MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA VOSITACHILIK SHARTNOMASI
Shartnoma tuzilgan joy |
Shartnoma raqami-son |
Shartnoma tuzilgan sana
|
Vositachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda "Vositachi" deb yuritiladi) nomidan Vositachi tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Vositachi tashkilot mas’ul shaxsining lavozimi va F.I.O.si bir tomondan va Komitent tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli (keyingi o‘rinlarda "Komitent" deb yuritiladi) nomidan Komitent tashkilot vakiliga vakolat beruvchi (uning vakolatini tasdiqlovchi) hujjat asosida harakat qiluvchi Komitent tashkilot mas’ul shaxsining lavozimi va F.I.O.si ikkinchi tomondan, quyidagilar to‘g‘risida mazkur shartnomani tuzdilar:
SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Vositachi Komitent topshirig‘iga muvofiq haq evaziga o‘z nomidan va Komitentning hisobidan quyidagi bitimlarni tuzish majburiyatini oladi:Vositachining komitent hisobidan amalga oshiradigan (tuzadigan) bitimlari nomi
1.2. Bitimlarni tuzishning aniq shartlari, sotishning eng past baholari darajasi, shuningdek mazkur shartnomaning 1.1-bandida ko‘rsatilgan bitimlarga nisbatan Komitentning boshqa ko‘rsatmalari Shartnomaga ilovasi sifatida yoxud alohida hujjat ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin.
VOSITACHINING MAJBURIYATLARI
2.1. Vositachi zimmasiga olgan topshiriqni Komitentning ko‘rsatmalariga muvofiq, uning uchun eng foydali shartlarda bajarishi shart. Vositachi ishning holatlariga ko‘ra Komitentining manfaatlari uchun uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqish zarur bo‘lsa, hamda Komitentdan bu haqda oldindan so‘ray olmagan yoki o‘z so‘roviga o‘z vaqtida javob ololmagan bo‘lsa, bu ko‘rsatmalardan chetga chiqishga haqli.
2.2. Vositachi uchinchi shaxs bilan tuzgan bitimidan kelib chiqadigan barcha majburiyatlarni bajarishi va barcha huquqlarni amalga oshirishi shart. Vositachi Komitent hisobidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitimning shu shaxs tomonidan bajarilishi uchun javob bermaydi (Vositachi bu shaxsni tanlashda zaruriy ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmagan yoki bitimning bajarilishi uchun kafillikni o‘z zimmasiga olgan (delkredere) hollar bundan mustasno).
2.3. Mulkni komissiyaga qabul qilish yoki uni Komitent uchun sotib olish paytida Vositachi tovarning sifati va butlanishini, idish va o‘rash vositalarining holatini tekshirishi va uning sotish, sotib olish, yuklash, tashish uchun yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilishi lozim. Vositachi Komitent tomonidan yuborilgan yoki Komitent uchun Vositachiga keltirilgan mol-mulkni qabul qilish paytida ushbu mol-mulkda tashqi ko‘zdan kechirish jarayonida mulkning shikastlanganligi yoki kamomadi aniqlanganda, shuningdek Vositachida saqlanayotgan Komitentning mol-mulkiga kimdir tarafdan zarar yetkazilgan taqdirda, Vositachi Komitent huquqlarini himoya qilishning choralarini ko‘rish, jumladan zaruriy isbot-dalillarni to‘plash va bu haqda zudlik bilan Komitentni xabardor qilish majburiyatini oladi.
2.4. Vositachi komissiyaga berilgan tovarni asrashi va uning yo‘qolishi, kamomadi yoki shikastlanishiga yo‘l qo‘ymasligi hamda barcha mavjud tahlikalardan sug‘urtalashi shart.
