Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, yetkazib berish hamda
ularni kreditlashtirish toʻgʻrisida uch tomonlama
SHARTNOMA
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana |
Mahsulot ishlab chiqaruvchi Fermer xo‘jaligi nomi, tashkiliy huquqiy shakli fermer xoʻjaligi nomidan Fermer xo‘jaligi vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Fermer xo‘jaligi nomidan faoliyat olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si bir tarafdan (bundan buyon – “Fermer”), “Klaster” taraf to‘g‘risida maʼlumotlar nomidan Klaster nomidan shartnoma tuzish bo‘yicha vakilga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida harakat qiluvchi Klaster nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tarafdan (bundan buyon – “Klaster”) hamda Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli banki nomidan Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli asosida harakat qiluvchi Bankning nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si uchinchi tarafdan (bundan buyon – “Bank”), shartnoma matnida birgalikda nazarda tutilganda–“taraflar” quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar.
I. Shartnoma predmeti
1.1. Mazkur shartnoma boʻyicha “Fermer” “Klasterga” Fermer klasterga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini topshirishi belgilangan yil yil biznes-rejasi boʻyicha Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mo‘ljallangan yer maydoni o‘lchami (gektar) gektar yer maydonida Yetishtirilishi mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotining nomi (navi) navli, Yetishtirilishi mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi mahsulotining og‘irligi (tonna) tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirib berish, “Klaster” esa ularni qabul qilib olish va qiymatini toʻlash, “Bank” “Klaster” orqali qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun hosilning Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun kreditlanadigan miqdor (foizda) foizigacha boʻlgan qiymatini soʻmda kreditlash, “Klaster” esa berilgan kredit mablagʻini mazkur shartnomada belgilangan shartlarda qaytarish (toʻlash) majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
1.2. Mahsulotning urugʻlik (koʻchat), mineral oʻgʻit (kaliy, fosfor, azot), yonilgʻi-moylash materiallari, kimyoviy vositalar hamda idish va oʻrash-joylash uchun kerakli materiallar (yashik, qoplar va boshqalar) tomonlarning kelishuvi asosida “Fermer”ga “Klaster” tomonidan yetkazib beriladi.
1.3. Mahsulotlarni yetishtirish muddati, urugʻlik (koʻchat)larning navi, turlari, miqdori, sifati va narxi shartnomaga ilova sifatida taraflar tomonidan kelishilib, tasdiqlanadi.
II. Kreditlash tartibi
2.1. Joriy qishloq xoʻjaligi yili hosilini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Bankning nomi va tashkiliy huquqiy shakli bank muassasasi tomonidan Fermer xo‘jaligi nomi, tashkiliy huquqiy shakli fermer xoʻjaligiga jami Fermer xo‘jaligiga ajratilayotgan kredit mablag‘i miqdori (so‘mda) soʻm kredit mablagʻlarini ajratiladi.
2.2. Kreditdan foydalanganlik uchun “Klaster” “Bank”ga yillik Kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadaigan foiz stavkasi (foizda) foiz stavkada foiz toʻlaydi. Ushbu shartnomada belgilangan muddatda qoplanmagan qismi uchun foizlar, asosiy foiz stavkasiga Markaziy bank asosiy stavkasining Markaziy Bankning asosiy foiz stavkasi foizi qoʻshilgan miqdorida hisoblanadi.
2.3. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilgan kredit mablagʻlari Kreditdan foydalanganlik uchun to‘lanadaigan foiz stavkasi (foizda) ga qadar (foizi bilan) toʻliq qaytarilishi shart.
2.4. Kredit mablagʻi “Klaster” tomonidan berilgan buyurtmanoma asosida “Fermer”ga bosqichma-bosqich agrotexnika tadbirlarini hisobga olib:
Ibosqichda Ajratilgan kredit mablag‘larini qaytarish lozim bo‘lgan so‘ngi sana sanasida Kredit mablag‘ining I bosqichi umumiy kredit summasining necha foizini tashkil etadi %;
II bosqichda Kredit mablag‘ining II bosqichi ajratilishi lozim bo‘lgan sana sanasida Kredit mablag‘ining II bosqichi umumiy kredit summasining necha foizini tashkil etadi %;
III bosqichda Kredit mablag‘ining III bosqichi ajratilishi lozim bo‘lgan sana sanasida Kredit mablag‘ining III bosqichi umumiy kredit summasining necha foizini tashkil etadi;
IV bosqichda Kredit mablag‘ining IV bosqichi ajratilishi lozim bo‘lgan sana sanasida Kredit mablag‘ining IV bosqichi umumiy kredit summasining necha foizini tashkil etadi % ajratiladi.
