O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Paxta xom ashyosi va urug‘lik paxtani yetkazib berish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma.

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
“Buyurtmachi” (Klaster) to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
“Xo‘jalik” (Fermer) to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma mazmuni:
  • Izoh: Masalan 15 noyabr, 20 dekabr yoki boshqa

Yuklab oling

Paxta xom ashyosi va urugʻlik paxtani yetkazib berish xamda

xarid qilish boʻyicha fyuchers

SHARTNOMA

 

Shartnoma rekvizitlari

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan sana

 

Bir tomondan Klasterning nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan Klaster vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida ish yurituvchi Klaster nomidan faoliyat olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si(bundan buyon–“Buyurtmachi”) va ikkinchi tomondan Fermer xo‘jaligining nomi va tashkiliy huquqiy shakli fermer xoʻjaligi nomidan Fermer xo‘jaligining nomi va tashkiliy huquqiy shakli asosida ish yurituvchi Fermer nomidan ish olib boruvchi shaxs lavozimi va F.I.O.si (bundan buyon–“Xoʻjalik”) birgalikda “Taraflar” ushbu bitimni quyidagilar haqida tuzdilar.

1. SHARTNOMANING PREDMETI

“Xoʻjalik” oʻzining Fermer xo‘jaligining biznes rejasi mo‘ljallangan yil yil uchun Biznes rejasining nomi (biznes-rejasi)ga asosan Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan yer miqdori (gektar) gektar yer maydondan Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi navi navli, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi og‘irligi (tonn tonna paxta xom ashyosini “Buyurtmachi”ga yetkazib berishi, “Buyurtmachi”esa ushbu mahsulotni qabul qilib olish va shartnomaning 4.1.-bandiga muvofiq haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 

Seleksion

nav nomi

Reproduksiya

Urugʻlik paxta xomashyosi miqdori, (tonna)

Urugʻlik paxta topshirishning soʻnggi muddati

Seleksion (urug‘lik) paxta navi

Urug‘lik paxtaning reproduksiya turi nomi

Yig‘ib olinishi mo‘ljallangan urug‘lik paxta miqdori (tonna)

Yig‘ib olinadigan urug‘lik paxta xom ashyosini topshirishning oxirgi muddati

 

 

 

 

 

 “Xoʻjalik” Paxta hosilini yig‘ib olish mo‘ljallangan yil yil hosilidan Paxta xom ashyosi yetishtiriladigan yer miqdori (gektar) gektar yer maydondan Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi navi seleksion navli, Reproduksiya turi reproduksiyali, Yig‘ib olinadigan paxta xom ashyosi og‘irligi (tonn tonna paxta xom ashyosini hamda Urug‘lik paxtani yig‘ib olishga mo‘ljallangan yer maydoni (gektar) gektar yer maydondan, Seleksion (urug‘lik) paxta navi seleksion navli, Urug‘lik paxtaning reproduksiya turi nomi reproduksiyali, Yig‘ib olinishi mo‘ljallangan urug‘lik paxta miqdori (tonna) tonna urugʻlik paxtani hosil yilining Barcha turdagi paxta hosilini topshirish uchun belgilangan muddatning oxirgi sanasi sanasigacha yetkazib berish, “Buyurtmachi” esa mazkur shartnomaning 4.1.-bandida belgilangan narxlarda ushbu mahsulotlarni haqini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.

 “Xoʻjalik” tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi va urugʻlik paxta uchun “Buyurtmachi” tomonidan ushbu shartnomaning 4-boʻlimida koʻrsatilgan tartibda hisob kitoblar amalga oshiriladi.Ob-havo sharoitlaridan kelib chiqib, urugʻlik paxtani yetkazib berishda navlar boʻyicha miqdoriy oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda, taraflar oqilona muddatda oʻzgartirish kiritilishi toʻgʻrisida biri-biriga xabarnoma yuborishlari lozim.

