O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Elektr energiya aholi

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Taʼminotchi
  • Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Isteʼmolchi
  • Viloyat, tuman (shahar), mahalla, ko‘cha nomi va uy (kvartira) raqami
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

Maishiy isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish

namunaviy shartnomasi

Shartnoma tuzilgan sana

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

Isteʼmolchining shaxsiy hisob-raqami: Isteʼmolchining shaxsiy hisob-raqami

 

Taʼminotchining to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakliTaʼminotchi korxonasi xizmat ko‘rsatadigan tuman yoki shahar nomi elektr taʼminoti korxonasida Taʼminotchi korxona rahbariga ishonchnoma berilgan sanada roʻyxatdan oʻtkazilgan Taʼminotchi tashkilot vakiliga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat yurituvchi rahbari Taʼminotchi tashkilot rahbarining F.I.O.si (keyingi oʻrinlarda Taʼminotchi korxona deb ataladi) bir tomondan hamda ikkinchi tomondan Maishiy isteʼmolchi (keyingi oʻrinlarda Isteʼmolchi deb ataladi) Isteʼmolchining yashash manzilida yashovchi Isteʼmolchining F.I.O.si bilan ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

SHARTNOMANING PREDMETI.

 

1.1. Ushbu Shartnomaga muvofiq Taʼminotchi korxona Isteʼmolchiga elektr energiyasini ulangan tarmoq orqali yetkazib berish va Isteʼmolchi isteʼmol qilgan elektr energiyasi uchun oʻz vaqtida haq toʻlash majburiyatini oladi.

1.2. Isteʼmolchi energiyani faqat maishiy ehtiyojlar uchun sotib oladi.

maishiy isteʼmolchi – elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi aholi (uy egaligi/kvartiralar xonalari va hududini yoritish, elektr-maishiy va boshqa priborlardan foydalanish, ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv taʼminoti).

1.3. Ushbu Shartnoma shartlari turar joydan bir vaqtning oʻzida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan oilaviy korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

 

II. YETKAZIB BERILGAN ENERGIYANI HISOBGA OLISH

 

2.1. Isteʼmolchining isteʼmol qilinadigan yillik elektr energiyasi hajmi Isteʼmolchining yillik isteʼmol qiladigan elektr energiyasi hajmi kVt*soatni tashkil qiladi.

2.2. Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davrida amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori Isteʼmolchining elektr energiyasini hisobga olish pribori koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.

2.3. Koʻp qavatli uylardagi kvartiralar ichkarisida, shaxsiy uylarni ichki qurilmalarida, yordamchi xoʻjaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarida oʻrnatilgan hisobga olish priborini saqlanishi va butunligi uchun javobgarlik Isteʼmolchiga yuklanadi.

Hisobga olish Isteʼmolchining aybi bilan buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishni oʻlchash transformatorlarining ishdan chiqishi, shuningdek, ikkilamchi kommutatsiya, hisobga olish priborlarining shikastlanishi va ularning yoʻqolishi) hisobga olish nazorat qilish priborlarini va ularga tegishli asbob-uskunalarni almashtirish, taʼmirlash, davlat qiyoslovidan oʻtkazish va oʻrnatish isteʼmolchi tomonidan ular qiymati va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlangan holda, Taʼminotchi korxona tomonidan amalga oshiriladi.

2.4. Isteʼmolchidagi elektr energiyasini hisobga olish elektron priborlarini sotib olish, roʻyxatga olish, davriy davlat qiyoslovidan oʻtkazish va plombalash, shuningdek mavjud (jumladan induksion) hisobga olish priborlari Taʼminotchi korxona mablagʻlari hisobidan almashtiriladi. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda EHNAT deb ataladi)ni joriy etish loyihasi doirasida nazarda tutilgan isteʼmolchilarning mazkur tizimga mos kelmaydigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy qiyoslov muddati kelganda, ushbu priborlarni qiyoslovdan oʻtkazmasdan oʻrniga avtomatlashtirilgan tizimga mos keluvchi priborlar oʻrnatiladi.

Isteʼmolchi tomonidan elektr energiyasi tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud hisobga olish qurilmalariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashishlar oqibatida hisobga olish priborlari ishdan chiqqan hollarda hisobga olish priborlari isteʼmolchilar hisobidan sotib olinadi va almashtiriladi.

Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uy-joylar va xonadonlarda EHNATga ulanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlari ham Taʼminotchi korxona hisobidan sotib olinadi, oʻrnatiladi, roʻyxatga olinadi va plombalanadi.

Hisobga olish priborlari oʻrnatilgandan keyin Taʼminotchi korxona tomonidan besh ish kunida “Billing” tizimiga kiritadi.

