O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Ulushlarni bo‘lib-bo‘lib kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Quruvchi
Ulushdor
Shartnoma shartlari
  • raqam va so‘z bilan yoziladi
  • raqam va so‘z bilan yoziladi
  • raqam va so‘z bilan yoziladi
  • raqam va so‘z bilan yoziladi
  • Mazkur bandga ulushni kiritish uchun belgilangan oxirgi sana ko‘rsatiladi (Masalan oyning 15, 20, 30-sanasi)
  • Mazkur bandga xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga elektr taʼminotiga oid ishlarning nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga tabiiy gaz o‘tkazishga oid qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga santexnika ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga telefon, internet va aloqaga oid qurilish ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga uyni pardozlashga oid ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Mazkur bandga qurilish-montaj ishlariga oid boshqa ishlarining nomi va aniq hajmi ko‘rsatilishi lozim
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonunga ko‘ra penyaning umumiy miqdori majburiyat bajarilmagan qismining 50 foizidan oshmasligi lozim.
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonunga ko‘ra penyaning umumiy miqdori majburiyat bajarilmagan qismining 50 foizidan oshmasligi lozim.
  • Ushbu bandga kunlar soni yozilishi lozim (masalan 15 kun, 30 kun)
  • Mazkur bandga kunlar soni aniq yozilishi kerak (masalan 15 kun, 30 kun)

Yuklab oling

ShARTNOMA

Ulush kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish to‘g‘risida

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami

Shartnoma tuzilgan joy

 

Quruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli nomidan harakat qiluvchi mazkur tashkilot Quruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Quruvchi tashkilot rahbarining F.I.O keyingi o‘rinlarda — “Quruvchi” deb yuritiladi bir tomondan, Ulushdorning manzilida yashovchi Ulushdorning F.I.O (pasport Ulushdorning pasport seriyasi va raqami,Ulushdorga pasport bergan tuman (shahar) IIB nomi IIB tomonidan Ulushdorga pasport berilgan sana yilda berilgan) bundan buyon matnda — “Ulushdor” deb yuritiladi, ushbu Shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

 

1. ASOSIY TUShUNChALAR

 

1.1. Shartnomada quyidagi asosiy atamalar va tushunchalar qo‘llaniladi:

ulushdor — qurilish majmuasida bir yoki bir nechta qurilish ob’ektini mulk huquqi bilan olish maqsadida ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;

ulush kiritish asosida qurilish — ko‘p kvartirali uylarni quruvchilar va ulushdorlarning mablag‘lari hisobidan qurish, rekonstruksiya qilish va qayta ixtisoslashtirish;

ulush kiritish asosida qurilishda ishtirok etish to‘g‘risidagi shartnoma — ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bo‘yicha quruvchi va ulushdor o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi yozma shakldagi bitim;

quruvchi (developer) Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritilgan, ko‘p kvartirali uylarni qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxs;

qurilish majmuasi — quruvchi tomonidan bir loyiha doirasida qurilishga ajratilgan yer uchastkasida, bir manzilda qurilayotgan bir yoki bir nechta qurilish ob’ektlari yig‘indisi;

qurilish majmuasining qiymati — quruvchining qurilisholdi xarajatlari, jumladan ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkasini olish (auksion savdolari yoki xususiy mulkdorlarga kompensatsiya to‘lovini amalga oshirgan holda va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa asoslarda), ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qurish va foydalanishga topshirish bosqichlarini yakunlash uchun loyiha-smeta hujjatlarida ko‘zda tutilgan xarajatlar yig‘indisi;

qurilish ob’ekti shartnomaga asosan ulushdorga topshiriladigan xonadon (kvartira) yoki boshqa ob’ekt;

qurilish ob’ektining qiymati — shartnomada ko‘rsatilgan qurilish ob’ektining narxi;

Ulush depoziti — Ulushdor tomonidan quruvchining bankdagi hisob raqamiga qo‘yilgan mablag‘lar;

2. ShARTNOMA PREDMETI

 