Paxta xom ashyosini va urugʻlik paxtani terib olishdan oldin “Buyurtmachi” jalb qilingan mutaxascislar tomonidan paxta maydonlari oʻrganib chiqilib, aprobatsiya qilinadi va shu asosida unga miqdoriy oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.

Paxta xom ashyosining sifati OʻzR.ST-615:2008-paxta “Texnikaviy shartlar” talablariga hamda urugʻlik paxta xom ashyosi sifati OʻzR.ST-642:2013 talablariga javob berishi shart.

“Buyurtmachi” tomonidan moliyalashtirilgan xududda “Xoʻjalik” tomonidan yetishtiriladigan paxta xom ashyosi toʻliq hajmda “Buyurtmachi”ga yetkazib beriladi.

 

2. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

2.1. “Xoʻjalik” quyidagi huquqlarga ega:

ushbu shartnomaning 2.4-bandiga asosan urugʻlik bilan taʼminlashni “Buyurtmachi”dan talab qilish;

mazkur shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi davlat standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlashni talab qilish;

mahsulotni topshirish, sifatini aniqlash yuzasidan “PK-17” shaklini toʻldirishda qatnashish;

mahsulotlar “Xoʻjalik”ning hisobidan tashilganda transport harajatlarini qoplashni belgilangan meʼyoriy tariflar doirasida “Buyurtmachi”dan talab qilish;

“Buyurtmachi” tomonidan urugʻlik materiallari oʻz vaqtida yetkazib berilmaganda, shuningdek terim pullari, boʻnak (avans) mablagʻlari va yakuniy hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganda yetkazilgan zararlarni qoplashni talab qilish;

shartnomaning 1.1-bandida belgilangan majburiyatdagi Isortga nisbatan ortiqcha topshirilgan xar bir tonna paxta xom ashyosi uchun belgilangan narxga qoʻshimcha ravishda 15 foiz, majburiyatdagi II sortga nisbatan ortiqcha topshirilgan xar bir tonna paxta xom ashyosi uchun belgilangan narxga qoʻshimcha ravishda 10 foiz miqdorida ustama toʻlashni “Buyurtmachi”dan talab qilish;

“Buyurtmachi”dan taqdim etilgan talabnoma asosida yigʻim-terim mavsumi uchun zarur miqdorda kerakli materiallar “Buyurtmachi”dan taqdim etilgan talabnoma asosida yig‘im-terim vaqtida beriladigan zaruriy materiallar nomi bilan taʼminlashni talab qilish;

paxta xom ashyosini yetishtirishda maxsulot qiymatini ixtiyoriy sugʻurtalash;

Fermer xo‘jaligining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

“Buyurtmachi”dan yigʻim-terim vaqtida terim pulini oʻz vaqtida toʻlanishini talab qilish.

2.2. “Xoʻjalik” quyidagilarga majbur:

mazkur shartnomaning 2.4-bandi, birinchi xatboshisida belgilangan miqdordagi urugʻlikni “Buyurtmachi”dan qabul qilib olish;

ushbu shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatilgan ekish uchun talab etiladigan urugʻlik chigit uchun navi, avlodi, miqdori va muddati koʻrsatilgan buyurtmanoma taqdim etish;

“Xoʻjalik” Fermer xo‘jaligi tomonidan paxta hosili yetishtirilayotgan yil yilgi paxta xosili yetishtirish uchun “Buyurtmachi”ga agrotexnik tadbirlardan kelib chiqqan holda harajatlar turi va muddati boʻyicha moliyalashtirish yuzasidan agrotexnika tadbirlari boshlanishidan avval kamida 15 kun oldin talabnoma taqdim etadi. Talabnomada koʻrsatilgan pul mablagʻlari shartnomaning umumiy qiymatining 60 %dan oshib ketmasligi lozim;