Elektr tarmoqlariga yangidan ulanadigan uylar va xonadonlarda Isteʼmolchi tomonidan Taʼminotchi korxona bilan birgalikda elektr energiyasini hisobga olish priborlari oʻrnatiladigan joy va ularni oʻrnatish uchun zarur materiallar oldindan aniqlanadi. Bunda hisobga olish priborini montaj qilish uchun materiallar Isteʼmolchi tomonidan sotib olinadi.

Isteʼmolchining (jismoniy shaxsning) elektr energiyasini hisobga olish priborini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-avgustdagi 698-sonli qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi hisobga olishning zamonaviy priborlarini oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 4-maydagi 3005-son bilan roʻyxatga olingan Nizom talabiga muvofiq amalga oshiriladi.

2.5. Hisobga olish priborining qiyoslashdan oʻtkazish Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan belgilangan muddatda taʼminotchi korxona hisobidan oʻtkaziladi. EHNATni joriy etish loyihasi doirasida oʻrnatilgan hisobga olish priborlari uchun har 10 yilni tashkil etadi.

Hisobga olish priborlariga 2019-yil 1-noyabrga qadar rasmiylashtirilgan qiyoslash sertifikatlarining amal qilish muddati oʻz kuchida qoladi.

Qiyoslash bilan bogʻliq ishlar, hisobga olish pribori yechilgandan soʻng 8 kun ichida tugatilishi kerak.

Isteʼmolchiga Taʼminotchi korxona tomonidan EHNATga mos keladigan hisoblagichlar oʻrnatilishida (oʻrnatilganda), hisoblagichlarning sifat va sarf koʻrsatkichlari hamda ishlash mexanizmlariga (dasturiy taʼminot, hisoblagichlarning tarkibiy qismlari) isteʼmolchilar tomonidan shubha tugʻilgan taqdirda, Isteʼmolchi tomonidan belgilangan tartibda qiyoslovdan oʻtkazilishi va vakolatli organ tomonidan respublika hududida foydalanishga ruxsat etilgan boshqa turdagi hisoblagichlarni nazorat tartibida parallel ravishda Isteʼmolchi mablagʻlari hisobidan elektr taʼminoti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda bepul oʻrnatib beriladi. Bunda boshqa turdagi hisobga olish priborining elektr energiyasini hisobga olishning aniqlik darajasi Taʼminotchi korxona tomonidan oʻrnatilgan hisobga olish pribori bilan bir xil boʻlishi lozim. Hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini solishtirish jarayonida tafovutlar aniqlangan taqdirda, Isteʼmolchi bilan belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilinadi.

2.6. Isteʼmolchining hisobga olish priborini yechish (demontaj qilish), oʻrnatish (montaj qilish) va plombalash Taʼminotchi korxonaning vakolatli xodimlari tomonidan Isteʼmolchining ishtirokida tegishli dalolatnomani tuzgan holda amalga oshiriladi.

2.7. Taʼminotchi korxona vakillari belgilangan namunadagi va tegishli amal qilish muddati qayd etilgan guvohnomani koʻrsatgan taqdirda, soat 800 dan 2000 gacha toʻsqinliksiz hisobga olish priborini koʻzdan kechirish huquqiga egadir.

 

III. HISOB-KITOBLAR TARTIBI

 

3.1. Isteʼmolchi tomonidan axoli turar joylari, xonadonlar, umumiy yotoqxonalar, yordamchi xoʻjaliklar, shaxsiy foydalaniladigan tomorqa bogʻ obyektlarida, shu jumladan bogʻdorchilik shirkatlari va dala hovlilarni sugʻorishda elektr nasoslari, elektromobilni elektr quvvatlagich, shaxsiy avtomobillar turadigan garajlarda maishiy ehtiyojlari uchun ishlatilgan energiya, qoʻllaniladigan elektr qabul qilgichlarning quvvati va vazifasidan qatʼiy nazar, aholi uchun belgilangan yagona bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladi.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan maishiy isteʼmolchilar tomonidan foydalaniladigan elektr energiyasi haqi ushbu tarif guruhiga kiradigan amaldagi tarifning 50 foizi miqdorida toʻlanadi.

Bunda ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp kvartirali uy-joylar va yotoqxonalarda yashaydigan elektr energiyasi isteʼmolchilari yuqoridagi xatboshida nazarda tutilgan tarif boʻyicha haq toʻlaydi. Ushbu uy va yotoqxonalarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha texnik shartlarda avval boshidan mazkur elektr plitalarining quvvati hisobga olingan, elektr qurilmalarni (transformatorlar, kuchlanish kabellari, taqsimlash qutilari, kommutatsiya uskunalari, elektr uzatgichlar va boshqalarni) loyihalashtirish va montaj qilish ularning texnik shartlarda koʻrsatilgan quvvat hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

3.2. Ushbu shartnoma boʻyicha Isteʼmolchi va Taʼminotchi korxona oʻrtasidagi hisob-kitob davri bir oy hisoblanadi (EHNATga ulangan Isteʼmolchi bundan mustasno).