2.5. Kreditlar qatʼiy quyidagi maqsadlarda beriladi:
–mineral oʻgʻitlar hamda oʻsimliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish;
–yoqilgʻi-moylash mahsulotlarini xarid qilish;
–urugʻlik (koʻchat) toʻlovlariga;
–mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan koʻrsatilgan mexanizatsiya xizmati toʻlovlariga;
–moliyaviy ijaraga berilgan texnika vositalari toʻlovlariga (lizing);
–suv isteʼmolchilari uyushmasi xizmati toʻlovlariga.
Kredit mablagʻlari hisobidan boshqa agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirish faqat “Fermer”ning roziligi bilan amalga oshiriladi.
2.6. Kredit taʼminoti sifatida kredit qaytmasligi xavfining sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisida sugʻurta polisi, kafillik va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa taʼminot turlari berilishi mumkin.
2.7. “Bank” “Klaster”ga kredit ajratilgan kundan boshlab har oyda foizlarni hisoblab boradi va kredit hamda unga hisoblangan foizlari toʻliq qaytarilgunga qadar foizlar hisoblanadi.
2.8. “Klaster” tomonidan kredit mablagʻi muddatida qaytarilmaganda shartnoma boʻyicha qarzni qaytarish muddati tugaganidan soʻng yoki sud tomonidan kredit shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganida (sudning qarori qonuniy kuchga kirganidan soʻng) “Klaster” qaytarilmagan kredit mablagʻi foiz stavkasiga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining Klaster tomonidan o‘z vaqtida qaytarilmagan kredit mablag‘lari uchun markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha ravishda to‘lanadigan foiz miqdori foizi qoʻshilgan miqdori foiz toʻlaydi.
2.9. “Klaster” imtiyozli kredit qarziga oid maʼlumotlarning kredit tarixini oʻrganish boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga taqdim qilinishiga rozilik beradi.
III. Taraflarning huquqlari va majburiyatlari
3.1. “Fermer”ning huquqlari:
– ushbu shartnomaning 2-3-ilovalariga muvofiq urugʻlik (koʻchat) materiallari hamda idish va oʻrab-joylash materiallari bilan taʼminlashni “Klaster”dan talab qilish;
– mahsulotni topshirish, sifatini aniqlashda qatnashish;
– mahsulotni tashish boʻyicha transport xarajatlarini qoplashni “Klaster”dan talab qilish;
– yetkazib berilgan mahsulot uchun tegishli toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirishni talab qilish;
– “Klaster”dan mahsulotlar qiymatining Fermer xo‘jaligi klasterdan yetkazib beriladigan mahsulotning necha foizi miqdorida bo‘nak puli oladi (foizda) foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak (avans) mablagʻlari hisobiga mahsulotlarni yetishtirish uchun sarflanadigan materiallarni yetkazib berishni yoki pul mablagʻlarini toʻlab berishni talab qilish;
– “Klaster” tomonidan urugʻlik (koʻchat) materiallari, moddiy resurslar oʻz vaqtida yetkazib berilmaganda, shuningdek boʻnak toʻlovlari, yakuniy hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda yetkazilgan zararlarni qoplashni undan talab qilish;
– “Klaster”dan amaldagi davlat standartlari va shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish.