“Buyurtmachi”dan qabul qilib olingan seleksion navli urugʻlik chigitni shartnomaning ilovasidagi maʼlumotnomada xaqiqatda ekilishi nazarda tutilgan konturlardagi yer maydoniga toʻliq ekishni taʼminlash;

shartnomada koʻrsatilgan paxta xom ashyosini “Buyurtmachi”ning Buyurtmachining paxta xom ashyosini qabul qilish manzili qabul qilish manziliga Paxta xom ashyosini buyurtmachiga topshirishning oxirgi muddati sanasigacha yetkazib berish;

shartnomaning 1.2-bandlarida koʻrsatilgan majburiyatlarni toʻliq bajarish;

topshirilayotgan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos yetkazib berilishini taʼminlash;

“Buyurtmachi”dan olingan urugʻlik, yigʻim-terim mavsumi uchun kerakli materiallar va boʻnak (avans) mablagʻlaridan agrotexnologik xaritasiga muvofiq maqsadli foydalanish;

“Buyurtmachi”dan agrotexnik tadbirlar uchun olingan yoqilgʻi moylash materiallari va mineral oʻgʻitlardan belgilangan meʼyor asosida hamda suv resurslaridan tejamli foydalanish;

shartnomaviy majburiyat bajarilmagan taqdirda “Buyurtmachi”ga yetkazilgan zararni qoplash;

agar “Xoʻjalik” mazkur shartnomada koʻrsatilgan majburiyatni uzrli sabablarga koʻra bajara olmasa, bu toʻgʻrisida asoslantiruvchi hujjatlar bilan oldindan oqilona muddatda “Buyurtmachi”ni habardor qilish;

paxta yigʻim-terim ishlariga terimchilarni jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, xalqaro shartnomalari, shu jumladan Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisida”gi va “Zoʻrlab ishlatish yoki majburiy mehnat toʻgʻrisida”gi konvensiyalari talablariga qatʼiy rioya qilish.

Fermer xo‘jaligining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

2.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari:

topshiradigan mahsulotning sifati va navi standartlar, texnik shartlar va mazkur shartnomada belgilangan majburiy shartlarga mos kelishini “Xoʻjalik”dan talab qilish;

ushbu shartnomada koʻrsatilgan mahsulotni oʻz vaqtida qabul qilish joyiga topshirishni “Xoʻjalik”dan talab qilish;

“Xoʻjalik” tomonidan paxta joylashtirilgan maydonlarni toʻgʻri koʻrsatilganligini nazorat qilish;

mahsulot yetkazib berilmaganligi yoki sifatsiz mahsulot yetkazib berilganligi uchun yetkazilgan zararlarni qoplashni “Xoʻjalik”dan talab qilish;

tasdiqlangan agrotexnologik xaritaga muvofiq tegishli chora-tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirilishini “Xoʻjalik”dan talab qilish.

Buyurtmachining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari

2.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari:

“Xoʻjalik”ka ekish uchun ushbu shartnomada koʻrsatilgan urugʻligidan Buyurtmachi tomonidan fermer xo‘jaligiga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan paxta urug‘i navi navli Yetkazib berilishi lozim bo‘lgan paxta urug‘i miqdori (tonna) tonnani Paxta urug‘i yetkazib berilishi lozim bo‘lgan sana gacha yoki “Xoʻjalik” tomonidan berilgan buyurtmanomada koʻrsatilgan muddatda va miqdorda yetkazib berish;

“Xoʻjalik” tomonidan shartnomaning 1.2.-bandiga muvofiq yetkazib berilgan urugʻlik va paxta xom ashyosini qabul qilish va uni xaqini mazkur shartnomaning 4-boʻlimida belgilangan tartibda toʻlash;

“Xoʻjalik” bilan kelishilgan xolda yigʻim-terim mavsumida terim pullarini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash;

“Xoʻjalik”ni ushbu shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan amaldagi tegishli davlat standartlari va boshqa meʼyoriy hujjatlar bilan taʼminlash;

