Ustavni ro‘yxatga olgan vakolatli organ nomi tomonidan
«RO‘YXATGA OLINGAN» |
|
«Nodavlat-notijorat tashkilot nomi»nodavlat notijoart tashkiloti ishtirokchilarining Ustavni tasdiqlash to‘g‘risida NNT ishtirokchilarining umumiy yo‘g‘ilishi o‘tkazilgan sanadagi Ustavni tasdiqlash to‘g‘risida NNT ishtirokchilarining umumiy yo‘g‘ilishining tartib raqami-son umumiy yig‘ilishi bayonnomasi bilan
«TASDIQLANGAN» |
“Nodavlat-notijorat tashkilot nomi”NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTINING USTAVI
Toshkent - 2024
“Nodavlat-notijorat tashkilot nomi”ning nodavlat notijorat tashkilotining
USTAVI
Mazkur Ustav O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni, 2007-yil 3-yanvardagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-76-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5012-sonli qaroriga muvofiq “Nodavlat-notijorat tashkilot nomi”nodavlat notijorat tashkilotining (keyingi o‘rinlarda Tashkilot deb yuritiladi) maqomi, maqsadi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “Suyunch” nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda “NNT” deb yuritiladi) o‘z a’zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi.
1.2. NNT o‘z ustavida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko‘radi.
1.3. Fuqarolarning NNT faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo‘la olmaydi.
1.4. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, shuningdek xodimlarning ijtimoiy ta’minoti va ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risidagi qonunchilik NNT xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
1.5. NNT daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z a’zolari o‘rtasida taqsimlamaydigan tashkilot hisoblanadi.
1.6. NNT o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni, 2007-yil 3-yanvardagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-76-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3931-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5012-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar, NNTning ta’sis shartnomasi va ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
1.7. NNT o‘z tuzilmasi, maqsad va vazifalari, shakl va uslublarini belgilashda erkindir. U o‘z organlarini mustaqil ravishda shakllantiradi va shtatlar jadvaliga asosan o‘z apparatini tuzadi.
NNT o‘zining maqsad va vazifalariga muvofiq boshqa Mamlakatlarning nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi, xalqaro va boshqa tashkilotning hududiy bo‘linmalari birlashmalariga, tashkilotlariga a’zo bo‘lib kirishi va a’zolikdan chiqishi mumkin.
1.8. NNT o‘z maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda davlat tashkilotlari, organlari, korxona va muassasalar, ish beruvchilar, ularning birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik kiladi.
NNT o‘z faoliyatida, shu jumladan, moliyaviy faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqildir.
1.9 NNTning nomlanishi:
o‘zbek tilida: to‘liq “Nodavlat-notijorat tashkilot nomi”Nodavlat notijorat Tashkiloti; qisqartmasi NNT;
rus tilida: to‘liq — Nodavlat-notijorat tashkilotning rus tilidagi nomi;qisqartmasi NNO;
ingliz tilida: to‘liq Nodavlat-notijorat tashkilotning ingliz tilidagi nomi;qisqartmasi – NNO;
NNTning doimiy faoliyat yurituvchi rahbar organining joylashgan yeri (pochta manzili): NNTning doimiy faoliyat yurituvchi rahbar organining joylashgan yeri (pochta manzili)
2. NNTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. NNTning maqsad va vazifalari quyidagilarga qaratilgan:
-NNTga a’zo bo‘lgan maktabgacha ta’lim, maktab ta’limi va oliy ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xususiy sektor tashkilotlarining huquqlarini Respublika hududida hamda chet mamlakatlarda himoya qilish, ular hamda davlat idoralari o‘rtasida vujudga kelgan muammoli va nizoli vaziyatlarni muvofiqlashtirish;
-NNTga a’zo tashkilotlar o‘z faoliyatlarini yanada kengaytirishi, yanada samarali ishlashlari uchun to‘siq bo‘lib kelayotgan holatlar, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar va loyihalar ishlab chiqish, loyihalar va takliflarni Parlamentga, Hukumatga hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etish;
-NNTga a’zo tashkilotlarning takliflari, fikr-mulohazalaridan kelib chiqqan holda ta’lim sifatini yaxshilash, ta’lim sohasidagi xodimlarning turmush darajasini oshirish, sohada qulay va samarali boshqaruv mexanizmlarni tashkil etish, nazorat qilish, baholash, rag‘batlantirishning yangi va innovatsion usullarini qo‘llash yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, davlat dasturlari, yo‘l xaritalari tayyorlash, ularni Parlamentga, Hukumatga hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga taqdim etish;
-NNT a’zolarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va (yoki) qonuniy manfaatlarini davlat tashkilotlari va organlarida, korxonalar hamda muassasalarda, sudlarda, boshqa tashkilotlarda shuningdek, xalqaro yoki xorijiy tashkilotlarda ifoda etish, ushbu huquqlarni talab qilish va himoya qilishda bevosita ishtirok etish;
-NNTga a’zo tashkilotlarning NNT faoliyatiga mos yo‘nalishlardagi tashabbuslarini amalga oshirish uchun ular bilan hamkorlik qilish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqishda ularga huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan ko‘maklashish;
-NNTga a’zo tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining kasbiy mahoratini oshirish, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni keng jalb qilgan holda ixtisoslashtirilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish, hamda mutaxassislarni xorijda tajriba oshirish, seminar va kurslarda ishtirok etishni ta’minlashda ko‘maklashish;
-tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni hamda faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida NNT a’zolari bilan doimiy uchrashuvlarni tashkil etish;
-Mamlakatda demokratik jarayonlarni barqaror rivojlantirish va ilgari surishga ko‘maklashish, ushbu sohada a’zo tashkilotlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish, ularning nuqtai nazarlarini ifodalash;
-A’zolar huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda hamda ularni ekspertizadan o‘tkazishda ishtirok etish hamda sohani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlab, vakolatli davlat organlariga taqdim etib borish;
-Ta’lim sifatini oshirish, sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etish, soha xodimlarining ijtimoiy himoyasini yaxshilash va boshqa muhim masalalar yuzasidan davlatning ta’limga bog‘liq vazirlik va idoralariga faol takliflar berish, tizimning tartib va talablarini ratsional mexanizmlar bilan muvofiqlashtirish;
-NNT faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borish.
2.2. NNT o‘z maqsad va vazifalariga erishish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
-NNTning maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng jamoatchilikka ma’lumot beradi;
-NNTga a’zo bo‘lishning foydali jihatlari va afzalliklari to‘g‘risida targ‘ibot tadbirlarini olib boradi;
-Nodavlat notijorat tashkilot harakatining strategiya va taktikasini ishlab chiqadi hamda a’zo tashkilotlar faoliyatining samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi;
-uch tomonlama ijtimoiy muloqot va mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishga va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
NNT a’zolari faoliyat yuritadigan sohalarda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashabbus qiladi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;
-mehnatga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
-NNTning faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha noshirlik mahsulotlarini nashr qiladi. O‘z faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni xabardor qiladi, hamda tashkilotning hududiy bo‘linmalari axborot xizmatini tashkil etadi;
-NNTning faoliyati uchun zarar bo‘ladigan ta’lim, madaniyat, dam olish, turizm, sport va boshqa ob’ektlarning qurilishida buyurtmachi bo‘ladi yoki buyurtmachi qilib boshqa sub’ektni tayinlaydi.
NNT o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarar bo‘lgan, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa ishlarni ham amalga oshirishga haqli.
NNT O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-yanvardagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-76-son Qonunida ko‘rsatilgan kafolatlardan hamda huquqlardan foydalanadi.
NNT davlatning uning faoliyatini subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtmalar va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa usullar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘maklarini qabul qiladi va ulardan foydalanadi.
2.3. NNT hududlardagi boshqarma va bo‘limlarining quyidagilarga qaratilgan sa’y-harakatlariga rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi:
-NNTga a’zo tashkilotlarning konstitutsiya va qonunchilik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan huquqlariga rioya etilishiga;
-NNTga a’zo tashkilotlarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishiga;
-Mehnatga haq to‘lash va mehnat rejimining ijtimoiy adolatli tizimi joriy etilishiga;
-mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishiga;
-davlat tashkilotlari va organlari, korxonalar hamda muassasalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa fuqarolik institutlari bilan a’zo tashkilotlarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik olib borilishiga;
-mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik yo‘lga qo‘yilishiga, jamoa muzokaralarining tashkil etilishiga, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishiga, ularning bajarilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga;
-NNTga a’zo tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan ta’limga oid, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilishiga.
3. NNTGA A’ZOLIK. AZOLIKDAN CHIQARISH. A’ZOLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1. NNTning ta’sischilari, ya’ni ta’sis shartnomasini imzolagan tashkilotlar NNTning a’zo tashkilotlari bo‘lib hisoblanadi.
3.2. NNTga yangi a’zo tashkilotlarni qabul qilish haqidagi qaror NNTning rahbar organi tomonidan, a’zolikka nomzodning arizasiga asosan qabul qilinadi.
Arizaga a’zolikka kirmoqchi bo‘lgan tashkilotning kollegial organi qarori, Ustav va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi guvohnoma nusxasi, a’zolar soni haqidagi ma’lumotlar ilova qilinadi. Zaruratga ko‘ra NNTning rahbar organi tomonidan boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.
3.3. NNTga qabul qilish rad etilganda bu masala yuzasidan a’zolikka kiruvchi tashkilot NNT rahbar organining navbatdagi majlisiga murojaat qilishi mumkin.
3.4. NNTga a’zo bo‘ladigan tashkilotlarning ustavlari NNTning ta’sis hujjatlariga hamda mazkur ustavga zid bo‘lmasligi kerak.
3.5. Quyidagi hollarda NNTga a’zolik to‘xtatiladi:
-a’zo tashkilot tugatilganda;
-a’zo tashkilot NNT tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqqanda;
-a’zo tashkilot NNT tarkibidan chiqarilganda.
3.6. A’zo tashkilotning NNT tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqishi a’zo tashkilotning kollegial asosda faoliyat yurituvchi boshqaruv organining yakdillik asosida qabul qilgan qaroriga yoki yakkaboshlik asosidagi faoliyat yurituvchi rahbariyatining qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bu haqida NNT a’zo tashkilot tomonidan kamida uch oy oldin yozma ravishda xabardor qilinishi kerak.
3.7. NNTdan chiqish haqidagi qaror uch oylik muddatda NNTning rahbar organi tomonidan ko‘rib chiqiladi va qabul qilingan qaror nusxasi 3 (uch) ish kuni davomida a’zolikdan ixtiyoriy ravishda chiqish istagini bildirgan tashkilotga yuboriladi. A’zoni NNTdan ixtiyoriy ravishda chiqarish to‘g‘risida NNTning rahbar organi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar a’zo NNT oldida zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarishga va NNTning ta’sis hujjatlariga hamda mazkur ustav talablarini bajarishga majbur hisoblanadi.
3.8. NNTning ta’sis hujjatlari talablari va NNT rahbar organi qarorlarini bajarmayotgan, NNTga a’zolik badalini to‘lamayotgan (a’zolik badalini to‘lash o‘rnatilgan taqdirda) a’zo tashkilot NNT rahbar organi qaroriga binoan NNT a’zoligidan chiqarilishi mumkin.
3.9. A’zo tashkilotlarning huquqlari quyidagilardan iborat:
-NNTning ta’sis hujjatlariga va dasturiy hujjatlariga zid kelmaydigan dasturiy va boshqa hujjatlarni qabul kilish;
-o‘z vakillarini NNTning Bosh kengashi tarkibiga saylash, ularni chaqirib olish va yangilarini saylash;
-NNT organlariga tashkilotning hududiy bo‘linmalari faoliyatining har qanday masalalari bo‘yicha murojaat qilish, ma’lumotlar, tushuntirishlar va axborotlar olish;
-faoliyatiga doir hujjatlar loyihalarini NNT organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
-o‘z vakillari orqali NNTning majlislarida va kollegial organlari ishida ishtirok etish;
-sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ hujjatlar loyihalariga NNTning takliflarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
-NNTning turli xil dasturlarini ishlab chiqish va jamg‘armalarini tuzishda ishtirok etish;
-NNT bilan kelishgan holda NNTning mulkidan foydalanish va uni boshqarishda ishtirok etish;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari kadrlari va faollarini o‘qitish, o‘z faoliyati uchun zarur axborot olish va tarqatishda NNT imkoniyatlaridan foydalanish, o‘z vakillarini NNT tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, o‘quv seminarlariga yo‘llash;
-Faollarni NNT nishonlari va Faxriy yorlig‘i bilan taqdirlash to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar, shuningdek, ularni Davlat mukofotlari va faxriy unvonlarga tavsiya etish bo‘yicha NNT tomonidan qo‘llab-quvvatlashni so‘rab taqdimnomalar kiritish.
3.10.A’zo tashkilotlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-NNTning ta’sis hujjatlari talablarini to‘liq va lozim darajada bajarish;
-NNT faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda faol ishtirok etish;
-NNT organlarining mazkur Ustavga muvofiq qabul qilingan qarorlarini bajarish;
-NNT va unga a’zo tashkilotlar manfaatlarini zarar yetkazuvchi, ularning huquqlarini buzuvchi xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
-o‘z ustavlari va rahbar kadrlari tarkibidagi o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilayotgan harakatlar haqida NNTni xabardor qilib borish;
-NNT ta’sis etgan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga, NNTning tasarrufidagi boshqa tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish;
-o‘zlari birlashtirgan tashkilotning hududiy bo‘linmalari a’zolari soni haqida ma’lumot, a’zolik badallarini hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq moliyaviy hisobot, boshqa statistik ma’lumotlarni normativ hujjatlarda belgilangan shakl va tartibda NNTga taqdim etib borish.
3.11. NNT organlari qarorlarining a’zo tashkilotlar tomonidan bajarilmasligi NNT rahbar organi majlislarida ko‘rib chiqiladi, natijalari va ko‘rilgan choralar haqidagi axborot a’zo tashkilotlarga yuboriladi.
4. NNT FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI VA TASHKILIY TUZILISHI
4.1. NNT o‘z faoliyatini quyidagi prinsiplarga asosan amalga oshiradi:
-Qonuniylik;
-Ochiqlik va oshkoralik;
-Adolat;
-Shaffoflik
-Ixtiyoriylik;
-Kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
-Mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish;
-Teng huquqlilik;
-Kollegiallik;
-Birlik hamda birdamlik;
-Quyidan yuqorigacha barcha darajadagi tashkilotning hududiy bo‘linmalari organlarining saylab qo‘yilishi;
-Qarorlar qabul qilish jarayonida fikr va munozara erkinligi;
-Qarorlar qabul qilishda ozchilik fikrini ham inobatga olish;
-NNT organlari qarorlarining a’zo tashkilotlar tomonidan bajarilishining majburiyligi.
4.2. NNTning tuzilmasi quyidagilardan iborat:
A’zo tashkilotlar;
NNTning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari (keyingi o‘rinlarda “hududiy Kengashlar”deb yuritiladi);
-NNTning shtatdagi xodimlardan iborat markaziy apparati.
4.3. NNTning rahbar organlari:
-NNTning Qurultoyi - (keyingi o‘rinlarda “Qurultoy” deb yuritiladi) NNTning oliy rahbar organi;
-NNTning Bosh kengashi (keyingi o‘rinlarda “Bosh kengash” deb yuritiladi) Qurultoylar oralig‘ida o‘tkaziladigan, NNTning doimiy harakatdagi kollegial rahbar organi;
-NNTning Ijroiya qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Ijroiya qo‘mita" deb yuritiladi) - NNT faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiruvchi, NNT rahbar organining qarorilarini ijro qilish funksiyasini amalga oshiruvchi kollegial ijroiya organi;
-NNT raisi - faoliyatini yakkaboshchilik asosida amalga oshiruvchi ijro organi.
-Nazorat-taftish komissiyasi - NNTning kollegial nazorat organidir.
4.4. NNTning Qurultoyi
4.4.1. NNT Qurultoyi besh yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Qurultoy Bosh kengash qarori bilan chaqiriladi. Uni chaqirish, vakillik normasi hamda kun tartibi to‘g‘risida Qurultoy ochilishidan kamida ikki oy oldin e’lon qilinadi.
4.4.2. Navbatdan tashqari Qurultoy Bosh kengash tashabbusi bilan yoki a’zo tashkilotlarning kamida uchdan ikki qismining talabiga binoan chaqiriladi. Bosh kengashning navbatdan tashqari Qurultoyini chaqirish, vakillik normasi, kun tartibi to‘g‘risidagi qarori uning ochilishidan kamida 15 (o‘n besh) kun oldin e’lon qilinadi.
4.4.3. Qurultoy xujjatlari — qarorlar, rezolyusiyalar, murojaatnomalar, bayonotlar, deklaratsiyalar shaklida qabul qilinadi.
4.5. Qurultoy vakolatlari:
Qurultoy quyidagi vakolatlarga ega:
-NNTni qayta tashkil etish, tugatish va faoliyatini to‘xtatish;
-Ustav va dasturiy hujjatlarni qabul qilish, shuningdek, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
-Bosh kengash va uning Nazorat-taftish komissiyasi faoliyati haqidagi hisobotlarni eshitish va uni tasdiqlash;
-NNT raisini, Bosh kengash a’zolarini saylash, belgilangan kvotaga muvofiq a’zo tashkilotlar va hududiy Kengashlardan to‘g‘ridan- to‘g‘ri vakil yo‘llash prinsipiga binoan saylangan Bosh kengash a’zolari vakolatlarini tasdiqlash;
--NNTning Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini saylash, uning nizomini tasdiqlash;
-NNTning Nazorat-taftish komissiyasi raisini saylash;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari harakatining strategiyasini belgilash va boshqa muhim masalalar bo‘yicha qarorlar, bayonotlar, murojaatnomalar qabul qilish;
NNT mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni to‘liq tasarruf etish. Qurultoy oralig‘ida mol-mulkdan foydalanish, unga egalik qilish va tasarruf etishga oid masalalar kelib chiqqan hollarda ushbu masalalar bo‘yicha qarorlar Bosh kengash, uning majlislari oralig‘ida esa Ijroiya qo‘mita tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Ushbu bandning birinchi, ikkinchi (Ustav va dasturiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishdan tashqari), uchinchi va oltinchi xatboshilarida qayd etilgan masalalar Qurultoyning mutlaq vakolatiga kiradi.
4.5.2. Qurultoy qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.5.3. Qurultoy o‘zining mutlaq vakolatlariga kirmaydigan masalalar yuzasidan vakolatlarni Bosh kengashga, Ijroiya qo‘mitaga, NNT raisiga berishi mumkin. Vakolatini berish Qurultoyning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4.6. NNTning Bosh kengashi
4.6.1. Bosh kengash a’zo tashkilotlar va hududiy Kengashlardan teng miqdorda, ikkitadan vakilni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llash prinsipi bo‘yicha shakllantiriladi.
4.6.2. Vakillarni Bosh kengash tarkibiga saylash, ularni chaqirib olish va yangilarini saylash NNTga a’zo tashkilotlarning Qurultoylari, xududiy Kengashlar konferensiyalari yoki rahbar organlari majlislarida amalga oshiriladi.
4.6.3. Bosh kengash tarkibiga Qurultoyda saylangan a’zolar, shuningdek, lavozimiga ko‘ra NNT raisi va uning o‘rinbosarlari kiradi.
4.6.4. Bosh kengash majlisi zaruratga ko‘ra, ammo bir yilda kamida bir marta chaqiriladi.
4.6.5. Bosh kengashning vakolat muddati besh yil.
4.6.6. Bosh kengash quyidagi vakolatlarga ega:
Ustavda belgilangan vazifalarni va NNT Qurultoyining qarorlarini bajarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish;
-NNT mulkiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish (Bosh kengash majlislari oralig‘ida mazkur vakolat Ijroiya qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi);
-NNTga a’zo tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan a’zolik badali miqdori, to‘lov tartibi va muddatini belgilash;
-Qurultoy chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
-Bosh kengash a’zolari va a’zo tashkilotlar rahbarlarining NNT organlari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini tinglash;
-a’zo tashkilot tomonidan NNT ta’sis hujjatlari, uning rahbar organlari qarorlari bajarilmagan, a’zolik badallari o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanmagan hollarda ushbu tashkilotga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish va uning vakillarini NNTning kollegial organlari majlislarida ovoz berish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish, a’zo tashkilotning tegishli saylab qo‘yiladigan organlariga mazkur holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rish yuzasidan murojaat qilish;
-NNT tizimida yagona moliyaviy siyosatni belgilash va muvofiqlashtirib borish;
-Qurultoylar oralig‘ida zaruratga ko‘ra ushbu Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
-Ijroiya qo‘mitaning son tarkibini belgilash va uning a’zolarini Bosh kengash vakolati muddatiga saylash;
-Qurultoylar oralig‘ida Bosh kengash a’zolarini tarkibdan chiqarish, saylash va Bosh kengash tarkibiga yangi vakil etib saylangan a’zolarning vakolatlarini tasdiqlash;
-NNTning xalqaro faoliyati strategiyasini belgilash;
-NNTning xalqaro tashkilotning hududiy bo‘linmalari birlashmalariga a’zo bo‘lishi va ulardan chiqishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, NNT va a’zo tashkilotlarning xalqaro faoliyati prinsiplarini belgilash va muvofiqlashtirib borish;
-NNTga yangi a’zo tashkilotlarni qabul qilish yoki uni arizasiga asosan chiqarish Ijroiya qo‘mita tomonidan rad etilgan hollarda mazkur tashkilotning appelyatsiyasini ko‘rib chiqish;
-Xalqaro NNT markazlariga NNT vakillarini yo‘llash;
-NNT raisi o‘rinbosarlarini, shu jumladan, birinchi o‘rinbosarini saylash va lavozimidan ozod qilish (Bosh kengash majlislari oralig‘ida NNT raisi o‘rinbosarlarini saylash masalasi keyinchalik Bosh kengash majlisida tasdiqlash sharti bilan Ijroiya qo‘mita tomonidan hal qilinishi ham mumkin);
-Zarurat tug‘ilganda (jumladan, rais boshqa ishga o‘tganligi, salomatligi yomonlashganligi, iste’foga chiqqanligi tufayli o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda) Qurultoylar oralig‘ida NNT raisini lavozimidan ozod qilish va yangi raisni saylash (bunga zarurat bo‘lganda esa uning vazifasini birinchi o‘rinbosar bajaradi);
-Hududiy kengashlarni tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
-Ustav talablariga zid bo‘lmagan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bosh kengash o‘z faoliyati yuzasidan NNT Qurultoyi oldida hisobdor bo‘lib, 5 (besh) yilda kamida bir marta hisobot beradi.
4.6.7. Bosh kengash o‘zining ayrim vakolatlarini Ijroiya qo‘mitasiga yoki NNT raisiga berishi mumkin. Vakolatlarni o‘tkazish Bosh kengash qaroriga asosan amalga oshiriladi.
4.6.8. Bosh kengash majlislari Ijroiya qo‘mitasi qaroriga yoki Bosh Kengash a’zolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismining talabiga ko‘ra chaqiriladi.
4.6.9. Bosh kengash hujjatlari qaror, rezolyusiya, bayonot va murojaatnomalar shaklida qabul qilinadi.
4.6.10. Bosh kengash majlislarini NNT raisi, NNT raisi ishtirok etmagan hollarda esa NNT raisining birinchi o‘rinbosari, u ham bo‘lmaganda o‘rinbosarlaridan biri olib boradi.
4.7. Ijroiya qo‘mitasi
4.7.1. Ijroiya qo‘mitasi a’zolari Bosh kengash majlisida Bosh kengash a’zolari orasidan saylanadi.
4.7.2. NNT raisi va uning o‘rinbosarlari lavozimiga ko‘ra Ijroiya qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
4.7.3. Ijroiya qo‘mita majlisi zaruratga qarab, ammo har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
4.7.4. Ijroiya qo‘mitaning vakolatlari quyidagilardan iborat:
-a’zo tashkilotlarning huquq va manfaatlariga doir masalalarni qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
-A’zo tashkilotlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquq va manfaatlariga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirib borish;
-Ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, shuningdek, tashkilotning hududiy bo‘linmalari harakatiga doir boshqa muhim masalalar bo‘yicha qarorlar, rezolyusiyalar, bayonotlar, murojaatnomalar qabul qilish;
-Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyadagi NNTning muxtor vakillari tarkibini tasdiqlash, komissiya bilan hamkorlik qilish;
-Bosh kengash majlisini chaqirish, uning kun tartibi va o‘tkazish joyi yuzasidan takliflar kiritish, muhokama qilinayotgan masalalarga oid materiallarni taqdim etish, Qurultoy va Bosh kengash qarorlarining bajarilishini tashkil qilish;
-NNTga yangi tashkilotlarni a’zolikka qabul qilish, shuningdek, a’zolikdan chiqishi masalalari bo‘yicha qaror qabul qilish;
-o‘z vakolatlari doirasida a’zo tashkilotlarning faoliyatiga tegishli barcha yo‘nalishlardagi ishlarini muvofiqlashtirish;
-a’zo tashkilotlarning boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish maqsadida tegishli bo‘linmalarni tuzish, ularni moliyalashtirish va shtatlarni belgilashga doir murojaatlari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari sanator-kurort, sport, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy, kadrlar malakasini oshirish muassasalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari axborot faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
-Bosh kengashga NNT raisi o‘rinbosarlari, shu jumladan, birinchi o‘rinbosarini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida taklif kiritish;
-ayrim kechiktirib bo‘lmaydigan (masalan, lavozimidan ozod etish haqida ariza bergan, salomatligi tufayli o‘z vazifalarini bajara olmagan va boshqa) hollarda NNT raisi o‘rinbosarlari, shu jumladan, birinchi o‘rinbosarini lavozimidan ozod qilish;
-hududiy Kengashlar to‘g‘risida Nizomlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
-NNT tasarrufida tashkilotlar ta’sis etish, ularning nizomlarini tasdiqlash, qayta tashkil etish, tugatish, faoliyatlarini muvofiqlashtirib borish;
-NNT apparati tuzilmasini tasdiqlash;
a’zo tashkilotlar, hududiy Kengashlar, NNT tasarrufidagi tashkilotlar taqdimiga ko‘ra Davlat mukofotlari bilan mukofotlash haqida tegishli organlarga iltimosnoma kiritish;
-NNT nishoni, Faxriy yorlig‘i, Faxriy unvonlarini ta’sis etish, ular to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash va shunga munosib deb topilgan nomzodlarni taqdirlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
-NNTga a’zo tashkilotlarning saylab qo‘yiladigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni taklif qilish;
-tashkilotga a’zolik biletining yagona shaklini, shuningdek NNT ramzini tasdiqlash;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
-NNT tasarrufidagi malaka oshirish muassasalarida tashkilot kadrlari va faollarini o‘qitish borasidagi ishlarni tashkil qilish, mazkur muassasalar faoliyatini yo‘naltirish va muvofiqlashtirib borish;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalarining yagona kadrlar strategiyasini belgilash;
-NNTning ko‘chmas mulki (binolar va inshootlar) reestrini tasdiqlash;
-Bosh kengash majlisi oralig‘ida NNT mulkiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, shu jumladan, NNTga foydalanish uchun beg‘araz berilgan ob’ektlardan foydalanish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish va tasdiqlash uchun Bosh kengashning navbatdagi majlisiga kiritish;
-NNT tizimida madaniyat,dam olish, turizm, sport va boshqa ob’ektlarning qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, kapital va joriy ta’mirlanishi, jihozlanishi bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
-NNTning tashkilot budjeti, daromadlar va xarajatlar smetasi, uning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
-sog‘lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‘lovdan ajratiladigan daromadlar va xarajatlar smetasini va uning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash;
-moliyalashtirish NNT tomonidan amalga oshirilgan hollarda hududiy Kengashlar tomonidan taqdim etilgan tashkilot budjeti bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini ma’qullash;
-murojaat qilingan hollarda vakolati doirasida NNTga a’zo tashkilotlar o‘rtasidagi nizoni ko‘rib chiqish, ularni hal qilish yuzasidan qarorlar qabul qilish;
-NNT tizimidagi va boshqa tashkilotlarga homiylik va moliyaviy yordam ko‘rsatish yuzasidan qaror qabul qilish;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida tashkilotning hududiy bo‘linmalarini qayta tashkil etish yoki birlashtirish yuzasidan a’zo tashkilotlarga takliflar kiritish;
-NNT tizimida hisobot-saylov kampaniyalarini o‘tkazish muddatlarini muvofiqlashtirgan holda belgilash;
-a’zo tashkilotlar tomonidan hisobotlar topshirish tartibi va davriyligini belgilash, ish rejasiga muvofiq yoki zaruratga ko‘ra, NNT a’zo tashkilotlari, hududiy kengashlar va tasarrufidagi tashkilotlarning faoliyati haqidagi axborotlarni tinglash;
-tashkilotning hududiy bo‘linmalari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha vaqtinchalik komissiyalar, ishchi guruhlarni tashkil etish;
-turli maqsadlarga mo‘ljallangan jamg‘armalarni tuzish haqida qaror qabul qilish;
-NNT apparatining tuzilmasi, shtatlar jadvali, bo‘lim va bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomlarni hamda ish rejasini tasdiqlash;
-NNTning Mehnat inspektorlari tomonidan taqdim etilgan axborotlarni umumlashtirish va har yilning 1 mayidan kechikmay NNTning rasmiy veb-saytida, zarur bo‘lgan hollarda boshqa manbalarda e’lon qilish;
-Qurultoy, Bosh kengash tomonidan vakolat berilgan boshqa vazifalarni bajarish;
-NNT raisiga o‘zining ayrim vakolatlarini berish.
4.7.5. Ijroiya qo‘mitasi o‘z faoliyati to‘g‘risida Bosh kengashga bir yilda kamida bir marta axborot beradi.
4.8. NNT raisi.
4.8.1. NNT raisi NNTga umumiy rahbarlik qiladi, bir vaqtning o‘zida Bosh kengash va Ijroiya qo‘mita raisi ham hisoblanadi.
4.8.2. NNT raisi etib NNTga a’zo bo‘lgan tashkilotning a’zosi saylanishi mumkin.
4.8.3. NNT raisi Qurultoy tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
4.9. NNT raisi quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:
-NNTning Ustav bo‘yicha vazifalarini, shuningdek, NNT organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etadi va uning oldida hisobdor bo‘ladi;
-Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, korxona, tashkilot va muassasalarda NNT nomidan ishtirok etadi va NNTning pozitsiyasini bildiradi;
-NNT nomidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ishonchnomasiz) ish ko‘radi;
-NNT raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
-Bosh kengash va Nazorat-taftish komissiyasining qo‘shma majlislarini o‘tkazadi;
-zarur hollarda NNT nomidan bayonotlar beradi, tegishli tashkilotlarga murojaatnoma va taqdimnomalar yuboradi;
-sohaga taalluqli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda NNTning ishtirokini ta’minlaydi;
-O‘z takliflarini bildirish uchun NNTga kiritilgan normativ va normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildiradi;
-belgilangan tartibda NNT mulki va uning foydalanishidagi mulkka egalik qilish, foydalanish va tasarruf etishni tashkil etadi;
tashkilot budjetidan ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini tashkil etadi, NNTning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini ta’minlaydi;
-Bosh kengashga NNT raisi o‘rinbosarligi, shu jumladan birinchi o‘rinbosarligi uchun nomzodlarni taqdim etadi, ularni lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
-NNT tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
-chet el xizmat safariga yuboriluvchilar nomzodini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
-NNT nomidan ishonchnomalarni beradi hamda zaruratga ko‘ra ularni muddatidan oldin bekor qiladi;
-Ijroiya qo‘mita majlisini chaqiradi, muhokama kilinadigan masalalar yuzasidan majlisga materiallar tayyorlanishi yuzasidan ko‘rsatmalar beradi,qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qiladi;
-Bosh kengash va Ijroiya qo‘mita qarorlarini imzolaydi;
-NNT apparati faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
-mazkur Ustavda belgilangan vakolati doirasida farmoyishlar chiqaradi hamda ularni bekor qiladi;
-NNT nomidan xo‘jalik va boshqa turdagi shartnomalar tuzadi va NNT nomidan ularni imzolaydi;
-NNT organlari vakolat bergan boshqa vazifalarni bajaradi;
Zaruratga ko‘ra normativ-huquqiy hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, bunday xujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zarurligi to‘g‘risidagi tavsiyalar va yozma so‘rovlar yuboradi;
-NNTga a’zo tashkilotlarning saylab qo‘yiladigan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi;
-NNT apparati xodimlari bilan mexnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi, bekor qiladi. Ularga rag‘batlantirish yoki intizomiy choralar ko‘rish to‘g‘risida bajarilishi shart bo‘lgan farmoyishlar chiqaradi;
-bank va boshqa moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qo‘yish huquqiga asosan imzo qo‘yadi.
-NNT raisi o‘zining ayrim vakolatlarini o‘rinbosarlariga, hududiy Kengashlar rahbarlariga, shuningdek, NNT tasarrufidagi tashkilotlarning rahbarlariga berishi mumkin.
4.10. NNTning Nazorat-taftish komissiyasi.
4.10.1. Nazorat-taftish komissiyasi NNTning kollegial nazorat organi bo‘lib, NNT tizimidagi tashkilotlarda mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar, NNT Ustavi, NNT organlari qarorlari ijrosi to‘g‘ri, to‘liq va lozim darajada bajarilayotganligini tekshiradi, taftishdan o‘tkazadi va nazorat qiladi.
4.10.2. Nazorat-taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqil bo‘lib, Qurultoy hamda NNTning Bosh kengashi oldida hisobdordir.
4.10.3. Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi Bosh kengashning vakolat muddatiga teng muddatga Qurultoyda saylanadi. Nazorat-taftish komissiyasining faoliyati Qurultoy qaroriga ko‘ra yoki NNTning faoliyati to‘xtatilgan taqdirda to‘xtatiladi.
4.10.4. Nazorat-taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mazkur Ustav va Qurultoy tomonidan tasdiqlanadigan Nazorat-taftish komissiyasining Nizomi asosida ish yuritadi.
4.11. NNT apparati
4.11.1. NNT apparati NNTning saylab qo‘yiladigan kollegial organlarining qarorlarini amalga oshirish hamda NNT raisining topshiriqlarini bajarish maqsadida shakllantiriladi va doimiy asosda faoliyat yuritadi.
4.11.2. NNT apparati o‘z faoliyatini Ijroiya qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan reglament asosida amalga oshiradi.
4.11.3. Hududiy kengashlar NNTning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida bo‘linmalari hisoblanib, tegishli ma’muriy-hududiy tuzilmalarda NNT manfaatlarini ifodalaydi, uning huquq va majburiyatlarini amalga oshiradi.
4.11.4. Hududiy kengashlar Bosh Kengash qarori bilan tuziladi yoki tugatiladi va o‘z faoliyatini mazkur Ustav va Ijroiya qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan Nizom asosida amalga oshiradi. Hududiy kengashlarning huquq va majburiyatlari, ularning rahbar organlariga doir normalar, ularni tashkil etish va tugatish tartibi ushbu nizomda belgilanadi.
5. NNT ORGANLARI MAJLISLARINING VAKOLATLI BO‘LISHI, ULARDA QARORLAR QABUL QILISH
5.1. NNT Qurultoylari ularga saylangan delegatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
5.2. NNT Qurultoyi delegatlarining vakolatlari Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
5.3. Bosh Kengash va Ijroiya qo‘mita majlislari a’zolarning yarmidan ko‘pi ishtirok etganda to‘la huquqli hisoblanadi.
5.4. NNT organlari qarorlari, agar mazkur Ustavda boshqa qoida belgilanmagan bo‘lsa, qatnashayotgan delegatlar yoki a’zolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi. Ovoz berish shakli NNT organlari a’zolari tomonidan belgilanadi.
5.5. NNT organlari majlislarida muhokama etilgan masalalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va bayonnoma rasmiylashtiriladi.
5.6. NNT organlarining ish tartibi Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Reglament asosida belgilanadi.
5.7. Zarur hollarda NNTning Qurultoyi, Bosh kengashi va Ijroiya qo‘mitasi majlislari videokonferensaloqa tartibida o‘tkazilishi mumkin.
5.8. Tezkor ravishda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha Bosh kengash hamda Ijroiya qo‘mitasi qarorlari ularning loyihalariga rozilik belgisi (viza) qo‘yish orqali, jumladan, elektron raqamli imzo, pochta, telegraf, teletayp, faks, elektron va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda, so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.
5.9. Navbatdagi Qurultoyni chaqirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda (favqulodda holatlar, karantin e’lon qilinganda va boshqa uzrli sabablar) NNTning saylanma rahbar organlarining vakolat muddati ushbu holatlar bartaraf etilgunga qadar o‘z-o‘zidan uzaytirilgan hisoblanadi. Bu muddat bir yildan oshishi mumkin emas.
5.10. Mazkur Ustav bo‘yicha yuqori turuvchi organ qaror qabul qilish davomida bo‘ysunuv bo‘yicha quyi turuvchi organ vakolatlariga doir masalalarni ham hal etishi mumkin.
Yuqori turuvchi organ bo‘ysunuv bo‘yicha quyi turuvchi organning qonun va mazkur Ustav talablariga zid qarorlarini qayta ko‘rib chiqish uchun tegishli organ yoki vakolatli shaxsga yuborishi, kollegial organlar vakolatiga doir masalalar yuzasidan esa uning navbatdan tashqari yig‘ilishini belgilangan tartibda chaqirishi mumkin.
5.11. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda quyi turuvchi organning qonun va Ustav talablariga zid qarorlari yuqori turuvchi organ tomonidan qisman yoki to‘liq bekor qilinishi mumkin.
6. MULK VA MABLAG‘LAR
6.1. NNT qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi hamda mazkur ustavda belgilab qo‘yilgan vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadi.
6.2. NNTning mulki va mablag‘lari a’zolik badallaridan, ajratmalardan, qonunlarda belgilangan tartibda tadbirkorlik, xo‘jalik va boshqa faoliyatdan olingan daromadlardan, Ustav maqsadlariga yo‘naltiriluvchi daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallaridan va homiylik mablag‘laridan, sohaga oid xalqaro tashkilotlarning, jamg‘armalarning, xorijiy mamlakatlarning beg‘araz yordamlari, grantlari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
6.3. NNT qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larni ishlab topish hamda kelgusida ulardan tashkilot a’zolarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ishlab chiqarish, xo‘jalik, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishi, tashkilotlarni tashkil etishi mumkin. Mazkur faoliyatdan tushgan daromad a’zolar o‘rtasida taqsimlanmaydi va Ustav maqsadlariga sarflanadi.
