|
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Ariza berilgan iqtisodiy sudi nomi sudiga |
|
Manzil: Ariza beruvchining manzili |
|
Ariza beruvchi yuridik shaxs nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkor s(YaTT)ning F.I.Osidan |
|
|
ARIZA
Sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqish to‘g‘risida
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Ariza berilgan iqtisodiy sudi nomi sudining ish yurituvida da’vogar Ish bo‘yicha da’vogarning javobgar Ish bo‘yicha javogarga nisbatan Da’vo ariza mazmuni to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuzasidan iqtisodiy ish ko‘rib chiqilib, Iqtisodiy ish bo‘yicha qaror qabul qilingan sana kuni Iqtisodiy ish bo‘yicha qabul qilingan qarorning qisqacha mazmuni to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilingan.
Sudning Iqtisodiy ish bo‘yicha qaror qabul qilingan sana kunidagi qarorini o‘qib chiqqandan keyin men sud majlisida bayon qilingan ko‘pgina holatlar sud qaroriga kiritilmaganligini ko‘rdim. Shu sababli hozirda sud majlisi bayonnomasi bilan tanishim chiqish zarurati kelib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 203-moddasiga ko‘ra, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va u imzolangan kundan e’tiboran besh kun ichida bayonnoma yuzasidan bayonnomada yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni yoki undagi ma’lumotlarning to‘liq emasligini ko‘rsatgan holda yozma fikr-mulohazalar berishga haqli.
Bayonnoma yuzasidan berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi ko‘rib chiqadi va ushbu fikr-mulohazalarga qo‘shilsa, ularning to‘g‘riligini tasdiqlaydi hamda sud majlisining bayonnomasiga qo‘shib qo‘yadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilmasa, ular sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ishga qo‘shib qo‘yilishi kerak.
Bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar ular berilgan kundan keyin yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda ko‘rib chiqilishi kerak. Biroq ularning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalarni ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan sudga besh kunlik muddatni o‘tkazib taqdim etilgan yozma fikr-mulohazalar sud tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda yozma fikr-mulohazalar bergan shaxsga ma’lum qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 201-203-moddalariga asoslanib,
SO‘RAYMAN:
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Ariza berilgan iqtisodiy sudi nomi sudining ish yurituvida da’vogar Ish bo‘yicha da’vogarning javobgar Ish bo‘yicha javogarga nisbatan Da’vo ariza mazmuni to‘g‘risidagi da’vo arizasi yuzasidan iqtisodiy ish bo‘yicha yuritilgan sud majlisi bayonnomasi bilan tanishtirishingizni.
Arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar:
Arizaga ilova qilingan hujjatlar nomi
Ariza beruvchi yuridik shaxs rahbarining yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT)ning F.I.Osi
|
|
Ariza berilgan sana yil |