKUNIY QOIDALAR
23.1. Mazkur Ustav jamiyat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
23.2. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Ustavga muvofiq tartibga solinadi.
ISHTIROKCHILAR:
Jamiyatning birinchi ishtirokchisining F.I.O. ______________ Imzo
Jamiyatning ikkinchi ishtirokchisi F.I.O. ______________ Imzo