O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Shartnoma (Investisiya kiritish to‘g‘risida)

Hujjat tavsifi
Shartnoma rekvizitlari
Jamiyat
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqaruvchisi
Investor
  • Izoh: Masalan direktori, raisi, boshqayoruvchisi
Shartnoma shartlari

Yuklab oling

SHARTNOMA

(Investitsiya kiritish to‘g‘risida)

 

Shartnoma tuzilgan vaqt

Shartnoma raqami-son

Shartnoma tuzilgan joy

 

O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi hamda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonunlaridan kelib chiqqan holda Ustav asosida faoliyat yurituvchi Jamiyat tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli (kelgusida “Jamiyat” deb yuritiladi) raisi Jamiyat tashkilot rahbarining F.I.O.si bir tomondan hamda Investor tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli rahbari Investor tashkilot rahbarining lavozimi (kelgusida “Investor” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (birgalikda “Taraflar” deb yuritiladi) quyidagilar haqida shartnoma tuzdilar:

 

1. Atamalar va ularga ta’riflar

1.1. Shartnomada quyidagi ta’riflarni o‘zida ifodalovchi asosiy atamalar qo‘llanadi:

Shartnoma — ushbu Investitsiya shartnomasi va uning shartlariga muvofiq unga kiritilgan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, unga barcha ilovalar;

Investitsiyalar — Investor tomonidan Investitsiya loyihasiga kiritiladigan yoki jalb qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklarning barcha turlari va ularga bo‘lgan huquqlar, jumladan, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar;

Reinvestitsiyalar investitsiyalardan olingan, tadbirkorlik faoliyati va boshqa faoliyat turlari ob’ektlariga kiritiladigan har qanday daromad, shu jumladan foyda, foizlar, dividendlar, royalti, litsenziya va vositachilik haqlari, texnik yordam, texnik xizmatlar uchun to‘lovlar va haqlarning boshqa turlari;

Investitsiya faoliyati — investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Investorning harakatlari

Investitsiya loyihasi — Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan, investor tomonidan investitsiya kiritilayotgan loyiha yoki loyihaning bir qismi;

Investor — Investitsiya loyihasiga kiritiladigan yoki jalb qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklarning barcha turlari va ularga bo‘lgan huquqlar, jumladan, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalarni kirituvchi jismoniy shaxs;

Tomon — mazmunga qarab Jamiyat yoki Investor;

Tomonlar — birgalikda nomlanuvchi Jamiyat va Investor;

Davlat organlari — barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyati organlari, saylov organlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari, davlat vakolatlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;

1.2. Shartnomaning 1.1 bandida keltirilgan atamalar va ta’riflar mazkur shartnoma bo‘yicha tuziladigan qo‘shimcha shartnomalarda, shartnomalarning ilovalarida ham aynan shu mazmun va ta’rifda qo‘llanadi.

 

2. Shartnoma predmeti va investitsiya loyihasining umumiy tavsifi

2.1. Ushbu Shartnoma Jamiyatning hamda Investorning investitsiyalar kiritish va Investitsiya loyihasini amalga oshirishga nisbatan huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini, kiritiladigan investitsiyalar miqdori, ularni kiritish shartlari va tartibini, olingan foydalarni o‘zaro taqsimlash tartibini belgilaydi.

Tomonlar investitsiya faoliyatini amalga oshirishda qonuniylik, oshkoralik, ochiqlik hamda investitsiya faoliyatini amalga oshirish erkinligi tamoyilariga amal qiladilar.

2.2 “Investor” “Jamiyat” tomonidan amalga oshirilayotgan Taraflarning kelishuviga asosan investitsiya kiritiladigan soha mazkur shartnomaning 2.3. bandida ko‘rsatilgan turdagi investitsiyalarni ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlarda va miqdorda kiritadi. “Jamiyat” esa investor tomonidan kiritilgan investitsiyalarni qabul qilib olib, ulardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda o‘zi tomonidan amalga oshirilayotgan Taraflarning kelishuviga asosan investitsiya kiritiladigan soha amalga oshirishda foydalanadi.