“Xoʻjalik” tomonidan yetkazib berilgan mahsulotga toʻlov yoki tovar-transport hujjatini mahsulotni qabul qilganidan keyin 24 soat ichida rasmiylashtirib berish;

mahsulot tayyorlov maskaniga “Xoʻjalik”ning transport vositasida tashilganda “Xoʻjalik”ka transport haqini haqiqiy vazn boʻyicha toʻliq masofa uchun belgilangan meʼyoriy tariflar doirasida hosil yilining 31-dekabr sanasiga qadar toʻlash;

“Xoʻjalik” tomonidan shartnomada belgilangan rejadan ortiqcha topshirilgan I va II sort paxta xom ashyosi uchun shartnomaning 2.1.-bandining oltinchi xatboshisida belgilangan tartibda qoʻshimcha ustamalarni toʻlab berish;

paxta terimi boshlangunga qadar “Xoʻjalik” tomonidan berilgan talabnoma asosida “Xoʻjalik”ni zarur miqdordagi yigʻim-terim mavsumi uchun kerakli materiallar bilan taʼminlash;

Shartnomaning 2.1.-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan berilgan talabnoma boʻyicha “Xoʻjalik”ni agrotexnik tadbirlar uchun boʻnak mablagʻlari, shu jumladan yoqilgʻi moylash materiallari, mineral oʻgʻit va boshqa zarur narsalar bilan taʼminalash;

shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda “Xoʻjalik”ka roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusxasini taqdim etish;

“Xoʻjalik”ka yangi zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari, yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar va boshqa zarur tovarlarni xarid qilish va texnologiyalarni joriy qilishda koʻmaklashish.

Buyurtmachining shartnoma namunasida ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari

 

3. SHARTNOMANING BAJARILISHI

3.1. Majburiyatlar mazkur shartnoma shartlari va qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq zarur tarzda bajarilishi kerak. Agar taraflar oʻz zimmalariga olgan barcha majburiyatlar bajarilishini taʼminlasa, shartnoma bajarilgan hisoblanadi.

3.2. Ushbu shartnomada koʻrsatilgan miqdordagi mahsulotni qabul qilish boʻyicha yakuniy hujjatlar tuzilgan sana “Xoʻjalik” tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi. Yakuniy hisob-kitoblarning toʻlov hujjatidagi koʻrsatilgan sana mahsulotga haq toʻlash boʻyicha “Buyurtmachi” tomonidan majburiyatlar bajarilgan sana xisoblanadi.

3.3. Mahsulot “Buyurtmachi”ning Buyurtmachining mahsulotni qabul qilib olish manzili manzildagi tayyorlov maskaniga Mahsulotni o‘z transportida yetkazilishiga maʼsul taraf ( Klaster yoki fermer xo‘jaligi) ning transportida yetkazib beriladi.

3.4. “Buyurtmachi” tomonidan “Xoʻjalik”ka ekish materiallari (urugʻlik) ushbu shartnomada hamda buyurtmanomada koʻrsatilgan muddat va miqdorda yetkazib beradi.

“Xoʻjalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga ekish materiallari (urugʻlik) turkumlarini hamda yetkazib berish sanasini oʻzgartirish zarurati mavjud boʻlsa, 10 kun oldin taraflar uchun maqbul boʻlgan aloqa vositalari (chopar, pochta, elektron pochta) orqali xabarnoma yuborilishi lozim.

Taraflarning rasmiy bogʻlanishi uchun aloqa vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot:

T/r

Buyurtmachi

Xoʻjalik

1.

tel.raqami: Klasterning telefon raqami

tel.raqami: Fermer xo‘jaligining telefon raqami

2.

pochta: Klasterning pochta manzili

pochta: Fermer xo‘jaligining pochta manzili

3.

elektron manzil: Klasterning elektron manzili

elektron manzil: Fermer xo‘jaligining elektron manzili

4.

boshqa vosita: Bog‘lanish uchun boshqa vosita

boshqa vosita: Bog‘lanish uchun boshqa vosita

 

4. MAHSULOT BAHOSI VA HISOB-KITOB TARTIBI

4.1. “Xoʻjalik” tomonidan “Buyurtmachi”ga yetkazib beriladigan paxta xom ashyosining oʻrtacha xarid narxi 1 (bir) tonnasi uchun Buyurtmachiga yetkazib beriladigan paxta xom ashyosining bir tonnasi uchun o‘rtacha xarid summasi (raqam va so‘z bilan ) soʻmni tashkil qiladi

Shartnomaning umumiy summasi Shartnomaning umumiy summasi (raqam va so‘z bilan )soʻmni tashkil qiladi.