3.3. Isteʼmolchi har oyning 10-sanasiga qadar oʻtgan oyda isteʼmol qilingan energiya uchun toʻliq hisob-kitob qilishi shart. Ushbu koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin qarzdorlik mavjud boʻlganda, Isteʼmolchi belgilangan tartibda elektr tarmoqlaridan majburiy uziladi.

3.4. Isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun toʻlovlar Isteʼmolchi tomonidan toʻldirilgan toʻlov hujjatlari boʻyicha amalga oshiriladi. Bunda toʻlovlar qonunchilik bilan belgilangan barcha mavjud usullarda (tijorat banklar va pochta boʻlimlari, elektron toʻlov tizimlari va .k.) amalga oshiriladi.

3.5. Isteʼmolchi toʻlov boʻyicha qarzdor boʻlganda, toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun toʻlov muddati oʻtgan summaning 0,1 foizi miqdorida, lekin muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda Taʼminotchi korxonaga penya toʻlaydi.

3.6. Isteʼmolchining kvartirasida, shaxsiy yashash uyida roʻyxatdan oʻtgan va voyaga yetgan jismoniy shaxslar isteʼmol qilingan energiyasi toʻlovi uchun majburiyatlarga Isteʼmolchi bilan birgalikda javobgardir.

Voyaga yetgan jismoniy shaxsning birgalikda javobgarligi Isteʼmolchiga qarashli turar joyiga roʻyxatga kiritilishi paytidan roʻyxatdan chiqarilishi davriga qadar hisoblanadi.

3.7. Elektr energiyasi uchun amaldagi tariflar oʻzgargan taqdirda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi ularning kuchga kirishidan oʻn besh kun oldin qarorni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.

Bunda elektr energiyasi uchun tariflar oʻzgargan sanadan qatʼiy nazar, tarif oʻzgarganda tarif oʻzgargan sanagacha isteʼmol qilingan energiya hajmi oldingi toʻlov vaqtidan boshlab oʻrtacha sutkalik isteʼmol boʻyicha aniqlanadi va unga eski tarif boʻyicha haq toʻlanadi. Hisobga olish priborining koʻrsatkichlari toʻlov kunida yozib olingan deb hisoblanadi. Tariflar oʻzgargandan keyin isteʼmol qilingan elektr energiyasi miqdori uchun yangi tarif boʻyicha haq toʻlanadi.

Arifmetik xatoliklar, tariflarni notoʻgʻri qoʻllash tufayli paydo boʻladigan kam va ortiqcha toʻlovlar tegishli tarif boʻyicha kVt*soatlarda qayta hisoblab chiqiladi va Taʼminotchi korxona tomonidan daʼvo muddati doirasida koʻrsatkichlardagi tafovut yoki qoʻshimchalar bilan birgalikda hisobga olinadi.

3.8. Isteʼmolchi oʻz xohishiga koʻra, 2 oydan koʻp boʻlmagan muddat uchun elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan toʻlashi mumkin, bu holda tarif oʻzgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

3.9. EHNATga ulangan yoki elektr energiyasi uchun oldindan toʻlash qurilmasiga ega hisobga olish pribori boʻlgan Isteʼmolchiga elektr energiyasi oldindan toʻlangan haq doirasida yetkazib beriladi.

3.10. Elektr energiyasini hisobga olish pribori Isteʼmolchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda, yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob Taʼminotchi korxonaning qarori boʻyicha, hisobga olish buzilishiga qadar boʻlgan oldingi hisob-kitob davridagi yoki hisobga olish tiklangandan keyingi davrdagi oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha amalga oshiriladi.

Elektr energiyasining oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisob-kitob qilish davri bir oydan oshmasligi kerak va shu vaqt ichida hisobga olish qayta tiklanishi zarur.

3.11. Agar, hisobga olish priborini, obyektiv sabablarga koʻra, koʻrsatilgan muddatda (oʻlchash transformatori, hisobga olish pribori boʻlmaganda, oʻtib boʻlmaydigan yoʻllar va boshqalar tufayli) tiklash imkoniyati boʻlmasa, Isteʼmolchiga yetkazib berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish tartibi va hisobga olishni tiklash muddati Tomonlarning oʻzaro kelishuvi bilan belgilanadi.

3.12. Isteʼmolchini elektr tarmoqlaridan uzish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

hisob-kitoblar oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi oqibatida foydalanilgan elektr energiyasi uchun qarzdorlik mavjud boʻlganda;

Taʼminotchi korxona vakillariga shaxsiy guvohnomalarini koʻrsatgan taqdirda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini yozib olish uchun ruxsat etilmaganda;

hisobga olish priborlari qasddan buzilganda, koʻrsatkichlarni oʻzgartirish maqsadida ularni ishlashiga toʻsqinlik qiluvchi xatti-harakatlar amalga oshirilganda;

elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish va EHNATning soz ishlashiga har qanday usulda taʼsir etish holatlari aniqlanganda.

