|
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sudi nomi sudiga |
|
Manzil: Iltimosnoma beruvchining manzili |
|
Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxs nomi yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT)ning F.I.Osidan |
|
|
ILTIMOSNOMA
qo‘shimcha hal qiluv qarori chiqarish to‘g‘risida
Iqtisodiy ishlar bo‘yicha Iltimosnoma berilgan iqtisodiy sudi nomi sudi tomonidan mening javobgar Ish bo‘yicha javobgarning F.I.Osiga nisbatan Da’vo ariza mazmuni to‘g‘risidagi da’vo arizam yuzasidan yuritilgan iqtisodiy ishi ko‘rib chiqildi.
Sud Sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilingan sana kuni Hal qiluv qarorining mazmuni to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qildi.
Ushbu iqtisodiy ishi bo‘yicha men Hal qiluv qarorida to‘xtamga kelinmagan (hal qilinmagan) da’vo talabi to‘g‘risidagi da’vo talabim bo‘yicha yetarli dalillar taqdim etdim. Sud mazkur da’vo talabimni muhokama qildi, u bo‘yicha ish holatlarini o‘rganib chiqdi. Biroq, sud hal qiluv qarorida mazkur da’vo talabim bo‘yicha qaror qabul qilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 189-moddasiga ko‘ra, hal qiluv qarorini qabul qilgan sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biror-bir talab bo‘yicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan bo‘lsa, sud huquq to‘g‘risidagi masalani hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni yoki javobgar amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatlarni ko‘rsatmagan bo‘lsa, sud xarajatlari to‘g‘risidagi masala hal etilmagan bo‘lsa qo‘shimcha hal qiluv qarori qabul qiladi.
Qo‘shimcha hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga yoki sudning tashabbusiga ko‘ra qabul qilinishi mumkin. Qo‘shimcha hal qiluv qarori asosiy hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 189-moddasiga asoslanib,
SO‘RAYMAN:
Hal qiluv qarorida to‘xtamga kelinmagan (hal qilinmagan) da’vo talabi to‘g‘risidagi da’vo talabim yuzasidan qo‘shimcha xal qiluv qarori chiqarishingizni.
Iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar:
Iltimosnoma nusxasi.
Iltimosnomani asoslovchi hujjatlar.
Iltimosnoma beruvchi yuridik shaxs rahbarining yoki yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT)ning F.I.Osi
|
|
Iltimosnoma berilgan sana yil |