2.5. Topshiriq bajarib bo‘lingandan keyin Vositachi Topshiriq bajarib bo‘lingandan so‘ng komitentga hisobot berish muddati kunlik muddatda Komitentga: - tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda yozma hisobot berishi;
- topshiriqni bajarish bilan bog‘liq holda olgan barcha narsalarni topshirishi;
Komitentning talab qilgan taqdirda, uchinchi shaxs bilan Vositachi tuzgan bitimdan kelib chiqadigan va uchinchi shaxsga nisbatan barcha huquqlarni topshirishi shart.
Agar Komitentning hisobot bo‘yicha e’tirozlari bo‘lsa, u hisobotni qabul qilgan kundan boshlab Vositachining hisobot bo‘yicha Komitent tomonidan e’tiroz bildirish muddati muddat ichida o‘z e’tirozlari haqida Vositachini xabardor qilishi lozim, aks holda hisobot qabul qilingan deb hisoblanadi.
2.6. Vositachi topshiriqni bajarish bilan bog‘liq holda unga ma’lum bo‘lgan va Komitentning tijorat sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni sir saqlash majburiyatini oladi.
3. KOMITENTNING MAJBURIYATLARI
3.1. Komitent shartnomaning 1.1-bandida ko‘zda tutilgan bitimlarni tuzish shartlari va xususiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida Vositachini xabardor qilishi shart.
3.2. Komitent topshiriqqa muvofiq ijro etilgan hamma narsani Vositachidan qabul qilib olishi, o‘zi uchun Vositachi tomonidan sotib olingan mol-mulkni ko‘zdan kechirishi va ushbu mol-mulkda aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risida darhol Vositachini xabardor qilishi, Vositachini mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik topshirig‘ini bajarish yuzasidan uchinchi shaxs oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan ozod qilishi shart.
3.3. Topshiriq bajarilgandan so‘ng Komitent Vositachiga ushbu shartnomaning 4.1, 4.2-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda haq to‘lashi shart.
3.4. Komitent mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqidan tashqari, topshiriqni bajarish uchun sarf qilingan, ushbu shartnomaning 4.2 va 4.3- bandlarida nazarda tutilgan zarur xarajatlarni ham Vositachiga to‘lashi shart.
MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA VOSITACHILIK HAQI VA KOMITENTNING TOPSHIRIG‘INI BAJARISH BILAN BOG‘LIQ XARAJATLAR
4.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha topshiriqni bajarganlik uchun Vositachiga Topshiriqni bajarganlik uchun vositachiga to‘lanadigan to‘lov miqdori so‘m miqdorda mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqi to‘lanadi. Komitent oldindan to‘lov tartibida Vositachiga to‘lanishi lozim bo‘lgan haqning Vositachiga to‘lanadigan avans miqdori foizi miqdorida avans to‘laydi va bu summa taraflar o‘rtasida so‘nggi hisob-kitoblarni amalga oshirish paytida hisobga olinadi.
4.2. Vositachi uchinchi shaxslar bilan tegishli bitimlarni tuzish payti kelmasdan turib, Komitent o‘zining Vositachiga bergan topshirig‘ini to‘liq yoki qisman bekor qilgan taqdirda, u Vositachiga topshiriq bekor qilingunga kadar tuzilgan bitimlar uchun mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqini hamda mazkur shartnomaning 4.3-bandiga muvofiq, topshiriq bekor qilinguncha qilgan zaruriy xarajatlarini Vositachiga qoplashi shart.
4.3. Komitent topshiriqlarini bajarish yuzasidan Vositachining qilgan zaruriy xarajatlari summasiga tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan quyidagi xarajatlar kiradi: Komitent topshiriqlarini bajarish maqsadida vositachi tomonidan qilingan xarajatlar
4.4. Mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqi va Vositachi tomonidan Komitent topshirig‘ini bajarish yuzasidan sarf qilgan summalar Vositachiga u Komitentga topshiriqni bajarish haqida yozma hisobot taqdim etgan kundan boshlab Komitent mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqini to‘lashi uchun belgilangan muddat kun ichida to‘lanishi shart.
5. BAHOLAR, TOPSHIRIQLARNI BAJARISH VA HISOB-KITOBLAR TARTIBI
5.1. Vositachi Komitent tomonidan belgilangan baholar bo‘yicha mulkni sotish (sotib olish) majburiyatini oladi. Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qo‘shimcha olingan foydaning Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qo‘shimcha olingan foydaning komitentga tegishli bo‘ladigan qismi foizi komitentga Vositachi Komitent belgilaganidan ham foydaliroq shartlarda bitimni tuzgan taqdirda, qo‘shimcha olingan foydaning vositachiga tegishli bo‘ladigan qismi foizi vositachiga taqsimlanadi.
5.2. Komitent belgilaganidan pastroq bahoda mulkni sotgan Vositachi mulkni belgilangan bahoda sotish imkoniyati bo‘lmaganligini va pastroq bahoda sotish bundan ham ko‘proq zararlarning oldini olganligini isbotlab bera olmasa, Komitentga farq summasini to‘lab berishi shart. Agar Vositachi Komitent belgilaganidan yuqoriroq bahoda mulkni sotib olgan bo‘lsa, bunday xaridni qabul qilishni istamagan Komitent bu haqda Vositachiga uchinchi shaxs bilan bitim tuzilganligi haqidagi xabarnomasini olgan paytdan boshlab Komitentning o‘zi uchinchi shaxs bilan bitim tuzgan taqdirda tuzilgan bitim haqida Vositachini xabardor qilishi lozi bo‘lgan muddat kun ichida yozma ravishda bildirishi lozim, aks holda ushbu muddat o‘tgandan so‘ng xarid Komitent tomonidan qabul qilingan deb hisoblanadi. Agar Vositachi narxlar o‘rtasidagi farqni o‘z zarariga olishini bildirsa, Komitent o‘zi uchun tuzilgan bitimdan bosh tortishga haqli emas.
5.3. Komitent mol-mulkini sotishdan olingan summadan: berilgan avans summasi; mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik haqi; Vositachi Komitent hisobidan qilgan xarajatlari summasi chegirilgan holda Komitentga topshiriqning bajarilganligi haqida yozma hisobot taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida to‘lanishi shart.
5.4. Vositachiga Komitent hisobidan tushgan barcha summalar hisobidan mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summani Vositachi ushlab qolishga haqli.
5.5. Komitent ushbu shartnoma shartlarini buzgan yoki uzrli sabablarga ko‘ra topshiriqni bajarish imkoniyati bo‘lmagan hollardan tashqari, Vositachi qabul qilingan topshiriqni bajarishdan bosh tortishga haqli emas.Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortishi to‘g‘risida Komitentga yozma ravishda bildirishi lozim. Komitent Vositachining topshiriqni bajarishdan bosh tortishi to‘g‘risidagi bildirishnomasini olgan kundan boshlab ikki hafta mobaynida mazkur shartnoma kuchda bo‘ladi.
5.6. Komitent istagan vaqtda Vositachiga berilgan topshirig‘ini mazkur shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan shartlarga rioya qilgan holda bekor qilishga haqli.
5.7. Komitent sifatida ish yuritayotgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda, Vositachi Komitent vakillaridan tegishli ko‘rsatmalar kelgunga qadar unga berilgan topshiriqni bajarishni davom ettirishi shart.
6. MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA MAHSULOT OLDI-SOTDISI BO‘YICHA VOSITACHILIK SHARTNOMASI NARSASINI TASHKIL QILUVCHI MOL-MULK
6.1. Komitentdan Vositachiga berilgan yoki Komitent hisobidan Vositachi sotib olgan mol-mulk Komitentning mulki hisoblanadi.
6.2. Vositachi Komitent oldida unda saqlanayotgan Komitent mulkining yo‘qolganligi, shikastlanganligi yoki kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi uchun javob beradi, basharti mulkning yo‘qolganligi, shikastlanganligi yoki kam kelganligi uning aybi bilan sodir bo‘lmaganligini isbotlay olsa.
6.3. Vositachi o‘z qo‘lida bo‘lgan, Komitentga yoki Komitent ko‘rsatgan shaxsga topshirishi kerak bo‘lgan ashyolarni mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha mahsulot oldi-sotdisi bo‘yicha vositachilik shartnomasi bo‘yicha o‘z talablarini ta’minlash uchun ushlab turishga haqli.
6.4. Vositachi topshiriqni bajarishdan bosh tortayotganligi haqida xabardor qilingan Komitent bu haqda bildirishnoma olgan kundan e’tiboran 30 kun ichida Vositachi ixtiyoridagi mol-mulkini tasarruf etishi shart. Xuddi shunday majburiyat Komitent Vositachiga bergan topshirig‘ini bekor qilgan taqdirda ham Komitentga yuklatiladi.
Komitent ushbu muddatda Vositachi ixtiyoridagi mol-mulkini tasarruf etmagan taqdirda, Vositachi mol-mulkni Komitent hisobidan saqlab qo‘yishga topshirishga yoki Komitentga nisbatan o‘z talablarini qondirish maqsadida bu mol-mulkni Komitent uchun imkoniyati boricha foydali bahoda sotishga haqli.
7. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
7.1. Vositachi mazkur shartnomaning 5.3-bandida nazarda tutilgan summani to‘lash muddatini kechiktirgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kuni uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning kelishilgan miqdorda penyani Komitentga to‘laydi.
7.2. Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
8. FORS-MAJOR HOLATLARI
8.1. Taraflar shartnoma tuzilgandan keyin oqilona vositalar bilan oldindan ko‘ra olmagan yoki bartaraf eta olmagan favqulodda hodisalar natijasida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch oqibatida bajarmaslikka sabab bo‘lgan holda, Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar. Bunday holatlar bo‘lib tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, hamda Taraflar fors-major holati deb hisoblaydigan holatlar bo‘lishi mumkin.
9. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
9.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha yoki u bilan bog‘liq holda taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan barcha nizolar va kelishmovchiliklar taraflar o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
9.2. Muzokaralar olib borish yo‘li bilan nizolarni hal qilishga erishilmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yuzasidan murojaat qilinadigan sud nomi sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
10. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
10.1. Mazkur shartnomaga har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar, ular yozma ravishda tuzilgan va taraflarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
10.2. Mazkur shartnoma ikkita asl nusxada tuzilgan bo‘lib, birinchisi Komitentda, ikkinchisi Vositachida saqlanadi.
10.3. Mazkur shartnoma Shartnomaning amal qilish muddatining boshlanish vaqtidan Shartnomaning amal qilish muddatining tugash vaqtigacha bo‘lgan muddatga tuzildi va imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
10.4. Mazkur shartnomaga barcha ilovalar uning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
10.5. Shartnoma bilan nazarda tutilmagan barcha masalalar amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
|
TARAFLARNING REKVIZITLARI VA IMZOLARI |
|
VOSITACHI: Vositachi tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli |
KOMITENT: Komitent tashkilot nomi, tashkiliy huquqiy shakli |
||
Manzil: Vositachi tashkilotning manzili |
Manzil: Komitentning manzili |
||
Bank: Vositachinting hisob raqami joylashgan bank nomi |
Bank Komitent hisob raqami joylashgan bank nomi |
||
H/R: Vositachining hisob raqami |
H/R: Komitent hisob raqami |
||
STIR: Vositachining STIR raqami |
STIR: Komitent STIR raqami |
||
Telefon: Vositachining telefon raqami |
Telefon: Komitent tashkilotning telefon raqami |
||
Vositachi tashkilot mas’ul shaxsining lavozimi va F.I.O.si |
_______________ |
Komitent tashkilot mas’ul shaxsining lavozimi va F.I.O.si |
_______________ |
|
|
|
|