3.13. Amalga oshirilgan elektr energiyasi sarfining qayta hisobi Isteʼmolchini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari (keyingi oʻrinlarda Qoidalar deb yuritiladi)ni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etmaydi.

3.14. Qayta ulashda Isteʼmolchidan toʻlov paytidagi bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida toʻlov undiriladi (EHNATga ulangan isteʼmolchilar bundan mustasno, lekin hisoblagich va EHNAT tizimiga tashqi taʼsir koʻrsatilgan holatlarda joyiga chiqqan holda tarmoqdan ajratilganda hamda dastur tomonidan tarmoqdan ajratish va ulash imkoniyati mavjud boʻlmagan EHNATga ulangan Isteʼmolchidan ham qayta ulanish uchun toʻlov undiriladi).

Isteʼmolchi elektr qurilmalarini hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulagan taqdirda, elektr qurilmalari elektr tarmogʻidan darhol uzib qoʻyiladi, isteʼmolchidan esa ruxsatsiz isteʼmol qilingan elektr energiyasining qiymati isteʼmolchi rasmiy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻtgan vaqt mobaynida (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) yoki daʼvo muddati uchun elektr energiyasini qabul qilgich qurilmaning ulangan quvvat boʻyicha sutkasiga 24 soat davomida ishlashi va oʻzboshimchalik bilan ulangan elektr tarmogʻi (elektr uzatish liniyasi va transformatorlar) uchastkasida yoʻqotilgan quvvat hisobidan undiriladi.

Hisobga olinmagan elektr energiyasi qiymatini undirish uchun elektr energiyasidan foydalanish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida yoki Isteʼmolchi ishtirok etishni rad etgan taqdirda uning ishtirokisiz belgilangan tartibda qayta hisob-kitob amalga oshiriladi.

Isteʼmolchida elektr energiyasini hisobga olish priborini ulash sxemasi oʻzgarganda, priborga zarar yetkazilganda (isteʼmolchining aybi bilan) yoki plombalari buzilganda, hisobga olish priborining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (boʻlmasiga) tashqaridan taʼsir koʻrsatilganda, elektr energiyasini hisobga olish priborlaridan tashqari boshqa elektr qabul qilgichlar ulanganda va amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida boshqa qoida buzilishlarga yoʻl qoʻyilganda, Taʼminotchi korxonaning vakili qoida buzilishi haqida belgilangan namunada dalolatnoma tuzadi.

Dalolatnoma asosida:

Isteʼmolchining aybi bilan elektr energiyasini hisobga olish pribori, elektr energiyasini oʻlchov transformatorlarini ulash sxemalari oʻzgartirilganda, hisobga olish priborining xotira bloki va uni dasturlashdan foydalanish tugmasiga (boʻlmasiga) tashqaridan taʼsir koʻrsatilganda va hisobga olishni nazorat qilish priborlaridan tashqari elektr qabul qilgichlar koʻz bilan aniqlab boʻlmaydigan yashirin yoʻl bilan (yashirin elektr simlari, pereklyuchatellar montaj qilinishi va shu kabilar) ulanganda – hisobga olishning nazorat asboblari oxirgi almashtirilgan yoki ulanish sxemalari tekshirilgan kundan boshlab, biroq daʼvo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga;

elektr energiyasini hisobga olish priboriga Isteʼmolchining aybi bilan zarar yetkazilganda (plombasi buzilishiga yoʻl qoʻyilgan, oynasi singan va shu kabi holatlar) yoki elektr energiyasi aylanib chiqishda koʻz bilan aniqlash mumkin boʻlgan boshqa usulda oʻgʻirlangan taqdirda – oxirgi marta aylanib chiqilgan yoki oxirgi marta elektron tarzda koʻrsatkichlarni olingan kundan boshlab, biroq daʼvo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.

elektr energiyasini hisobga olish priboriga zarar yetkazilganda (Isteʼmolchining aybi bilan) yoki pribor mavjud boʻlmaganda, plombalar buzilganva amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi koʻrsatkichlarini kamaytirish maqsadida aylanib chiqishda koʻz bilan koʻrib aniqlanadigan boshqa qoida buzishlarga yoʻl qoʻyilgan taqdirda (shu jumladan, elektr energiyasini hisobga olish priboridan boshqa elektr qabul qilishlar ulanganda) – oxirgi aylanib chiqish yoki oxirgi marta elektron tarzda koʻrsatkichlarni olingan kundan boshlab, biroq daʼvo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdori qiymati hisob-kitob qilinadi.