2.1. Ulushdor quruvchi tomonidan Qurilish majmuasi joylashgan manzil manzilida qurilayotgan qurilish majmuasining qurilishi uchun har bir kv.m uchun Ulushdor sotib olayotgan xonadonning 1 kv.m uchun belgilangan narxi so‘mdan, jami Ulushdor sotib olayotgan xonadon uchun kiritiladigan ulushning umumiy miqdori so‘m miqdorida ulush kiritish, Quruvchi esa yuqoridagi manzilda joylashgan uyning Ulushdor sotib olayotgan xonadon qurilish majmuasining qaysi blokida joylashgan bloki Ulushdor sotib olayotgan xonadon joylashgan yo‘lak raqami yo‘lagi Ulushdor sotib olayotgan xonadon joylashgan qavat qavatida joylashgan Ulushdor sotib olayotgan xonadon raqami-sonli xonadonni ulushdorga mulk qilib berish majburiyatini oladi.

2.2. Mulk xususiyatlari: kvartira raqami, yashash xonalari soni, umumiy maydoni va umumiy miqdori quyida keltirilgan:

2.2.1. Xonadonning umumiy maydoni Xonadonning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi;

2.2.2. Yashash xonalarining umumiy soni: Yashash xonalarining umumiy soni ta;

2.2.3. Yashash xonalarining umumiy maydoni: Yashash xonalarining umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.2.4. Oshxonaning umumiy maydoni: Oshxonaning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.2.5. Yordamchi xonalar va dahlizning umumiy maydoni Yordamchi xonalar va daxlizning umumiy maydoni kv.m.ni tashkil etadi.

2.3. Quruvchi ulushdor bilan tuzilgan mazkur shartnoma Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qo‘yilganidan so‘ng Ulushdor ulushlarni shartnomaning 2.2.1-bandida ko‘rsatilgan miqdorda Quruvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali taqdim etadi. Ulushlarni taqdim etish taraflarning kelishuviga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibida amalga oshiriladi.

Ulushni taqdim etish Ulush sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan dastlabki to‘lov miqdori so‘m miqdoridagi dastlabki to‘lovni shartnoma tuzilgandan so‘ng Ulush sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan dastlabki to‘lovni to‘lash muddati kun ichida, qolgan summani Ulush sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan summa necha oyda bo‘lib to‘lanishi lozim oy davomida har oyda Ulush sifatida to‘lanadigan summaning bir oylik miqdori so‘mdan to‘lash orqali amalga oshiriladi. Ulushlarni kiritish har oyning Har oyda ulush sifatida to‘lanadigan summani Quruvchining hisob raqamiga o‘tkazish sanasi sanasiga qadar amalga oshiriladi. Mazkur sana bayram yoki dam olish kuniga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni to‘lovlarni amalga oshirishning oxirgi kuni hisoblanadi.

2.4. Ulushdorga mulk huquqi bilan topshiriladigan ob’ektdagi ishlar tarkibi va hajmi quyidagi shartlarni hisobga olgan holda arxitektura-dizayn firmasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga mos kelishi kerak:

1) Xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlari: Xonadon ichida amalga oshiriladigan qurilish ishlari;

2) Elektr ta’minotiga oid ishlar: Elektr taʼminotiga oid ishlar;

3) Tabiiy gaz ta’minotiga oid ishlar Tabiiy gaz taʼminotiga oid ishlar;

4) Santexnika ishlari: Santexnika ishlari;

5) Telefon, internet va aloqaga oid ishlar Telefon, internet va aloqaga oid ishlar;

6) Uyni pardozlash ishlari: Uyni pardozlash ishlari;

7) Boshqa ishlar Qurilish-montaj ishlariga oid boshqa ishlar;

2.5. Quruvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur qurilish majmuasi shartnoma tuzilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritilganligini kafolatlaydi.

 

3. KIRITILAYoTGAN ULUShNING HAJMI, ShAKLI VA ShARTLARI

 

3.1. Ulushdor tomonidan kiritiladigan ulushning umumiy summasi Ulushdor sotib olayotgan xonadon uchun kiritiladigan ulushning umumiy miqdori so‘mni tashkil etadi. Ulush depozitining belgilangan hajmi o‘zgartirilishi mumkin emas.

Ulush summasiga Ob’ektga nisbatan Ulushdorning egalik huquqini belgilash, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar kirmaydi.