4.2. Yigʻim-terim mavsumida “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka topshirilgan paxta xom ashyosi uchun mutanosib ravishda (qoʻl terimi uchun) terim pullarini belgilangan narxlarda toʻlab boradi.

4.3. Urugʻlik paxta uchun urugʻlikning unuvchanligi 90 % dan yuqori boʻlganda xarid narxiga quyidagi miqdorda ustama haq toʻlanadi.

Elita va super elita chigit uchun 100 %,

1 -  reproduksiyali chigit uchun (R1) 75 %,

2 - reproduksiyali chigit uchun (R2) 50 %,

3 - reproduksiyali chigit uchun (RZ) 25 %

4.4. “Buyurtmachi” tomonidan “Xoʻjalik”ning yetkazib berilgan paxta xom ashyosi qiymatining yakuniy xisob-kitoblari terim uchun oʻtkazilgan pullar va boshqa harajatlar chegirilganidan qolgan qismi hosil yilining 31-dekabr sanasiga qadar, urugʻlik paxtaning 1-bosqichda topshirilgan urugʻlik paxta xom ashyosi uchun hisoblangan ustamaning 50 foizi miqdorida urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta xom ashyosini “Buyurtmachi”ga topshirgan vaqtda toʻlovlar amalga oshiriladi.

4.5. Mahsulotni transportda tashish va tushirish harajatlari “Buyurtmachi” hisobidan haqiqiy vazn boʻyicha va butun masofa uchun hosil yilining 31-dekabriga qadar amalga oshiriladi.

4.6. Ushbu shartnoma boʻyicha olinadigan urugʻlik bahosi Shartnoma bo‘yicha fermer xo‘jaligiga yetkazib beriladigan urug‘lik bahosisoʻmni tashkil etib, boʻnak hisobiga yetkazib beriladi.

5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

5.1. Mahsulotni mazkur shartnomada belgilangan nav, sifat va miqdorda oʻrnatilgan muddatlarda qabul qilinishi rad etilishining har bir holati uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka ustamalar toʻlanishi hisobga olinmagan holda amalda shakllangan oʻrtacha narxdan kelib chiqib qabul qilinmagan mahsulot qiymatining Buyurtmachi Fermer xo‘jaligiga qabul qilinmagan mahsulot qiymatidan kelib chiqib to‘lanadigan jarima miqdori (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Bundan tashqari, mahsulotni qabul qilish rad etilganligi tufayli xoʻjalik koʻrgan zararning jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

5.2. Shartnomada belgilangan nav, sifat va miqdorda mahsulot topshirishdan asossiz bosh tortganligi uchun “Xoʻjalik” “Buyurtmachi”ga topshirilmagan mahsulot qiymatining Fermer xo‘jaligi Buyurtmachiga mahsulot qiymatidan kelib chiqib to‘lanadigan jarima miqdori (foizda)foizi miqdorida jarima toʻlaydi. Jarima xarid narxiga belgilangan ustamalar toʻlanishi hisobga olinmagan holda oʻtgan davrda (oy, yil choragi, yil) mahsulotning amalda shakllangan oʻrtacha narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Bundan tashqari, zararning mahsulot yetkazib berilmaganligi tufayli yuzaga kelgan, jarima bilan qoplanmagan qismi ham toʻlanadi.