Qoidalar talabi buzilgan holda foydalanilgan elektr energiyasi qiymatini qayta hisob-kitob qilish ushbu bandning toʻrtinchi – sakkizinchi xatboshilariga muvofiq Isteʼmolchida shtepsel rozetkalari mavjud boʻlganda (rozetkalar va elektr energiyasi qabul qilgichlar sonidan qatʼiy nazar) bir sutkada 24 soat 600 Vt quvvatdan foydalanish hisobidan, 600 Vt dan ortiq quvvatli isitish priborlari yoki boshqa elektr asbob-uskunalari mavjud boʻlganda esa Isteʼmolchi foydalanayotgan elektr energiyasi qabul qilgichlardan bir sutkada 24 soat foydalanish hisobidan kelib chiqib, ularning amaldagi quvvati boʻyicha amalda yoritish elektr energiyasi qabul qilgichlardan sutkaning yorugʻ boʻlmagan vaqtida foydalanish hisobidan kelib chiqib, yoritish elektr qabul qilgichlarning quvvati boʻyicha amalga oshiriladi.

Hisobga olinmagan elektr energiyasining qayta hisob-kitobi belgilangan tartibda, biroq daʼvo muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga, Qoidalar talabi buzilishiga yoʻl qoʻygan Isteʼmolchi yoki uning vakili ishtirokida yoxud ishtirokisiz hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qoida buzish aniqlanishidan oldingi davr uchun amalda toʻlangan elektr energiyasi miqdori hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Elektr energiyasidan foydalanishda Isteʼmolchi tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoidabuzilishlar Taʼminotchi korxona vakili va Isteʼmolchi tomonidan imzolangan ikki nusxadagi belgilangan shakl boʻyicha dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi Isteʼmolchiga beriladi va Taʼminotchi korxona tomonidan ushbu Qoidalarni buzgan Isteʼmolchi elektr qurilmalari tarmoqdan uzib qoʻyiladi.

Isteʼmolchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, qoida buzish dalolatnomasida isteʼmolchini tanishtirganlik toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.

Dalolatnoma tuzilgandan soʻng Taʼminotchi korxonaning Hayʼat aʼzolari tomonidan Isteʼmolchi ishtirokida 10 kunlik muddatda dalolatnomaga asosan Isteʼmolchi tomonidan amalga oshirilgan qoidabuzarlik boʻyicha tegishli hisob-kitob koʻrib chiqiladi va uning natijasida qoidabuzarlik Isteʼmolchiga toʻliq asoslantiriladi. Shuningdek, Isteʼmolchi tomonidan Taʼminotchi korxonaga toʻlashi lozim boʻlgan hisob-kitob batafsil tushuntirilgan holda hisob-kitobning bir nusxasini Isteʼmolchiga taqdim etishi lozim.

Isteʼmolchi Taʼminotchi korxona tomonidan qoʻyilgan qoidabuzarlikka (ayblovga) va hisob-kitobga norozi boʻlgan taqdirda belgilangan tartibda tegishli idoralarga hamda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

3.15. Isteʼmolchi tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun kuchlanishi 1000 V dan yuqori elektr tarmoqlari montaj qilingan hollarda:

elektr energiyasini hisobga olish pribori transformator punktining 0,4 kVli taqsimlash qurilmasida oʻrnatiladi;

elektr tarmoqlari Isteʼmolchining uyga egalik qilish hududidan tashqarida joylashtiriladi.

3.16. Isteʼmolchi 1000 V dan yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ega boʻlgan holda, Isteʼmolchiga tegishli boʻlgan 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridagi (liniyalar, transformator punkti) elektr energiyaning texnologik yoʻqotishlari hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi va uning isteʼmoliga qoʻshiladi hamda bu haqda Shartnomada tegishli yozuv qayd etiladi.

3.17. Elektr taʼminoti korxonasining elektr tarmoqlari va uylarning ichki elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasidan umumiy mulk hisoblanadigan ushbu tarmoqlardan taʼminlanadigan Isteʼmolchining elektr energiyasini hisobga olish priborigacha boʻlgan elektr tarmoqlaridagi elektr energiyasi yoʻqotishlari Taʼminotchi korxonaning texnologik yoʻqotishlarida hisobga olinadi.

