|
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shikoyat berilgan fuqarolik sudi nomi sudiga |
|
Shikoyat beruvchining manzilida yashovchi |
|
Shikoyat beruvchi shaxsning F.I.Osi tomonidan |
KASSATSIYA SHIKOYATI
Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudining Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sanadagi hal qiluv qarori yuzasidan
Da’vogar Ish bo‘yicha da’vogar javobgar Ish bo‘yicha javobgarga nisbatan Da’vo talabi mazmuni to‘g‘risidagi da’vo ariza bilan fuqarolik ishlar bo‘yicha Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudiga murojaat qilgan. Sud Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sana kuni Sudning hal qiluv qarori mazmuni to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan.
Men quyidagilarga asosan ushbu qarordan noroziman:
Shikoyat muallifining fikriga ko‘ra sudning hal qiluv qarori qaysi asoslarga ko‘ra noqonuniy?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 403-moddasiga ko‘ra, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida ko‘rilgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori hamda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan kassatsiya shikoyati berishi, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno, prokuror esa ushbu Kodeksda belgilangan hollarda kassatsiya protesti keltirishi mumkin.
Mazkur Kodeksning 4077-moddasiga ko‘ra, kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash to‘g‘risidagi masala ish kassatsiya instansiyasi sudiga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida ko‘rib chiqish uchun tayinlash haqidagi ajrimda sud majlisini o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi.
Ushbu Kodeksning 419-moddasiga ko‘ra kassatsiya instansiyasining sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoxud qisman bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan yangi hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror qabul qilishga, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni o‘zgartirishga, hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni to‘liq yoki qisman tugatishga haqli.
Biroq birinchi instansiya sudi yuqoridagi qonun talablariga rioya qilmagan. Chunki sud ish holatlarini o‘rganmadi.
Shuningdek, Fuqarolik protsessual kodeksining 68-moddasida ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talablari va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar faqat ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar oldindan tanishtirilgan dalillarga asoslanishga haqli. Biroq sud ushbu qonun talabiga rioya qilmadi.
Ish uchun ahamiyatli holatlarning to‘liq aniqlanmaganligi, sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi, hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi, moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud noto‘g‘ri qo‘llanilganligi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘ladi.
Yuqoridagilardan hamda Fuqarolik protsessual Kodeksning 42, 68, 282-303-moddalaridan kelib chiqqan holda
SO‘RAYMAN:
1. Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarorini qabul qilgan sud nomi sudining Ustidan shikoyat berilayotgan sud qarori qabul qilingan sana kunidagi hal qiluv qarorini bekor qilishingizni;
2. Hal qiluv qarori bekor qilinib, o‘rniga qabul qilinishi so‘ralayotgan yangi hal qiluv qarorining qisqacha mazmuni haqida yangi hal qiluv qarori qabul qilishingizni;
Ilova: Shikoyatga ilova qilinayotgan hujjatlar nomi
Shikoyat beruvchi shaxsning F.I.Osi
Shikoyat berilgan sana