5.3. “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 35-moddasiga asosan, “Xoʻjalik” ushbu shartnomada nazarda tutilgan hajmlarda mahsulotning yetkazib berilishini taʼminlash boʻyicha undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan oʻz mol-mulki bilan javob beradi. “Xoʻjalik”ning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlar boʻyicha “Xoʻjalik” boshligʻi oʻziga qarashli mol-mulk bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar boʻladi.

5.4. Mazkur shartnomaga muvofiq belgilangan muddatlarda boʻnak (avans) mablagʻlarini, topshirilgan (yuklab joʻnatilgan) paxta xom ashyosi haqini toʻlashdan asossiz boʻyin tovlaganligi uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka belgilangan ustamalar toʻlanishi inobatga olinmagan xolda asossiz toʻlashdan boʻyin tovlagan summaning Paxta xom ashyosiga asossiz ravishda haq to‘lanmaganligi uchun jarima miqdori (foizda) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.

Jarimadan tashqari “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.5. Tovar-transport hujjatini rasmiylashtirish rad etilganligi yoki notoʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun aybdor tomon boshqa tomonga har bir tovar-transport hujjati uchun bazaviy hisoblash miqdorida jarima toʻlaydi.

5.6. “Xoʻjalik”ni mazkur shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda standart va texnik shartlar talablariga javob beradigan urugʻlik bilan taʼminlanmaganligi uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka mahsulot yetkazib berish paytida amalda boʻlgan urugʻlik, qiymatining Sifatli urug‘ bilan taʼminlanmaganligi uchun to‘lanadigan jarima miqdori baravari miqdorida jarima toʻlaydi.

5.7. “Buyurtmachi” tomonidan mahsulot sifati, miqdori notoʻgʻri aniqlanishi, ularning qiymati notoʻgʻri belgilanishi hollari aniqlangan taqdirda “Buyurtmachi” mahsulot sifatini, shuningdek, ularning miqdorini hisobga olgan holda qayta toʻliq hisob-kitob qiladi hamda “Xoʻjalik” koʻrgan zararni qoplab beradi.

5.8. “Xoʻjalik” tomonidan sarflangan transport xarajatlarini toʻlamaganlik uchun “Buyurtmachi” “Xoʻjalik”ka toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan soʻmmaning 0,4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.

5.9. Mazkur shartnoma bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikka tortishda “Xoʻjalik” tomonidan mazkur shartnoma boʻyicha shartnoma majburiyatlarining bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligiga aybdor boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning javobgarligi ham koʻrib chiqiladi.

6. FORS-MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH

6.1. Taraflardan biri shartnomani yengib boʻlmaydigan kuch holat (fors-major)lari (zilzila, qurgʻoqchilik, suv toshqini, yongʻin, sel, doʻl, jala va boshqa tabiiy ofatlar) sababli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar boʻlmaydi.

6.2. Ushbu shartnoma shartlarini bajarishga toʻsqinlik qiluvchi fors-major holatlarining boshlanishi va tugashi toʻgʻrisida tomonlar zudlik bilan bir-birlarini hamda yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiyani yozma ravishda xabardor qilishlari shart.

Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya bunday holatlar oqibatida yoki “Buyurtmachi”ning aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun “Xoʻjalik”ni javobgarlikdan ozod qilish boʻyicha xulosa berishlari mumkin.

6.3. Fors-major holatlari boʻyicha kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoki tuman (shaxar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar. Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak.

7. KORRUPSIYAGA QARSHI QOʻSHIMCHA SHARTLAR

7.1. Taraflar shartnoma tuzishda, shartnomaning amal qilish muddatida va ushbu muddat tugaganidan soʻng, shartnoma bilan bogʻliq korrupsiyaviy harakatlarni sodir qilmaslikka kelishib oladilar.

7.2. Taraflar shartnomadagi korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarda belgilangan korrupsiyaning oldini olish choralarini tan oladi va ularga rioya etilishi boʻyicha hamkorlikni taʼminlaydilar.