– “Fermer” amaldagi qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Bankning yuridik manzili o‘zgarganda bu haqida klasterga necha kun ichida xabar berishi lozim
3.2. “Fermer”ning majburiyatlari:
– mazkur shartnomaning 2-3-ilovalariga muvofiq urugʻlik (koʻchat) materiallari hamda idish va oʻrab-joylash materiallarini “Klaster”dan qabul qilib olish;
– mahsulotlarni yetishtirish boʻyicha agrotexnika va agrokimyo tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash;
– mahsulot yetishtirishning ahvoli yuzasidan “Klaster” tomonidan oʻtkaziladigan monitoringlarda qatnashish;
– shartnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan mahsulotlarni “Klaster” bilan kelishilgan manzilga topshirish-qabul qilish jadvaliga asosan belgilangan muddatlarda yetkazib berish;
– topshirilayotgan mahsulotning sifati, navi, standartlarda koʻrsatilgan texnik shartlarga va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini taʼminlash;
– “Klaster”dan olgan urugʻlik (koʻchat) materiallari, moddiy resurslar va boʻnak mablagʻlari hamda idish va oʻrab-joylash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanish;
– ushbu shartnomaning 1-ilovasida koʻrsatilgan mahsulotlarni fors-major holatlariga koʻra yetkazib bera olmasa, “Klaster”ga mazkur sabablarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish;
– mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, “Klaster” tomonidan yetkazib berilgan moddiy resurslar va boʻnak mablagʻlari boʻyicha qarzdorlikni qoplash;
– shartnomaning ilovalaridagi hujjatlarni toʻgʻri rasmiylashtirish va mahsulotlarni topshirishda qoʻyiladigan talablarga (idishga joylash, qadoqlash va boshqalarga) rioya etish;
– “Klaster”ning talabidan kelib chiqib, mahsulot yetishtirish jarayonidagi xatarlardan himoyalanish uchun yetishtiriladigan hosilni sugʻurta qilish;
Fermer xo‘jaligining boshqa majburiyatlari
– “Fermer” amaldagi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
3.3. “Klaster”ning huquqlari:
– “Fermer”ning yer maydonlarida qishloq xoʻjalik ekinlarini, intensiv bogʻ va tokzorlarni joylashtirish, toʻliq ekilishini monitoring qilish va agrotexnika va agrokimyo tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berish;
– xarid qiladigan mahsulotning muayyan turlarini sifati, navi, standartlarda koʻrsatilgan texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan talablarga mos kelishini “Fermer”dan talab qilish;
– “Fermer”dan ushbu shartnoma ilovasida koʻrsatilgan mahsulotlarni oʻz vaqtida qabul qilish joyiga topshirishni talab qilish;
– shartnomaga muvofiq mahsulot yetishtirish uchun berilgan boʻnak (avans)ni yoki boʻnak hisobidan yetkazib berilgan urugʻlik (koʻchat) va boshqa moddiy resurslar haqini topshirilgan mahsulot qiymati hisobidan qoplanishini “Fermer”dan talab qilish;
– “Fermer”ning ekin maydonlariga ekilgan qishloq xoʻjalik ekinlari va bogʻ va tokzorlar hosilini sugʻurta qilinishini “fermer”ga tavsiya qilish;
– “Fermer” tomonidan boʻnak (avans) mablagʻlari, urugʻlik (koʻchat) hamda idish va oʻrab-joylash materiallaridan maqsadli foydalanilishi, shartnomaga muvofiq belgilangan tur va navdagi mahsulotlarning yetishtirilishi holati yuzasidan monitoring yuritish;
–“Bank”dan kreditlash tartibiga oid barcha axborotlarni olish;
–olingan imtiyozli kredit va unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish.
Klasterning boshqa huquqlari
3.4. “Klaster”ning majburiyatlari:
– “Fermer” tomonidan yetkazib beriladigan mahsulotlarni ushbu shartnomanig 1-ilovasida belgilangan turlari boʻyicha uzluksiz qabul qilib olinishini taʼminlash;
– “Fermer”ga urugʻlik (koʻchat) mahsulotlarini mazkur shartnomaning 2-ilovasida belgilangan tur, nav va miqdorlarda “Fermer”ning buyurtmanomasiga asosan “3” kun muddat ichida yetkazib berish;
– “Fermer”ga yetkazib berilgan urugʻlik (koʻchat) materiallari qiymatini hisobga olgan holda mahsulot yetishtirishga talab etiladigan pul mablagʻlari, mineral oʻgʻitlar, yonilgʻi moylash materiallari va boshqa resurslar koʻrinishida xarid qiladigan mahsulotlar qiymatining Fermer xo‘jaligi klasterdan yetkazib beriladigan mahsulotning necha foizi miqdorida bo‘nak puli oladi (foizda) foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak (avans) mablagʻlarini toʻlab berish;
– “Fermer”ni ushbu shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash;
– “Fermer” tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlarning vazni va sifatini toʻgʻri aniqlagan holda qabul qilish hamda ushbu shartnomada belgilangan muddatda va tartibda qabul qilingan mahsulotlar uchun yakuniy toʻlovlarni amalga oshirish;
– mahsulotlarni “Klaster”ga yetkazib berish uchun “Fermer”ning transport vositasida tashilganda “Fermer”ga transport xaqini haqiqiy vazn boʻyicha toʻliq masofa uchun toʻlash;
– mahsulotning yigʻim-terimi boshlangunga qadar “Fermer”ni zarur miqdordagi yigʻim-terim va mahsulotni manziliga yetkazish uchun lozim boʻlgan 3-ilovada koʻrsatilgan idish va oʻrash-joylash uchun kerakli materiallar bilan oʻz hisobidan taʼminlash;
– shartnoma tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimidan roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Fermer”ga roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berish.
