O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli

Hujjat tavsifi
Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidgi buyruq rekvizitlari
Taraflar
Buyruq mazmuni

Yuklab oling

Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyruqdan namuna

 

BU Y R U Q

 

Buyruq qabul qilingan sana

Buyruq raqami-son

Buyruq qabul qilingan joy sh.

 

 

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasida agar texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, ishlar (mahsulot, xizmatlar) hajmlarining qisqarganligi munosabati bilan avvalgi mehnat shartlari saqlab qolinishi mumkin bo‘lmasa, ish beruvchi xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan mehnat vazifasini davom ettirayotganida xodimning roziligisiz mehnat shartlarini o‘zgartirishga haqli.

Agar ushbu qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma shaklda, imzo qo‘ydirib ogohlantirishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.

Ish beruvchi mehnat shartlarining kelgusidagi o‘zgarishi to‘g‘risida xodimni ogohlantirishning ikki haftadan ortiq bo‘lgan muddatini mutanosib pulli kompensatsiya bilan almashtirishga haqli. Bunda xodimni ogohlantirish paytidan e’tiboran ikki haftalik ogohlantirish muddati faqat xodimning roziligi bilan pulli kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkin.

Agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan ogohlantirish muddati tugagach xodim yangi mehnat shartlarida mehnat qilishni rad etsa, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodim yangi mehnat shartlarida ishni davom ettirishni rad etganligi munosabati bilan unga Mehnat kodeksining 173-moddasiga muvofiq ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘langan va 100-moddasida nazarda tutilgan kafolatlar taqdim etilgan holda bekor qilinishi mumkin.

Mehnat kodeksining 100, 137, va 173-moddalariga asosan,

BUYURAMAN

1. Mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan xodimning ishlayotgan bo‘lim nomida Xodimning lavozimi lavozimidagi Xodimning F.I.O.si bilan Xodim bilan meg‘nat shartnomasi bekor qilinayotgan sanadan ushbu ixtisos bo‘yicha zaruriy mehnat sharoitlari o‘zgarganligi sababli ishni davom ettirishni rad etganligi inobatga olinib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin va unga o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lansin.

2. Moliya iqtisod bo‘limi To‘lovlarni amalga oshiruvchi ma’sul shaxs Xodimning F.I.O.siga tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin.

 

Asos: Xodimning F.I.O.sining arizasi, O‘zR Mehnat kodeksi

 

Tashkilot rahbarining lavozimi

_____________

Tashkilot rahbarining F.I.O.si

 

 

 

 

Buyruq bilan tanishdim Xodimning lavozimi

 

_____________

 

 

Xodimning F.I.O.si

 

 

Xodim bilan mehnat shartnomasi u yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi sababli