7.3. Har bir taraf shartnoma tuzilgan paytida bevosita oʻzi yoki uning ijroiya organlari, mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan shartnoma bilan bogʻliq holda qonunga xilof ravishda pul, moddiy qimmatliklar berilmaganligini, taklif etilmaganligini, ularni berishga vaʼda qilinmamaganligini, shuningdek moddiy yoki har qanday turdagi imtiyoz, ustunliklar olinmaganligini (kelajakda bu turdagi harakatlarni amalga oshirishi yoki qilishi mumkinligi haqida taassurot qoldirilmaganligini) kafolatlaydi.

Taraflar, ular tomonidan shartnoma doirasida jalb qilingan shaxslarning ushbu harakatlarni sodir etmasligi yuzasidan oqilona choralar koʻradi.

7.4. Taraflar ularning nazorati ostida boʻlgan va ular nomidan harakat qiladigan shaxslar tomonidan korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarda belgilangan majburiyatlar buzilganligi faktlari haqida xabar berilganligi uchun ularga tazyiq oʻtkazmasligini va boshqa salbiy oqibatlar keltirmasligini kafolatlaydilar.

7.5. Agar bir tarafga boshqa tarafning korrupsiyaga qarshi qoʻshimcha shartlarda belgilangan majburiyatlarni buzilishiga yoʻl qoʻyganligi maʼlum boʻlib qolsa, ikkinchi tarafni bu haqda zudlik bilan xabardor qilishi va ushbu tarafdan oqilona muddat ichida tegishli choralar koʻrilishini va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan unga xabardor qilishini talab qilishi shart.

Tarafning talabi boʻyicha ikkinchi taraf tomonidan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish boʻyicha oqilona muddat ichida tegishli choralar koʻrilmaganda, ushbu taraf shartnomani bir taraflama toʻxtatib turishga, bekor qilishga hamda zararni toʻliq qoplab berishni talab qilishga haqli.

8. SHARTNOMANING AMAL QILISHI

8.1. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan imzolanib, hududiy vakolatli organdan roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kirib, Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana sanasigacha amalda boʻladi.

9. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

9.1. Shartnoma shartlari boʻyicha taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda taraflar mustaqil ravishda ularni sudgacha hal etish choralarini koʻradilar.

Taraflar oʻzaro kelishuvga erishmagan taqdirda esa nizoli holatlar taraflardan birining arizasiga asosan Nizoli holatlarda taraflar murojaat etadigan sud nomi sudi tomonidan hal qilinadi.

10. YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Mazkur shartnoma taraflarning kelishuviga koʻra yoki taraflarning birini talabi asosida sud tartibida bekor qilinishi mumkin.

10.2. Mazkur shartnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshirilib taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanishi sharti bilan haqiqiy hisoblanadi.

10.3. Mazkur shartnoma taraflarning har biriga hamda roʻyxatga oluvchi organ uchun bir nusxadan (uch nusxa) tuziladi.

10.4. “Buyurtmachi” mazkur shartnoma toʻgʻri tuzilishi va roʻyxatdan oʻtkazilishiga masʼul boʻlib, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda shartnomani aslini “Xoʻjalik”ka yetkazilishi majburiyatini oladi.

11. TARAFLARNING MANZILI VA BANK REKVIZITLARI

Buyurtmachi. (Klaster)

 

Xoʻjalik (Fermer)

Manzil: Klasterning manzili

 

Manzil: Fermer xo‘jaligining yuridik manzili

Bank Klasterning hisob raqami joylashgan bank nomi

 

Bank Fermer xo‘jaligining hisob raqami joylashgan bank nomi

H/R: Klasterning hisob raqami

 

H/R: Fermer xo‘jaligining hisob raqami

STIR: Klasterning STIR raqami

 

STIR: Fermer xo‘jaligining STIR raqami

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

_______________

(imzo, muhr)

 

 

 

 

Paxta xom ashyosi va urug‘lik paxtani yetkazib berish xamda xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnoma.