Alimentni pul mablagʻlari shaklida toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv
Oʻzbekiston Respublikasi Kelishuv tuzilgan notarial idora nomi
Kelishuv tuzilgan sana
Kelishuvni tasdiqlagan notarial idora manzilida joylashgan Kelishuvni tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Kelishuvni tasdiqlagan notariusning F.I.O ishtirokida,
Biz – Aliment to‘lovchining manzilida yashovchi – Aliment to‘lovchining F.I.O (pasport Aliment to‘lovchining pasport seriyasi va raqami,Aliment to‘lovchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Aliment toʻlovchiga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda ALIMENT TOʻLOVCHI deb yuritiluvchi bir tomondan va Aliment oluvchining manzilida yashovchi – Aliment oluvchining F.I.Oga (pasport Aliment oluvchining pasport seriyasi va raqami,Aliment oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Aliment oluvchiga pasport berilgan sana yilda berilgan), bundan buyon matnda aliment oluvchi deb yuritiluvchi ikkinchi tomondan voyaga yetmagan bolalarimiz – Aliment to‘lanishi lozim bo‘lgan birinchi bolaning tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Aliment to‘lanishi lozim bo‘lgan birinchi bolaning F.I.O hamda Aliment to‘lanishi lozim bo‘lgan ikkinchi bolaning tug‘ilgan sanasi yilda tugʻilgan Aliment to‘lanishi lozim bo‘lgan ikkinchi bolaning F.I.Oning taʼminoti uchun aliment toʻlash usullari va tartibini oʻzaro kelishgan holda ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdik:
1. Biz – ALIMENT TOʻLOVCHI va ALIMENT OLUVCHI voyaga yetmagan bolalarimizga mazkur kelishuvga binoan toʻlanadigan aliment miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin boʻlgan miqdordan kam boʻlmasligini eʼtiborga olib, bolalarimiz taʼminoti uchun ular voyaga yetgan kunigacha ALIMENT TOʻLOVCHI tomonidan toʻlanadigan aliment miqdorini bir yoʻla pul mablagʻi shaklida toʻlanadigan qatʼiy summada, yaʼni Taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy summada undirilishi belgilangan aliment summasi soʻm qilib belgiladik.
2. Ushbu pulni men – ALIMENT TOʻLOVCHI mazkur kelishuvni imzolash paytida ALIMENT OLUVCHIga topshirdim, men – ALIMENT OLUVCHI shu pul mablagʻini toʻliq miqdorda qabul qilib oldim.
3. Mazkur kelishuv taraflarning oʻzaro roziligi bilan istalgan vaqtda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv qanday shaklda tuzilgan boʻlsa uni oʻzgartirish yoki bekor qilish shunday shaklda amalga oshiriladi.
4. Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvning bajarilishini bir taraflama rad qilishga yoki uning shartlarini bir taraflama oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
5. Taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolida jiddiy oʻzgarishlar yuz berganda hamda aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida ular oʻzaro kelisha olmaganda, manfaatdor taraf kelishuvni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqli.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99, 130-134, 143, 144 va 147-moddalarining mazmuni biz – taraflarga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.
7. Mazkur kelishuvni rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni ALIMENT TOʻLOVCHI toʻladi.
8. Biz – taraflar kelishuv matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni, mohiyati, huquqiy oqibatlari bizga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli, uning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi.
9. Mazkur kelishuv taraflar tomonidan toʻrt nusxada tuzilib, imzolandi, ulardan bir nusxasi Kelishuvni tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Kelishuvni tasdiqlagan notariusning F.I.O da saqlanadi, qolgan nusxalari taraflarga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi.
Imzolar:
1. Aliment to‘lovchining F.I.O __________(imzo)
2. Aliment oluvchining F.I.O __________(imzo)
Notariusning tasdiqlov yozuvi.