–kredit ajratilishi uchun zarur hujjatlarni taqdim qilish;
– “Bank”ning talabi bilan olingan urugʻlik boʻyicha mavjud qarzdorlik toʻgʻrisida tayyorlov korxonasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumot (maʼlumotnoma va taqqoslash dalolatnomasi)ni taqdim etish;
– imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish, mahsulot yetishtirish agrotexnika tadbirlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish;
– ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, ekin maydonlarini begona oʻtlar bosishi va boshqalar natijasida kutiladigan hosil olishning imkoni yoʻqligi hamda kutilayotgan hosil toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Bank”ga bosqichma-bosqich taqdim etish;
–“Bank”ga kredit mablagʻini maqsadli sarflanganligi boʻyicha hujjatlar, jumladan yetkazib berilgan va sarflangan yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy himoya vositalari hamda boshqa resurslar va xizmatlar oʻz vaqtida, toʻliq hajmda yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjatlarini bosqichma-bosqich taqdim qilish;
– kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni belgilangan muddatlarda soʻndirish;
–hisobvaragʻida mablagʻlar boʻlmasa yoki yetarli boʻlmasa kredit boʻyicha toʻlovlar va unga hisoblangan foizlardan qarzdorlikni qoplash uchun oʻzining likvidli mol-mulklarini qarzdorlik doirasida “Bank”ga topshirish;
–tashkiliy-huquqiy shaklidagi oʻzgarishlar (yer ijara shartnomasi bekor qilinishi, boʻlinish, qoʻshilish va h.k.), nazorat organlarining tekshiruvi natijasida qoʻllanilgan sanksiyalar va boshqa choralar toʻgʻrisida “Bank”ga zudlik bilan xabar berish;
–Kredit taʼminotini rasmiylashtirish uchun mablagʻlar shu jumladan kredit qaytmaslik xatarini sugʻurtalash shartnomasi (tadbirkorlik xavfi) boʻyicha oʻtkazib beriladigan sugʻurta mukofotini toʻlash;
Klasterning boshqa majburiyatlari
– “Klaster” shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
3.5. “Bank”ning huquqlari:
–“Klaster” tomonidan kredit mablagʻini olish uchun zarur hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan hollarda imtiyozli kredit ajratishni rad etish;
– “Klaster”ga ajratilgan imtiyozli kreditlar qaytarilishi boʻyicha tadbirkorlik xavfini (tavakkalchiligini) sugʻurtalash uchun sugʻurta tashkilotiga sugʻurta mukofotini oʻtkazib berish;
–ajratiladigan imtiyozli kreditning eng koʻp miqdorini aniqlash maqsadida “Klaster”dan olingan urugʻlik qiymati boʻyicha mavjud qarzdorlik toʻgʻrisida tayyorlov korxonasi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotlar (maʼlumotnoma va taqqoslash dalolatnomasi)ni talab qilib olish;
–“Klaster” tomonidan imtiyozli kredit mablagʻlarini mazkur shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlar boʻyicha maqsadli ishlatilishini doimiy monitoring qilib borish;
–monitoring Ishchi guruhining ekinlar (toʻliq yoki qisman) mavjud boʻlmagan yoki ular ahvolining qoniqarsizligi, jumladan agrotexnik tadbirlarning kechikishi, ekin maydonlarini begona oʻtlar bosishi va boshqalar natijasida kutiladigan hosil olishning imkoni yoʻqligi aniqlanganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnomasiga asosan kreditlashni toʻxtatish va kreditlar hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin soʻndirish choralarini koʻrish;
–“Klaster”ning hisobvaraqlariga boshoqli don hosilini sotishdan mablagʻlar kelib tushganda va/yoki kreditni qaytarish muddati kelganda hamda “Klaster”ning mablagʻlari yetarli boʻlmaganda mazkur mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda memorial order bilan imtiyozli kreditlar va unga hisoblangan foizlarni undirish;
–“Bank” qoʻyidagi holatlarda ushbu shartnomani kreditlash qismini muddatidan oldin bekor qilish yoki kredit qarzini muddatidan oldin qaytarish choralarini koʻrish huquqiga ega:
kredit qarzdorligi (asosiy qarz va foizlar) toʻlov grafigida belgilangan sanadan boshlab Klaster asosiy qarz va foizlarni qancha muddat to‘lamaganda bank shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va qarzni muddatidan oldin qaytarishni talab qilish huquqiga ega oydan ortiq muddat davomida “Klaster” tomonidan toʻlanmaganda;
kredit mablagʻlari maqsadsiz sarflanganda;
biznes reja koʻrsatkichlari kredit mablagʻi ajratilgandan keyin uch oy davomida “Klaster” tomonidan bajarilmaganda;
“Klaster” yuridik shaxsga nisbatan ixtiyoriy va (yoki) majburiy tartibda tugatish ishlari boshlanganda;
kredit taʼminoti ushbu shartnomada belgilangan tartibda rasmiylashtirilmaganda;
garov mulki “Klaster” va (yoki) garovga qoʻyuvchi tomonidan yaroqsiz holga keltirilganda, talon-taroj qilinganda;
qarzdorga qoʻyilgan talablar ajratilgan kredit qoldigʻining Qarzdorga qo‘yilgan talablar ajratilgan kredit qoldig‘ining necha foizidan ortiqni tashkil etganda bank shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va qarzni muddatidan oldin qaytarishni talab qilish huquqiga ega foizidan ortigʻini tashkil etganda;
“Klaster” boshqa banklardan kredit olgan hollarda va (yoki) asosiy hisobragʻini boshqa bankka koʻchirib oʻtganda;
“Klaster”ning moliyaviy ahvoli yomonlashib uning pul mablagʻlarining oqimi (tushumi) kredit majburiyatlarni qoplash uchun yetarli boʻlmay qolganda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, yigʻilish bayonlarida kredit qarzini muddatidan oldin undirish yoki undiruvni mol-mulklariga qaratish belgilanganda;
“Klaster”ning ustav kapitali kamaytirilgan (pasaytirilgan)da;
kredit olish uchun taqdim qilingan hujjatlar qalbakilashtirilgan, kredit oluvchi va kafil oʻzining moliyaviy holati toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilganda;
“Klaster” tomonidan kredit qaytmaslik xatarini mazmunan muloxaza qilishga taʼsir qiluvchi shart-sharoitlar haqida yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilingan hamda “Bank” ularga asoslanib shartnoma tuzgan boʻlsa;
“Klaster” tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq debitor qarzdorliklarini undirish yuzasidan zarur choralar koʻrilmaganda;
“Klaster” shartnomada koʻrsatilgan manzilda mavjud boʻlmaganda.
–“Klaster”dan koʻrsatilgan bank xizmatlari uchun amaldagi tariflar boʻyicha haq undirish;
Bankning boshqa huquqlari
3.6. “Bank”ning majburiyatlari:
–“Bank” ushbu shartnoma imzolangan kunning ertasidan kechiktirmay “Klaster”ga ssuda hisob raqamini ochadi va agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqib kredit mablagʻini ajratadi;
–“Klaster”ning oʻrnatilgan tartibda bankka taqdim qilgan toʻlov topshiriqnomalariga asosan mazkur shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun bank hisobvaragʻidan mablagʻlarni oʻtkazib beradi;
–yuridik manzili oʻzgargan taqdirda, yangi yuridik manzili toʻgʻrisida Bankning yuridik manzili o‘zgarganda bu haqida klasterga necha kun ichida xabar berishi lozim bank ish kuni ichida “Klaster”ga xabar berish.
Bankning boshqa majburiyatlari
–“Bank” qonunchilik hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
IV. Shartnomaning bajarilishi
4.1. Shartnoma shartlariga muvofiq taraflar oʻz majburiyatlarini amaldagi qonunchilik xujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarishi shart.
Agar taraflar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlarni bajarilishini taʼminlamasa, shartnoma bajarilmagan deb hisoblanadi.
4.2. Ushbu shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni qabul qilish boʻyicha yakuniy hujjatlar tuzilgan sana “Fermer” tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Mazkur shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni yetishtirishni moliyalashtirish uchun Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq hoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kredit mablagʻlari ajratilgan sana “Bank” tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Yakuniy hisob-kitoblarning toʻlov hujjatidagi bank muassasasi shtampida koʻrsatilgan sana mahsulotga haq toʻlash boʻyicha “Klaster” tomonidan majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
4.3. Mahsulot “Klaster”ning Klasterning mahsulotlarni qabul qilib olishga mo‘ljallangan tayyorlov maskanining manzili manzildagi tayyorlov maskaniga “Klaster”ning transport vositasida yetkazib beriladi.
4.4. Mahsulotni qabul qilib olish (topshirish) va ularning sifatini aniqlash har bir mahsulot turi boʻyicha alohida belgilangan davlat standartlari va meʼyorlar asosida amalga oshiriladi.
Sifati tegishli darajada boʻlmagan mahsulot yetkazib berilganda “Klaster” ushbu mahsulotni qabul qilishni rad etishga, sifati tegishli darajada boʻlgan mahsulot yetkazib berilishini talab qilishga yohud xarid narxini tegishli tarzda kamaytirgan holda mahsulotni qabul qilishga haqli boʻladi.
4.5. “Klaster” shartnomaga va topshirish-qabul qilishning kelishilgan jadvalga muvofiq unga yetkazib berilgan mahsulotni qabul qilishni rad etsa yoki shartnomada kelishilgan muddatda qabul qilmasa, rad etish holati toʻgʻrisida “Fermer”ni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
“Klaster” ushbu yozma maʼlumotni berishdan bosh tortgan holda “Fermer” tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi vakili ishtirokida rad etish (shartnomada kelishilgan muddatda qabul qilinmaslik) holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Bunda, “Fermer” qabul qilinishi rad etilgan mahsulotni ixtiyoriga koʻra boshqa shaxslarga sotishi mumkin boʻlib, “Klaster”ni mahsulotni qabul qilishni rad etganligi natijasida “Fermer”ga yetkazgan zararni hamda neustoykalarni toʻlashdan ozod etmaydi.
4.6. Urugʻlik (koʻchat) materiallari hamda idish va oʻrab-joylash materiallarini yetkazib berish ushbu shartnomaning 2.4-bandida koʻrsatilgan muddatlarda va ilovada koʻrsatilgan tur, nav va miqdorlarda yoki shartnoma asosida berilgan buyurtmanomada koʻrsatilgan muddatlar va miqdorlarda, mazkur shartnomada koʻrsatilgan davr mobaynida amalga oshiriladi.
Buyurtmanoma urugʻlik (koʻchat) hamda idish va oʻrab-joylash materiallari tegishli turkumlarni yetkazib berishning moʻljallanayotgan sanasidan kamida 5 kun oldin taraflar uchun maqbul boʻlgan aloqa vositalari (chopar, pochta, elektron pochta) orqali yetkazib beriladi.
Taraflarning rasmiy bogʻlanishi uchun aloqa vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot:
Bank |
Klaster |
Fermer |
pochta: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun bankning pochta manzili |
pochta: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun klasterning pochta manzili |
pochta: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun fermer xo‘jaligining pochta manzili |
|
|
|
elektron manzil: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun bankning elektor manzili |
elektron manzil: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun klasterning elektor manzili |
elektron manzil: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun fermer xo‘jaligining elektor manzili |
|
|
|
boshqa vosita: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun bankning boshqa aloqa vositasi |
boshqa vosita: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun klasterning boshqa aloqa vositasi |
boshqa vosita: Taraflar bilan rasmiy bog‘lanishi uchun fermer xo‘jaligining boshqa aloqa vositasi |
Buyurtmanomalarni qabul qilishda taraflar qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi belgi yozma ravishda yoki elektron tarzda qoʻyilgan boʻlishi shart.
“Fermer” ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud urugʻlik (koʻchat) hamda idish va oʻrab-joylash materiallarining tegishli turkumlarini yetkazib berish sanasini oʻzgartirishga haqlidir, bu haqda “Klaster”ni buyutmanomada koʻrsatilgan sana boshlanishidan kamida 3 kun oldin xabardor qilinadi.
V. “Klaster”ning “Fermer” bilan hisob-kitob qilish tartibi
5.1. Umumiy bahosi Fermer xo‘jaligi klasterga yetkazib beradigan mahsulotning umumiy bahosi (so‘mda) soʻm boʻlgan mahsulot uchun hisob kitoblar toʻliq pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5.2. “Fermer” urugʻlik (koʻchat) materiallarini boʻnak hisobiga oladi yoki “Klaster”dan yoxud “Klaster” bilan kelishgan holda boshqa mahsulotni urugʻchilik sotuvchi tashkilotlaridan sotib oladi. Ushbu shartnoma boʻyicha olinadigan urugʻlik (koʻchat) materiallari bahosi Shartnomaga asosan sotib olinishi lozim bo‘lgan urug‘lik (ko‘chat)ning umumiy bahosi (so‘mda)soʻmni tashkil etadi.
5.3. “Klaster” “Fermer”ga (boʻnak hisobiga yetkazib berilgan urugʻlik (koʻchat) materiallari va moddiy resurslar qiymatini hisobga olgan holda) xarid qilinadigan mahsulot bahosining kamida Klaster fermer xo‘jaligiga xarid qilinadigan mahsulotning necha foizi miqdorida bo‘nak puli beradi (foizda) foizi, miqdorida Klaster tomonidan bo‘nak puli (avans) berilishi lozim bo‘lgan muddat gacha boʻnak (avans) beradi.
5.4. “Klaster” mahsulotni toʻliq qabul qilib olgandan keyin shartnomada belgilangan narxlar boʻyicha “Fermer”ga 60 kun ichida uning haqini toʻliq toʻlaydi.
5.5. Mahsulot “Fermer”ning transportida yetkazib berilsa, “Klaster” “Fermer”ga mahsulotni tashish xarajatlarini haqiqiy vazni boʻyicha qoplaydi.
5.6. Mahsulotni qabul qilish punktiga joʻnatish mahsulotni transportga yuklash “Fermer”ning kuchi va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi, qabul qilish punktida mahsulotni tushirish “Fermer”ga joʻnatish uchun idishni boʻshatish va transportga yuklash “Klaster”ning hisobidan amalga oshiriladi.
VI. Taraflarning javobgarligi
6.1. Mahsulotni mazkur shartnomada belgilangan assortimentda va turlar boʻyicha, muddatlarda qabul qilinishi rad etilishining har bir holati uchun “Klaster” “Fermer”ga amalda shakllangan oʻrtacha narxlardan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining Klaster o‘z vaqtida qabul qilinmagan mahsulot uchun qabul qilinmagan mahsulot qiymatining necha foizi miqdorida jarima to‘laydi (foizda) foizi miqdorida hamda tez buziluvchi mahsulotlarning esa Klaster o‘z vaqtida qabul qilinmagan tez buziluvchi mahsulot uchun qabul qilinmagan mahsulot qiymatining necha foizi miqdorida jarima to‘laydi (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Bundan tashqari, “Klaster” mahsulotni qabul qilish rad etilganligi natijasida “Fermer” tomonidan koʻrilgan, jarima bilan qoplanmagan zararlarni ham qoplaydi.
6.2. Shartnomada belgilangan miqdorda va assortimentda, turlar boʻyicha belgilangan muddatlarda mahsulot topshirishdan asossiz bosh tortganligi uchun “Fermer” “Klaster”ga amalda shakllangan oʻrtacha narxlardan kelib chiqib topshirilmagan mahsulot qiymatining Fermer xo‘jaligi sharnomada belgilangan mahsulotni topshirilmaganligi uchun topshirilmagan mahsulotning necha foizi miqdorida jarima to‘laydi (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi hamda yetkazilgan zararni jarima bilan qoplanmagan qismini ham qoplaydi.
6.3. Shartnomaga muvofiq belgilangan muddatlarda boʻnak (avans) toʻlovlarini, topshirilgan mahsulot uchun tegishli haqlarni toʻlashdan asossiz bosh tortganda “Klaster” “Fermer”ga toʻlanmagan summani hamda oʻzi toʻlashdan bosh tortgan summaning Klaster bo‘nak pullarini yoki mahsulot haqini to‘lamaganligi uchun to‘lanmagan summaning necha foizi miqdorida jarima to‘laydi (foizda) foizi miqdoridagi jarimani toʻlaydi.
Jarimadan tashqari, “Klaster” “Fermer”ga kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan summaning 0.4 foizi miqdorida, lekin toʻlanmagan summaning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
6.4. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima toʻlaydi.
6.5. “Fermer”ni mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda standart va texnik shartlar talablariga javob beradigan urugʻlik (koʻchat) materiallari, idish va oʻrab-joylash materiallari bilan taʼminlanmaganligi uchun “Klaster” “Fermer”ga mahsulot yetkazib berish paytida amalda boʻlgan urugʻlik (koʻchat) materiallari, idish, oʻrab-joylash materiallari qiymatining ikki baravari miqdorida jarima toʻlaydi.
“Klaster” “Fermer”ni ushbu shartnomaning 6.5-bandida nazarda tutilgan materiallar bilan taʼminlamaganligi natijasida “Fermer”ga yetkazilgan zarar miqdori oʻz vaqtida “Klaster” tomonidan qoplab beriladi.