3.2. Quruvchining roziligi bilan ulush hissasi to‘liq yoki qisman 2.3-bandlarda belgilangan summaga teng miqdordagi qurilish materiallari ko‘rinishida ham kiritilishi mumkin. Qurilish materiallarning turi va miqdori taraflar tomonidan tuziladigan alohida kelishuvga asosan belgilanadi.

3.3. Ulushdor sarmoya sifatida qo‘shilgan qurilish materiallarining sifati ushbu materiallar uchun barcha sifat va xavfsizlik talablariga javob berishiga kafolat beradi.

3.4. Qurilish ob’ekti foydalanishga topshirilgandan va Ob’ektga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, kadastr hujjatlarida ko‘rsatilgan maydon 2.1-bandda ko‘rsatilgan maydondan farq qilgan hollarda taraflar o‘rtasida qayta hisob-kitob amalga oshiriladi. Bunda ortiqcha yoki kam chiqqan har bir kv.m maydon uchun hisob-kitoblar 2.1-bandda ko‘rsatilgan narxga asosan hisoblanadi.

 

4. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYaTLARI

 

4.1. Quruvchining majburiyatlari:

4.1.1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur shartnomani Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qo‘yish;

4.1.2. Ulushdorning ulush depozitidan maqsadli foydalanishni ta’minlash;

4.1.3. Majmua qurilishini tashkil etish va amalga oshirish uchun barcha kerakli loyiha-smeta va boshqa hujjatlarni tayyorlash va qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

4.1.4. Qonun talablaridan kelib chiqqan holda qurilish ishlari yuzasidan barcha zaruriy ruxsatnomalarni va litsenziyalarni olish, uchinchi shaxslar bilan shartnomalarni imzolash va ishlarni bajarish;

4.1.5. Qurilish ob’ektida onlayn rejimida kuzatish imkoniyatini ta’minlash;

4.1.6. Ulushdorga qurilish ob’ektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishi uchun sharoit yaratish;

4.1.7. Ulushdorning talabiga asosan shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha unga yozma shaklda ma’lumot berib borishi;

4.1.8. Qurilish majmuasining qurilishini qurilish materiallari, texnika bilan ta’minlash, ishchilar va xizmatchilarni jalb qilish, qurilishni boshqarishni tashkil etish va qurilishni olib borish;

4.1.9. Qurilish majmuasini Qurilish majmuasini foydalanishga topshirish muddatidan kechiktirmagan holda foydalanishga topshirish;

4.1.10. Qurilish ob’ekti foydalanishga topshirilgandan keyin Obyekt foydalanishga topshirilgandan keyin Quruvchi necha kalendar kun ichida Ulushdorga egalik qilishga oid hujjatlarni rasmiylashtirib berishi lozim kalendar kun ichida Qurilish ob’ektiga egalik qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash va notarial tartibda rasmiylashtirib berish;

4.1.11. Ob’ektga nisbatan ulushdorning mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng Qurilish obyekti bo‘yicha kafolat muddati necha oyni tashkil etadi oy davomi (kafolat muddati)da aniqlangan, quruvchi tomonidan bajarilgan ishlardagi xato va kamchiliklarni o‘z hisobidan bartaraf etish;

Quruvchining shartnomada belgilangandan boshqa majburiyatlari

4.2. Quruvchining huquqlari:

4.2.1. Ulushdor bilan tuzilgan shartnoma hisobga qo‘yilganidan so‘ng qurilish ob’ektini qurish uchun ulushdorning mablag‘larini jalb qilish;

4.2.2. Ulushdordan ulushlarni taqdim etish (pul mablag‘larini o‘tkazish) muddatlariga rioya qilinishini talab qilish;

4.2.3. Ulush qurilish materiallari ko‘rinishida qo‘shilganda, Ulushdordan ushbu materiallar sifat va xavfsizlik talablariga javob berishini talab qilish;

4.2.4 Qurilish ob’ektiga oid hujjatlarni rasmiylashtirish zaruratidan kelib chiqqan holda Ulushdordan tegishli davlat idoralariga kelishini talab qilish;

Quruvchining shartnomada belgilangandan boshqa huquqlari

4.3. Ulushdorning majburiyatlari:

4.3.1. Quruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ulushlarni taqdim etish (pul mablag‘larini o‘tkazish) muddatlariga rioya qilgan holda belgilangan muddatlarda ulushlarni Quruvchining hisob raqamiga o‘tkazib borish;

