|
Murojaat qilinayotgan sudning nomi sudiga |
|
Da’vogar: Manfaatdor shaxsning manzilida yashovchi |
|
Manfaatdor shaxsning F.I.Sh Telefon: Manfaatdor shaxsning telefon raqami Elektron pochta manzili: Manfaatdor shaxsning elektron pochtasi |
|
Javobgar: Javobgarning F.I.Sh |
|
Javobgarning manzili Telefon: Javobgarning telefon raqami Elektron pochta manzili: Javobgarning elektron pochtasi Da’vo mazmuni: Ma’muriy organning nomi Ma’muriy organ mansabdor shaxsining lavozimiiMa’muriy organ mansabdor shaxsining F.I.Shning Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror sanasi yildagi Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror raqami-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish |
DA’VO ARIZASI
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 130,134-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi 4-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 1-moddasiga asosan manfaatdor shaxs, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, prokuror, shuningdek, boshqa shaxslar huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga vakolatli ayrim fuqarolar va davlat organlari ma’muriy organ qarorini haqiqiy emas va uning mansabdor shaxsi harakatini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) bilan, basharti bu qaror, harakat (harakatsizlik) tufayli uning: huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilgan; huquqlari, erkinliklarini amalga oshirish va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘sqinlik yaratilgan; zimmasiga qonunga xilof ravishda biror-bir majburiyat yuklatilgan; u yoki bu sohadagi faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa to‘sqinlik yaratilgan deb hisoblasa, sudga murojaat qilishga haqli ekanligi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining 2 va 3-bandlariga asosan, ma’muriy organlar mansabdor shaxslari deganda, hokimiyat vakili vazifasini bajaradigan yoxud mazkur organlarda ma’muriy-boshqaruv (tashkiliy-farmoyish berish) vazifasini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxslar tushunilishi belgilangan. Shuningdek, ma’muriy organlar deganda, davlat boshqaruvi organlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika davlat boshqaruvi organlari ro‘yxatida ko‘rsatilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, markazlar, inspeksiyalar) va ularning hududiy organlari, joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek, ma’muriy-boshqaruv vakolati berilgan boshqa tashkilotlar va maxsus tashkil etilgan komissiyalar tushunilishi nazarda tutilgan.
Ma’muriy organning nomi Ma’muriy organ mansabdor shaxsining lavozimiiMa’muriy organ mansabdor shaxsining F.I.Shning Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror sanasi yildagi Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror raqami-sonli qarorida Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qarorning mazmuni belgilangan.
Mazkur qaror natijasida, Arizachining aniq qanday huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi.
Bundan tashqari mazkur qaror Arizachining fikriga ko‘ra, ustidan shikoyat qilinayotgan qaror qaysi qonunchilik hujjatlariga zid ekanligi zid hisoblanadi.
Shunga o‘xshash shikoyat bilan buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ (yoki mansabdor shaxsga) Bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organning nomi (yoki mansabdor shaxsining F.I.Sh va lavozimi)ga murojaat qildim. Murojaatim yuzasidan Buysunuv tartibida yuqori turuvchi organ (yoki mansabdor shaxs)ga murojaat qilinganda olingan javobning mazmuni.
Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 185, 186 va 187-moddalariga asosan,
SO‘RAYMAN:
Ma’muriy organning nomi Ma’muriy organ mansabdor shaxsining lavozimiiMa’muriy organ mansabdor shaxsining F.I.Shning Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror sanasi yildagi Ma’muriy organ mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilingan qaror raqami-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni;
Sud tomonidan chiqariladigan xarajatlarni javobgardan undirishni.
Ilova:
Belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Da’vo arizani imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjat.
Manfaatdor shaxs: |
Manfaatdor shaxsning F.I.Sh |
________ |
|
|
Da’vo arizasi imzolangan sana |