O‘z-o‘ziga huquqiy xizmat ko‘rsatish “Legal Tech” tizimi

Xodimni ozodlikdan mahrum etish haqidagi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi sababli

Hujjat tavsifi
Xodimni ozodlikdan mahrum etish haqidagi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq rekvizitlari
  • (календар)
Taraflar
Ariza mazmuni

Yuklab oling

Xodimni ozodlikdan mahrum etish haqidagi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi sababli mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqdan namuna

 

 

BU Y R U Q

 

Buyruq chiqarilgan sana

Buyruq raqami-son

Buyruq qabul qilingan joy sh.

 

 

 

Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 168-moddasida mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilish tartibi ko‘rsatilgan jumladan:

1) xodimning harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilganligi;

2) shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi;

3) xodim sudning qaysi hukmi bilan avvalgi ishini davom ettirish imkoniyatini istisno etadigan jazoga hukm qilingan bo‘lsa, o‘sha sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi, shuningdek sudning qaroriga binoan xodimning ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasiga yuborilganligi;

4) ishga qabul qilishga doir belgilangan qoidalarning buzilganligi, agar yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlikni bartaraf etish imkoni bo‘lmasa va u ishni davom ettirishga to‘sqinlik qilsa;

5) qonunchilikka muvofiq mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi (xodimning belgilangan tartibda berilgan tibbiy xulosaga muvofiq mehnat faoliyatiga to‘liq qobiliyatsiz deb e’tirof etilganligi, shuningdek davlat sirlaridan foydalanish huquqi bekor qilinganligi, agar bajarilayotgan ish shunday foydalanish huquqini talab qilsa, muayyan ishni bajarishga doir ruxsatnomadan yoki litsenziyadan mahrum etilganligi va boshqalar);

6) tashkilotni tugatish yoki ish beruvchi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini tugatish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi;

7) xodimni ishga tiklash haqidagi sud qarori bekor qilinganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasining qarori bekor qilinganligi (qonunga xilof deb e’tirof etilganligi);

8) xodim vafot etganligi, shuningdek sud tomonidan xodimning bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilganligi yoki vafot etgan deb e’lon qilinganligi;

9) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlagan Senat a’zosining vakolatlari muddati tugaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tarqatib yuborilganligi munosabati bilan avvalgi lavozimiga (ishiga) qaytganligi;

10) qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda xodim bilan shartnoma bekor qilinishi mumkin.

Mazkur moddaning birinchi qism uchinchi bandiga muvofiq,

BUYURAMAN

1.Xodim ishlab turgan tashkilot nomi va uning (tashkilotning) tashkiliy huquqiy shaklining Xodim ishlayotgan bo‘lim (tarkibiy tuzulma) nomi bo‘limida Xodimning lavozimi lavozimida mehnat faoliyatini olib borayotgan Xodimning F.I.O.si Xodimga qonuniy kuchga kirgan sud hukmi sanasidan qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etilganligi sababli, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinsin.

2. Moliya iqtisod bo‘limi (To‘lovlarni to‘lashga ma’sul shaxs F.I.O.si.)ga: tegishli to‘lovlarni amalga oshirsin.

 

Asos: Buyruqni asoslantiruvchi hujjatlar

 

 

Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi

_____________

(imzo)

Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si

 

 

 

 

Buyruq bilan tanishdim

Xodimning lavozimi

 

_____________

(xodim imzosi)

 

Xodimning F.I.O.si

 

 

 

Xodimni ozodlikdan mahrum etish haqidagi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi sababli