O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Uydan foydalanish tartibini belgilash haqida da’vo ariza

Hujjat tavsifi
Ariza rekvizitlari
Da’vogar
Javobgar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ariza berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga

 

Da’vogar: Da’vogar shaxsning yashash manzilida yashovchi

 

Da’vogar shaxsning F.I.O.si

Telefon: Da’vogar tarafning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Da’vogar tarafning elektron pochta manzili

 

Javobgar: Javobgarning yashash manzilida yashovchi

 

Javobgarning F.I.O.si

Telefon: Javobgarning telefon raqami

Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron pochta manzili

Da’vo mazmuni: Umumiy mulk bo‘lgan uydan foydalanish tartibini belgilash haqida

 

DA’VO ARIZA

(Umumiy mulk bo‘lgan uydan foydalanish tartibini belgilash haqida)

 

Men yuqorida ko‘rsatilgan manzilda ro‘yxatdan o‘tgan holda yashab kelaman. Men Da’vogar tomonidan javobgar bilan umumiy mudk bo‘lgan mol-mulkning sotib olingan sana kuni Javobgarning F.I.O.si bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzib unga tegishli bo‘lgan uy-joyning Uy-joyning sotib olingan qismi qismini sotib olganman.

Men o‘zimga tegishli bo‘lgan uy-joyning qismini buzmoqchi bo‘lganimda Javobgarning F.I.O.si bunga qarshilik ko‘rsatib sudga murojaat qildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nizoni ko‘rib chiqqan sudning nomi sudi tomonidan tayinlangan sud qurilish ekspertizasini xulosasiga asosan uy-joyni ikkiga bo‘lishni imkoni yo‘qligi ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng nizoli uyga meni va javobgarni nomiga kadastr hujjatlari tayyorlangan. Lekin uydan har ikkimiz foydalanganimiz yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 219-moddasiga ko‘ra, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish uning barcha ishtirokchilari kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, ulushli mulkdagi umumiy mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish sud tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining 2001 yil 14 sentabrdagi “Uy-joy nizolari buyicha sud amaliyoti haqida”gi 22-sonli qarorining 6-bandiga ko‘ra, ulushli mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda mulkdorlar o‘zaro kelisha olmagandagina sud tartibida hal qilinadi.

Ulushli yoki umumiy mulkda bo‘lgan uy-joylarni bo‘lishda sudlar, nizoli uy-joyda mavjud bo‘lgan xonalar va foydalanishda bo‘lgan umumiy maydonni hisobga olib, hissa bo‘yicha teng yoki hissadan uncha ko‘p, uncha kam bo‘lmagan holda bo‘lishni, yoxud ayrim xonalarni qayta qurish hisobidan uy-joyni bo‘lish imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida tegishli ekspertiza xulosalarini inobatga olishlari zarur. Sud bunday mulkdagi uy-joylarni bo‘lishda taraflarga ajratilgan barcha xona hamda qo‘shimcha va yordamchi imoratlarni o‘z qarorida aniq ko‘rsatishi lozim.

Ulushli mulk sifatida bo‘lgan turar-joylar mulkdorlarga ularning ulushini asl holda ajratib berish o‘rniga boshqa mulkdor tomonidan kompensatsiya to‘lanishiga mulkdorlarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Mulkdorlarning ulushi shu turar-joyga nisbatan boshqa mulkdorning ulushidan ancha kam bo‘lsa, ulushga teng taqsimlashning imkoni bo‘lmasa, mulkdor nizoli uyda yashamayotgan bo‘lsa, u boshqa uy-joy bilan ta’minlangan bo‘lsa, mulkdan foydalanishda katta manfaatga ega bo‘lmagan hollarda sud ushbu mulkdor rozilik bermagan taqdirda ham ulushli mulkning qolgan ishtirokchilari zimmasiga mazkur mulkdorga kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklashi mumkin.

Turar-joyni umumiy egalik ishtirokchilari o‘rtasida ularning hissasi bo‘yicha bo‘lishda alohida yashash xonasidan tashqari yordamchi xonalarni, alohida kirish-chiqish yo‘llari mavjudligini yoki ularni jihozlash yo‘li bilan bo‘lishga imkoniyat bo‘lgan taqdirdagina da’vo qanoatlantirilishi lozim. Bunday imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, sud da’vogarning iltimosiga ko‘ra, taraflarga turar-joydan foydalanish tartibini belgilab berishi yoki ushbu turar-joyni taraflar tegishli tartibda almashtirish yoxud ikkinchi tarafga hissasiga teng boshqa turar-joy olib berish huquqiga ega ekanliklarini tushuntirishi lozim.

Qayd qilingan holatlar va qonun talabidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 188, 189-191-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 219-moddaciga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2001 yil 14 sentabrdagi 22-sonli «Uy-joy nizolari bo‘yicha sud amaliyoti haqida»gi qarori va Oliy sudi Plenumning 1997 yil 2 maydagi “Xususiylashtirilgan turar joylarga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 3-sonli qarorlariga asosan,

 

SO‘RAYMAN:

 

Nizoli uy-joyning joylashgan manzilida joylashgan kadastr raqami Nizoli uy-joyning kadastr raqami bo‘lgan nizoli uydan meni va javobgarning foydalanish tartibini belgilab berishingizni so‘rayman.

 

Ilova:

Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati

 

 

Da’vogar Da’vogar shaxsning F.I.O.si

_________________

 

 

 

 

 

 

Ariza berilgan sana

 

Uydan foydalanish tartibini belgilash haqida da’vo ariza