4.3.2. Ulush qurilish materiallari ko‘rinishida qo‘shilganda sifat va xavfsizlik talablariga javob beradigan materiallarni taqdim etish;

4.3.3. Qurilish ob’ektiga egalik qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar Quruvchi tomonidan tayyorlanganda, hujjatlarni notarial tartibda rasmiylashtirishda ishtirok etish va rasmiylashtirishga oid xarajatlarni o‘z hisobidan to‘lash;

4.3.4. Qurilish ob’ektiga nisbatan egalik huquqi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar unda qayta qurish, rekonstruksiya qilish va qurilish bilan bog‘liq boshqa ishlarni amalga oshirmaslik;

Ulushdorning shartnomada belgilangandan boshqa majburiyatlari

4.4. Ulushdorning huquqlari:

4.4.1. Quruvchidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 maydagi PQ-4732-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda mazkur shartnoma Qurilish vazirligi va uning hududiy tuzilmalarida hisobga qo‘yilishini talab qilish;

4.4.2. O‘zi kiritgan ulush pullaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;

4.4.3. Quruvchidan qurilish ob’ektida onlayn rejimda kuzatish imkoniyati yaratilishini, qurilish ishlari holati bilan tanishishi uchun sharoit yaratilishini, shartnoma shartlari bajarilishi bo‘yicha yozma shaklda ma’lumot berib borilishini talab qilish;

4.4.4. Quruvchidan qurilish majmuasi Qurilish majmuasini foydalanishga topshirish muddatidan kechiktirilmagan holda foydalanishga topshirilishini talab qilish;

4.4.5. Qurilish ob’ekti foydalanishga topshirilganidan keyin Quruvchidan egalik qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tayyorlanishini va notarial tartibda rasmiylashtirilishini talab qilish;

4.4.6. Quruvchidan kafolat muddati davomida aniqlangan, quruvchi tomonidan bajarilgan ishlardagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish;

Ulushdorning shartnomada belgilangandan boshqa huquqlari

 

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Quruvchi mazkur shartnomaga asosan zimmasiga olayotgan majburiyatlarni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa (qurish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlamaslik, ishlarni sifatsiz bajarish va hokazo.) O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunidan kelib chiqqan holda har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq penyaning umumiy miqdori majburiyatning bajarilmagan qismi qiymatining Quruvchi majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun unga belgilanadigan penyaning umumiy miqdori (foizda) foizidan oshmasligi lozim.

5.2. Ulushdor mazkur shartnomaga asosan zimmasiga olayotgan majburiyatlarni bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa (ulush mablag‘larini belgilangan muddatlarda yoki miqdorda kiritmaslik va hokazo), yuqoridagi Qonundan kelib chiqqan holda har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,4 foizi miqdorida penya to‘laydi. Biroq penyaning umumiy miqdori majburiyatning bajarilmagan qismi qiymatining Ulushdor majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun unga belgilanadigan penyaning umumiy miqdori (foizda) foizidan oshmasligi lozim.

Penya to‘lanishi shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.

5.3. Quruvchi ulushdor tomonidan kiritilgan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanganda, Ulushdorga maqsadsiz foydalanilgan pul mablag‘lari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasidan kelib chiqqan holda foiz to‘laydi;

5.4. Quruvchi asossiz ravishda qurilish ob’ektini topshirish muddatini Qurilish obyektini topshirish muddati necha kunga buzilganda Ulushdor shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishga haqli kunga buzgan taqdirda, Ulushdor shartnomani bir tomonlama bekor qilishni, o‘zi kiritgan ulush mablag‘lari qaytarilishini hamda 5.3. bandda belgilangan foizlar to‘lanishini talab qilishga haqli.

5.5. Ulush mablag‘larini bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi asossiz ravishda Ulushni bo‘lib-bo‘lib kiritish necha marotaba kechiktirganda Quruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishga haqli marotaba kechiktirgan hollarda Quruvchi shartnomani bir tomonlama bekor qilishni talab qilishi mumkin. Bunda Quruvchi shartnomaning 5.2 bandida belgilangan penya to‘lovlarini ushlab qolgan holda Ulushdorning pul mablag‘larini qaytarib berganidan so‘ng, qurilish ob’ektini uchinchi shaxslarga sotishga haqli.

