O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza

Hujjat tavsifi
Arizaning rekvizitlari

Yuklab oling

 

 

 

Daʼvo ariza berilgan sud nomiga

 

 

Da’vogar: Daʼvogarning F.I.O.

 

 

Manzil: Daʼvogarning yashash manzili

 

 

Telefon raqami: Daʼvogarning telefon raqami

 

 

Pochta: Daʼvogarning elektron manzili

 

 

Javobgar: Javobgarning F.I.O.

 

 

Manzil: Javobgarning yashash manzili

 

 

Telefon raqami: Javobgarning telefon raqami

 

 

Pochta: Javobgarning elektron manzili

 

 

Da’vo ariza

(Ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida)

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 14-moddasida agar qonun yoki shartnomada zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs o‘ziga yetkazilgan zararning to‘la qoplanishini talab qilishi mumkin.

Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.

Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.

Menga Zarar yetkazilishiga olib kelgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning F.I.Sh tomonidan Zarar yetkazilishiga olib kelgan maʼmuriy huquqbuzarlikning nomi, vaqti va hujjat raqami (agar hujjat bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa) natijasida Zarar miqdori so‘m miqdorida zarar yetdi.

Ushbu zararni oldini olish uchun o‘z hisobimdan Zararni oldini olish uchun sarflangan mablag‘ miqdori so‘m mablag‘ sarfladim.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 38-moddasining birinchi qismiga ko‘rsa, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart.

Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.

Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash fuqarolik-huquqiy tartibida sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona, muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga haqlidir, jinoyat ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar hal qilaveradi.

Yuqoridiganlardan hamda Fuqarolik kodeksining 14-moddasida va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 38-moddasiga asosan,

SO‘RAYMAN:

Menga Zarar yetkazilishiga olib kelgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning F.I.Sh tomonidan Zarar yetkazilishiga olib kelgan maʼmuriy huquqbuzarlikning nomi, vaqti va hujjat raqami (agar hujjat bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa) natijasida yetkazilgan Zarar miqdori so‘m miqdoridagi zararni va uni oldini olishga sarflagan mablag‘larimni javobgardan qoplab berishingizni.

Ilova:

Belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

Da’vo arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;

Arz qilingan talablarga asos bo‘lgan holatlar

Da’vo arizani imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjat

Ilova qilinayotgan boshqa hujjatning nomi

 

Daʼvogarning F.I.O.

_______

Daʼvo arizasi imzolangan sana

 

Maʼmuriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risida daʼvo ariza

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi.

Agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishini talab qilishga haqli ekanligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shart.

Mazkur namuna amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda tayyorlangan bo‘lib, foydalanuvchilarga huquqshunos ishtirokisiz da’vo ariza tayyorlash imkonini beradi.