6.6. “Klaster” tomonidan mahsulot sifati, miqdori notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi hollari aniqlangan taqdirda “Klaster” mahsulot sifatini, shuningdek, ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qiladi hamda ushbu hisoblangan summadan tashqari “Fermer”ga notoʻgʻri hisoblangan summaning Klaster mahsulot sifatini, miqdorini noto‘g‘ri hisoblaganligi aniqlanganda, noto‘g‘ri hisoblangan summaning necha foizi miqdorida jarima to‘laydi (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
6.7. “Fermer” tomonidan sarflangan transport xarajatlarini toʻlamaganlik uchun “Klaster” “Fermer”ga toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0.4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
6.8. “Fermer” tomonidan mazkur shartnoma bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi uchun “Fermer”ni javobgarlikka tortishda “Fermer” tomonidan mazkur shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarmasligida (lozim darajada bajarilmasligida) aybdor boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning aybi bilan mazkur shartnomaning “Fermer” tomonidan bajarilmasligi (lozim darajada bajarilmasligi) natijasida yetkazilgan zarar belgilangan tartibda tashkilotlar tomonidan qoplanadi.
6.9. Toʻlov hujjatlariga asosan kredit summasi oʻz muddatida oʻtkazib berilmaganda, “Bank” “Klaster”ga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatning bajarilmagan qismiga 0.4 foiz miqdorida penya toʻlaydi. Biroq, bunda penyaning umumiy summasi oʻtkazib berilmagan summaning 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
6.10. Kredit va uning foizlari oʻz vaqtida qaytarilmaganda, “Klaster” “Bank”ga kechiktirilgan har bir kun uchun oʻz muddatida toʻlanmagan kredit va unga hisoblangan foizning 0.4 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Biroq, bunda penyaning umumiy summasi kechiktirilgan summaning 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
6.11. “Klaster” kredit mablagʻini maqsadsiz sarflagani uchun “Bank”ga maqsadsiz ishlatilgan kredit mablagʻining Klaster kredit mablag‘ini maqsadsiz sarflaganligi uchun bankka to‘lashi lozim bo‘lgan jarima miqdori (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
VII. Fors-major holatlar
7.1. Taraflardan biri shartnomani fors-major holatlar, yaʼni yengib boʻlmaydigan kuch (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl va boshqa tabiiy ofatlar) tufayli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.
7.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida taraflar zudlik bilan bir-birlarini hamda yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha tuman (shahar)lar hokimlari boshchiligidagi komissiyani yozma ravishda habardor qilishlari shart.
7.3. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya bunday holatlar oqibatida yoki “Klaster”ning aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Fermer”ni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishlari mumkin.
7.4. Agar “Fermer” tomonidan yetkazib beriladigan maxsulotning toʻliq qiymati sugʻurtalangan boʻlsa, yetkazilgan zarar sugʻurta tashkiloti tomonidan qoplab beriladi. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.
VIII. Nizolarni hal etish tartibi
8.1. Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.
Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflarning birining arizasiga asosan Kelib chiqqan nizolarni hal etish uchun murojaat qilinuvchi sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.
IX. Shartnomaning amal qilishi
9.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, hududiy vakolatli organdan roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirib, Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana gacha amalda boʻladi.
X. Yakuniy qoidalar
10.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga koʻra yoki taraflarning birini talabi asosida sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
10.2. Mazkur shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshirilib taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.
10.3. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga hamda roʻyxatga oluvchi organ uchun bir nusxadan (toʻrt nusxa) tuziladi.
10.4. “Klaster” mazkur shartnoma toʻgʻri tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishiga masʼul boʻlib, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda shartnomani aslini taraflarga yetkazilishi majburiyatini oladi.
XI. Taraflarning manzili va bank rekvizitlari:
Fermer: |
|
Klaster: |
||
Manzil: Fermer xo‘jaligining yuridik manzili |
|
Manzil: Klasterning yuridik manzili |
||
Bank Fermer xo‘jaligining hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
Bank Klasterning hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: Fermer xo‘jaligining hisob raqami |
|
H/R: Klasterning hisob raqami |
||
STIR: Fermer xo‘jaligining STIR raqami |
|
STIR: Klasterning STIR raqami |
||
Telefon: Fermer xo‘jaligining telefon raqami |
|
Telefon: Klasterning telefon raqami |
||
Fermer xo‘jaligi nomidan faoliyat olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ___________________ (imzo, muhr)
|
|
Klaster nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si ___________________ (imzo, muhr)
|
||
|
Bank: |
|
||
|
Manzil: Bankning yuridik manzili |
|
||
|
Bank Bankning hisob raqami joylashgan bank nomi |
|
||
|
H/R: Bankning hisob raqami |
|
||
|
STIR: Bankning STIR raqami |
|
||
|
Telefon: Bankning telefon raqami |
|
||
|
Bankning nomidan ish olib boruvchi shaxsning lavozimi va F.I.O.si ___________________ (imzo, muhr) |
|