 

IV. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

4.1. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:

oʻz elektr qurilmalarini texnik shartlarga muvofiq Taʼminotchi korxona tarmoqlariga ulash;

sifat koʻrsatkichlari amaldagi davlat standartlariga (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) muvofiq elektr energiyasi olish;

Hisobga olish priborlari ishlashida muammolar kelib chiqqanda (qizil (muammo) indiktori yonganda, klemmalari yaxshi qotilmaganda va boshqalarda) unga tegishmagan holda unda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Taʼminotchi korxonaga murojaat etish;

elektr energiyasi yetkazib berishni tugatilishi yoki toʻxtatib qoʻyish sabablari toʻgʻrisida belgilangan tartibda axborot olish;

elektr energiyasi toʻliq hajmda yetkazib berilmasligi yoki sifat koʻrsatkichlari amaldagi davlat standartlariga muvofiq boʻlmagan elektr energiyasi yetkazib berilishi oqibatida Taʼminotchi korxona yoki uning elektr taʼminoti korxonasi tomonidan yetkazilgan zararlarni belgilangan tartibda (yoki ushbu shartnomaning 6.2-bandiga muvofiq holda) qoplanishini talab qilish;

shartnoma bekor qilinganda foydalanilmagan elektr energiyasi miqdori uchun toʻlangan summani qaytarishni talab qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq bir taraflama shartnomani bekor qilish;

shartnomani tuzish va bajarishda yuzaga kelayotgan nizolarni hal etish uchun sudga, monopoliyaga qarshi organiga yoki boʻysunuvi boʻyicha yuqori organ (mansabdor shaxs) ga murojaat qilish;

elektr energiyasi yetkazib berilishi asossiz (sababsiz) toʻxtatilganda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;

Isteʼmolchi telefon raqami oʻzgarganda, bu haqida taʼminotchi korxonaga xabar berish;

Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Isteʼmolchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

4.2. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:

Taʼminotchi korxona tomonidan belgilangan elektr energiyasini isteʼmol qilish rejimiga rioya etish;

foydalanilgan elektr energiyasi (quvvati) uchun oʻz vaqtida haq toʻlash;

ishlatilayotgan elektr qurilmalari, priborlar va asbob-uskunalarning zarur texnik holatini va elektr qurilmalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash, elektr taʼminoti korxonasiga elektr asbob-uskunalarining nosozligi toʻgʻrisida xabar qilish;

telefon raqamlari oʻzgargan taqdirda bu haqida Taʼminotchi korxonani xabardor qilish;

elektr energiyasidan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

oʻrnatilgan tartibda Taʼminotchi korxona vakiliga elektr energiyasini hisobga olish priborlarini koʻrishiga imkon berish.

Isteʼmolchining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

4.3. Taʼminotchi korxona quyidagi huquqlarga ega:

Isteʼmolchidan mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarishni talab qilish;

isteʼmolchilar tomonidan elektr taʼminoti shartnomasi shartlari bajarilmasligi yoki buzilishi oqibatida unga yetkazilgan zararning belgilangan tartibda qoplanishi;

avariya rejimida, Isteʼmolchini elektr tarmogʻidan uzib qoʻyish;

EHNATga ulangan va oldindan toʻlangan mablagʻ tugagandan soʻng elektr energiyasi uchun oldindan toʻlovni amalga oshirish qurilmasiga ega hisobga olish pribori mavjud boʻlgan isteʼmolchilarni uzish;

Taʼminotchi korxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Taʼminotchi korxona amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda isteʼmolchilarni elektr tarmoqlaridan uzish oqibatlari uchun javobgar boʻlmaydilar.

Taʼminotchining shartnomada belgilanganidan boshqa huquqlari

4.4. Taʼminotchi korxona quyidagilarga majbur:

elektr energiyasini elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik boʻlinish

chegarasiga ushbu Shartnomada koʻrsatilgan hajmda uzluksiz yetkazib berish;

uskunalarni, elektr uzatish liniyalarini, elektr energiyasini hisobga olish priborlarini ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat koʻrsatish va uskunalarni taʼmirlash, shuningdek oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida nosozliklarni bartaraf etish;

Isteʼmolchi hisobga olish priborlari ishlashida muammolar yuzasidan xabar bergan holda shu kuni mazkur masalani joyiga chiqqan holda oʻrganib, belgilangan tartibda bartaraf etish chorlarini koʻrish;

oʻz elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini amaldagi davlat standartlarida (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97) belgilangan darajada saqlab turish;

elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;

Isteʼmolchiga elektr energiyasi yetkazib berishning toʻxtatib turilishi va buning sabablari toʻgʻrisida maʼlumot berish;

joriy etiladigan cheklashlar haqida, cheklashning hajmi va vaqtini koʻrsatgan holda, oʻz vaqtida xabar qilish;

Isteʼmolchining elektr energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi yoki elektr taʼminotida boshqa qoida buzilishlar toʻgʻrisidagi arizalarini, isteʼmolchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay koʻrib chiqish, ushbu qoida buzilishlarini bartaraf etish va Isteʼmolchiga Qoidalarga muvofiq batafsil javob yuborish;

Isteʼmolchining hisobga olish priborini oʻz vaqtida qiyoslovdan oʻtkazishni tashkil etish;

Isteʼmolchining sarflagan elektr energiyasi uchun qarzi vujudga kelganda qarzni besh kun muddatda toʻlash zarurligi toʻgʻrisida yozma xabardor qilish (EHNATga ulangan isteʼmolchilar bundan mustasno);

Isteʼmolchining elektr tarmoqlari va qurilmalarini oʻz hududiy elektr tarmoqlariga ulash yuzasidan texnik shartlar berish;

Isteʼmolchiga yetkazib berilgan elektr energiyasini belgilangan tartibda hisobga olib borish;

Isteʼmolchiga oʻrnatilgan elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish priborini almashtirish, oʻrnatish va xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shuningdek ularni plombalash;

telefon raqamlari oʻzgarganda, bu haqida Isteʼmolchilarga xabar berish.

Taʼminotchi korxona qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.

Taʼminotchining shartnomada belgilanganidan boshqa majburiyatlari

 

V. Elektr energiyasini cheklash yoki uzib qoʻyish shartlari

 

5.1. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlaridagi avariyalarning oldini olish va bartaraf etish yoki odamlar xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur boʻlganda, isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda elektr energiyasini uzatishni uzib qoʻyish yoki cheklashga ruxsat etiladi.

5.2. Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash, shuningdek, isteʼmolchilar yuklamalari jadvallarini tartibga solish chora-tadbirlari, cheklashlar jadvaliga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.

Quvvat va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati idoralari bilan kelishiladi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlanadi va yagona elektr energetika tizimida elektr quvvati va energiya tanqisligi paydo boʻlganda joriy etiladi. Isteʼmolchilar bilan elektr energiyasi quvvati va isteʼmol qilish boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari alohida tuzilmaydi.

5.3. Qoidalarda nazarda tutilmagan sabablarga koʻra Isteʼmolchini elektr energiyasidan oʻchirganlik, shuningdek cheklashlar jadvalini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlanmagan holda amalga kiritilgan taqdirda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq iqtisodiy choralar qoʻllaniladi.

 

VI. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

6.1. Ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan yoki tegishli darajada bajarmagan Taʼminotchi korxona buning oqibatida yetkazilgan zararni, Isteʼmolchi esa haqiqiy zararni qoplashga majbur.

6.2. Elektr energiyasining sifat koʻrsatkichi: chastotasi 50 Gs, nominal kuchlanishi 220 V (380 V, 6 kV, 10 kV), nominal kuchlanishning ruxsat etilgan oʻzgarishi ±10 foizni tashkil etadi (GOST 32144-2013 va GOST 13109-97). Elektr energiyasini sifat koʻrsatkichlari buzilganda (ruxsat etilgan kuchlanishning oʻzgarish foizidan kamayib va koʻtarilib ketgan taqdirda) uni aniqlash Taʼminotchi korxona va Isteʼmochi, “Oʻzenergoinspeksiya”, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati yoki mahalla fuqarolar yigʻini vakillari, akkreditatsiyadan oʻtgan standart organi bilan birgalikda maxsus akkreditatsiyadan oʻtkazilgan elektr energiyasini oʻlchov uskunalari orqali oʻlchov ishlari olib borish natijasida aniqlanadi va belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi, dalolatnomaga Isteʼmolchining buzilgan elektr qurilmalari roʻyxati qayd etiladi, imzolanadi hamda tomonlarga bir nusxadan beriladi. Ushbu oʻlchov davri 3 kun davomida amalga oshiriladi. Bunda barcha harajatlar aybdor tomon mablagʻlari hisobidan sud tartibda qoplanadi.

6.3. Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib boʻlmaydigan va oldindan bilib boʻlmaydigan favqulodda holatlarni oʻz ichiga olgan yengib boʻlmas kuch (fors-major) oqibatida oʻz zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.

6.4. Ushbu Shartnomani bajarish jarayonida yuzaga kelayotgan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara oʻtkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarning muzokara oʻtkazish orqali hal qilinishi iloji boʻlmaganda qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq nizolarni hal etish uchun sudga yoki boʻysunishi boʻyicha yuqori tashkilotga, mansabdor shaxsga murojaat qilish huquqiga ega.

VII. KORRUPSIYAGA QARSHI TALABLAR

 

7.1. Shartnomaning har bir tomoni oʻziga nisbatan qoʻllaniladigan barcha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlardagi Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlar va talablarni tushunishi haqida bir-birini ishontiradi va ularga amal qilishini kafolatlaydi.

7.2. Isteʼmolchi ushbu shartnoma amalda boʻlgan butun davr mobaynida u (shuningdek uning mansabdor shaxslari, direktori, xodimlari, agentlari va boshqa vakillari) Taʼminotchi korxonaning manfaatlarida uning agenti yoki vakili sifatida harakat qilib, Taʼminotchi korxonaning hamda Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchilik va normativ hujjatlarining Korrupsiyaga qarshi tegishli shartlari va talablariga qatʼiy rioya etish majburiyatini oladi.

 

VIII. YAKUNLOVCHI SHARTLAR

 

8.1.Mazkur shartnomani tomonlar imzolagan kundan boshlab Shartnomaning amal qilish muddati gacha boʻlgan muddatga tuzildi.

Shartnomaning amal qilish muddati tugaganda, tomonlardan biri uni uzaytirish yoki bekor qilish boʻyicha ariza bermagan boʻlsa, shartnoma keyingi har bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi. Ariza ushbu Shartnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin taqdim etilishi lozim.

8.2. Shartnoma 11 betdan iborat boʻlib, har ikki tomon uchun teng yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilgan.

8.3. Isteʼmolchi bilan boshqa isteʼmolchilar (ijarachilar) oʻrtasida, tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida turli xil nizo (kelishmovchilik) yuzaga kelgan holatlarda, faqatgina sudning qonuniy kuchga kirgan tegishli qarorlariga hamda qonunchilik talablariga asosan Taʼminotchi korxona Isteʼmolchining elektr tarmogʻidan ajratish yoki tarmoqqa qayta ulashni amalga oshiradi.

8.4. Ushbu shartnoma talablarida nazarda tutilgan va tutilmagan holatlar boʻyicha nizolar kelib chiqqan taqdirda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqiladi (tartibga solinadi).

 

Isteʼmolchiga ogohlantirish !

 

Umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish yoxud elektr energiyasini hisobga olish priborlariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoki bunday hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 101-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 1852-moddalariga asosan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

 

Hisobga olish priborlari haqida maʼlumot

Isteʼmolchining elektr qurilmalari Elektr qurilmasi ulangan tranformator joylashgan ko‘cha koʻchadagi Transformator raqami-son transformator punktidan chiquvchi 0,4 kV Elektr qurilmasi ulangan fider raqami fiderning Elektr qurilmasi ulangan fider tayanchining soni-son tayanchiga ulangan. Hisobga olish priborining turi va raqami Hisobga olish priborining turi va raqami,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi plombasining raqami: Texnik jihatdan tartibga soluvchining qo‘ygan plombasi raqami,Hisobga olish pribori klemmnik qopqogʻidagi Taʼminotchi korxona plombasining raqami: Hisobga olish pribori klemmnik qopqog‘idagi Taʼminotchi korxona plombasining raqami,Shartnoma tuzish paytidagi hisobga olish priborining koʻrsatkichi Shartnoma tuzish paytidagi hisobga olish priborining ko‘rsatkichi,Oxirgi qiyoslash sanasi Oxirgi qiyoslash sanasi,navbatdagi qiyoslash sanasi Navbatdagi qiyoslash sanasi,Ulangan quvvat Ulangan quvvat kV kVt.

Taʼminotchi:

Isteʼmolchi:

Manzil: Taʼminotchining nomi, pochta va manzili

Manzil: Isteʼmolchining yashash manzili

H/R: Taʼminotchining hisob raqami

Isteʼmolchining tugʻilgan sanasi yilda tugʻilgan

STIR: Taʼminotchining STIR raqami

Pasport seriya: Isteʼmolchining pasport seriyasi va raqami

IFUT: Taʼminotchining IFUT raqami

Isteʼmolchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan

Bank kodi (FPM) Taʼminotchining bank kodi raqami

Isтеʼmolchiga pasport berilgan sana yilda berilgan

Telefon: Taʼminotchining aloqa raqamlari

Dispetcher: Taʼminotchining dispetcher aloqa raqami

Elektron manzil: Taʼminotchining elektron manzili

Telefon: Isteʼmolchining aloqa raqamlari

Kadastr raqami: Isteʼmolchining kadastr raqami

Mahalla nomi: Isteʼmolchining mahallasi nomi

Taʼminotchi tashkilot rahbarining F.I.O.si Imzo:______

M.Oʻ:

Isteʼmolchining F.I.O.si Imzo:______

M.Oʻ:

 

Taʼminotchi korxona vakili Isteʼmolchi:

____________________________________ ____________________________________

____________________________________ ____________________________________

 

 

Elektr energiya aholi

Maishiy isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish shartnomasi orqali isteʼmolchi nergiyani faqat maishiy ehtiyojlar uchun sotib oladi.

Ushbu Shartnoma shartlari turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan oilaviy korxonalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Maishiy isteʼmolchi – elektr energiyasidan maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi aholi (uy egaligi/kvartiralar xonalari va hududini yoritish, elektr-maishiy va boshqa priborlardan foydalanish, ovqat tayyorlash, isitish va issiq suv taʼminoti).