O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Dasturiy ta’minot tayyorlab berish va buyurtmachiga topshirish

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Buyurtmachi
  • Изоҳ: Масалан Устав, Низом ёки ишончнома
Ijrochi
  • Izoh: Masalan Ustav, Nizom yoki ishonchnoma
Shartnoma shartlari
  • Izoh: Sinov muddati oylar bilan belgilanadi. Masalan 3, 6, 9 oy

Yuklab oling

Dasturiy ta’minot tayyorlab berish va buyurtmachiga topshirish shartnomasi

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

Buyurtmachi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shaklining Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si (bundan keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi) va Ijrochi tashkilotga shartnoma tuzish huquqini beruvchi hujjat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxs Ijrochi tashkilot nomi tashkiliy huquqiy shaklining Ijrochi tashkilotning rahbari lavozimi va F.I.O.si (bundan keyingi o‘rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) birgalikda Taraflar deb ataluvchilar quyidagi mazmunda mazkur Shartnomani tuzdilar.

 

1. SHARTNOMA MAVZUSI

 

1.1. Ushbu shartnoma ijrochi tomonidan buyurtmachining buyurtmasiga binoan kompyuter dasturlarini ishlab chiqish shartlarini belgilaydi.

1.2. Ijrochi buyurtmachining buyurtmasiga muvofiq kompyuter uchun Ishlab chiqilishi rejalashtirilgan kompyuter dasturining nomi dasturini haq evaziga mazkur shartnomada belgilangan muddatlarda ishlab chiqish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

1.3. Dasturni ishlab chiqish shartlari va bosqichlari ushbu shartnoma shartlarida ko‘rsatib o‘tiladi.

 

2. IJROCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

2.1. Ijrochi quyidagi majburiyatlarga ega:

2.1.1. texnik shartlarga muvofiq dastur ishlab chiqish;

2.1.2. dasturni sinab ko‘rish;

2.1.3. dasturni o‘rnatish va dasturning foydalanuvchisi uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish;

2.1.4. bajarilgan ishlar bo‘yicha taraflar o‘rtasida topshirish, qabul qilish dalolatnomasini imzolash orqali ishlab chiqilgan dasturni buyurtmachiga topshirish;

2.1.5. dasturni ishlab chiqish yakuniga yetgandan so‘ng, uni buyurtmachi kompyuteriga o‘rnatish va kelib chiqqan nosozliklarni bartaraf etish;

2.1.6. buyurtmachining mutaxasisslarini dastur bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish;

2.1.7. Kompyuter dasturi bo‘yicha sinov muddati oy davomida sinov muddatini belgilash, mazkur muddatda ijrochi kelib chiqqan nuqsonlarni bepul bartaraf etish;

2.1.8. mazkur shartnomaga muvofiq muddatda belgilangan dasturni ishlab chiqish ishlarini samarali tashkil etish;.

2.1.9. uchinchi shaxslarga ushbu shartnomani amalga oshirish paytida ma’lum bo‘lgan tijorat, moliyaviy, texnik va boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.

Ijrochining boshqa majburiyatlari

22.2. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:

2.2.1. dasturni ishlab chiqishni amalga oshirishni belgilangan muddatdan oldin yakuniga yetkazish;

2.2.2. Shartnomani bekor qilish, buyurtmachi shartnomada belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirda dastur ishlab chiqish ishlarini to‘xtatib turish yoki bekor qilish.

Ijrochining boshqa huquqlari

 

3. BUYURTMACHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

 

3.1. Buyurtmachi quyidagi majburiyatlarga ega:

3.1.1. ushbu shartnoma shartlari bo‘yicha ijrochi tomonidan dasturni ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash;

3.1.2. ijrochiga dasturni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etish;

3.1.3. dasturni ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ijrochi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish uchun mas’ul shaxsni tayinlash;

3.1.4. dasturni ishlab chiqish ishlarining bajarilganligi to‘g‘risidagi ishlab chiqilgan dasturni topshirish qabul qilish dalolatnomasini imzolash. Bajarilgan ishlarni qabul qilish va topshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani imzolashdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi, faqat buyurtmachining dasturni ishlab chiqish bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifati va hajmi to‘g‘risida asosli e’tirozlari bundan mustasno.

3.1.5. ushbu shartnomani amalga oshirish paytida ma’lum bo‘lgan tijorat, moliyaviy, texnik va boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;

Buyurtmachining boshqa majburiyatlari

3.2. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Ijrochidan dasturni ishlab chiqish ishlarini shartnomada belgilangan muddatda yakuniga yetkazishni talab qilish;

3.2.2. ushbu shartnomani bekor qilish, mazkur sharnoma amalda bo‘lgan vaqtda ijrochi tomonidan ishlab chiqilayotgan dastur o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqdirda, mazkur masala yuzasidan ijrochini bir oy oldin xabardor qilish. Shartnomani bekor qilish yuzasidan ijrochi tegishli tartibda xabardor qilingandan so‘ng mazkur shartnoma bekor qilingan hisoblanadi. Bunda Ijrochi dasturni ishlab chiqish yuzasidan bajarilgan ishlar bo‘yicha amalga oshirgan xarajatlarini talab qilishi mumkin.

Buyurtmachining boshqa huquqlari

 

4. ISH QIYMATI VA TO‘LOV TARTIBI

 

4.1. Buyurtmachi dasturni ishlab chiqish yuzasidan ijrochiga to‘laydigan xizmat haqi Taraflarning kelishuviga ko‘ra dasturni ishlab chiqish uchun ijrochiga to‘lanadigan haq (pul mablag‘i) miqdori so‘mni tashkil qiladi va ushbu shartnomaga ilova qilinadi.

4.2. Buyurtmachi ushbu shartnomaning predmeti bo‘lgan dasturni ishlab chiqish xarajatlarini ijrochining joriy hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yoki naqd pul berish orqali to‘laydi.

 

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

 

5.1. Ushbu shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki noto‘g‘ri bajarganlik uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikni o‘z zimmalariga oladilar.

5.2. Ushbu shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar ushbu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga binoan muzokaralar yo‘li bilan hal qilishadi. Agar nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji bo‘lmasa, nizolar sudlanuvchining joylashgan joyida sudda hal qilinishi kerak. Sudga murojaat qilish uchun boshqa tomon tomonidan o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladigan yozma da’vo taqdim etilishi shart.

 

6. MUALLIFLIK HUQUQI

 

6.1. Dasturdan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishning mutlaq huquqi ijrochiga tegishli. Ushbu shartnomani tuzish dasturga egalik huquqini ijrochidan buyurtmachiga to‘liq o‘tkazishni anglatmaydi.

6.2. Dasturga bo‘lgan mulkiy huquqlar dasturni ishlab chiqish uchun to‘lovlar ijrochiga to‘liq ravishda to‘lab berilgandan so‘ng buyurtmachiga taqdim qilinadi.

6.3. Buyurtmachi ijaraga olish yoki ijaraga berish, sotish, uzatish, o‘zgartirish, dasturning yangi versiyalarini yaratish, dasturni yoki uning biron bir qismini dekompilyatsiya qilish huquqiga ega emas.

6.4. Ijrochi dasturdan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqiga ega.

 

7. FORS-MAJOR HOLATLAR

7.1. Ushbu Shartnomaga ko‘ra qabul qilingan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan tomon, agar bunga fors-major holat sabab bo‘lganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.

7.2. Fors-major holatlarga, ular oqibatida kelib chiqqan favqulodda, joriy sharoitda bartaraf etib bo‘lmaydigan va oldindan kutilmagan vaziyatlar, agar ushbu vaziyatlar tomonlarning mazkur Shartnomani bajarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, quyidagilar kiradi:

a) tabiiy hodisalar (zilzila, ko‘chki, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy hodisalar);

b) ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (harbiy harakat, ish tashlash, qamal, davlat tashkilotlari hamda davlatlar o‘rtasidagi cheklovchi va taqiqlovchi choralar, shuningdek Hukumat qarorlari va boshqalar).

7.3. Fors-major holat sodir bo‘lishi oqibatida o‘z majburiyatini bajarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan va javobgarlikdan ozod qilishni da’vo qiladigan tomon fors-major holat sodir bo‘lganini ma’lum bo‘lishi bilan ikkinchi tomonni mazkur holat to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishi shart.

7.4. Javobgarlikdan ozod bo‘lish uchun asos fors-major holat sodir bo‘lgan vaqtdan boshlab yoki agar xabar o‘z vaqtida berilmagan bo‘lsa, u holda xabar berilgan sanadan e’tiboran kuchga ega bo‘ladi. Xabar berilmasligi, majburiyatni bajarmagan tomon zimmasiga ko‘rilgan zararni qoplash yuzasidan javobgarlikni yuklaydi.

7.5. Fors-major holatlarning 6 oylik muddat davomida saqlanib turishi mazkur Shartnomani bekor qilish uchun asos bo‘ladi.

 

8. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI

8.1. Ushbu shartnoma uni tomonlar imzolagan paytdan boshlab kuchga kiradi va tomonlar majburiyatlarini to‘liq bajargunga qadar amal qiladi.

9. NIZOLARNI HAL ETISH

9.1. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizolarni muzokara yo‘li bilan hal etishning barcha zarur choralarini ko‘rish majburiyatini oladi.

9.2. Nizoni muzokara yo‘li bilan hal etishning imkoni bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Nizolar yuzasidan murojaat qilinuvchi sud nomi sudda hal qilinadi.

 

Buyurtmachi:

 

Ijrochi:

Buyurtmachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli

 

Ijrochi tashkilot nomi tashkiliy huquqiy shakli

Yuridik manzil: Buyurtmachining manzili

 

Yuridik manzil: Ijrochining manzili

Hisob-kitob raqami: Buyurtmachining hisob raqami

 

Hisob-kitob raqami: Ijrochining hisob raqami

Bank nomi Buyurtmachining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

 

Bank nomi Ijrochining pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bank nomi

bank kodi: Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

 

Bank kodi Pul operatsiyalarini amalga oshiruvchi bankning kodi

STIR: Buyurtmachining STIR raqami

 

STIR: Ijrochining STIR raqami

Aloqa telefoni Buyurtmachining telefon raqami

 

Aloqa telefoni Ijrochining telefon raqami

Buyurtmachi tashkilot rahbari lavozimi va F.I.O.si

 

________

 

Ijrochi tashkilotning rahbari lavozimi va F.I.O.si

_________

 

(M.O‘)

 

 

(M.O‘)

 

Dasturiy ta’minot tayyorlab berish va buyurtmachiga topshirish