O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasi (xonadonda propiskada turuvchi shaxslar bo‘lmagan holda)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
  • (yil, oy, kun so‘z bilan yoziladi)
Notarial idora
  • (viloyat, tuman (shahar), ko‘cha nomi, uy raqami)
Sotuvchi
  • (viloyat, tuman (shahar), MFY, ko‘cha nomi, uy raqami)
Sotib oluvchi
  • (viloyat, tuman (shahar), MFY, ko‘cha (qishloq) nomi, uy raqami)
Shartnoma mazmuni
  • (viloyat, tuman (shahar), MFY, ko‘cha nomi, uy raqami)
  • kv.m.da ko‘rsatiladi
  • kv.m.da ko‘rsatiladi
  • maʼmuriy bino, yordamchi xonalar va boshqalar
  • son va so‘z bilan yoziladi
  • son va so‘z bilan yoziladi

Yuklab oling

 

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasi

(xonadonda propiskada turuvchi shaxslar boʻlmagan holda)

 

Oʻzbekiston Respublikasi Shartnoma tuzilgan notarial okrug nomi

Shartnoma tuzilgan sana

 

Shartnomani tasdiqlagan notarial idora joylashgan manzildagi Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.O

Biz – Sotuvchining yashash manzilida yashovchi – Sotuvchining F.I.O (pasport Sotuvchining pasport seriyasi va raqami,Sotuvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Sotuvchiga pasport berilgan sanada berilgan) bundan buyon matnda SOTUVCHI deb yuritiluvchi bir tarafdan va Sotib oluvchining yashash manzilida yashovchi Sotib oluvchining F.I.Oga (pasport Sotib oluvchining pasport seriyasi va raqami,Sotib oluvchiga pasport bergan IIB nomi tomonidan Sotib oluvchiga pasport berilgan sanada berilgan) bundan buyon matnda SOTIB OLUVCHI deb yuritiluvchi ikkinchi tarafdan ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

1. Men – SOTUVCHI oʻzimizga tegishli boʻlgan Sotilayotgan uy-joy joylashgan manzil manzilida joylashgan uy-joyimni hovlidagi barcha qurilmalari bilan sotdim, men – SOTIB OLUVCHI ushbu bino va inshootlarni sotib oldim.

2. Sotilayotgan uy-joy quyidagilardan iborat:

Umumiy foydalanish maydoni Sotilayotgan uy-joyning umumiy maydoni o‘lchami kv.m.ni tashkil etib – turar-joy maydoni Sotilayotgan uy-joyning turar joy maydoni o‘lchami kv.m. boʻlgan Sotilayotgan uy-joydagi xonalar turi va soni xonalardan iborat;

Sotilayotgan uy-joyning inventar bahosi Sotilayotgan uy-joyning inventar bahosi summasi soʻmni tashkil etib, ushbu holatlar Sotilayotgan uy-joyning inventar bahosini belgilagan tuman (shahar) kadastr bo‘limining nomi tomonidan Sotilayotgan uy-joyning inventar bahosi to‘g‘risida maʼlumotnoma berilgan sanada berilgan Sotilayotgan uy-joyning inventar bahosi to‘g‘risida berilgan maʼlumotnoma raqami-sonli maʼlumotnoma bilan tasdiqlanadi.

3. Sotilayotgan uy-joy SOTUVCHIga Sotilayotgan uy-joyni mulkdorga mulk qilib bergan hokimlik nomi hokimining Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi tuman (shahar) hokimning qaroriga asosan mulk huquqi belgilangan sanasidagi Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi belgilangan qaror raqami-sonli qaroriga asosan tegishli boʻlib, Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkazgan tuman (shahar) kadastr bo‘limi nomi kadastr agentligida Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi tegishli tuman (shahar) kadastr bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadagi Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi tegishli tuman (shahar) kadastr bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kitob raqami-sonli kadastr kitobiga Sotilayotgan uy-joyga nisbatan sotuvchining mulk huquqi tegishli kitobda ro‘yxatdan o‘tkazilgandagi registratsiya raqami-tartib raqami bilan yozilib, Sotilayotgan uy-joyga berilgan kadastr hujjatining raqami kadastr raqami bilan roʻyxatga olingan.

4. Yuqorida koʻrsatilgan uy-joy taraflar tomonidan Sotilayotgan uy-joy taraflarning kelishuviga asosan qanchaga baholanadi soʻmga baholandi va shu summaga sotildi, men – SOTUVCHI ushbu pulni SOTIB OLUVCHIdan mazkur shartnoma imzolangunga qadar toʻliq oldik.

5. Sotilayotgan uy-joy mazkur shartnoma imzolangunga qadar boshqa shaxsga oʻtkazilmagan, garovga qoʻyilmagan, ijaraga berilmagan, nizoda yoʻq va sotilishi taqiqlanmagan.

6. Mazkur shartnomani rasmiylashtirish uchun sarflanadigan xarajatlarni SOTIB OLUVCHI toʻladi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185, 479–482, 485, 488-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9, 11, 32, 52-moddalari mazmuni biz – taraflarga notarius tomonidan tushuntirildi va tushunarli.

8. Sotilayotgan uy-joyda ro‘yxatda turuvchilar to‘g‘risida maʼlumot bergan mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) nomi MFY tomonidan Sotilayotgan uy-joyda ro‘yxatda turuvchilar to‘g‘risida maʼlumot berilgan sanada berilgan Sotilayotgan uy-joyda roʻyxatda turuvchilar toʻgʻrisida berilgan maʼlumotnoma raqami-sonli maʼlumotnomaga asosan sotilayotgan xonadonda propiskada turuvchi shaxslar yoʻq.

9. Men – SOTUVCHI ushbu shartnomada koʻrsatilgan xonadonning qarzlari yuzasidan daʼvo qiluvchilar yoʻqligini hamda kommunal xizmatlar va telefon tarmogʻi abonent toʻlovlari, xalqaro va shaharlararo soʻzlashuv, issiqlik va sovuq suv, tabiiy gaz, elektr energiyasi, soliq hamda boshqa kommunal xizmatlar uchun qarzim yoʻqligini bildiraman.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 185-moddasiga asosan ushbu shartnoma belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab SOTIB OLUVCHIda mulk huquqi vujudga keladi.

11. Biz – taraflar shartnoma matnini toʻliq oʻqib chiqdik, uning mazmuni va mohiyati, huquqiy oqibatlari notarius tomonidan tushuntirildi va bizga tushunarli, shartnomaning mazmuni bizning asl xohish-istaklarimizga mos keladi. Mazkur shartnomani tuzib, imzolaganimizda muomala layoqatiga ega boʻlganimizni, oʻz xatti-harakatlarimiz ahamiyatini toʻliq tushunganligimizni, hech kim bizni aldamaganligini, shartnomani tuzib, imzolash haqida zoʻrlamaganligini, tazyiq oʻtkazmaganligini, ushbu bitimni tuzishga majbur qilishga olib kelgan ogʻir holatlar yoʻqligini bildiramiz.

12. Mazkur shartnoma taraflar tomonidan uch nusxada tuzilib imzolandi, ulardan bir nusxasi Shartnomani tasdiqlagan notarial idora nomi va raqami notarial idora notariusi Shartnomani tasdiqlagan notariusning F.I.Oda saqlanadi, qolgan nusxalari esa taraflarga shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun berildi.

 

IMZOLAR:

 

Sotuvchi:_____________________________________________________________

Cotib oluvchi:________________________________________________________

Notariusning tasdiqlov yozuvi.

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasi (xonadonda propiskada turuvchi shaxslar bo‘lmagan holda)