O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Kompleks ekspertiza tayinlash haqida

Hujjat tavsifi
Iltimosnoma rekvizitlari
Iltimosnoma beruvchi
Iltimosnoma mazmuni
  • Izoh: Sabablar to‘liq, aniq va asoslangan bo‘lishi lozim
  • Izoh: Iltimosnomaga ish holatiga oid, iltimosnomani asoslovchi barcha hujjatlar, iltimosnoma nusxasi taraflarga yuborilganligini, tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinishi lozim

Yuklab oling

Iqtisodiy ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sud nomi sudiga

 

Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

 

Manzil: Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning yuridik manzili

 

 

AR I Z A

Kompleks ekspertiza tayinlash haqida

 

Iqtisodiy ishlar boʻyicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sud nomi sudi tomonidan daʼvogar Ish bo‘yicha daʼvogarning F.I.O.sining javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.O.siga nisbatan Daʼvo ariza mazmuni toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi yuzasidan yuritilayotgan iqtisodiy ish koʻrib chiqilmoqda.

Mazkur ish boʻyicha Ekspertiza tayinlangan sana kuni Tayinlangan ekspertiza turi ekspertizasi tayinlangan. Mazkur ekspertiza Ekspertiza xulosasi berilgan sana kuni Ekspertiza xulosaning mazmuni toʻgʻrisida xulosa bergan.

Men Iltimosnoma beruvchi ekspertiza xulosasini asossiz deb hisoblashining sabablari sabablarga koʻra mazkur xulosani asossiz deb hisoblayman.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual Kodeksining 80-86-moddalariga koʻra, ekspertiza turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir nechta ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan sud yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.

Ekspertizani oʻtkazish oʻziga topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibida har bir ekspert tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarini oʻz maxsus bilimlari doirasida shakllantiradi. Tekshirishlarning ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kompleks ekspertiza ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir nechta tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.

Kompleks ekspertizani oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertizaning xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi faktlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.

Umumiy xulosa (xulosalar) olingan natijalarni baholashga va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan ekspertlar tomonidan chiqariladi. Agar ekspertlar komissiyasi yakuniy xulosasining yoki uning bir qismining asosi ekspertlardan biri (alohida ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlardan iborat boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi lozim. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual Kodeksining 80-86-moddalariga “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida»gi Qonunining 19-moddasiga asosan,

SOʻRAYMAN:

 

Mazkur iqtisodiy ish boʻyicha kompleks ekspertiza tayinlashingizni.

 

Ilova: Iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlar ro‘yxati

 

Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxsning nomi va tashkiliy huquqiy shakli

Iltimosnoma berilgan sana

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Kompleks ekspertiza tayinlash haqida