BUYRUQ
Buyruq qabul qilingan sana |
Buyruq raqami |
Buyruq qabul qilingan joy
|
Bir necha kasb va lavozim bo‘yicha qo‘shimcha vazifa yuklash to‘g‘risida
Mehnat kodeksi 116-moddasiga asosan, xodimning roziligi bilan unga ish kunining (smenaning) belgilangan davomiyligi mobaynida xuddi o‘sha ish beruvchida qo‘shimcha haq evaziga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ish bilan bir qatorda, asosiy ishidagi kabi aynan o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ham qo‘shimcha ishni bajarish topshirilishi mumkin.
Xodimga topshirilayotgan qo‘shimcha ish quyidagilar vositasida bajarilishi mumkin:
xodim mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan asosiy ishga nisbatan boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha qo‘shimcha ishni bajarayotgan hollarda bir necha kasbda (lavozimda) ishlash;
xodim asosiy ishidagi ayni o‘sha kasb (lavozim) bo‘yicha qo‘shimcha ishni bajarayotgan hollarda xizmat ko‘rsatish doiralarini kengaytirish yoki ishlar hajmini ko‘paytirish;
vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini mehnat shartnomasida belgilangan, asosiy ishidagi ayni o‘sha kasb (lavozim) yoki boshqa kasb (lavozim) bo‘yicha ishdan ozod etilmagan holda bajarish.
Mehat kodeksi 259-moddasiga binoan, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda va ish hajmi ko‘payganda mehnatga haq to‘lash tartibi quydagicha
Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganda, ish hajmi ko‘payganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qo‘shimcha to‘lov belgilanadi va to‘lanadi:
budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida;
budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi uning shtatdagi o‘rinbosari zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116 hamda 259-moddalariga muvofiq,
BUYURAMAN:
1. Xodimning familya, ismi, sharifi – Xodimning lavozimiga Vaqtincha vazifa yuklash boshlanadigan sanadan Vaqtincha vazifa yuklash tugaydigan sanaga qadar bo‘limda bo‘sh turgan Vaqtincha yuklanadigan lavozimvazifasi qo‘shimcha yuklatilsin va ish hajmi ortganligi sababli lavozim maoshi miqdorining Ish hajmi ortganligi sababli lavozim maoshiga qo`shiladigan foiz miqdorifoizi miqdorida qo‘shimcha ish haqi to‘lansin.
2. Buxgalteriya bo‘limiga: xodim Xodimning familya, ismi, sharifiga tegishli toʻlovlar amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilsin.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 116, 259-moddalari,Xodimning familya, ismi, sharifi ning arizasi.
Buyruq chiqargan shaxsning lavozimi _______ Buyruq chiqargan shaxsning F.I.O.si
(imzo)