5.6. Ulushdor ulush hissasini qurilish materiallari ko‘rinishida kiritgan hollarda materiallar sifat va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlansa, taraflar nuqsonli materiallar yuzasidan dalolatnoma tuzadilar. Ulushdor dalolatnoma tuzilganidan e’tiboran 5 (besh) bank kunidan kechiktirmay materiallarni sifatlisiga almashtirib topshirishi yoki ulushni pul ko‘rinishida kiritishi lozim.

5.7. Tomonlarning shartnomada belgilanmagan javobgarlik masalalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi hamda amaldagi qonunchilikka asosan hal qilinadi.

 

6. FORS-MAJOR HOLATLARI

 

6.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki tegishlicha bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan bilishi, oqilona choralar bilan oldini olishi mumkin bo‘lmagan favqulodda xususiyatga ega voqealar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major holatlari) tufayli yuzaga kelganligini va Tomonlar o‘z majburiyatlarini tegishlicha bajarish yuzasidan barcha mumkin bo‘lgan va o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan choralarni ko‘rganligini isbotlasa, javob bermaydi.

6.2. Fors-major holatlariga harbiy harakatlar, tabiat kuchlari ta’siri (zilzila, suv toshqini va hokazolar), davlat organlari qarorlari va boshqa holatlar kiradi.

6.3. Fors-major holatlar yuzaga kelishi to‘g‘risida Tomonlar bunday holatlar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab besh ish kuni davomida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.

6.4. Fors-major holatlar yuzaga kelgan taqdirda, mazkur shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati mutanosib ravishda ushbu hodisalar ro‘y bergan muddatga suriladi.

7. NIZOLARNI HAL QILISh TARTIBI

 

7.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan yoki mazkur majburiyatlarni bajarish chog‘ida yuzaga keladigan barcha nizolar Tomonlar o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.

7.2. Nizolar muzokaralarni o‘tkazish natijasida hal etilmasa, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Nizolar muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etilmasa, taraflar murojaat qiladigan sud nomi sudida hal etiladi.

 

8. BOShQA ShARTLAR

 

8.1 Shartnoma ikki nusxada tuzilgan bo‘lib, ular bir xil yuridik kuchga ega. Ushbu shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat ular yozma shaklda rasmiylashtirilib, Tomonlar imzolagandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi.

8.2. Qurilish ob’ekti Ulushdorga topshirilib, kafolat muddati tugagandan so‘ng, aniqlangan qurilishdagi yashirin nuqsonlar bilan bog‘liq nizolar amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.

 

9. ShARTNOMANING AMAL QILISh MUDDATI

 

9.1. Ushbu Shartnoma imzolangan paytdan kuchga kiradi va Shartnomaning amal qilish muddatiga qadar amal qiladi.

9.2. Tomonlar mazkur shartnomaning barcha shartlarini to‘liq bajargan taqdirda shartnomaning amal qilishi 9.1-bandda belgilangan muddatdan ilgari tugatilishi mumkin.

 

10. TOMONLARNING MANZILLARI VA BANK REKVIZITLARI:

 

Quruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli_

Manzil:Quruvchi tashkilotning manzili

h/rQuruvchi tashkilotning hisob raqami

STIR:Quruvchi tashkilotning STIR raqami

MFO:Quruvchi tashkilotning MFO raqami OKED:Quruvchi tashkilotning OKED raqami

tel:Quruvchi tashkilotning telefon raqami

 

Quruvchi tashkilot rahbarining F.I.O (Imzo)

 

 

Muhr

Ulushdorning F.I.O

Manzil: Ulushdorning manzili

Pasport ma’lumoti: Ulushdorning pasport seriyasi va raqami

Ulushdorga pasport bergan tuman (shahar) IIB nomi IIB tomonidan

Ulushdorga pasport berilgan sanayilda berilgan

STIR:Ulushdorning STIR raqami

h/r:Ulushdorning bankdagi hisob raqami

tel:Ulushdorning telefon raqami

 

Ulushdorning F.I.O (Imzo)

 

 

 

Ulushlarni bo‘lib-bo‘lib kiritish asosida turar-joy binosi qurilishida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma