SHARTNOMA
(Ekologiya sohasidagi normalarga rioya qilinishini monitoring (audit) qilish to‘g‘risida
|
Shartnoma tuzilgan vaqt |
Shartnoma raqami |
Shartnoma tuzilgan joy
O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida” gi, “Ekologik audit to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli Farmonidan kelib chiqqan holda Ustav asosida faoliyat yurituvchi Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli (kelgusida “Bajaruvchi” deb yuritiladi) Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining lavozimi Boshqaruv muassisi bo‘lgan tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan hamda Ustav asosida faoliyat yurituvchi Ishonchli boshqaruvchi tashkilotning to‘liq nomi va tashkiliy huquqiy shakli Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining lavozimi Ishonchli boshqaruvchi tashkilot rahbarining F.I.O.si (kelgusida “Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Taraflar” deb yuritiladi) quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:
Shartnomaning predmeti
1.1. Mazkur shartnomaga asosan “Buyurtmachi” “Bajaruvchiga” o‘zining Ekologiya sohasidagi normalarga rioya qilinishini monitoring (audit) amalga oshiriladigan ob’ekt nomi manzilida joylashgan korxonasini (ob’ektini) ekologik jihatdan ta’minlash yuzasidan topshiriq beradi. “Buyurtmachi” esa amaldagi qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda ekologik ta’minlash xizmatini ko‘rsatadi. Ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan 1-ilovaga asosan “Taraflar” tomonidan tasdiqlanadi.
1.2. Ekologik jihatdan ta’minlash xizmati O‘zbekiston Respublikasining ekologiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlari hamda texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi normativlarga asosan amalga oshiriladi.
1.3. “Buyurtmachi” va “Bajaruvchi”ning mazkur shartnomada belgilangan vazifa va funksiyalar bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari ro‘yxati mazkur shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan 2-ilovaga asosan “Taraflar” tomonidan tasdiqlanadi.
2. Xizmatlarni ko‘rsatish va ularni qabul qilib olish tartibi
2.1. “Bajaruvchi” ushbu shartnomani tuzish jarayonida “Buyurtmachi” ning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi holatini o‘rganadi. Shuningdek, faoliyatining ekologik jihatlarini (shu jumladan kelgusidagi rejalari, maqsadlarini) tavsiflovchi hujjatlar yuzasidan dastlabki o‘rganishlar o‘tkazadi.
2.2. Dastlabki o‘rganishlar jarayonida tashkilotda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ushbu shartnomani lozim darajada bajarishga imkon bermaydigan xato va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, «Bajaruvchi» bu haqida «Buyurtmachi»ga yozma ravishda xabar beradi. Agar Buyurtmachi bunday xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarishdan bosh tortsa, «Bajaruvchi» ushbu xato va kamchiliklar tufayli kelgusida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
2.3. “Taraflar” o‘rtasidagi hujjat aylanishida foydalaniladigan ma’lumotlar, xabarnomalar va hisobotlar o‘zaro kelishilgan shakllardan foydalangan holda rasmiylashtiriladi. “Taraflar” o‘rtasidagi hujjatlar aylanishi tartibi “Tomonlar”ning kelishuviga asosan belgilanadi.
2.4. Mazkur shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilmagan xizmatlar taqdim etilishi uchun “Buyurtmachi” “Bajaruvchi”ga “shartnomada ko‘rsatilmagan boshqa xizmatlarni taqdim etish to‘g‘risida” yozma ravishda murojaat (ariza) qiladi. Har bir turdagi xizmatni ko‘rsatish uchun alohida murojaat rasmiylashtirili lozim. Ushbu murojaatlardan kelib chiqqan holda “Taraflar” bajariladigan ishlarning hajmi, bajarish muddati va to‘lanadigan haq miqdorini o‘zaro kelishgan holda belgilaydilar hamda shartnomaga qo‘shimcha kelishuv tarzida rasmiylashtiradilar.
2.5. Ekologik jihatdan ta’minlash xizmati faqatgina mazkur shartnoma amalda bo‘lgan davr davomida ko‘rsatiladi. Xizmatlar shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng ko‘rsatilmaydi.
2.6. “Bajaruvchi” mazkur shartnomada ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “Buyurtmachi” faoliyatining O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini har chorakda o‘rganadi. Tashkilot faoliyatining ekologik jihatlarini o‘zida ifodalovchi hujjatlarni o‘rganadi. “Buyurtmachi” ni ekologik jihatdan ta’minlaydi va unga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha davlat organlariga murojaatlar qilish bo‘yicha maslahatlar beradi.
2.7. “Bajaruvchi” mazkur shartnomada belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish uchun o‘z mutaxassislarini ajratadi va mas’ul ijrochilarni belgilaydi. Ajratiladigan mutaxassislar soni ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2.8. Shartnomada belgilangan xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida “Bajaruvchi” “Buyurtmachi” ning roziligiga asosan uchinchi shaxslarni ham jalb qilishi mumkin. Xizmatlar bevosita “Bajaruvchi” ning xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilganligidan qat’i nazar, ko‘rsatilgan xizmatlar sifati uchun javobgarlik “Bajaruvchi”ning zimmasida bo‘ladi.
2.9. “Bajaruvchi” oy davomida ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keyingi oyning beshinchi sanasidan kechiktirmagan holda topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan “Buyurtmachi”ga topshiradi. “Buyurtmachi” topshirish-qabul qilish dalolatnomasi unga topshirilganidan so‘ng besh kunlik muddatda topshirish-qabul qilish dalolatnomasini qabul qiladi yoki asoslantirilgan sabablarni ko‘rsatgan holda dalolatnomani qabul qilishni rad qiladi. Dalolatnoma besh kunlik muddatda asoslantirilgan sabablar ko‘rsatilgan holda “Bajaruvchi” ga qaytarilmagan holatlarda u qabul qilingan deb hisoblanadi.
2.10. Shartnoma “Buyurtmachi”ning tashabbusi bilan bekor qilinganda, shartnoma bekor qilingan kundan boshlab ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organlariga hisobotlarni taqdim etish majburiyati ham “Buyurtmachi”ning zimmasiga o‘tadi.
3. Xizmat narxlari va to‘lovlarni amalga oshirish tartibi
3.1. Mazkur shartnomaning 1-ilovasida belgilangan va “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatiladigan hizmatlar narxi har oyda “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatiladigan hizmatlar uchun har oyda to‘lanadigan xizmat haqi miqdori so‘mni tashkil etadi.
3.2. “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar narxi “Taraflar” kelishuviga asosan belgilanadi hamda qo‘shimcha kelishuvda ko‘rsatiladi.
3.3. Ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymati mazkur shartnomaning 3.1 hamda 3.2-bandlariga asosan aniqlanadi hamda shartnomaning 2.9-bandiga muvofiq tuzilgan xizmatlarni qabul qilish va topshirish dalolatnomasiga asosan topshiriladi.
3.4. “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar, mazkur shartnomaning 3.1 bandida ko‘rsatilgan miqdorda amalga oshiriladi. Bunda birinchi oydagi to‘lov mazkur shartnoma imzolanganidan so‘ng besh ish kunida, keyingi oylar uchun to‘lovlar esa esa har oyning 10 (o‘ninchi) sanasiga qadar to‘liq holda amalga oshiriladi.
3.5. To‘lovlar pul mablag‘larini “Bajaruvchi” tomonidan taqdim etilgan hisob raqamga o‘tkazish (pul ko‘chirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3.6. Shartnoma muddatidan ilgari bekor qilingan taqdirda, “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov, shartnoma bo‘yicha xizmatlar haqiqatda ko‘rsatilgan kungacha bo‘lgan davr uchun to‘liq amalga oshiriladi.
3.7. Agar “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ning aybi bilan ilgari ko‘rsatilgan xizmatlarni takroran bajarishiga to‘g‘ri kelsa, “Buyurtmachi” ushbu xizmat uchun yangidan haq to‘laydi.
3.8. “Bajaruvchi” “Buyurtmachi” bilan kelishgan holda o‘zi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlarini o‘zgartirishi mumkin.
4. Taraflarning huquq va majburiyatlari
4.1.“Bajaruvchi” ning majburiyatlari:
4.1.1 Mazkur shartnomasida belgilangan muddatlarga va boshqa shartlarga rioya qilgan holda xizmatlarni ko‘rsatish;
4.1.2. “Buyurtmachi” ning faoliyatini ekologik jihatdan ta’minlash maqsadida uning korxonasi tomonidan ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishini o‘rganib borish va natijalari yuzasidan nazorat qiluvchi organlarga belgilangan muddatlarda hisobotlar berib borish;
4.1.3. “Buyurtmachi” ni u faoliyat olib boradigan sohalar bilan shug‘ullanish uchun ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi zarur ruxsatnomalarni olishi kerakligi to‘g‘risida o‘z vaqtida yozma yoki elektron tarzda ogohlantirish;
4.1.4. “Buyurtmachi”ni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan barcha xato va kamchiliklar to‘g‘risida xabardor qilib borish;
4.1.5. Xizmat ko‘rsatish zururatiga asosan “Buyurtmachi” tomonidan ichki xatlovdan o‘tkazilgan holda o‘ziga topshirilgan hujjatlarni to‘liq (but) holda saqlash;
4.1.6. Uchinchi shaxslar bilan “Buyurtmachi” nomidan munosabatga kirishganda uning manfaatlarini ifodalash va uning manfaatlarini ko‘zlab ish tutish;
4.1.7. Mazkur shartnomaning amal qilish muddatida ham, shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng ham mazkur shartnoma predmetiga oid ma’lumotlarni (O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar va hammaga ma’lum bo‘lgan hollar bundan mustasno) “Buyurtmachi”ning roziligisiz oshkor qilmaslik;
4.1.8. Ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan tuzilgan topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etib borish;
4.1.9. “Buyurtmachi” tomonidan o‘ziga taqdim etilgan barcha hujjatlarni shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng “Buyurtmachi” ga taqdim etish;
4.1.10. Mazkur shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq ajratish;
«Bajaruvchi»ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
4.2. “Buyurtmachi” ning majburiyatlari:
4.2.1. “Bajaruvchi” ning ish faoliyati uchun zarar bo‘lgan hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etib borish;
4.2.2. “Bajaruvchi” tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va shartnomada belgilangan miqdorda haq to‘lab borish;
4.2.3. Shartnoma va uning ilovalarida belgilangan muddatlarga, tartiblarga va boshqa shartlarga amal qilib borish;
4.2.4. “Bajaruvchi” tomonidan taqdim etilgan ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risidagi tavsiyalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;
4.2.5. Ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi va sifatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida “Bajaruvchi” ni ogohlantirib borish;
4.2.6. “Bajaruvchi” tomonidan taqdim etilgan, xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarini belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish;
4.2.7. “Bajaruvchi” mazkur shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar bilan uni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarni shartnomaning 2-ilovasiga muvofiq ajratish;
«Buyurtmachi»ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa majburiyatlari
4.3. “Bajaruvchi” ning huquqlari:
4.3.1. “Buyurtmachi”dan ish faoliyati uchun zarar bo‘lgan barcha hujjatlarni belgilangan muddatlarda olish;
4.3.2. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida va shartnomada belgilangan miqdorda haq to‘lab borilishini talab qilish;
4.3.3. Shartnoma shartlari o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini talab qilish;
4.3.4. Ko‘rsatiladigan xizmatlarning hajmi va sifatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, rejalashtirilayotgan va amalga oshirilayotgan ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
4.3.7. “Buyurtmachi”dan mazkur shartnomada belgilangan vazifa va funksiyalar “Bajaruvchi” tomonidan bajarilishini tashkil etishga, uni zaruriy hujjatlar va boshqa ashyolar bilan ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xodimlar ajratishini talab qilish.
4.3.8. “Buyurtmachi” mazkur shartnomaning 3.4. bandida belgilangan shartlarga amal qilmaganda, “Bajaruvchi” xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turishga haqli. Bunda hujjatlarni tayyorlash va hisobotlarni tuzish muddatlari ham “Bajaruvchi” ning hisob raqamiga to‘lovlar kelib tushishi kechikkan kunlarga mos ravishda uzayadi.
«Bajaruvchi»ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
4.4. “Buyurtmachi” ning huquqlari:
4.4.1. Mazkur shartnomaga asosan “Bajaruvchi” tomonidan amalga oshirilayotgan to‘g‘risida xoxlagan paytida ma’lumotlar olish;
4.4.2. “Bajaruvchi”dan ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasida yo‘l qo‘yib kelinayotgan holatlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish va tahlil qilish;
4.4.3. Xizmat ko‘rsatish zururati sababli “Bajaruvchi”ga taqdim etilgan hujjatlar va boshqa ashyolarni shartnomaning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng qaytarilishini talab qilish;
4.4.4. “Bajaruvchi” dan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi topshirish-qabul qilish dalolatnomalari shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishini talab qilish;
4.4.5. “Bajaruvchi” dan mazkur shartnoma bo‘yicha zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarni ajratishni talab qilish.
«Buyurtmachi»ning shartnomada ko‘rsatilganidan boshqa huquqlari
5. Taraflarning javobgarligi
5.1. “Bajaruvchi”ning javobgarligi:
“Bajaruvchi” quyidagilar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi:
-Xizmat ko‘rsatish zururatiga ko‘ra “Buyurtmachi” tomonidan o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarni to‘liq va but saqlamaganlik;
-“Buyurtmachi”ni uning korxonasida aniqlangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida aniqlangan xato va kamchiliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirmaganlik;
-Mazkur shartnomaning 1-ilovasida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatmaganlik;
5.2. “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ning mazkur shartnomaga asosan o‘ziga ma’lum bo‘lgan sirlariga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
5.1.2. “Bajaruvchi” ushbu shartnoma tuzilgunga qadar, shuningdek ushbu shartnoma bekor qilingandan keyin “Buyurtmachi” tomonidan tayyorlangan va mas’ul davlat organlariga yuborilgan noto‘g‘ri va (yoki) to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida tuzilgan xulosalar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
5.1.3. “Bajaruvchi” quyidagi hollarda davlat organlari va (yoki) boshqa uchinchi shaxslarning “Buyurtmachi”ning ekologik jihatdan ta’minlash sohasidagi harakat yoki harakatsizligi natijasida kelib chiqqan e’tirozlari uchun javobgar hisoblanmaydi:
-“Buyurtmachi” tomonidan ekologik jihatdan ta’minlash sohasida xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarar bo‘lgan hujjatlar va boshqa ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi natijasida, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi mas’ul davlat organlariga zarur ma’lumotlar va hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmaganda;
-Tegishli davlat organlariga taqdim etish maqsadida “Bajaruvchi” tomonidan tayyorlangan ma’lumotlar va hujjatlar “Buyurtmachi” tomonidan o‘z vaqtida tasdiqlanmaganda;
-“Bajaruvchi” foydalanishi uchun “Buyurtmachi” ning faoliyati to‘g‘risida noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlarga asoslangan holda tayyorlangan hujjatlar u tomonidan taqdim etilganda.
5.1.4. Mazkur shartnomaga asosan “Buyurtmachi”ning topshiriqlarini bajarish, salbiy oqibatlar keltirib chiqarishi aniqlangan hollarda “Bajaruvchi” bu haqida “Buyurtmachi”ni ogohlantiradi hamda u tomonidan boshqa ko‘rsatmalar berilgunga qadar ishni to‘xtatib turadi. Agar “Buyurtmachi” “Bajaruvchi” ning o‘z vaqtida berilgan va asoslantirilgan ogohlantirishiga qaramasdan, ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni o‘zgartirmasa yoki salbiy oqibatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan choralarni ko‘rmasa, “Bajaruvchi” shartnomani (yoki uning bir qismini) bajarishni rad etishga hamda yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
5.2. “Buyurtmachi”ning javobgarligi:
5.2.1 “Buyurtmachi” “Bajaruvchi” ga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligi, haqqoniyligi va ishonchliligi uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
5.2.2. “Buyurtmachi” mazkur shartnoma bo‘yicha kelishilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar va hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir.
5.2.3. “Buyurtmachi” “Bajaruvchi”ning xodimlari mazkur shartnoma bo‘yicha kelishilgan xizmatlarni ko‘rsatishlari uchun “Buyurtmachi” faoliyat yuritadigan hududlarga o‘z vaqtida va to‘sqinliklarsiz kirishlari uchun sharoit yaratib beradi.
5.2.4. “Buyurtmachi” “Bajaruvchi”ning mazkur shartnomaga asosan o‘ziga ma’lum bo‘lgan sirlariga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda javobgar hisoblanadi.
5.2.5. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ktlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ko‘rsatilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun “Buyurtmachi” o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.
5.3. Ushbu Shartnomada alohida ko‘rsatilmagan boshqa hollarda ham “Tomonlar” shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan doirada javobgar hisoblanadilar.
6. Mahfiylik
6.1. Tomonlar mazkur shartnomaning amal qilish muddati davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash majburiyatini oladilar.
6.2. “Bajaruvchi” xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq holda “Buyurtmachi”ning o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat sirlarini himoya qilish usulini O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida” gi Qonunidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydi.
6.3. “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ning tijorat siriga oid mu’lumotlarini himoya qilish maqsadida texnik vositalar va ma’muriy choralardan foydalanadi.
6.4. “Bajaruvchi” mazkur shartnoma amal qilish muddati davomida “Buyurtmachi”ning tijorat siriga oid mu’lumotlarini himoya qilish ishlarini biror bir sabab bilan to‘xtatib qo‘yishga haqli emas.
6.5. “Bajaruvchi” xizmat ko‘rsatish jarayonida “Buyurtmachi”ning tijorat siriga oid ma’lumotlar oshkor bo‘lganligi, oshkor bo‘lish xavfi yuzaga kelganligi, noqonuniy ravishda olinganligi yoki noqonuniy ravishda foydalanilganligi to‘g‘risida zudlik bilan uni xabardor qiladi.
6.6. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumot deb hisoblanmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga asosan aniqlanadi.
6.7. “Buyurtmachi”ning ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida mavjud bo‘lgan, barcha uchun oshkor bo‘lgan ma’lumotlari tijorat siri hisoblanmaydi va “Bajaruvchi” tomonidan himoya qilinmaydi.
7. Nizolarni ko‘rib chiqish
7.1. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga majburlar.
7.2. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha tomonlardan biri sudga da’vo ariza kiritishidan oldin, albatta ikkinchi tomonga o‘z e’tirozlarini yozma tarzda taqdim etishi lozim. Ikkinchi tomon e’tiroznoma kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kunlik muddatda e’tiroznomaga javob bermasa yoki e’tiroznomada keltirilgan holatlarni qanoatlantirishni qisman yoxud to‘liq rad qilsa, e’tiroznoma kiritgan tomon sudga da’vo ariza kiritishga haqli.
7.3. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan “Tomonlar” kelishuvga erisholmasa, mazkur nizolar iqtisodiy ishlar bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Shartnomaning amal qilish muddati
8.1. Shartnoma “Tomonlar” imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati tugaydigan sana kuniga qadar amal qiladi. Agar shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 30 (o‘ttiz) kalendar kun qolganida, tomonlarning hech biri ushbu shartnomani bekor qilish istagini yozma ravishda bildirmasa, ushbu shartnoma uzaytirish tartibi saqlanib qolgan holda va xuddi shu shartlarda, yana bir yil muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.
8.2. Tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risida kamida 30 (o‘ttiz) kalendar kun oldin boshqa tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda uni bajarishdan bosh tortishi va uni bekor qilinishi mumkin.
8.3. Agar “Buyurtmachi” “Bajaruvchi”ning xizmatlari uchun to‘lovlarni 15 (o‘n besh) kalendar kundan ortiq muddatga kechiktirsa “Bajaruvchi” “Buyurtmachi”ni 10 (o‘n) kalendar kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda shartnomani bajarishdan bosh tortishi va uni muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilishi mumkin.
8.4. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular yozma ravishda tuzilgan va tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi. Ushbu Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanib, shartnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega.
8.5. Ushbu shartnoma bo‘yicha “Tomonlar” bir-biriga yuboradigan hujjatlar, ularni yuborgan tomonni aniqlash imkonini beradigan tarzda yuborilishi lozim. Elektron ko‘rinishda yoki faksimil orqali yuborilgan hujjatlar, uni olgan tomon ushbu hujjatlar olinganligi to‘g‘risida boshqa tomonni xabardor qilgandan keyin qabul qilingan hisoblanadi va yuridik kuchga ega bo‘ladi.
8.6. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nus’hada tuzilib, taraflarda bir nus’hadan saqlanadi. Shartnomaning ikkala nusxasi ham bir xil yuridik kuchga ega.
TARAFLARNING REKVIZITLARI :
|
|