2.3. Investor tomonidan kiritiladigan investitsiyalarning hajmi va investitsiyalarni kiritish muddatlari quyidagicha:

 

T/r

Kiritiladigan investitsiya nomi

Kiritiladigan investitsiya miqdori (ming so‘mda)

Investitsiyani kiritish muddatlari

Investitsiyani qaytarish muddatlari

1

Kiritiladigan investitsiya turi (nomi)

Kiritiladigan investitsiya miqdori (ming so‘mda)

Investitsiyani kiritish muddatlari

Investitsiyani qaytarish muddatlari

 

3. Investitsiyalarni kiritish va ularni qabul qilib olish tartibi

3.1. “Investor” mazkur shartnomaning 2.3. bandida ko‘rsatilgan pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiyalarni “Jamiyat” ning hisob raqamiga o‘tkazish yoki naqt pul ko‘rinishida berish tarzida kiritadi. Mablag‘lar kiritilganligi tomonlar o‘rtasida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi.

3.2. Boshqa turdagi moddiy boyliklar va ularga bo‘lgan huquqlar ko‘rinishidagi investitsiyalarni kiritish taraflar o‘rtasida tuziladigan topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomada topshiriladigan moddiy boyliklarning turi, rusumi, asortimenti, soni, holati, ishlab chiqarilgan yili va asosiy parametrlariga oid boshqa ma’lumotlar kiritiladi.

3.3. “Investor” nomoddiy boyliklar va ularga bo‘lgan huquqlar, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar ko‘rinishidagi investitsiyalarni kiritish jarayonida “Jamiyat”ni o‘zining ushbu mulklarga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishtiradi hamda ushbu hujjatlardan nusxalar beradi.

 

4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida ko‘rilgan foydani taqsimlash

4.1 Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida ko‘rilgan foyda taraflar ishtirokida har chorakda hisoblanadi. Ko‘rilgan foydaning miqdorini aniqlash uchun “Jamiyat” tomonidan davlat organlariga topshirilgan moliya-xo‘jalik faoliyatiga oid hisobotlar asos bo‘ladi. Ko‘rilgan foydaning Olingan foydaning qancha foizi “Investor”ning mulki hisoblanadi “Investor”ning, Olingan foydaning qancha foizi “Jamiyat”ning mulki hisoblanadi esa “Jamiyat”ning mulki hisoblanadi. Taraflarning kelishuviga asosan “Investor” foydaning o‘ziga tegishli qismini investitsiya loyihasida reinvestitsiya sifatida kiritishi mumkin.

4.2. “Jamiyat” mazkur shartnomaning 2.3. bandida belgilangan “Investor” tomonidan kiritilgan investitsiyani qaytarish grafigiga amal qilmagan taqdirda investitsiyani qaytarish muddati o‘tganidan so‘ng olingan foydaning “Jamiyat” “Investor” tomonidan kiritilgan investitsiyani qaytarish grafigiga amal qilmagan taqdirda investitsiyani qaytarish muddati o‘tganidan so‘ng olingan foydaning qancha foizi “Investor”ning mulki hisoblanadi “Investor”ning, “Jamiyat” “Investor” tomonidan kiritilgan investitsiyani qaytarish grafigiga amal qilmagan taqdirda investitsiyani qaytarish muddati o‘tganidan so‘ng olingan foydaning qancha foizi “Jamiyat”ning mulki hisoblanadi esa “Jamiyat”ning mulki hisoblanadi. Foydani taqsimlashning ushbu proporsiyasi “Jamiyat” investitsiyani to‘liq qaytargunga qadar davom etadi.

4.3. Foydaning “Investor”ga beriladigan qismi taraflarning kelishuviga ko‘ra uning bankdagi hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan yoki naqd pul ko‘rinishida berilishi mumkin. Har qanday holatda ham pul mablag‘larini berish taraflar o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan rasmiylashtiriladi.

 

5. Taraflarning huquq va majburiyatlari

5.1. Investor quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

investitsiya kiritishi munosabati bilan o‘zi qabul qilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish;

investitsiyalarni ushbu shartnomada belgilangan hajmlarda va muddatlarda (to‘liq va o‘z vaqtida) kiritilishini ta’minlash;

kiritilayotgan investitsiyalar o‘ziga tegishli ekanligini, investitsiyalar bo‘yicha uchinchi shaxslarning huquqlari va mulkiy nizo (da’vo)lari yo‘qligini kafolatlash;

shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli “Jamiyat” ga yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash;

investitsiya kiritishi munosabati bilan “Jamiyat”ning o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat sirlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik;

“Jamiyat”ning kadrlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish hamda moliya-xo‘jalik faoliyatiga aralashmaslik;

kiritilgan investitsiyalar bo‘yicha uchinchi shaxslarning huquqlari yoki da’volari vujudga kelgan hollarda bu haqida “Jamiyat”ga zudlik bilan xabar berish;

o‘zining yashash manzili yoki pochta manzili o‘zgarganda bu haqida “Jamiyat”ga xabar berish;

Investorning majburiyatlari

5.2. Investor quyidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatini erkin amalga oshirish;

Kiritilgan investitsiyalardan maqsadli foydalanilishi, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi, olingan daromad, foyda va xarajatlar to‘g‘risida “Jamiyat”dan ma’lumotlar olib borish;

Investitsiya loyihasini yanada samaraliroq amalga oshirish yuzasidan o‘zining tavsiya va takliflarini bildirib borish;

“Jamiyat”dan investitsiyani qaytarish grafigiga amal qilishni talab qilish;

Olingan foydadan o‘ziga berilishi lozim bo‘lgan qism shartnomada belgilangan miqdorda va muddatda berilishini talab qilish;

Investitsiya kiritish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, mehnatni muhofaza qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat haqidagi qonunlarga va xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonunchilikka rioya qilish;

Investorning huquqlari

5.3. Jamiyat quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmagan tadbirkorlik sohasini erkin tanlash va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish;

“Investor”ning so‘roviga asosan kiritilgan investitsiyalardan maqsadli foydalanilishi, amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi, olingan daromad, foyda va xarajatlar to‘g‘risida “Investor”ga ma’lumotlar berib borish;

Investitsiyani qaytarish grafigiga rioya qilgan holda investitsiyani qaytarish majburiyatlarini bajarib borish;

Faoliyatini olib borish davomida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, mehnatni muhofaza qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat haqidagi qonunlarga va xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonunchilikka rioya qilish;

Faoliyati davomida “Ivestor”ga va u tomonidan kiritilgan investitsiyalarga qastdan zarar yetkazuvchi harakatlarni amalga oshirmaslik;

Investitsiya loyihasi bo‘yicha yuzaga kelgan favqulotda holatlar, fors-major holatlari to‘g‘risida “Investor”ga zudlik bilan xabar berish;

Jamiyatning majburiyatlari

5.4. “Jamiyat” quyidagi huquqlarga ega:

“Investor”dan o‘zi qabul qilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarishni talab qilish;

“Investor”dan ushbu shartnomada belgilangan hajmlarda va muddatlarda investitsiyalarni to‘laqonli va o‘z vaqtidagi kiritilishini talab qilish;

“Investor”dan kiritilayotgan investitsiyalar o‘ziga tegishli ekanligini, investitsiyalar bo‘yicha uchinchi shaxslarning huquqlari va mulkiy nizo (da’vo)lari yo‘qligini kafolatlashni talab qilish;

shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli “Jamiyat” ga yetkazilgan zararlar qoplanishini talab qilish;

“Investor”dan investitsiya kiritishi munosabati bilan unga ma’lum bo‘lgan tijorat sirlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslikni talab qilish;

“Jamiyat”ning kadrlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini mustaqil holda yuritish;

Jamiyatning huquqlari

 

6. Taraflarning javobgarligi

6.1. “Jamiyat” “Investor” tomonidan kiritilgan investitsiyalarni maqsadsiz sarflaganlik, investitsiyalarni qaytarmaganlik (shu jumladan investitsiyalarni qaytarish grafigiga amal qilmaganlik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6.2. Investor investitsiyalarni o‘z vaqtida yoki lozim miqdorda kiritmaganlik, uchinchi shaxslarning huquqlari va mulkiy nizo (da’vo)lari mavjud bo‘lgan mol-mulklarni (huquqlarni) investitsiya sifatida kiritganlik hamda “Jamiyat”ning mazkur shartnomaga asosan o‘ziga ma’lum bo‘lgan sirlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilganligi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.

6.3. Ikkinchi tomonga zarar yetkazgan tomon yetkazilgan zararni qoplashi uni O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ktlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan penya va boshqa to‘lovlarni to‘lash majburiyatidan ozod qilmaydi.

6.4. Ushbu Shartnomada alohida ko‘rsatilmagan boshqa hollarda ham “Tomonlar” shartnoma shartlarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan doirada javobgar hisoblanadilar.

7. Mahfiylik

7.1. Tomonlar mazkur shartnomaning amal qilish muddati davomida olingan ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash majburiyatini oladilar.

7.2. “Investor” xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq holda “Jamiyat”ning o‘ziga ma’lum bo‘lgan tijorat sirlarini himoya qilish usulini O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida” gi Qonunidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydi.

7.3. “Jamiyat” tijorat siriga oid mu’lumotlarini himoya qilish maqsadida texnik vositalar va ma’muriy choralardan foydalanadi.

7.4. “Investor” mazkur shartnoma amal qilish muddati davomida “Jamiyat”ning tijorat siriga oid mu’lumotlarini himoya qilish ishlarini biror bir sabab bilan to‘xtatib qo‘yishga haqli emas.

7.5. Tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumot deb hisoblanmaydigan ma’lumotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga asosan aniqlanadi.

 

8. Nizolarni ko‘rib chiqish

8.1. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan va u bilan bog‘liq bo‘lgan barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Tomonlar ushbu shartnomani bajarishga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga majburlar.

8.2. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha tomonlardan biri sudga da’vo ariza kiritishidan oldin, albatta ikkinchi tomonga o‘z e’tirozlarini yozma tarzda taqdim etishi lozim. Ikkinchi tomon e’tiroznoma kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kunlik muddatda e’tiroznomaga javob bermasa yoki e’tiroznomada keltirilgan holatlarni qanoatlantirishni qisman yoxud to‘liq rad qilsa, e’tiroznoma kiritgan tomon sudga da’vo ariza kiritishga haqli.

8.3. Mazkur shartnomadan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan “Tomonlar” kelishuvga erisholmasa, mazkur nizolar iqtisodiy ishlar bo‘yicha Toshkent tumanlararo sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Shartnomaning amal qilish muddati

9.1. Shartnoma “Tomonlar” imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi hamda Shartnomaning amal qilish muddati amal qiladi. Agar shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 30 (o‘ttiz) kalendar kun qolganida, tomonlarning hech biri ushbu shartnomani bekor qilish istagini yozma ravishda bildirmasa, ushbu shartnoma uzaytirish tartibi saqlanib qolgan holda va xuddi shu shartlarda, yana bir yil muddatga uzaytirilgan hisoblanadi.

9.2. Tomonlardan biri shartnomani bekor qilish to‘g‘risida kamida 30 (o‘ttiz) kalendar kun oldin boshqa tomonni yozma ravishda xabardor qilgan holda uni bajarishdan bosh tortishi va uni bekor qilinishi mumkin.

9.3. Ushbu Shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar, agar ular yozma ravishda tuzilgan va tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi. Ushbu Shartnomaning barcha ilovalari uning ajralmas qismi hisoblanib, shartnoma bilan bir xil yuridik kuchga ega.

9.4. Ushbu shartnoma bo‘yicha “Tomonlar” bir-biriga yuboradigan hujjatlar, ularni yuborgan tomonni aniqlash imkonini beradigan tarzda yuborilishi lozim. Elektron ko‘rinishda yoki faksimil orqali yuborilgan hujjatlar, uni olgan tomon ushbu hujjatlar olinganligi to‘g‘risida boshqa tomonni xabardor qilgandan keyin qabul qilingan hisoblanadi va yuridik kuchga ega bo‘ladi.

9.5. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki nus’hada tuzilib, taraflarda bir nus’hadan saqlanadi. Shartnomaning ikkala nusxasi ham bir xil yuridik kuchga ega.

 

 

X. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:

 

Jamiyat:

 

Investor:

Jamiyat tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

 

Investor tashkilotning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli

Jamiyat tashkilotning manzili

 

Manzil: Investor tashkilotning manzili

H.R: Jamiyat tashkilotning hisob raqami

 

 

H.R: Investor tashkilotning hisob raqami

STIR: Jamiyat tashkilotning STIR raqami

 

STIR: Investor tashkilotning STIR raqami

MFO: Jamiyat tashkilotning MFO raqami

 

MFO: Investor tashkilotning MFO raqami

OKED: Jamiyat tashkilotning OKED raqami

 

OKED: Investor tashkilotning OKED raqami

Telefon: Jamiyat tashkilotning telefon raqami

 

Telefon: Investor tashkilotning telefon raqami

Jamiyat tashkilot rahbarining lavozimi

 

Investor tashkilot rahbarining lavozimi

Jamiyat tashkilot rahbarining F.I.O.si

 

Investor tashkilot rahbarining F.I.O.si

 

Shartnoma (Investisiya kiritish to‘g‘risida)