6.4. NNT mulki ob’ektlariga binolar, inshootlar, ep uchastkalari, mexanizmlar, jihozlar, transport va texnik vositalar, inventar, madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan mulklar, turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, pul mablag‘lari,shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, korxonalar va xo‘jaliklar, ommaviy axborot vositalari, bosmaxonalar, sanator-kurort, dam olish uyi, sog‘lomlashtirish, sport, o‘quv muassasalari, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulklar kiradi.
NNT mulklarining shaklini o‘zgartirish, ularga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish masalasi qonun bilan o‘rnatilgan tartibda, mazkur Ustavda belgilangan vakolatlar doirasida NNT organlari tomonidan hal etiladi.
6.5. NNTning mulki daxlsizdir va u qonun bilan qo‘riqlanadi. Uning mol-mulki natsionalizatsiya, rekvizitsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.6. NNT mulkka nisbatan qonunga va boshqa huquqiy hujjatlarga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni amalga oshirishga, jumladan, homiylik va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratishga, o‘z mulkini ajratib berishga, mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berishga, sotishga, mulkni garovga qo‘yishga, undan boshqacha tarzda foydalanishga haqli.
6.7. NNT mulki ishonchli boshqaruv uchun boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) berilishi, mulkiy huquqlarning o‘tishiga acoc bo‘lmaydi, ishonchli boshqaruvchi o‘z boshqaruvini NNT manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirishga majbur.
6.8. NNT a’zo tashkilotlarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, shuningdek, a’zo tashkilotlar NNTning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas.
6.9. A’zo tashkilotlar NNTga bergan mol-mulkiga va a’zolik badallariga nisbatan egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini saqlab qolmaydilar.
6.10. NNTning asosiy vositalari, pul, shu jumladan, chet el valyutasidagi pul mablag‘lari bo‘lmish mol-mulklari uning tasarrufidagi tashkilotlarga operativ boshqaruv huquqi bilan beriladi va NNT vakolatli organining roziligisiz sotilishi, hadya qilinishi, beg‘araz berilishi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilishi mumkin emas.
7. NNTNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH TARTIBI
7.1. NNTni qayta tashkil etish, (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) yoki tugatish to‘g‘risidagi qaror NNTning Qurultoyida qabul qilinadi. Kvorum mavjud bo‘lgan holda Qurultoyda qatnashayotgan delegatlarning kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda, qaror qabul qilingan hisoblanadi.
7.2. NNTni qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7.3. NNTni tugatish haqida Qurultoy tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda NNT Qurultoyi qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish komissiyasini tayinlaydi, shuningdek, kreditorlar talabi qanoatlantirilgandan so‘ng qolgan mulkni NNT Ustaviga muvofiq qaysi maqsadga yo‘naltirishni belgilaydi.
7.4. NNT faoliyatini to‘xtatish, shuningdek, NNTni tugatish qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
NNTning faoliyatini davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari yoki boshqa shaxslarning tashabbusiga asosan tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
7.5. Tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ya’ni Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tugatish komissiyasi tayinlanadi.
8. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. NNT organlariga, NNTning saylab qo‘yiladigan lavozimlariga saylangani munosabati bilan ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan shaxslar, shuningdek, NNT apparati xodimlari bilan mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ xujjatlar bilan tartibga solinadi.
8.2. Saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan xodimlar bilan vakolat muddatiga mehnat shartnomalari (kontraktlar) tegishli organ vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
8.3. NNT o‘z faoliyatining natijalari hisobini yuritadi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, soliq va statistika organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
8.4. NNT yuridik shaxs hisoblanib, o‘z muhri, shtamp va blanklari, banklarda o‘z hisob raqamlariga (shu jumladan, milliy va xorijiy valyutada) ega bo‘ladi.
8.5. NNT belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z ramzlariga, o‘z timsoliga, bayrog‘iga va vimpeliga ega bo‘lishi mumkin.
Ramzlarda jamiyatning axloqiy negizlarini, umumbashariy insonparvarlik qadriyatlarini buzishga qaratilgan, shuningdek konstitutsion tuzumni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zgartirish yoki O‘zbekiston Respublikasi hududining birligini buzish, urushni, zo‘ravonlikni va shafqatsizlikni, jamiyatni parchalashga olib boradigan ijtimoiy, shu jumladan sinfiy, shuningdek irqiy, milliy va diniy adovatni avj oldirish, qonunchilik bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlarni targ‘ib qiluvchi elementlardan foydalanilmaydi.
8.6. NNTning yuridik shaxs sifatidagi huquq va majburiyatlari Ustavda belgilangan vakolatlar doirasida NNT organlari va mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
8.7. Ustav qoidalarini sharxlash, talqin qilish Bosh kengashning, uning majlislari oralig‘ida esa Ijroiya qo‘mitasining mutlaq vakolatiga kiradi. Ushbu Ustav qoidalarini O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga zid tarzda talqin qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8.8. Ustavga kiritilgan barcha o‘zgartish va qo‘shimchalar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
8.9. Mazkur Ustav talablarini bajarish NNT tizimidagi tashkilotlar uchun majburiydir.
“Nodavlat-notijorat tashkilot nomi”nodavlat notijorat tashkiloti raisi
|
|
|
Nodavlat notijorat tashkiloti raisining F.I.Sh.i