O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
  • Bu yerda tuman, tumanlaro, shahar sudi nomi ko‘rsatiladi
Ariza beruvchi to‘g‘risida maʼlumotlar
  • Masalan: “Nur” MCHJ raisi Sh.Aliyev
  • Bu yerda tashkilotning yuridik manzili to‘liq ko‘rsatiladi
Ariza mazmuni

Yuklab oling

Iqtisodiy ishlar boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud nomiga

 

Manzil: Ariza bergan tashkilotning manzili

Ariza bergan tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli va imzo quyishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O.sidan

 

AR I Z A

(Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida)

 

Beraman ushbu arizani shu haqdakim, daʼvogar Daʼvogar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli tomonidan bizning tashkilotimizga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni haqidagi daʼvo ariza bilan iqtisodiy ishlari boʻyicha Ariza berilgan iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud nomi sudiga murojaat qilgan.

Hozirda daʼvogar Daʼvogar tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli bilan oʻzaro kelishganmiz va uning daʼvo talabini toʻliq tan olaman, shu sababli Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 110-moddasiga asosan mazkur iqtisodiy ishni ish yuritishdan tugatishingizni soʻrayman.

 

 

Ariza bergan tashkilotning nomi, tashkiliy huquqiy shakli va imzo quyishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsning lavozimi Ariza bergan tashkilot vakilining F.I.O.si

 

Ariza berilgan sana

 

 

 

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida.

Sud quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi, agar:

1) ish iqtisodiy sudga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;

2) fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, iqtisodiy sudning yoki chet davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud tomonidan chet davlat sudining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish rad etilgan hollar mustasno;

3) hakamlik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tarzda ijroga qaratish yuzasidan ijro varaqasini berishni rad etgan hollar mustasno;

31) ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan arbitrajning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo‘lsa, bundan iqtisodiy sud arbitrajning hal qiluv qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etgan hollar mustasno;

4) ishda taraf hisoblangan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

5) ishda taraf hisoblangan fuqaroning o‘limidan so‘ng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

6) da’vogar da’vosidan voz kechgan va sud uni qabul qilgan bo‘lsa;

7) kelishuv bitimi tuzilib, u sud tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa;

8) da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, bunda shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;

9) to‘plangan materiallar yo‘qotilgan sud ishini yoki ijro ishini yuritishni tiklash uchun yetarli bo‘lmasa.

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.

Ajrimning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.

Ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan sudga takroran murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mazkur ariza mazmuni va shakli qonunchilik talablariga rioya qilingan holda yuridik til qoidalari asosida shakllantirilgan bo‘lib, kelishuvni mustaqil holda to‘ldirgan holda bepul yuklab olishingiz mumkin.